Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Biologiya mavzulashtirilgan » 7-sinf Biologiya » 7-sinf Biologiya №15 7-sinf Biologiya 7-sinf Biologiya №15 InfoMaster May 1, 2024 262 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0% 0 Savol haqida xabar bering Bu savolda nima bo'ldi? Siz bo'sh hisobotni taqdim eta olmaysiz. Iltimos, ba'zi tafsilotlarni qo'shing. 1234567891011121314151617181920 7-sinf Biologiya №15 IV bob. KOORDINATSIYA VA O‘Z-O‘ZINI BOSHQARISH 4.1 Tirik organizmlarning o‘z-o‘zini boshqarishi 1 / 20 ______ nerv to‘qimasining tarkibiga kiruvchi hujayra bo‘lib, orqa va bosh miyadagi nerv hujayralari atrofida joylashgan. A) Neyronlar B) Barchasi C) Neyrogliya D) Nervlar 2 / 20 Refleks yoyining 1 chi qismi qaysi javobda aks etgan? A) Retseptor to‘qima va organlarda joylashgan bo‘lib, tashqi yoki ichki ta’sirlar orqali qo‘zg‘aladi. B) Nerv markazida joylashgan oraliq neyronlarda qabul qilingan nerv impulslari tahlil qilinadi. C) Harakatlantiruvchi nerv tolasi nerv markazidagi qo‘zg‘alishni ishchi organga yetkazadi. D) Ishchi organ muskul, qontomir, ichki organlar va hokazolardan iborat 3 / 20 Refleks yoyining 3 chi qismi qaysi javobda aks etgan? A) Harakatlantiruvchi nerv tolasi nerv markazidagi qo‘zg‘alishni ishchi organga yetkazadi. B) Sezuvchi nerv tolasi retseptorning qo‘zg‘alishidan hosil bo‘lgan impulsni nerv markaziga yetkazadi. C) Ishchi organ muskul, qontomir, ichki organlar va hokazolardan iborat D) Nerv markazida joylashgan oraliq neyronlarda qabul qilingan nerv impulslari tahlil qilinadi. 4 / 20 Refleks yoyining 2 chi qismi qaysi javobda aks etgan? A) Nerv markazida joylashgan oraliq neyronlarda qabul qilingan nerv impulslari tahlil qilinadi. B) Sezuvchi nerv tolasi retseptorning qo‘zg‘alishidan hosil bo‘lgan impulsni nerv markaziga yetkazadi. C) Retseptor to‘qima va organlarda joylashgan bo‘lib, tashqi yoki ichki ta’sirlar orqali qo‘zg‘aladi. D) Harakatlantiruvchi nerv tolasi nerv markazidagi qo‘zg‘alishni ishchi organga yetkazadi. 5 / 20 Neyronlar ________bir-biridan farqlanadi? A) Hajmi, shakli va funksiyasiga qarab B) Tuzilishi va funksiyasiga qarab C) Barchasi D) Hajmi, shakli va joylashishiga qarab 6 / 20 Qaysi javobda shartli reflekslar haqida fikr boryapti. A) Bitta turga kiruvchi barcha hayvonlarning shartli reflekslari bir xil bo‘ladi. B) Odam hayoti davomida gapirishni, o‘qish va yozishni o‘rganadi, mehnat qiladi va ko’payadi. C) Shartsiz reflekslar hosil bo‘lishida markaziy nerv sistemasi bosh miya yarimsharlarining po‘stlog‘idagi nerv markazlari ishtirok etamaydi. D) Hayoti davomida qush o‘ziga zarur oziqni farqlashni o‘rganadi. 7 / 20 Miyelin qobiqqa xos xusussiyatni belgilang. A) Dendiritni ustini o’rab turuvchi parda B) Neyrogliya C) Aksonni ostini qoplab turuvchi parda D) Neyronlarga xos 8 / 20 Refleks haqida quyudagilarning qaysi biri to’g’ri fikr? A) Organizmning oddiy harakatlaridan tortib eng murakkab hayotiy jarayonlargacha (masalan, fikrlash, nutq, kasb-hunar o‘rganish) reflekslar tufayli amalga oshadi. B) Barchasi to’g’ri C) Ichki ta’sirlarga organizmning markaziy nerv sistemasi ishtirokidagi javob reaksiyasidan iborat. D) Tashqi ta’sirlarga organizmning markaziy nerv sistemasi ishtirokidagi javob reaksiyasidan iborat. 9 / 20 Harakatlantiruvchi neyronlarning vazifasi nima? A) Nerv signallarini sezgi organlaridan bosh va orqa miyaga uzatadi. B) Nerv impulslarini markaziy nerv sistemasidan organlarga va muskullarga o‘tkazadi. C) Periferik nerv sistemasida sezuvchi va harakatlantiruvchi neyronlar oralig‘ida joylashgan. D) Bosh va orqa miyadagi sezuvchi va harakatlantiruvchi neyronlar oralig‘ida joylashgan. 10 / 20 Nerv sistemasi qanday xususiyatiga binoan somatik va vegetativ (avtonom) bo‘limlarga ajratiladi? A) Tuzilishi B) B va C to’g’ri C) Bajaradigan ishiga ko’ra D) Funksiyasiga 11 / 20 Nerv sistemasi qanday xususiyatiga ko‘ra markaziy va periferik bo‘limlarga ajratib o‘rganiladi? Markaziy bo‘limga bosh va orqa miya, periferik bo‘limga esa ulardan ketuvchi nervlar va nerv tugunlari kiradi. A) Joylashuviga B) Bajaradigan ishiga ko’ra C) Funksiyasiga D) Tuzilishi 12 / 20 Nasldan naslga o‘tadigan tug‘ma reflekslar ______deyiladi. Bu reflekslar hosil bo‘lishida markaziy nerv sistemasining quyi qismlari (______)ning nerv markazlari qatnashadi. A) Shartli reflekslar, orqa, uzunchoq, bosh,oraliq miyalar B) Shartsiz reflekslar, orqa, uzunchoq, bosh,oraliq miyalar C) Shartli reflekslar, orqa, uzunchoq, o‘rta, oraliq miyalar D) Shartsiz reflekslar, orqa, uzunchoq, o‘rta, oraliq miyalar 13 / 20 Qaysi javobda shartsiz reflekslar haqida fikr boryapti. A) Shartsiz reflekslar hosil bo‘lishida markaziy nerv sistemasi bosh miya yarimsharlarining po‘stlog‘idagi nerv markazlari ishtirok etadi. B) Nerv to‘qimasi asosini neyronlar va neyrogliya hujayralari tashkil etadi. C) Odam hayoti davomida gapirishni, o‘qish va yozishni o‘rganadi, mehnat qiladi. D) Hayvonlar nasl qoldirish uchun qulay joy axtaradi, uya quradi, nasliga g‘amxo‘rlik qiladi. 14 / 20 Oraliq neyronlarning vazifasi nima? A) Periferik nerv sistemasida sezuvchi va harakatlantiruvchi neyronlar oralig‘ida joylashgan. B) Bosh va orqa miyadagi sezuvchi va harakatlantiruvchi neyronlar oralig‘ida joylashgan. C) Nerv impulslarini markaziy nerv sistemasidan organlarga va muskullarga o‘tkazadi. D) Nerv signallarini sezgi organlaridan bosh va orqa miyaga uzatadi. 15 / 20 ______ neyronlarni oziqlantirish vazifasini bajaradi A) Nervlar B) Neyronlar C) Barchasi D) Neyrogliya 16 / 20 Refleks yoyining 4 chi qismi qaysi javobda aks etgan? A) Ishchi organ muskul, qontomir, ichki organlar va hokazolardan iborat B) Harakatlantiruvchi nerv tolasi nerv markazidagi qo‘zg‘alishni ishchi organga yetkazadi. C) Sezuvchi nerv tolasi retseptorning qo‘zg‘alishidan hosil bo‘lgan impulsni nerv markaziga yetkazadi. D) Nerv markazida joylashgan oraliq neyronlarda qabul qilingan nerv impulslari tahlil qilinadi. 17 / 20 Neyronlarnimasiga ko’ra sezuvchi, oraliq va harakatlantiruvchi neyronlarga ajratiladi. A) Tuzilishi B) Bajaradigan ishiga ko’ra C) Barchasi D) Funksiyasiga 18 / 20 Sezuvchi neyronlarning vazifasi nima? A) Nerv signallarini sezgi organlaridan bosh va orqa miyaga uzatadi. B) Periferik nerv sistemasida sezuvchi va harakatlantiruvchi neyronlar oralig‘ida joylashgan. C) Bosh va orqa miyadagi sezuvchi va harakatlantiruvchi neyronlar oralig‘ida joylashgan. D) Nerv impulslarini markaziy nerv sistemasidan organlarga va muskullarga o‘tkazadi. 19 / 20 To’g’ri jumlani toping? A) Sinapslar yordamida qo‘zg‘alish sezuvchi neyron orqali oraliq neyrondan harakatlantiruvchi neyronga o‘tkaziladi. B) Sinapslar yordamida qo‘zg‘alish oraliq neyron orqali sezuvchi neyrondan harakatlantiruvchi neyronga o‘tkaziladi. C) Sinapslar yordamida qo‘zg‘alish oraliq neyron orqali harakatlantiruvchi neyrondan sezuvchi neyronga o‘tkaziladi. D) Sinapslar yordamida qo‘zg‘alish harakatlantiruvchi neyron orqali sezuvchi neyrondan oraliq neyronga o‘tkaziladi. 20 / 20 ______– nerv sistemasining tuzilishi va funksional birligi hisoblanadi. A) Neyronlar B) Nervlar C) Barchasi D) Neyrogliya 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz