11-sinf Fizika olimpiada №5 Yanvar 3, 2024Avgust 19, 2024 da chop etilgan InfoMaster tomonidan 11-sinf Fizika olimpiada №5 ga 2 fikr bildirilgan 1 123456789101112131415161718192021222324252627282930 Vaqtingiz tugadi! 11-sinf Fizika olimpiada №5 2023-yil 20-oktyabr: 2023-2024 o'quv yilida tuman bosqichida tushgan savollar. 1 / 30 Shisha tayoqchani shoyiga ishqalanganda shoyi qanday zaryadlanadi? musbat zaryadlanadi manfiy zaryadlanadi zaryadlanmaydi zaryadsizlanadi 2 / 30 Shtern tajribasida atomlarning o’rtacha tezligi 300 m/s va asbobning aylanish chastotasi 20 ayl/s bo’lsa, metall polosaning siljishini toping (mm). Katta silindrning radiusi 10 sm, kichik silindrning radiusini e’tiborga olmang. (Kasr sonni quyidagicha yozing: 8,5) Tekshirish 3 / 30 Rasmdagi 1 kg massali jism, bikrligi 200 N/m bo’lgan prujinaga A nuqtadan tushishi natijasida prujina necha cm ga deformatsiyalanadi? Javobni cm kriting:50 Tekshirish 4 / 30 Massasi m va radiusi R ga teng bo`lgan diskning bir qismi rasmdagidek kesib olindi va uning yon tomoniga biriktirildi. Ularning keying massa markazi O nuqtadan qanday masofada joylashadi? Tekshirish 5 / 30 Quyidagi ifoda yordamida qaysi fizik kattalik aniqlanadi? (q – zaryad, ρ – zichlik, ε0 – elektr doimiysi, γ – gravitatsion doimiy). EYK hajm masofa tok kuchi 6 / 30 5 km masofaga 100 kW quvvatni uzatish talab qilinmoqda. Bunda simlarning qizishi uchun ketadigan energiya uzatiladigan energiyaning 3% idan ortmasligi kerak. Tokning 2000 V kuchlanish ostida uzatiladigan hol uchun simning massasini (kg) aniqlang. (tok uzatiladigan simning solishtirma qarshiligi 1,2* 10-8 Ω*m, zichligi 8,8 g/sm³ ) 2200 6500 8800 2880 7 / 30 Fokus masofasi 12 cm bo’lgan yig`uvchi linzaning optik o’qiga 53ᴼ burchak ostida tushayotgan parallel nurlar optik o’qdan qanday masofada yig`iladi (cm)? 10 6 16 14 8 / 30 Proyeksion fonar obyektivining fokus masofasi 25 cm. Agar ekran obyektivdan 200 cm masofa uzoqlikda bo’lsa, fonar linzasining qanday kattalashtirishini beradi? 8 7 3 4 9 / 30 Tebranish manbaidan 10 m va 16 m masofalardagi ikki tebranishning fazalar farqini toping. Tebranish davri 0,04 s va tarqalish tezligi 200 m/s. π/2 π 3π/2 2π 10 / 30 Massasi 16 kg bo’lgan reaktiv raketadan har 100 ms da 500 g gaz 80 m/s tezlik bilan chiqadi. Raketa shu holatda vertikal yuqoriga qanday tezlanish bilan harakatlana (m/s²) oladi? (gaz chiqishi hisobiga raketa massasining o’zgarishi hisobga olinmasin). 24 8 2 15 11 / 30 Buyumning 5 marta kattalashgan tasvirini hosil qilish uchun optik kuchi qanday linza kerak va uni buyumdan qanday masofaga qo‘yish kerak? Bu-yumdan ekrangacha masofa 3m. 3 D, 1 m 2,4 D, 0,5 m 2,6 D, 2 m 2 D, 0,5 m 12 / 30 Gazlarda elektr tokini qanday zarralar tashiydi? musbat va manfiy ionlar manfiy ionlar musbat ionlar va elektronlar elektronlar 13 / 30 Vodorod atomi 4-energetik sathdan 2-energetik sathga o’tganida λ1, 3-energetik sathdan 1-energetik sathga o’tganida λ2 to’lqin uzunlikdagi foton nurlatadi. Vodorod atomining stabil holati uchun bog’lanish energiyasi E ga teng bo’lsa, λ1- λ2 ayirmaning qiymatini toping. (h-Plank doimiysi; c-yorug’likning vakuumdagi tezligi). Javobni quyidagicha kriting: 5hc/8E Tekshirish 14 / 30 Nuqtaviy predmet yig’uvchi linzaning o’qi atrofida undan d=1,5F masofa ortda turuvchi linzaning o’qiga perpendikulyar tekislikda aylana yoyi bo’yicha 3 cm/s tezlik bilan harakat qiladi. Predmetning tasviri qanday tezlik bilan harakatlanadi (cm/s)? Tekshirish 15 / 30 Qoplamalari vertikal joylashgan kondensatorning yarimi dielektrik singdiruvchanligi 5 ga teng bo’lgan suyuqlikga botirilganda sig`imi necha marta oshadi? Tekshirish 16 / 30 Jismning tezlanishi a=50+5t (cm/s²) qonun bo‘yicha o‘zgarayotgan bo‘lsa, 1 min dan keyin uning tezligini ( m/s) toping. 140 120 90 350 17 / 30 EYKi 20 V bo’lgan manbaga 8 Ω tashqi qarshilik ulanganda, zanjirdagi tok kuchi 2 A ga teng bo’ldi. Zanjirning FIKini toping. 90 % 50 % 20 % 80 % 18 / 30 Ipga osilgan va massasi 3 kg bo`lgan sharcha ip osilgan nuqtagacha og`dirib qo`yib yuborildi, sharcha L nuqtadan o`tayotgan paytda ipning taranglik kuchini toping(N)? 50 100 150 90 19 / 30 Antennadagi o’zgaruvchan tokning tenglamasi i= 0,3*sin31,4*106t (A) ko’rinishga ega. Antenna nurlatayotgan elektromagnit to’lqinning uzunligini (m) toping. 12 30 60 62.8 20 / 30 Choynak tubida diametri 0,146 mm bo‘lgan teshik bor. Suv teshikdan oqib ketmasligi uchun suvni choynakka qanday (cm) balandlikgacha quyish mumkin? Suvning sirt taranglik koeffitsienti 73 𝑚𝑁/𝑚, zichligi esa 1000 kg/m³. 20 40 60 73 21 / 30 A nuqtada turgan m=100 g massali jism tinch holatdan rasmda ko`rsatilgan trayektoriya bo`yicha harakat boshlaydi. Jism B nuqtadan gorizontga α=150 burchak ostida uziladi va D nuqtaga borib tushadi. Agar H=6 m , BD=4 m bo`lsa, jism B nuqtaga kelguncha ishqalanish kuchlari qancha ish bajaradi (J)? Tekshirish 22 / 30 Ftorning oxirgi elektroning spin kvant soni qanday? Ftorning tartib raqami 9. 0 -1/2 +1/2 +1 23 / 30 Uzunligi l =4 m bo'lgan avtomobil syomka qilinayotganda, plyonka obektivdan - 60 mm masofada joylashgan. Agar avtomobilning mavhum tasviri uzunligi L = 32 mm bo'lsa, u qanday masofadan(m) suratga olingan? 7.5 8 10 2.1 24 / 30 Jismning tezligi va tezlanishi orasidagi burchak vaqt o‘tishi bilan ortib borayotgan bo’lsa, uning limit burchagini toping. 2π π π/2 3π/2 25 / 30 Zanjirdagi tok kuchi 5 A bo’lganida akkumulyator tashqi zanjirga 9,5 W, tok kuchi 8 A bo’lganda esa 14,4 W quvvat beradi. Akkumulyatorning qisqa tutashuv tokini toping. 32 A 62 A 26,8 44,5 A 26 / 30 Kristall qattiq jism eriyotganida uning harorati qanday o’zgaradi? o’zgarmaydi kristall qatttiq jism moddasiga bog’liq kamayib boradi ortib boradi 27 / 30 Bir-biriga nisbatan 6 m masofada 4 m uzunlikdagi vertikal o`rnatilgan ikki simyog`ochga yorug`lik kuchlari I1=I2= 200 cd bo`lgan lampalar osilgan. Simyog`ochlar o`rtasidagi yer yuzining yoritilganligini toping (lx). (Kasr sonni quyidagicha yozing: 8,5) Tekshirish 28 / 30 Vodorod atomida elektron 3-sathdan 4-sathga o‘tgandagi va 4-sathdan 6-sathga o‘tgandagi orbita radiusi o‘zgarishlarini taqqoslang ∆r34/∆r46. Javobni quyidagicha kriting: 5/8 Tekshirish 29 / 30 Induktiv qarshilikdan o‘zgaruvchan tok o‘tayotganda .... bo'ladi. Tok kuchi kuchlanishda π faza oldinda Tok kuchi kuchlanishda π faza orqada Tok kuchi kuchlanishda π/2 faza orqada Tok kuchi kuchlanishda π/2 faza oldinda 30 / 30 Uzunligi F bo’lgan jism fokus masofasi F bo’lgan yig‘uvchi linzadan 2F masofadan boshlab, 2F va 3F oralig‘ida, bosh optik o‘qga parallel va undan 1.2F uzoqlikda yotgan bo‘lsa, linzaning kattalashtirishini toping. (Kasr sonni quyidagicha yozing: 8,5) Tekshirish 0% Testni qayta ishga tushiring tomonidan Wordpress Quiz plugin Fizika olimpiada, Tuman 2023-2024 o'quv yili