Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Tarix mavzulashtirilgan » 8-sinf Jahon tarixi » 8-sinf Jahon tarixi №2 8-sinf Jahon tarixi 8-sinf Jahon tarixi №2 InfoMaster Iyun 7, 2023 308 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 Savollar 123456789101112131415161718192021222324252627282930 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 8-sinf Jahon tarixi №2 I bob. YEVROPADA YANGI DAVRNING SHAKLLANISHI 2-variant 1 / 30 1. Insoniyat tarixida qaysi davr an'anaviy jamiyat deb ataladi? A) XVI boshlaridan XVIII asr 60-yillarigacha B) V asr oxiridan XV asr oxirigacha C) Neolit davridan XVIII asrning 60-yillarigacha D) Neolit davridan XV asr oxirigacha 2 / 30 2. Germaniyada reformatsiya jarayonini boshlanishiga nima sabab bo’ldi? A) M. Lyuterning Vorms shahar sudidagi nutqi B) Martin Lyuterning «95 tezislar» deb ataluvchi indulgensiyalarga qarshi da’vati C) 1524-yilda boshlangan dehqonlar qo‘zg‘oloni D) an’anaviy jamiyatning inqirozi va kapitalistik munosabatlarning rivojlanishi 3 / 30 3. Xariatada yulduzcha bilan belgilangan davlat tarixi bilan bog‘liq to‘g‘ri ma’lumotni toping. A) O’rta asrlarda G’arbiy Yevropadagi eng katta markazlashgan davlat edi B) XVII asrda Respublika deb e’lon qilingan C) XVIII asr oxirida maydoni jihatdan Yevropada uchinchi o’rinni egallagan D) 1648-yili Ispaniyadan mustaqilligi tan olindi 4 / 30 4. Yevropada reformatsiya natijasida… 1)milliy cherkovlar paydo bo‘ldi; 2)katolik cherkovining yakka hukmronligiga chek qo‘yildi; 3)bir qator Yevropa mamlakatlari Rim papasiga bo‘ysunmay qo‘ydi; 4)diniy hokimiyat mustahkamlandi; 5)diniy urushlar boshlanib, industrial sivilizatsiyaning qaror topishi sekinlashdi; A) 1, 4, 5 B) 2, 4, 5 C) 1, 2, 3 D) 1, 3, 5 5 / 30 5. Yangi davrga kelib nima sababdan Italiya shaharlari o‘zining avvalgi mavqeini yo‘qotgan? A) katolik cherkovining katta ta‘sirga ega bo‘lishi B) yangi savdo yo‘llaridan chetda qolishi C) o‘rta asr feodal sarqitlarining saqlanib qolganligi D) siyosiy tarqoqlik 6 / 30 6. Yangi davr boshlarida shakllangan aholi qatlamlarini aniqlang. 1) krepostnoy; 2) tadbirkor; 3) proletoriat; 4) mardikor; 5) burjuaziya; 6) ishchi; A) 1, 3, 4, 5 B) 1, 2, 3, 5 C) 2, 3, 5, 6 D) 2, 4, 5, 6 7 / 30 7. Sulton Ali Mirzo Samarqand taxtini egallagan yilda dunyo tarixida qanday voqea sodir bo’lgan edi? A) Vasko da Gama boshchiligidagi ekspeditsiya 1497-yil Afrikani janubdan aylanib o‘tib, Hind okeaniga chiqdi. B) Vasko da Gama boshchiligidagi ekspeditsiya Hindistondan Portugaliyaga qaytib keldi C) Rossiyada ryuriklar sulolasi hukmronligi barham topdi D) Vasko da Gama boshchiligidagi ekspeditsiya Hindistonga yetib keldi 8 / 30 8. Buyuk geografik kashfiyotlarning amalga oshirilishiga sabab bo’lgan omillardan qaysi biri to’g’riligini aniqlang. A) turklar va arablar bosqini natijasida yevropaliklarning o’z yerlaridan haydalishi B) Yevropada avj olgan o’zaro urushlar va buning natijasida aholi kambag’al qatlamining yer-mulkdan ajralib qolishi va ishsizlik C) fan va texnika taraqqiyotida yevropaliklar erishgan yutuqlar D) din peshvolarining boshqa yerlardagi muqaddas qadamjolarni bosib olish va u yerda yangi davlatlar barpo etishga bo’lgan intilish 9 / 30 9. Kimning ixtirosi temiryo‘l transportining ommalashuvini boshlab bergan? A) J.Uilkinson B) T.Edison C) R.Fulton D) J.Stefenson 10 / 30 10. Yevropada katolik cherkov tomonidan protestantlarga qarshi qo‘llanilgan barcha tadbirlar qanday nomlangan? A) protestantlik B) kontrreformatsiya C) lyuterchilik D) reformatsiya 11 / 30 11. G’arbiy Yevropada Renessans -Uyg‘onish davri boshlangan asrni belgilang. A) XVII asr B) XVI asr C) XIV asr D) XV asr 12 / 30 12. Buyuk geografik kashfiyotlarning amalga oshirilishiga sabab bo’lgan omillardan qaysi biri to’g’riligini aniqlang. A) O’rtayer dengizidan o’tadigan savdo yo’lining Usmonlilar davlati tomonidan yopib qo’yilishi B) din peshvolarining boshqa yerlardagi muqaddas qadamjolarni bosib olish va u yerda yangi davlatlar barpo etishga bo’lgan intilish C) turklar va arablar bosqini natijasida yevropaliklarning o’z yerlaridan haydalishi D) Yevropada avj olgan o’zaro urushlar va buning natijasida aholi kambag’al qatlamining yer-mulkdan ajralib qolishi va ishsizlik 13 / 30 13. Quyidagilardan noto’g’ri fikrni aniqlang. A) Protestantlik va lyuteranlik bir-biridan farq qiladi B) Gumanistlar dastlab cherkov tomonidan ta’qib qilindi, ularning asarlari yondirildi. C) XIV asrga kelib, avval unutib yuborilgan antik madaniyat qayta tiklana boshladi va bu jarayon Renessans nomini oldi D) Gumanistlar inson haqidagi O‘rta asrchilik tasavvurlarini rad etdi, ular har bir shaxsning noyobligi va qadrini ko‘rsatishga urindilar 14 / 30 14. Leonardo da Vinchi rasm chizish san’atini ... deb atagan. A) “Inson erki uchun kurash” B) “San’atlar ichida eng ishonarlisi C) “San’atlar ichida birinchi” D) “San’atlar malikasi” 15 / 30 15. Rasmda tasvirlangan Uyg’onish davrining yirik namoyandasi yashagan yillarni toping. A) 1452-1519-yillar B) 1606-1669-yillar C) 1483-1520-yillar D) 1547-1616-yillar 16 / 30 16. Buyuk geografik kashfiyotlarning amalga oshirilishi uchun katta turtki bo‘lgan omil berilgan javobni anilqang. A) din peshvolarining boshqa yerlardagi muqaddas qadamjolarni bosib olish va u yerda yangi davlatlar barpo etishga bo’lgan intilish B) turklar va arablar bosqini natijasida yevropaliklarning o’z yerlaridan haydalishi C) Yerning dumaloqligi to‘g‘risidagi tasavvurlar va Atlantika okeanidan suzib o‘tib, afsonaviy boy hisoblangan Hindistonga dengiz yo‘lini ochish g‘oyasi D) Yevropada avj olgan o’zaro urushlar va buning natijasida aholi kambag’al qatlamining yer-mulkdan ajralib qolishi va ishsizlik 17 / 30 17. Amerika qit’asining rasman kashf etilgan sanasini aniqlang. A) 1492-yil 6-avgust B) 1492-yil 12-oktabr C) 1496-yil 10-may D) 1494-yil 4-mart 18 / 30 18. Yangi davr boshlarida savdogarlar nima maqsadda aksionerlik kompaniyalariga birlasha boshlagan? A) o’zlarining manufakturalarini tashkil etish maqsadida B) savdo qilish ruhsatnomalariga belgilangan katta miqdordagi to’lovlarni to’lamaslik maqsadida C) xavf-xatar katta bo’lgan uzoq masofalar bilan savdo qilish uchun D) ichki bozorda raqobatdan qutulish uchun 19 / 30 19. O’rta asrlardayoq Yevropaning eng yirik shaharlaridan biriga aylangan Parij shahrida XVI asrga kelib rivojlanish sekinlashdi. Buning sababi tog’ri berilgan javobni aniqlang. A) yangi ochilgan savdo yo’llaridan chetda qolishi B) shimoldan juda ko’p marotaba chel el bosqinchilarining hujumlari C) o‘rta asr feodal sarqitlarining saqlanib qolganligi D) diniy urushlar va vabo epidemiyasi 20 / 30 20. G’arbiy Yevropa va Shimoliy Amerikada XVI – XIX asrlarda shakllangan jamiyat qanday nom olgan? A) teng imkoniyatlar jamiyati B) konservativ jamiyat C) kapitalistik jamiyat D) buyuk jamiyat 21 / 30 21. XVI asrning II yarmida Shimoliy dengiz qirg‘oqlarida asosiy savdo markaziga aylangan shaharni aniqlang. A) Bryugge B) Antverpen C) Amsterdam D) London 22 / 30 22. Ko’rsatib o’tilganlardan qaysi biri kapitalizmga hos emas? A) tadbirkorlik faoliyatini cheklab qo’yilishi B) bozor munosabatlari C) demokratiya D) xususiy mulk 23 / 30 23. "Duo o‘qi va ishla" shiori quyidagi qaysi ta'limotning asosi bo'lgan? A) kalvinizm B) katolik C) provaslav D) lyuteranlik 24 / 30 24. Yevropda Reformatsiyani boshlab bergan davlat xariatada qaysi raqam bilan ko’rsatilgan? A) 11 B) 16 C) 2 D) 14 25 / 30 25. Reformatsiya natijasida protestant cherkovi vujudga kelgan yilni aniqlang. A) 1517-yil B) 1555-yil C) 1540-yil D) 1524-yil 26 / 30 26. U.Shekspir tug’ilgan yili ... A) Mikelanjelo vafot etdi B) G.Galiley vafot etdi C) J.Bruno gulxanda kuydurildi D) G.Galiley inkivizitsiya sudi oldida javob berdi 27 / 30 27. Buyuk Geografik kashfiyotlar atamasi qaysi davrlarda amalga oshirilgan yirik geografik kashfiyotlarga nisbatan ishlatilgan? A) XIV-XVI asrlar B) XIV-XV asrlar C) XV-XVII asrlar D) XVI-XVIII asrlar 28 / 30 28. Yangi davr boshlarida Yevropada ... ga o‘tilishi natijasida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining hosildorligi oshib, sotish uchun mahsulot ko‘paydi. A) mineral og’itlar va qishloq xo’jaligi mashinalaridan foydalanishga B) ikki dalali almashlab ekish C) uch dalali almashlab ekish D) ko‘p dalali almashlab ekish 29 / 30 29. Yangi davr boshlarida “manufaktura” deb nimaga aytilgan? A) ishlab chiqarishda mashinalar hali qo‘llanilmagan katta korxonalar B) hunarmandchilik mahsulotlari sotiladigan korxonaga C) ishlab chiqarishda mashinalar qo‘llaniladigan katta korxonalar D) mehnat taqsimoti asosida faoliyat yurituvchi korxonalarga 30 / 30 30. Dastlab Gumanizm g’oyalari paydo bo’lgan mamlakat xaritada qaysi raqam bilan ko’rsatilgan? A) 16 B) 11 C) 2 D) 14 Sizning ballingiz 0% Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz