Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Tarix mavzulashtirilgan » 8-sinf Jahon tarixi » 8-sinf Jahon tarixi №6 8-sinf Jahon tarixi 8-sinf Jahon tarixi №6 InfoMaster Iyun 12, 2023 257 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 Savollar 123456789101112131415161718192021222324252627282930 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 8-sinf Jahon tarixi №6 II bob. XVI-XVIII ASRLARDA YEVROPA VA AMERIKA MAMLAKATLARI 3-variant 1 / 30 1. Yangi davr boshlarida yuz bergan narx-navo inqilobiga sabab bo'lgan omilni aniqlang. A) Yevropaga Amerikadan g'alla va kumushning oqib kelishi B) XV asrdan Sharq mamlakatlari mahsulotlarining Yevropaga keltirilishining cheklanishi C) Yevropadan Amerikaga arzon ishchi kuchining oqib kelishi D) Yevropada ikki dalali almashlab ekishdan uch dalali almashlab ekishga o'tilishi 2 / 30 2. Sulton Ali Mirzo Samarqand taxtini egallagan yilda dunyo tarixida qanday voqea sodir bo’lgan edi? A) Vasko da Gama boshchiligidagi ekspeditsiya 1497-yil Afrikani janubdan aylanib o‘tib, Hind okeaniga chiqdi. B) Vasko da Gama boshchiligidagi ekspeditsiya Hindistonga yetib keldi C) Vasko da Gama boshchiligidagi ekspeditsiya Hindistondan Portugaliyaga qaytib keldi D) Rossiyada ryuriklar sulolasi hukmronligi barham topdi 3 / 30 3. Yangi davrda Fan va texnika o‘rtasida uzviy aloqa shakllanishi natijasida qachondan boshlab, texnika va texnologiyalarda buyuk ixtirolar amalga oshirildi ? A) XIX asr oxiridan B) XVIII asr oxiridan C) XVI asr boshlaridan D) XVII asr o’rtalaridan 4 / 30 4. Angliyada qaysi qirol davrida absolutizmning inqirozi kuchayib, burjua inqilobi uchun iqtisodiy, siyosiy va g‘oyaviy asoslar shakllangan? A) Yakov II B) Yakov I C) Karl II D) Karl I 5 / 30 5. Amerikadagi mustaqillik tarafdorlari tomonidan boshqarilganqaysi tashkilot jamoatchilik orasida inqilobiy kayfiyatni avj oldirib yubordi? A) ”Ozodlik farzandlari” B) ”Yer va Erk” C) ”Jamiyat baxt-saodati ittifoqi” D) «Kontinental uyushma» 6 / 30 6. Muqaddas Rim imperiyasi tugatilgan yili O’rta Osiyoda … A) Amir Haydarga qarshi Dinnosir boshchiligida Marvda qo’zg’olon ko’tarildi B) Xiva xonligi taxtiga Eltuzarxon o’tirdi C) Qo’qon xoni Olimxon o’ziga “xon” rutbasini oldi D) Eltuzar Amudaryo bo’yida Buxoro qo’shinlaridan mag’lubiyatga uchradi 7 / 30 7. Kuchukqaynarji shartnomasiga ko’ra … 1)Rossiya Qora dengiz bo’yida harbiy flot qurish huquqini qo’lga kiritdi; 2)Turkiya Qora dengiz bo’ylarida harbiy flot saqlash huquqini qo’lga kiritdi; 3)Rossiya Qrim xonligini Turkiyaga topshirdi; 4)Qrim xonligi Rossiyaga qaram davlatga aylandi; 5)Rossiya Turkiyaga katta hajmda kontiributsiya to’lovini yukladi; A) 1, 4 B) 1, 5 C) 1, 3 D) 3, 4 8 / 30 8. 4.1688-yilgi “Sharafli inqilob” natijasida taxtdan ag’darilgan Angliya qirolini aniqlang. A) Yakov II B) Yakov I C) Karl I D) Karl II 9 / 30 9. Qaysi asr Yevropa tarixiga «Ma’rifat asri» nomi bilan kirgan? A) XVII asr B) XVIII asr C) XV asr D) XIX asr 10 / 30 10. Quyidagilardan bir yilda sodir bo’lgan voqealarni aniqlang. 1)Ivan IV ga podsholik tojini kiydirish marosimi bo’lib o’tdi; 2)Mirzo Ulug’bek Samarqand taxtiga o’tirdi; 3)Rossiyada Zemstvo sobori Boris Godunovni podsho etib sayladi; 4)Rus podshosi Fyodor Ivanovich vafot etdi; 5)Uilyam Shekispir vafot etdi; 6)Abdullaxon II vafot etdi; A) 2, 3, 4 B) 3, 4, 5 C) 1, 3, 6 D) 3, 4, 6 11 / 30 11. Ma’rifatparvarlarning oliyjanob g‘oyalari odamlarni o‘zgartirmaganligini, burjua jamiyati ham feodal jamiyat singari mukammallikdan ancha yiroq ekanligi quyidagi qaysi asarda ochib berilgan ? A) «Robinzon Kruzoning hayoti va g‘aroyib sarguzashtlari» B) «Gulliverning sayohatlari» C) «Faust» D) «Qahramonnoma» 12 / 30 12. AQSHda konstitutisiyasini qabul qilgan organni aniqlang. A) Shtatlar konfederatsiyasi B) Federal Konvent C) «Kontinental uyushma» D) Amerika Shtatlar yig’ilishi 13 / 30 13. To’g’ri ma’lumot berilgan javob variantini toping. A) Ivan IV davridan boshlab davlat lavozimlarini ijtimoiy kelib chiqishi zodagonligiga qarab egallash tartibi bekor qilindi B) Rossiyada XVII asrdan boshlab mahalliy boshqaruvda Zemstvo tuzildi C) Ivan IV davrida krepastnoylik tartibi biroz yumshatildi D) Zemstvo soborida dastlab faqat feodallar qatnashgan 14 / 30 14. 1775-yili ish boshlagan Ikkinchi Qit’a Kongressi qatnashchilari... A) “Mustaqillik Deklaratsiyasi”ni parlamentga topshirdilar va prezidentlik lavozimiga ovoz berdilar B) mustamlaka shtatlarni Angliya hukumati bilan kelishtirishga, tinch yo’l bilan mustaqillikni qo’lga kiritishga harakat qildilar C) urush boshlashga ovoz berdilar va Amerika Qurolli Kuchlarining bosh qo’mondonini tayinladilar D) urushni to’xtatishga ovoz berdilar va “Mustaqillik Deklaratsiyasi”ni qizg’in muhokama qildilar 15 / 30 15. Eron shohi Nodirshoh Buxoro va Xivani o’ziga tobe qilgan vaqtda Prusiya qiroli bo’lgan shaxsni aniqlang. A) Genrix III B) Fridrix II C) Genrix II D) Otton III 16 / 30 16. Lyudvig Betxovenning "Qahramonona" simfoniyasi dastlab kimga bag'ishlangan edi? A) Fransiya qiroli Lyudovik XVIII ga B) Juzeppi Garibaldiga C) Fransiya qiroli Lyudovik XVI ga D) Napaleon Bonapartga 17 / 30 17. Buxoro xonligida Abdullaxon II hukmronlik qilgan yillarda Angliya qiroli bo‘lgan shaxsni aniqlang. A) Genrix VIII Tyudor B) Karl II C) Yelizaveta I D) Yakov I 18 / 30 18. Rus shohi Ivan IV ichki siyosatining asosiy vazifasi bu … A) boyarlar mavqe’ini kuchaytirish va mamlakatning xalqaro o’rnini mustahkamlash B) dvoryanlar tabaqasini kuchaytirish orqali boyarlar mavqeyini zaiflashtirish C) krapastnoylik huquqini zaiflashtirish va bozor munosabatining rivojlanishiga sharoit yaratish D) mamlakatni bosqinchilardan ozod etish va hududlarni kengaytirish 19 / 30 19. Cherkovlarda marhumning xotirasiga bag’ishlab ijro etiladigan hayot va o’lim, inson qismati haqidagi asar? A) ”Rekviyem” B) ”Qahramonnoma” C) ”Salomeya” D) ” Matto bayon etgan buyuk musibat” 20 / 30 20. Quyidagi qaysi shaxs hukmronligi davrida Angliyada reformatsiya o‘z nihoyasiga yetgan ? A) Yakov I B) Genrix VIII C) Yelizaveta I D) Karl I 21 / 30 21. Rossiya XVIII asrning birinchi yarmida qaysi davlat ustidan qozongan g’alabasi evaziga Boltiq dengiziga chiqish imkoniyatiga ega bo’ldi? A) Daniya B) Shvetsiya C) Turkiya D) Polsha 22 / 30 22. J.Vashington AQSH prezidenti etib saylangan yili tarixda sodir bo’lgan voqeani aniqlang. A) Fransiyada “Inson va Fuqaro huquqlari” deklaratsiyasi qabul qilindi B) Buyuk Britaniya Bengaliyani bosib oldi C) Amir Shohmurod taxtga o’tirdi D) Muhammad Amin Inoq Xiva taxtiga o’tirdi 23 / 30 23. Quyidagi Ma'rifat asri yozuvchilaridan qaysi biri dastlab qishloq ruhoniysi bo'lgan? A) Sh.Monteskye B) D.Defo C) I.Gyote D) J.Svift 24 / 30 24. Rusda qachon qachon oprichnina joriy etilgan? A) 1565-yil B) 1547-yil C) 1612-yil D) 1598-yil 25 / 30 25. Quyida berilganlardan 21 yil davom etgan urushni belgilang. A) Bobek boshchiligidagi “Qizil ko’ylaklilar” qo’zg’oloni B) ”Oq va qizil gullar urushi” C) Rossiya va Shvetsiya urushi D) Ispaniya taxti uchun Angliya va Fransiya o’rtasidagi urush 26 / 30 26. Quyidagi qaysi yozuvchining maqsadi inson tabiatini beparvo kuzatish emas, odamlarga sidqidildan achinish, ularga insoniylikni saqlab qolishda ko‘maklashish, yovvoyilashib ketishdan ogohlantirish edi? A) J.Svift B) I.Gyote C) T.Mor D) D.Defo 27 / 30 27. XVII asrda Angliyada fuqarolar urushi davrida kimlar g’alaba qozondi? A) Hech kim g’alaba qozonmadi B) Parlament C) Katta yer-mulk egalari D) Qirol hokimiyati 28 / 30 28. Yuz yillik urush boshlangan yildan 300 yil keyin bo’lgan voqeani belgilang. A) Shunchji imperator deb e’lon qildi B) Koreya Xitoyning yordamidan va u bilan ittifoqchilik munosabatlaridan voz kech C) Guanchjoudan boshqa barcha portlar Yevropa kemalari uchun yopib qo’yildi D) Koreya qiroli o‘zini manjurlarning vassali deb tan oldi 29 / 30 29. XVIII asr oxirida Yevropada maydoni jihatidan uchunchi, qo’shin soni jihatidan to’rtinchi o’rinni egallagan davlatni belgilang. A) Angliya B) Prussiya C) Fransiya D) Germaniya 30 / 30 30. 1776-yil 4-iyulda AQSH Kongressi “Mustaqillik Deklaratsiyasi”ni qabul qildi. Deklaratsiyada qanday bayonot qabul qilindi? A) AQSh va Angliyaning o’zaro kelishuvi to’g’risida B) sobiq mustamlakalarning to’la bo’lmagan mustaqilligi to’g’risida C) yangi davlatning qaror topganligini va butun dunyoda harakatchan kuchga aylangan inson ozodligi haqidagi dunyoqarashni D) AQSHdan Angliyaga negr qullarni tashish to’g’risida Sizning ballingiz 0% Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz