Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Tarix mavzulashtirilgan » 8-sinf Jahon tarixi » 8-sinf Jahon tarixi №3 8-sinf Jahon tarixi 8-sinf Jahon tarixi №3 InfoMaster Iyun 7, 2023 269 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 Savollar 123456789101112131415161718192021222324252627282930 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 8-sinf Jahon tarixi №3 I bob. YEVROPADA YANGI DAVRNING SHAKLLANISHI 3-variant 1 / 30 1. 6. Qachondan boshlab Yevropaning savdo chorrahalari Shimoliy dengiz qirg‘oqlariga ko‘chgan? A) XVII asr birinchi yarmidan B) XVI asr birinchi yarmidan C) XVI asr ikkinchi yarmidan D) XV asr ikkinchi yarmidan 2 / 30 2. Amerika qit’asining rasman kashf etilgan sanasini aniqlang. A) 1492-yil 12-oktabr B) 1494-yil 4-mart C) 1496-yil 10-may D) 1492-yil 6-avgust 3 / 30 3. Quyidagi berilgan kashfiyotlar sanasini aniqlang. 1)Portugaliyalik dengiz sayyohi Vasko da Gama Atlantika orqali Hindistonga boradigan dengiz yo’lini kashf etdi; 2)Portugaliyalik dengiz sayyohi F.Magellan Amerika qit’asini aylanib o’tib, Hindistonga boradigan dengiz yo’lini ochdi; 3)Dunyoni aylanib suzish nihoyasiga yetdi; 4)L.V.Torres boshchiligidagi ekspeditsiya Avstraliyani kashf etdi; a) 1606-yil; b) 1522-yil; c) 1519-yil; d)1498-yil; A) 1b, 2a, 3d, 4c B) 1c, 2b, 3a, 4d C) 1d, 2c, 3b, 4a D) 1a, 2d, 3c, 4b 4 / 30 4. Yangi davr Yevropasida tovar ishlab chiqaruvchi xo’jaliklar sonini ko’payishiga qanday omil sabab bo’lgan? A) Savdogarlar hayoti va mol-mulkiga solinayotgan doimiy xavf xatar; B) ichki va tashqi savdoda shaharlar mavqeyining tobora yuksalib borganligi; C) ishlab chiqarishda yollanma mehnatdan foydalanish; D) Ko’plab oilalarni mahsulotni bir qismini bozorda sotishga majbur bo’lganligi; 5 / 30 5. Rasmda tasvirlangan shaxsning yashagan yillarini aniqlang. A) 1703-1770-yillar B) 1749-1832-yillar C) 1632-1704-yillar D) 1684-1781-yillar 6 / 30 6. Buyuk geografik kashfiyotlarni amalga oshirgan quyidagi dengizchilardan qaysi biri potugaliyalik emas? A) F.Magellan B) Bartolomeu Diash C) Vasko da Gama D) Abel Tasman 7 / 30 7. Quyidagilardan qaysi biri Yangi davr sivilizatsiyasining buyuk yutug’i bo’lgan. A) doimiy bozorlarni paydo bo’lishi; B) zamonaviy banklarning paydo bo’lishi; C) savdo monopoliyalari vujudga kelishi; D) aksionerlik jamiyatlari tashkil topishi; 8 / 30 8. XVI asrning ikkinchi yarmida Yevropada asosiy savdo markazi bo’lgan shaharni belgilang. A) Florensiya B) Venetsiya C) Amsterdam D) Antverpen 9 / 30 9. Yevropada reformatsiya natijasida faqat yangi diniy ta’limot vujudga kelibgina qolmay, ... A) diniy nizolar ham bartaraf etilshiga sabab bo'ldi B) u Yangi davrda Yevropa taraqqiyotiga o‘ziga xos yakun ham yasadi C) u industrial sivilizatsiyaning qaror topishini tezlashtirdi D) u qirol hokimiyatining zaiüashuviga sabab bo'ldi 10 / 30 10. Yangi davr boshlarida bozor munosabatlari jadal rivojlanayotgan qaysi davlatlarda savdogarlar ulgurji savdoga katta ehtiyoj seza boshlagan? 1) Italiya; 2) Fransiya; 3) Germaniya; 4) Niderland qirolligi; 5) Angliya; A) 1, 3, 5 B) 2, 4, 5 C) 1, 2, 3 D) 2, 3, 4 11 / 30 11. Davlat hokimiyatini bo’lish, ya’ni ijro etuvchi hokimiyatini qonun chiqaruvchi hokimiyatdan ajratish haqidagi ta’limotni ilgari surgan jamoat arbobini aniqlang. A) Sharl Furye B) V.Belinskiy C) N.Muravyov D) Jon Lokk 12 / 30 12. Zamonaviy ko’rinishdagi ilk bank qachon(a), qayerda(b) paydo bo’lgan. A) a-XVII asr, b-Florensiyada Avliyo Mark banki B) a-XIV asr, b-Sevilyada Avliyo Loyal banki C) a-XVI asr, b- Venetsiyada Avliyo Georgiy banki D) a-XV asr, b-Genuyada Avliyo Georgiy banki 13 / 30 13. XVI asrning birinchi choragida yuz bergan voqealarni aniqlang. 1) Germaniyada ruhoniy Tomas Myunser boshchiligida dehqonlar qo’zg’oloni boshlandi; 2) Angliyada Genrix VII Tyudor hukmronligi tugadi; 3) Rossiyada Romanovlar sulolasi hukmronligi boshlandi; 4) Dengizchilar tomonidan Amerika qit’asini janubdan aylanib o’tib, Hindistonga boradigan dengiz yo’li ochildi; 5) Avstraliya qit’asi kashf etildi; 6) Bobur Mirzo kobulda o’z hokimiyatini o’rnatdi. A) 2, 3, 5, 6 B) 1, 2, 4, 6 C) 1, 2, 3, 4 D) 1, 3, 5, 6 14 / 30 14. Quyidagi rasmda tasvirlangan, Yerning quyosh va o’z o’qi atrofida aylanishini birinchi bo’lib isbotlab bergan olimni aniqlang. A) Galileo Galiley B) Jordano Bruno C) Isaak Nyuton D) Nikolay Kopernik 15 / 30 15. Ashtarxoniylar hukmdori Nodir Muhammad taxtga o’tirgan yili sodir bo’lgan voqeani aniqlang. A) Isaak Nyuton tug’ildi B) Angliyada «Uzoq muddatli parlament» ish boshladi C) Galileo Galiley vafot etdi D) Avrangzeb hukronligi davri boshlandi 16 / 30 16. Yangi davr boshlarida ilgari fan va adabiyot tili bo’lgan lotin tili o’rniga quyidagilardan qaysi xalq tillari rivojlandi? 1) nemis; 2) ispan; 3) ingliz; 4) italyan; 5) fransuz; A) 2, 4, 5 B) 1, 2, 3 C) 2, 3, 5 D) 1, 3, 5 17 / 30 17. Quyidagilardan XVI asrda bo‘lib o‘tgan voqeani belgilang. A) Yangi mustaqil davlat - Amerika Qo‘shma Shtatlari tashkil topdi. B) Fransiyada burjua inqilobi boshlandi. C) Angliyada burjua inqilobi boshlandi. D) Fransiyada diniy urushlar va vabo epidemiyasi bo‘lib o‘tdi. 18 / 30 18. O’z asarida ideal davlat namunasini yaratib, uni “Utopiya” deb atagan shaxsni toping. A) Jon Lokk B) Nikolay Kopernik C) Tomas Mor D) Tomas Myunser 19 / 30 19. Yerning dumaloqligi to‘g‘risidagi tasavvurdan kelib chiqib, Ispaniya qiroliga Atlantika okeani bo‘ylab g‘arbga qarab suzib, dengiz orqali Hindistonga yo‘l ochishni taklif qilgan shaxsni aniqlang. A) Xristofor Kolumb B) Genrix Dengizchi C) Fernando Magellan D) Bartolomeu Diash 20 / 30 20. Buyuk geografik kashfiyotlar davrida 1606-yil qanday voqea bilan izohlanadi? A) gollandiyaliklar Avstraliya qirg‘oqlarini tadqiq eta boshladilar B) Luis Torres Osiyo bilan Avstraliya oralig‘idagi bo‘g‘ozdan suzib o‘tib, yangi qit’a qirg‘oqlariga yetdi C) Abel Tasman Indoneziya qirg‘oqlaridan sharqqa tomon suzib, Avstraliyani janubdan aylanib o‘tdi va keyinchalik Tasmaniya deb atalgan orolni kashf etdi D) Antil orollari, Janubiy va Markaziy Amerika qirg‘oqlari kashf etildi 21 / 30 21. Buyuk geografik kashfiyotlarning eng salbiy oqibatlaridan birini aniqlang. A) asosiy savdo yo’llarini Atlantika okeaniga ko’chganligi B) qul savdosini xalqaro miqyosda rivojlanishi C) jahon mustamlaka tizimini shakllanishi D) qadimgi sivilizatsiyalarning ko’plab o’choqlari yo’q qilinishi 22 / 30 22. Jan Kalvin qaysi shaharda kalvinizm ta‘limotiga asos solgan? A) Orleanda B) Veneda C) Parijda D) Jenevada 23 / 30 23. Yangi davr boshlarida o‘rab turgan olamga ilohiy emas, dunyoviy, insoniy qarash tarafdorlari...deb atalgan. A) ateistlar B) gumanistlar C) Ma'rifatparvarlar D) dahriylar 24 / 30 24. Yangi davrda Fan va texnika o‘rtasida uzviy aloqa shakllanishi natijasida qachondan boshlab, texnika va texnologiyalarda buyuk ixtirolar amalga oshirildi ? A) XVI asr boshlaridan B) XIX asr oxiridan C) XVIII asr oxiridan D) XVII asr o’rtalaridan 25 / 30 25. 1483-1520-yillarda yashab ijod qilgan. Uning asarlari ichida “Sikistin madonnasi” mashhur bo’lib, zamondoshlari unga “shu xil dagilarning yagonasi” deb baho bergan. Bu ma’lumot qaysi ijodkorga tegishli? A) Uilyam Shekispir B) Rafael Santi C) Leonardo da Vinchi D) Migel de Servantes 26 / 30 26. Atigi 37 yil umr ko’rib, lekin o’z nomini abadiylikka muhrlagan asarlar yaratgan uyg’onish davri vakilini aniqlang. A) Mikelanjelo B) Rafael Santi C) Rembrandt D) Leonardo da Vinchi 27 / 30 27. Bir-biridan o’n yil farq qiladigan voqealar joylashgan javob variantini toping. A) Chingizxon taxtga chiqdi; Chingizxon Xorazmshoh huzuriga Mahmud Yalavoch boshchiligida o’z elchilarini yubordi; B) Aleksandrning sharqqa yurishi boshlandi; Salavkiylar davlatining tashkil topdi; C) Marafon jangi; Plateya jangi; D) Genrix VII Tyudor vafot etdi; Leonardo da Vinchi vafot etdi; 28 / 30 28. Quyidagi atamalarni ularning izohi bilan mos ravishda to’gri berilgan javobni toping. 1)sex; 2) manufaktura; 3) gildiya; 4) faktoriya; a)o‘z a’zolarining manfaatlarini himoya qilish uchun tuzilgan savdogarlar va hunarmandlar uyushmasi; b)ma’lum kasbdagi usta-hunarmandlar uyushmasi; c)O’rta asrlarda O’rta yer dengizi sohillari bo’ylab joylashgan savdogarlar manzilgohlari; d)ishlab chiqarishda mashinalar hali qo‘llanilmagan katta korxonalar A) 1-a, 2-d, 3-b, 4-c B) 1-b, 2-c, 3-a, 4-d C) 1-b, 2-d, 3-a, 4-c D) 1-d, 2-b, 3-a, 4-c 29 / 30 29. Iqtisodda bozor munosabatlari shakllangan, jamiyatda siyosiy va ijtimoiy tenglik, huquqiy davlat, kishilarning tabiiy huquqlari, diniy bag‘rikenglik kabi qadriyatlar qaror topgan tarixiy davr bu… A) Industrial sivilizatsiya B) Kapitalistik jamiyat C) Sotsialistik jamiyat D) Postindustrial sivilizatsiya 30 / 30 30. Quyidagi qaysi davrga kelib, dunyo xaritasi o‘zining asosiy jihatlari bilan zamonaviy ko‘rinishga ega bo‘ldi ? A) Yangi davr oxiri B) Birinchi jahon urushidan keyin C) Ikkinchi jahon urushidan keyin D) Yangi davr boshlari Sizning ballingiz 0% Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz