11-sinf Fizika olimpiada №5

0

11-sinf Fizika olimpiada №5

2023-yil 20-oktyabr:

2023-2024 o'quv yilida tuman bosqichida tushgan savollar.

1 / 30

Ftorning oxirgi elektroning spin kvant soni qanday? Ftorning tartib raqami 9.

2 / 30

Fokus masofasi 12 cm bo’lgan yig`uvchi linzaning optik o’qiga 53ᴼ burchak ostida tushayotgan parallel nurlar optik o’qdan qanday masofada yig`iladi (cm)?

3 / 30

Choynak tubida diametri 0,146 mm bo‘lgan teshik bor. Suv teshikdan oqib ketmasligi uchun suvni choynakka qanday (cm) balandlikgacha quyish mumkin? Suvning sirt taranglik koeffitsienti 73 𝑚𝑁/𝑚, zichligi esa 1000 kg/m³.

4 / 30

Massasi 16 kg bo’lgan reaktiv raketadan har 100 ms da 500 g gaz 80 m/s tezlik bilan chiqadi. Raketa shu holatda vertikal yuqoriga qanday tezlanish bilan harakatlana (m/s²) oladi? (gaz chiqishi hisobiga raketa massasining o’zgarishi hisobga olinmasin).

5 / 30

Antennadagi o’zgaruvchan tokning tenglamasi i= 0,3*sin31,4*106t (A) ko’rinishga ega. Antenna nurlatayotgan elektromagnit to’lqinning uzunligini (m) toping.

6 / 30

Tebranish manbaidan 10 m va 16 m masofalardagi ikki tebranishning fazalar farqini toping. Tebranish davri 0,04 s va tarqalish tezligi 200 m/s.

7 / 30

5 km masofaga 100 kW quvvatni uzatish talab qilinmoqda. Bunda simlarning qizishi uchun ketadigan energiya uzatiladigan energiyaning 3% idan ortmasligi kerak. Tokning 2000 V kuchlanish ostida uzatiladigan hol uchun simning massasini (kg) aniqlang. (tok uzatiladigan simning solishtirma qarshiligi 1,2* 10-8 Ω*m, zichligi 8,8 g/sm³ )

8 / 30

Vodorod atomi 4-energetik sathdan 2-energetik sathga o’tganida λ1, 3-energetik sathdan 1-energetik sathga o’tganida λ2 to’lqin uzunlikdagi foton nurlatadi. Vodorod atomining stabil holati uchun bog’lanish energiyasi E ga teng bo’lsa, λ1- λ2 ayirmaning qiymatini toping. (h-Plank doimiysi; c-yorug’likning vakuumdagi tezligi).

Javobni quyidagicha kriting: 5hc/8E

9 / 30

Buyumning 5 marta kattalashgan tasvirini hosil qilish uchun optik kuchi qanday linza kerak va uni buyumdan qanday masofaga qo‘yish kerak? Bu-yumdan ekrangacha masofa 3m.

10 / 30

EYKi 20 V bo’lgan manbaga 8 Ω tashqi qarshilik ulanganda, zanjirdagi tok kuchi 2 A ga teng bo’ldi. Zanjirning FIKini toping.

11 / 30

A nuqtada turgan m=100 g massali jism tinch holatdan rasmda ko`rsatilgan trayektoriya bo`yicha harakat boshlaydi. Jism B nuqtadan gorizontga α=150 burchak ostida uziladi va D nuqtaga borib tushadi. Agar H=6 m , BD=4 m bo`lsa, jism B nuqtaga kelguncha ishqalanish kuchlari qancha ish bajaradi (J)?

12 / 30

Uzunligi F bo’lgan jism fokus masofasi F bo’lgan yig‘uvchi linzadan 2F masofadan boshlab, 2F va 3F oralig‘ida, bosh optik o‘qga parallel va undan 1.2F uzoqlikda yotgan bo‘lsa, linzaning kattalashtirishini toping.

(Kasr sonni quyidagicha yozing: 8,5)

13 / 30

Proyeksion fonar obyektivining fokus masofasi 25 cm. Agar ekran obyektivdan 200 cm masofa uzoqlikda bo’lsa, fonar linzasining qanday kattalashtirishini beradi?

14 / 30

Zanjirdagi tok kuchi 5 A bo’lganida akkumulyator tashqi zanjirga 9,5 W, tok kuchi 8 A bo’lganda esa 14,4 W quvvat beradi. Akkumulyatorning qisqa tutashuv tokini toping.

15 / 30

Rasmdagi 1 kg massali jism, bikrligi 200 N/m bo’lgan prujinaga A nuqtadan tushishi natijasida prujina necha cm ga deformatsiyalanadi?

Javobni cm kriting:50

16 / 30

Shisha tayoqchani shoyiga ishqalanganda shoyi qanday zaryadlanadi?

17 / 30

Massasi m va radiusi R ga teng bo`lgan diskning bir qismi rasmdagidek kesib olindi va uning yon tomoniga biriktirildi. Ularning keying massa markazi O nuqtadan qanday masofada joylashadi?

18 / 30

Induktiv qarshilikdan o‘zgaruvchan tok o‘tayotganda .... bo'ladi.

19 / 30

Uzunligi l =4 m bo'lgan avtomobil syomka qilinayotganda, plyonka obektivdan - 60 mm masofada joylashgan. Agar avtomobilning mavhum tasviri uzunligi L = 32 mm bo'lsa, u qanday masofadan(m) suratga olingan?

20 / 30

Bir-biriga nisbatan 6 m masofada 4 m uzunlikdagi vertikal o`rnatilgan ikki simyog`ochga yorug`lik kuchlari I1=I2= 200 cd bo`lgan lampalar osilgan. Simyog`ochlar o`rtasidagi yer yuzining yoritilganligini toping (lx). (Kasr sonni quyidagicha yozing: 8,5)

21 / 30

Nuqtaviy predmet yig’uvchi linzaning o’qi atrofida undan d=1,5F masofa ortda turuvchi linzaning o’qiga perpendikulyar tekislikda aylana yoyi bo’yicha 3 cm/s tezlik bilan harakat qiladi. Predmetning tasviri qanday tezlik bilan harakatlanadi (cm/s)?

22 / 30

Quyidagi ifoda yordamida qaysi fizik kattalik aniqlanadi? (q – zaryad, ρ – zichlik, ε0 – elektr doimiysi, γ – gravitatsion doimiy).

23 / 30

Qoplamalari vertikal joylashgan kondensatorning yarimi dielektrik singdiruvchanligi 5 ga teng bo’lgan suyuqlikga botirilganda sig`imi necha marta oshadi?

24 / 30

Jismning tezlanishi a=50+5t (cm/s²) qonun bo‘yicha o‘zgarayotgan bo‘lsa, 1 min dan keyin uning tezligini ( m/s) toping.

25 / 30

Vodorod atomida elektron 3-sathdan 4-sathga o‘tgandagi va 4-sathdan 6-sathga o‘tgandagi orbita radiusi o‘zgarishlarini taqqoslang ∆r34/∆r46.

Javobni quyidagicha kriting: 5/8

26 / 30

Gazlarda elektr tokini qanday zarralar tashiydi?

27 / 30

Shtern tajribasida atomlarning o’rtacha tezligi 300 m/s va asbobning aylanish chastotasi 20 ayl/s bo’lsa, metall polosaning siljishini toping (mm). Katta silindrning radiusi 10 sm, kichik silindrning radiusini e’tiborga olmang.

(Kasr sonni quyidagicha yozing: 8,5)

28 / 30

Kristall qattiq jism eriyotganida uning harorati qanday o’zgaradi?

29 / 30

Ipga osilgan va massasi 3 kg bo`lgan sharcha ip osilgan nuqtagacha og`dirib qo`yib yuborildi, sharcha L nuqtadan o`tayotgan paytda ipning taranglik kuchini toping(N)?

30 / 30

Jismning tezligi va tezlanishi orasidagi burchak vaqt o‘tishi bilan ortib borayotgan bo’lsa, uning limit burchagini toping.

0%

InfoMaster
Author: InfoMaster

2 Izohlar
Hammasini ko'rsatish Eng Foydali Eng Yuqori Reyting Eng Past Reyting Sharhingizni qo'shing

Javob qoldiring

Info-Master.uz
Logo
Elementlarni Solishtiring
  • Jami (0)
Solishtiring
0
error: <b>Diqqat:</b> Kontent himoyalangan !!