Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Tarix mavzulashtirilgan » 8-sinf Jahon tarixi » 8-sinf Jahon tarixi №2 8-sinf Jahon tarixi 8-sinf Jahon tarixi №2 InfoMaster Iyun 7, 2023 294 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 Savollar 123456789101112131415161718192021222324252627282930 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 8-sinf Jahon tarixi №2 I bob. YEVROPADA YANGI DAVRNING SHAKLLANISHI 2-variant 1 / 30 1. Okean to‘lqinlariga bardosh beruvchi, shamolga qarshi suza oladigan yelkanli kema – karavella qachon yaratilgan? A) XV asr boshlarida B) XIV asr oxirida C) XVI asr boshlarida D) XV asr oxirida 2 / 30 2. Xariatada yulduzcha bilan belgilangan davlat tarixi bilan bog‘liq to‘g‘ri ma’lumotni toping. A) O’rta asrlarda G’arbiy Yevropadagi eng katta markazlashgan davlat edi B) 1648-yili Ispaniyadan mustaqilligi tan olindi C) XVII asrda Respublika deb e’lon qilingan D) XVIII asr oxirida maydoni jihatdan Yevropada uchinchi o’rinni egallagan 3 / 30 3. Kimning ixtirosi temiryo‘l transportining ommalashuvini boshlab bergan? A) T.Edison B) J.Uilkinson C) J.Stefenson D) R.Fulton 4 / 30 4. Yevropada katolik cherkov tomonidan protestantlarga qarshi qo‘llanilgan barcha tadbirlar qanday nomlangan? A) protestantlik B) reformatsiya C) kontrreformatsiya D) lyuterchilik 5 / 30 5. Yangi davr boshlarida shakllangan aholi qatlamlarini aniqlang. 1) krepostnoy; 2) tadbirkor; 3) proletoriat; 4) mardikor; 5) burjuaziya; 6) ishchi; A) 2, 3, 5, 6 B) 1, 3, 4, 5 C) 1, 2, 3, 5 D) 2, 4, 5, 6 6 / 30 6. Sulton Ali Mirzo Samarqand taxtini egallagan yilda dunyo tarixida qanday voqea sodir bo’lgan edi? A) Vasko da Gama boshchiligidagi ekspeditsiya Hindistonga yetib keldi B) Rossiyada ryuriklar sulolasi hukmronligi barham topdi C) Vasko da Gama boshchiligidagi ekspeditsiya 1497-yil Afrikani janubdan aylanib o‘tib, Hind okeaniga chiqdi. D) Vasko da Gama boshchiligidagi ekspeditsiya Hindistondan Portugaliyaga qaytib keldi 7 / 30 7. Buyuk geografik kashfiyotlarning amalga oshirilishiga sabab bo’lgan omillardan qaysi biri to’g’riligini aniqlang. A) din peshvolarining boshqa yerlardagi muqaddas qadamjolarni bosib olish va u yerda yangi davlatlar barpo etishga bo’lgan intilish B) turklar va arablar bosqini natijasida yevropaliklarning o’z yerlaridan haydalishi C) fan va texnika taraqqiyotida yevropaliklar erishgan yutuqlar D) Yevropada avj olgan o’zaro urushlar va buning natijasida aholi kambag’al qatlamining yer-mulkdan ajralib qolishi va ishsizlik 8 / 30 8. Buyuk Geografik kashfiyotlar atamasi qaysi davrlarda amalga oshirilgan yirik geografik kashfiyotlarga nisbatan ishlatilgan? A) XV-XVII asrlar B) XIV-XV asrlar C) XIV-XVI asrlar D) XVI-XVIII asrlar 9 / 30 9. U.Shekspir tug’ilgan yili ... A) Mikelanjelo vafot etdi B) J.Bruno gulxanda kuydurildi C) G.Galiley vafot etdi D) G.Galiley inkivizitsiya sudi oldida javob berdi 10 / 30 10. Germaniyada reformatsiya jarayonini boshlanishiga nima sabab bo’ldi? A) M. Lyuterning Vorms shahar sudidagi nutqi B) Martin Lyuterning «95 tezislar» deb ataluvchi indulgensiyalarga qarshi da’vati C) 1524-yilda boshlangan dehqonlar qo‘zg‘oloni D) an’anaviy jamiyatning inqirozi va kapitalistik munosabatlarning rivojlanishi 11 / 30 11. Yangi davr boshlarida “manufaktura” deb nimaga aytilgan? A) hunarmandchilik mahsulotlari sotiladigan korxonaga B) ishlab chiqarishda mashinalar hali qo‘llanilmagan katta korxonalar C) ishlab chiqarishda mashinalar qo‘llaniladigan katta korxonalar D) mehnat taqsimoti asosida faoliyat yurituvchi korxonalarga 12 / 30 12. XVI asrning II yarmida Shimoliy dengiz qirg‘oqlarida asosiy savdo markaziga aylangan shaharni aniqlang. A) Amsterdam B) Bryugge C) London D) Antverpen 13 / 30 13. Dastlab Gumanizm g’oyalari paydo bo’lgan mamlakat xaritada qaysi raqam bilan ko’rsatilgan? A) 11 B) 2 C) 16 D) 14 14 / 30 14. Rasmda tasvirlangan Uyg’onish davrining yirik namoyandasi yashagan yillarni toping. A) 1483-1520-yillar B) 1547-1616-yillar C) 1452-1519-yillar D) 1606-1669-yillar 15 / 30 15. Ko’rsatib o’tilganlardan qaysi biri kapitalizmga hos emas? A) demokratiya B) xususiy mulk C) bozor munosabatlari D) tadbirkorlik faoliyatini cheklab qo’yilishi 16 / 30 16. Buyuk geografik kashfiyotlarning amalga oshirilishi uchun katta turtki bo‘lgan omil berilgan javobni anilqang. A) turklar va arablar bosqini natijasida yevropaliklarning o’z yerlaridan haydalishi B) Yerning dumaloqligi to‘g‘risidagi tasavvurlar va Atlantika okeanidan suzib o‘tib, afsonaviy boy hisoblangan Hindistonga dengiz yo‘lini ochish g‘oyasi C) Yevropada avj olgan o’zaro urushlar va buning natijasida aholi kambag’al qatlamining yer-mulkdan ajralib qolishi va ishsizlik D) din peshvolarining boshqa yerlardagi muqaddas qadamjolarni bosib olish va u yerda yangi davlatlar barpo etishga bo’lgan intilish 17 / 30 17. Leonardo da Vinchi rasm chizish san’atini ... deb atagan. A) “San’atlar malikasi” B) “Inson erki uchun kurash” C) “San’atlar ichida birinchi” D) “San’atlar ichida eng ishonarlisi 18 / 30 18. Yangi davr boshlarida Yevropada ... ga o‘tilishi natijasida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining hosildorligi oshib, sotish uchun mahsulot ko‘paydi. A) mineral og’itlar va qishloq xo’jaligi mashinalaridan foydalanishga B) ko‘p dalali almashlab ekish C) ikki dalali almashlab ekish D) uch dalali almashlab ekish 19 / 30 19. Yevropda Reformatsiyani boshlab bergan davlat xariatada qaysi raqam bilan ko’rsatilgan? A) 14 B) 16 C) 2 D) 11 20 / 30 20. Yevropada reformatsiya natijasida… 1)milliy cherkovlar paydo bo‘ldi; 2)katolik cherkovining yakka hukmronligiga chek qo‘yildi; 3)bir qator Yevropa mamlakatlari Rim papasiga bo‘ysunmay qo‘ydi; 4)diniy hokimiyat mustahkamlandi; 5)diniy urushlar boshlanib, industrial sivilizatsiyaning qaror topishi sekinlashdi; A) 1, 3, 5 B) 2, 4, 5 C) 1, 2, 3 D) 1, 4, 5 21 / 30 21. G’arbiy Yevropa va Shimoliy Amerikada XVI – XIX asrlarda shakllangan jamiyat qanday nom olgan? A) buyuk jamiyat B) kapitalistik jamiyat C) teng imkoniyatlar jamiyati D) konservativ jamiyat 22 / 30 22. Buyuk geografik kashfiyotlarning amalga oshirilishiga sabab bo’lgan omillardan qaysi biri to’g’riligini aniqlang. A) turklar va arablar bosqini natijasida yevropaliklarning o’z yerlaridan haydalishi B) din peshvolarining boshqa yerlardagi muqaddas qadamjolarni bosib olish va u yerda yangi davlatlar barpo etishga bo’lgan intilish C) Yevropada avj olgan o’zaro urushlar va buning natijasida aholi kambag’al qatlamining yer-mulkdan ajralib qolishi va ishsizlik D) O’rtayer dengizidan o’tadigan savdo yo’lining Usmonlilar davlati tomonidan yopib qo’yilishi 23 / 30 23. Yangi davrga kelib nima sababdan Italiya shaharlari o‘zining avvalgi mavqeini yo‘qotgan? A) siyosiy tarqoqlik B) o‘rta asr feodal sarqitlarining saqlanib qolganligi C) yangi savdo yo‘llaridan chetda qolishi D) katolik cherkovining katta ta‘sirga ega bo‘lishi 24 / 30 24. "Duo o‘qi va ishla" shiori quyidagi qaysi ta'limotning asosi bo'lgan? A) kalvinizm B) provaslav C) katolik D) lyuteranlik 25 / 30 25. Quyidagi qaysi asrga kelib ko‘plab ruhoniylar va hatto Rim papalari ham gumanizm g‘oyalari bilan qiziqib, gumanistlarga o‘z fikrlarini erkin bayon qilish imkonini berdi. A) XVII asr B) XVI asr C) XIV asr D) XV asr 26 / 30 26. Quyidagilardan noto’g’ri fikrni aniqlang. A) Gumanistlar inson haqidagi O‘rta asrchilik tasavvurlarini rad etdi, ular har bir shaxsning noyobligi va qadrini ko‘rsatishga urindilar B) XIV asrga kelib, avval unutib yuborilgan antik madaniyat qayta tiklana boshladi va bu jarayon Renessans nomini oldi C) Gumanistlar dastlab cherkov tomonidan ta’qib qilindi, ularning asarlari yondirildi. D) Protestantlik va lyuteranlik bir-biridan farq qiladi 27 / 30 27. Amerika qit’asining rasman kashf etilgan sanasini aniqlang. A) 1496-yil 10-may B) 1492-yil 12-oktabr C) 1494-yil 4-mart D) 1492-yil 6-avgust 28 / 30 28. G’arbiy Yevropada Renessans -Uyg‘onish davri boshlangan asrni belgilang. A) XVI asr B) XV asr C) XIV asr D) XVII asr 29 / 30 29. Reformatsiya natijasida protestant cherkovi vujudga kelgan yilni aniqlang. A) 1555-yil B) 1517-yil C) 1540-yil D) 1524-yil 30 / 30 30. Yangi davr boshlarida savdogarlar nima maqsadda aksionerlik kompaniyalariga birlasha boshlagan? A) savdo qilish ruhsatnomalariga belgilangan katta miqdordagi to’lovlarni to’lamaslik maqsadida B) ichki bozorda raqobatdan qutulish uchun C) xavf-xatar katta bo’lgan uzoq masofalar bilan savdo qilish uchun D) o’zlarining manufakturalarini tashkil etish maqsadida Sizning ballingiz 0% Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz