9-sinf Geografiya olimpiada №4

0

9-sinf Geografiya olimpiada №4

2023-yil 17-oktyabr:

2023-2024 o'quv yilida tuman bosqichida tushgan savollar.

1 / 30

1. Toshkentda yillik amplituda qanchaga teng?

2 / 30

2. Ptolemey tuzgan “Dunyo xaritasi”da 2 va 3 raqamlari bilan qaysi daryolar ko‘rsatilgan?

3 / 30

3. Qutb yog‘dulari, “Yulduz uchishi” hodisalari Atmosferaning qaysi qatlamlarida ro‘y beradi?

4 / 30

4. Yer yuzasidagi eng ko‘p yog‘in yog‘adigan joy qayer?

5 / 30

5. Quyidagi grafikdan foydalanib, 15 kunlik o‘rtacha havo haroratini aniqlang.

6 / 30

6. Quyidagi ta’rif qaysi viloyat uchun mos keladi?“Sanoatning jadal sur’atlar bilan rivojlanishi shahar aholisining tez ko‘payishiga olib kelmoqda. Cho‘l chorvachiligi sohasida mamlakatda yetakchi, mamlakatimizning eng kenja viloyati.”

7 / 30

7. Meteorologik stansiyalarda havo harorati har necha soatda kuzatilib turiladi?

8 / 30

8. Quyidagi mamlakatlar orasidan mutlaq teokratik monarxiya tipiga kiruvchi davlatlarni ajrating. 1. Ummon; 2. Daniya; 3. Qatar; 4. Saudiya Arabistoni; 4. Belgiya; 5. Buyuk Britaniya; 6. Bruney; 7. Vatikan.

9 / 30

9. Tabiiy ko‘payishning eng yuqori ko‘rsatkichi qaysi materikka xos?

10 / 30

10. Quyidagi ta’rifda qaysi sanoat tarmog’i haqida gap ketmoqda? “Qishloq xo‘jalik zararkunandalariga qarshi defoliantlar ham ishlab chiqariladi. U ko‘plab tarmoqlarni xomashyo va materiallar bilan ta’minlar ekan, o‘z navbatida boshqa tarmoqlardan energiya, jihozlar va transport vositalarini oladi”

11 / 30

11. Mahalliy dinlar va e’tiqod qiluvchilarning asosiy qismi tarqalgan davlatlarni belgilang. 1. Iudaizm 2. Konfutsiylik 3. Daosizm 4. Sintoizm 5. Sikxizm 6. Hinduizm a) Hindiston, Nepal, Shri Lanka b) Hindiston (Panjob shtati) c) Xitoy d) Yaponiya e) Isroil, AQSH

12 / 30

12. 20°–30° shimoliy kengliklar oraligʻida joylashgan poytaxt shaharlarni aniqlang.

13 / 30

13. Mamlakatimizning g‘arbiy, shimoli-g‘arbiy tekislik qismlarida bir yillik yog‘in miqdori qancha?

14 / 30

14. Xaritada E harfi bilan qaysi yarim orol belgilangan?

15 / 30

15. Quyidagi Dunyo siyosiy xaritasidag o‘zgarishlarni sodir bo‘lgan yiliga moslab chiqing:1.Sovet Ittifoqi parchalandi. 2. Yugoslaviya Ittifoqi parchalandi. 3. Chexoslovakiya ikkiga bo‘lindi. 4. Germaniya va Yaman birlashdi. a) 1990 b) 1991 c) 1991 – 1992 d) 1993

16 / 30

16. Xaritada 8 raqami bilan qaysi davlat ko’rsatilgan?

17 / 30

17. Toshkentda havo harorati 0O C, havo bosimi 720 mm bo‘lsa, Toshkentning dengiz sathidan balandligi qancha?

18 / 30

18. BMT qaysi yilda cho‘llashishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi Xalqaro konvensiyani qabul qildi?

19 / 30

19. O‘rtа Оsiyo dаryolаri to‘yinishigа, ya’ni qаyеrdаn suv оlishigа qаrаb necha guruhgа bo‘linаdi?

20 / 30

20. Qaysi materik berk havzalar maydoniga ko‘ra yetakchi?

21 / 30

21. 1987-yilda bir nechta davlatlar freon gazlarini ishlab chiqarishga va ulardan foydalanishga cheklovlar to‘g‘risidagi xalqaro bitimni imzolagan edi. Ushbu bitim imzolangan davlat va shaharni toping

22 / 30

22. Agar odamning kuzatish balandligi 20 metr bo’lsa, u qancha masofani ko’ra oladi?

23 / 30

23. Shimoliy magnit qutbining geografik o‘rnini kim aniqladi?

24 / 30

24. Musson shamollari qaysi hududlarda kuchli bo‘ladi?

25 / 30

25. O‘simliklar uchun namlanish darajasi qancha bo‘lganda eng qulay sharoit bo‘ladi?

26 / 30

26. Qaysi shamol har ikkala yarim sharning 30o kengliklaridan ekvatorga qarab doimiy esib turadi?

27 / 30

27. Rasmda ko‘rsatilgan A nuqtaning mutlaq balandligi 400 m, u yerdagi havo bosimi 730 mm Hg. B nuqtadagi havo bosimini aniqlang.

28 / 30

28. Quyidagilardan “bir millatli” davlatlarni ajrating: Yaponiya, AQSH, Fransiya, Islandiya, Turkiya, Kanada, Belgiya, Afg‘oniston, Pokiston, Hindiston, Indoneziya, Norvegiya;

29 / 30

29. Ushbu ta’rif qaysi geograik ob’yektga tegishli? “Тuron tekisligining markazida, Ustyurt platosidan sharqda joylashgan, shimoli sharqdan janubi g‘arbga cho‘zilgan tektonik cho‘kmada hosil bo‘lgan”.

30 / 30

30. Xaritada 4 raqami bilan qaysi tabiat zonasi tasvirlangan?

0%

InfoMaster
Author: InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

2 Izohlar
Hammasini ko'rsatish Eng Foydali Eng Yuqori Reyting Eng Past Reyting Sharhingizni qo'shing

Javob qoldiring

Info-Master.uz
Logo
Elementlarni Solishtiring
  • Jami (0)
Solishtiring
0