Uy » Online olimpiada » Ona tili va adabiyot olimpiada » 9-sinf Ona tili olimpiada №5 Ona tili va adabiyot olimpiadaTuman 2023-2024 o'quv yili 9-sinf Ona tili olimpiada №5 InfoMaster Avgust 19, 2024 89 Ko'rishlar 2 izohlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 1 0 123456789101112131415161718192021222324252627282930 9-sinf Ona tili olimpiada №5 2023-yil 21-oktyabr: 2023-2024 o'quv yilida tuman bosqichida tushgan savollar! 1 / 30 1. “Alpomish”dostoni haqidagi to‘g‘ri mulohazani toping. A) Boybo‘ri qizini Ko‘kqamish ko‘lida qo‘y sog‘ishni va chorvachilik ilmini o‘rgatish maqsadida maktabdan chiqarib oldi. B) Alpomishning Oyna ko‘li,Chilbir cho‘lida bo‘lib o‘tgan dastlabki uch shartda qatnashmasligiga sabab Ko‘kaldoshdan qo‘rqishi edi. C) Boybo‘ri va Boysarini chupron to‘yida bor yo‘g‘i sakson tanga hadya qilganligi uchun izza qilishadi. D) Boybo‘ri o‘g‘li Alpomishni Qalmoq yurtiga yuborgisi kelmaganligi uchun unga ot bеrmaslikni yilqichi Qultoyga tayinlab qo‘yadi. 2 / 30 2. Gapdagi ko‘p nuqta o‘rniga mazmun va grammatik jihatdan mos keluvchi yordamchi so‘zni qo‘ying. Alisher Navoiy asarlari nafaqat turkiy xalqlar orasida, … butun dunyoda ham ma’lum va mashhurdir. A) hamda B) ya’ni C) balki D) chunki 3 / 30 3. Agar baxt-saodat istasang, g‘urur, manmanlikni o‘zingdan yiroq tut, hikmatli so‘zlarni sokinlik va itoat bilan tingla, takabburlik, adovat va qanoatsizlik sening dushmanlaringdir. Gap haqidagi XATO hukmni toping. A) Kesimlar har xil so‘z turkumi bilan ifodalangan. B) Vositasiz to‘ldiruvchi kesimga bevosita tobelangan. C) Vositali to‘ldiruvchi uyushib kelgan. D) Uyushiq egalar ot kesimga tobelangan. 4 / 30 4. Diyonat va nomus har oilaning saodati va intizomi uchun emas, balki bir mamlakatning saodati va barqarorligi uchun ham zarur va lozimdir. Berilgan gap haqidagi XATO hukmni toping. A) Ushbu gap bog‘langan qo‘shma gap hisoblanadi; B) Qaratqich aniqlovchining holga tobelanishi kuzatilgan; C) Uyushiq egalar ot kesimga tobelangan; D) Ushbu gapda hollar uyushib kelgan. 5 / 30 5. “Padarkush... toj-u taxt... olti oydan oshmaydur...” “Ulug‘bek xazinasi”da ushbu so‘zlar kim tomonidan aytilgan edi? A) Mirzo Ulug‘bek B) N.Ganjaviy C) Temur Samarqandiy D) Ali Qushchi 6 / 30 6. Ahbob, yigitlikni g‘animat tutunguz. O‘zni qariliq mehnatidin qo‘rqutunguz. Oyini adovat-u hasaddin o‘tunguz, Har nav' ila o‘zni necha kun ovutunguz. Ushbu ruboiy haqidagi to‘g‘ri mulohazani toping. A) Adovat va hasad kabi illatlardan forig‘ bo‘lib, yoshlik davridan unumli foydalanish kerakligi aytilgan. B) Yigitlik va qarilik davrini g‘animat bilish hamda har ikki davrda ham mehnat qilish foydali ekanligi aytilgan. C) Qarilik davri kelguncha inson yoshligida rohat-farog‘atda yashashi, odamlarga yaxshilik ulashishi kerakligi aytilgan. D) Ushbu ruboiyda yoshlik vaqtida kattalarga shogird bo‘lib, hayotiy saboqlarni egallash kerakligi haqida aytilgan. 7 / 30 7. Quyidagi gapda tushirib qoldirilgan tinish belgilarining tto‘g‘ri ketma-ketligini aniqlang. Muallif shunday deydi Insonning oldida doim ikkita tanlov bo‘ladi biri to‘g‘rilik ikkinchisi egrilik A) : “ : − , − “ . B) : “ , , “ . C) : “ , − , − “ . D) − “ : − , − “ . 8 / 30 8. Zidlik munosabati aks etgan bog‘lovchisiz qo‘shma gap berilgan qatorni toping. A) Qish keldi, ammo qor yog‘madi. B) Oy tunda kerak, aql esa kunda. C) Suv keldi – cho‘llarda hayot boshlandi. D) O‘zi katta – ichi bo‘sh. 9 / 30 9. Qaysi gapda o‘zlik nisbatdagi fe’l qo‘llangan? A) Milliy xalq hunarmandchiligiga katta e’tibor berilmoqda. B) Ustozi shogirdlarining bu yutuqlaridan faxrlandi. C) Ammo kampirning dodiga odam tez to‘plandi. D) Uylarning chor atrofi baland devor bilan o‘ralgan. 10 / 30 10. Qaysi qatorda ayiruv bog‘lovchilari yordamida bog‘langan qo‘shma gap berilgan? A) Tovus o‘zining chiroyli patlarini ehtiyot qiladi, vijdonli odam esa o‘zining sharaf-u shonini saqlaydi. B) Har kuni bu yo‘ldan goh paxta dalasidan qaytayotgan terimchilar, goh paxta ortgan traktorlar o‘tardi. C) To‘g‘ri so‘z har narsadan yaxshi, biroq yolg‘onchi va chaqimchidan eshitilgan to‘g‘ri so‘z ham yoqimsizdir. D) Dasturxon ustida dam o‘zbek kuylari yangrardi, dam hind qo‘shiqlari ijro qilinardi. 11 / 30 11. Ko‘ngli tilagan murodig‘a yetsa kishi Yo barcha murodlarni tark etsa kishi. Bu ikki ish muyassar o‘lmasa olamda, Boshini olib bir sorig‘a ketsa kishi. Ushbu ruboiy haqidagi XATO ma’lumotni toping. A) Mutlaq qofiya qo‘llangan B) Yig‘iq radif qo‘llangan C) a, a, b, a tarzda qofiyalangan D) Unli tovush raviy bo‘lib kelgan 12 / 30 12. Imloviy jihatdan to‘g‘ri yozilgan so‘zlar berilgan qatorni belgilang. A) dardi-bedavo, o‘ydim-chuqur, bab-barobar B) o‘zidan-o‘zi, dum-dumaloq, hay-haylamoq C) zo‘rma-zo‘rakilik, qop-qora, rang-barang D) mehr-oqibatli, do‘st-u yor, birdan-bir 13 / 30 13. Uning chaqnoq ko‘zlari, siyrak qoshi, o‘ychan turishi katta bardoshini, sadoqatini, aqlini aks ettirib turardi. Ushbu gapdagi sifatlar haqida to‘g‘ri ma’lumotni toping. A) Gapda sifatlarning tuzilishiga ko‘ra ikki turi qatnashgan; B) Sifatlar faqat bir xil so‘z turkumiga tobelangan; C) Sifatlarning barchasi bir xil gap bo‘lagi vazifasida kelgan. D) Gapda sifatlarning ikki ma’no turi qatnashgan; 14 / 30 14. Qaysi gapda gul so‘zi o‘z ma’nosida EMAS. A) Ismat bog‘dagi gullarga suv quydi. B) Bu qiz har ishni eplaydi, qo‘li gul. C) Xona sovuqligi uchun gullar qurib qoldi. D) Bayram bo‘lganligi uchun bozorda gullar qimmat. 15 / 30 15. Qaysi qatorda shaxsi(egasi) ma’lum gap berilgan? A) Sen o‘zingni maqtama, seni birov maqtasin. B) Qachongacha qorning o‘ylab o‘tadirsan? C) Hurmat qilsang, hurmat ko‘rasan. D) Yig‘ilishda ta’lim samaradorligini oshirish haqida gapirildi. 16 / 30 16. Ushbu baytda qanday she’riy san’at qo‘llangan? Bulbul o‘qug‘och yig‘lab subhidam xazon faslin, G‘uncha qon yutub, yuz chok etti gul giribonlar A) irsoli masal B) husni ta’lil C) ishtiqoq D) tajnis 17 / 30 17. Imloviy jihatdan to‘g‘ri yozilgan so‘zlar qatorini aniqlang. A) nadomat, mineral, vodorod B) tobora, dubulg‘a, mashuqa C) talofat, kristall, kamomat D) kordinata, islohot, ijtimoiy 18 / 30 18. Qaysi qatorda ergashgan qo‘shma gap ko‘makchili qurilma yordamida bog‘langan? A) Odob shunday tojki, u aqlli, farosatli odamlar boshini bezaydi. B) Musavvirlikka menda havas uyg‘onganligi sababli uning sirlarini o‘rganishga astoydil bel bog‘ladim. C) Siz Hindistonda neniki ko‘rgan bo‘lsangiz, shularning hammasini jam etib, bir kitob yozmog‘ingiz darkor. D) Olim kishilar har yerda aziz va hurmatlidir, shuning uchun har vaqt ilm olish ilinjida bo‘l. 19 / 30 19. Usta duradgorlik mashg‘ulotida o‘z shogirdlariga yog‘ochdan turli uy-ro‘zg‘or buyumlarini yasashni o‘rgatish uchun ularni bir joyga to‘pladi. Ushbu gapdagi sodda yasama ot turdosh otning qaysi turiga mansub? A) o‘rin-joy oti B) narsa oti C) shaxs oti D) faoliyat-jarayon oti 20 / 30 20. Bilan ko‘makchisi qaysi qatorda birgalik ma’nosida qo‘llangan? A) Anvar kecha maktabga do‘sti bilan keldi. B) Saida bilan Dilfuza darsdan so‘ng bog‘ga borishdi. C) Diyor berilgan vazifalarni qalam bilan yozardi. D) Siddiqjon ustozining gaplarini diqqat bilan tinglardi. 21 / 30 21. Hamma ham do‘stlarini, yaqin kishilarini e’zozlaydi, ularning ko‘p bo‘lishini istaydi. Ayniqsa, har bir odam o‘zining oqil, obro‘- e’tiborli, iste’dodli, sadoqatli do‘stlari – safdoshlari bilan faxrlanadi, ammo do‘stlik mezoni faqat shular bilan o‘lchanmaydi. Ushbu gap... ? 1)undalmali gap; 2)kiritmali gap; 3)uyushiq bo‘lakli gap; 4)ajratilgan bo‘lakli gap. A) 3.4 B) 2,3,4 C) 1,2,4 D) 1,2,3 22 / 30 22. Qaysi gapda sodda yasama sifat aniqlovchi vazifasida qo‘llangan? A) Yomg‘ir tomchilari quyoshning zarrin nurlarida tovlanardi. B) Dori achchiq edi,bemor xohlamaygina uni qo‘liga oldi. C) Xushbo‘y gullar insonga o‘zgacha kayfiyat bag‘ishlaydi. D) Vatan taraqqiyoti uchun kurash iqtisodiy o‘sishdir. 23 / 30 23. “Farhod va Shirin”dostoni haqidagi XATO fikrni toping. A) Bu dunyoda hech narsa javobsiz qolmasligi Xusravning Sheruya tomonidan o‘ldirilishi bilan izohlanadi. B) Farhod Shirinning o‘lganligi haqidagi yolg‘on xabarni eshitgandan so‘ng tushgan holiga hatto tog‘ va vodiy ham majnunvor yig‘laydi. C) Xusravning topshirig‘i bilan Arman yurtida odamlar uch yildan beri tosh kesib, suv ochishga mahkum qilingan edilar. D) Mehinbonu Xusravdan kelgan sovchilarga Shirinning fe’li o‘g‘il bolalarnikiga o‘xshashini bahona qilib sovchilarni qaytarib yuboradi. 24 / 30 24. “Dilbаr kеlinchаkning ko‘ksidа g‘ulu zаrdоli shохigа tаshlаr ko‘z qirin”. Ushbu misra muallifi kim? A) Shavkat Rahmon B) Abdulla Oripov C) Odil Yoqubov D) Omon Matjon 25 / 30 25. “Temir xotin” asaridagi Qo‘chqor obraziga mos ta’rifni toping. A) Xalqning turmush darajasini yaxshilash uchun, ularga qo‘shimcha yengilliklar berish uchun o‘z ixtirosi ustida yetti yil ishlagan obraz. B) Turmush o‘rtog‘ining kamchiliklarini bilsa-da, uni uyaltirmaslik uchun hech vaqt bu narsalarni fosh etmaydigan inson. C) Insonlarga yordam berishga harakat qilgan, qiyinchiliklarga dosh bera olmay asar so‘ngida halok bo‘lgan qahramon. D) Har qanday holatga ko‘nadigan, jamiyatdagi o‘zgarishlardan orqada qoladigan, sodda, chapani odam. 26 / 30 26. Har uchala gapda ham ishtirok etgan fe’l shakllarini aniqlang. 1)buyruq maylidagi fe’l 2)qo‘shma fe’l 3)yasama fe’l 4)sof fe’l 5)kelasi zamon 6)orttirma nisbat A) 1 va 2 B) 3 va 6 C) 1 va 4 D) 4 va 5 27 / 30 27. Dono debdi: “Yurtga bir boq, oqsoqol, Unda hali o‘zi bilmas zo‘r ganj bor!” Omon Matjonning ushbu she’rida ostiga chizilgan so‘z orqali nimaga ishora qilingan? A) xotira B) g‘urur C) e’tiqod D) tinchlik 28 / 30 28. Tovush o‘zgarishining uchala turi ham ishtirok etgan gapni toping. A) Vujudimiz ichra shunday bir a’zo borki, uning holati, umuman, inson tirikligini ifoda etadi. Bu – yashashni ta’minlaydigan a’zo, ya’ni yurakdir. B) Inson organizmida har bir a’zoning alohida o‘rni bor. Aytaylik, miya fikrlash, borliqni anglashda asosiy sanalsa, ko‘z bajarayotgan vazifani hayot ramziga muqoyasa qilish mumkin. C) O‘zbekiston kimyogarlari va kardiologlarining hamkorlikda o‘tkazgan tajribalari, tinimsiz izlanishlari natijasida ana shunday preparat insoniyatga tuhfa etildi. D) Yurakni asrash uchun ko‘plab dori vositalari yaratilyapti. Ammo shunday dori kashf qilish kerakki, u yurakka shifo bo‘lib, insonlar ortiq qiynalmasin. 29 / 30 29. Agar Qorako‘zni yana supur… bilan ursang, unga kosov otsang, bilib qo‘y, ukalaringnikiga ketib qolaman. Ushbu gapda nuqtalar o‘rniga qo‘yilishi kerak bo‘lgan qo‘shimcha qaysi so‘z tarkibida mavjud? A) turtki B) sezgi C) uydagi D) yozgi 30 / 30 30. O‘zaro ma’nodoshlik hosil qila oladigan so‘zlarni belgilang. A) chiroy, ko‘rk, go‘zal B) dushman , g‘anim, rafiq C) kuch, g‘ayrat, baquvvat D) fath, zabt, ishg‘ol 0% Testni qayta ishga tushiring Tomonidan Wordpress Quiz plugin Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz