Uy » Diagnostika testlari » Informatika fanidan diagnostika savollari Diagnostika testlari Informatika fanidan diagnostika savollari InfoMaster Dekabr 11, 2023 223 Ko'rishlar 2 izohlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0% 0 Savollar 1234567891011121314151617181920212223242526272829303132333435363738394041424344454647484950 OMAD YOR BO'LSIN! Informatika fanidan diagnostika savollari 9-dekabr kuni onlinedu.uz saytida tushgan savollar Savollarda kamchilik bo'lishi mumkin. 1 / 50 1. Quyida berilgan sonlarni oʻsish tartibida joylashtiring 1) 10011100(2) 2) 9F(16) 3) 222(8) A) 3, 1, 2 B) 1, 2, 3 C) 2, 3, 1 D) 3, 2, 1 2 / 50 2. ≤table≥ tegining border atributi qanday vazifani bajaradi? A) Jadval chizigʻining rangini aniqlaydi B) Jadvalning sahifa kengligi boʻylab joylashuvini aniqlaydi C) Yacheykalarni ajratib turgan chiziq turini aniqlaydi D) Jadval ramkasining qalinligini aniqlaydi 3 / 50 3. MS Excel. Elektron jadvalning A7 katakchasiga kiritilgan ushbu formulaning natijasi qanday boʻladi =ПСТР(982;2;1)*ЛЕВСИМВ(895;1) A) 81 B) 16 C) 72 D) 64 4 / 50 4. Nozima 4 lik sanoq sistemasida eng katta toʻrt xonali va eng kichik uch xonali sonlarni yozdi. Ushbu sonlarning yigʻindisini oʻnlik sanoq sistemasiga oʻtkazing. A) 255 B) 300 C) 271 D) 233 5 / 50 5. Saytdagi barcha ma’lumotlar saqlanishi uchun serverdan maxsus ajratilgan joy nima deb ataladi? A) domen B) plagin C) hosting D) forum 6 / 50 6. Informatika fani ustozi “Ball” nomli ustunga oʻquvchilarning olgan ballarini yozib chiqdi. U “Baho” ustunning C2 katakchasiga formula kiritib, avtotoʻldirishdan foydalanib formulani nusxaladi C2 da yozilgan formulani toʻgʻri toping. A) =ЕСЛИ(B2<=50; 2; B2<=70; 3; B2<=85; 4; B2<=100; 5) B) =ИЛИ(B2<=50; 2; ИЛИ(B2<=70; 3; ИЛИ(B2<=85; 4; 5))) C) =ЕСЛИ(B2<=50; 2; ЕСЛИ(B2<=70; 3; ЕСЛИ(B2<=85; 4; 5))) D) =И(B2<=50; 2; B2<=70; 3; B2<=85; 4; B2<=100; 5) 7 / 50 7. MS Excel. E4 katakchadagi =C$2*D7-$B5 formulaning R7 katakchaga nusxasi qaysi javobda toʻgʻri berilgan? A) =H$2*I12-$B10 B) =N$2*O11-$B9 C) =P$2*Q10-$B8 D) =P$2*Q14-$B12 8 / 50 8. Dastur natijasini aniqlang A) 2 B) Dastur kodida xatolik mavjud C) 1 D) 3 9 / 50 9. MS Excel. Quyidagi formula natijasi 25 ga teng boʻlishi uchun B2 katakchaga kiritilishi kerak boʻlgan qiymatni aniqlang: =ЕСЛИ(ИЛИ(A1+B1<=B2; A1-A2=B1); A1*B2-A2; B1*B2+A2) A) 5 B) -4 C) 9 D) 8 10 / 50 10. Faqat operatsion tizimlar koʻrsatilgan javobni belgilang. A) Linux, CMS B) IBM, Windows C) iOS, Moodle D) Windows, Android 11 / 50 11. Dastur natijasini toping A) 450.0 $ B) 49.6 $ C) 405.0 $ D) 54.0 $ 12 / 50 12. Quyida berilgan atamalarni taʻrifi bilan toʻgʻri moslik hosil qilingan javobni belgilang. 1) Skript 2) Sprayt 3) Kod 4) Blok a) Dasturning eng kichik fragmenti yoki boʻlagi. U buyruq, operator, oʻzgaruvchi yoki funksiya boʻlishi mumkin. b) Bloklar yordamida dastur yaratilib va ishga tushiriladigan asosiy ishchi muhit. c) Maʻlum algoritm asosida ketma-ket tartiblangan rangli bloklar. d) Scratch dasturi stilida yaratilgan obyekt yoki qahramon. A) 1a, 2d, 3b, 4c B) 1c, 2b, 3d, 4a C) 1c, 2d, 3b, 4a D) 1d, 2c, 3a, 4b 13 / 50 13. ... – kompyuterni sichqonchasiz boshqarish va dastur belgilagan maxsus amallarni bajarish tugmachalari hisoblanadi. A) Kursorni boshqarish tugmachalari B) Indikator tugmachalar C) Yordamchi tugmachalar D) Funksional tugmachalar 14 / 50 14. Informatika fanidan boʻlib oʻtayotgan olimpiadada 301 ta oʻquvchi qatnashmoqda. Ularning 154 tasi oʻgʻil bola va 125 tasi qiz bola ekanligi ma’lum. Ushbu ma’lumotda sonlar qaysi sanoq sistemasida berilmoqda? A) 8 lik B) 9 lik C) 7 lik D) 6 lik 15 / 50 15. Dastur natijasini aniqlang A) 1 2 6 24 720 B) 1 2 6 24 120 C) 720 D) 120 16 / 50 16. Ushbu berilgan dasturda n = 2750 boʻlganda ekranga chiqadigan natijani toping A) 721 B) 13 C) 14 D) 1270 17 / 50 17. Modem turlari berilgan qatorni toping. A) Tashqi modem, barabanli modem B) Ichki modem, planshetli modem C) Ichki modem, tashqi modul D) Tashqi modem, ichki modem 18 / 50 18. Moslikni toping 1) Ierarxix 2) Statistik 3) CMYK a) Elektron jadvallar b) Ma’lumotlar bazasi c)Kompyuter grafikasi A) 1c, 2a, 3b. B) 1a, 2b, 3c. C) 1b, 2a, 3c. D) 1b, 2c, 3a. 19 / 50 19. Kompyuterga dasturiy ta’minotni oʻrnatish jarayoni qanday ataladi? A) dizyunksiya B) inversiya C) installyatsiya D) kompilyatsiya 20 / 50 20. HTML. Quyida berilgan teglardan qaysi biri juft teg emas? A) <h1> B) <th> C) <b> D) <hr> 21 / 50 21. Quyida berilgan dasturlardan faqat CMS platformalari berilgan javobni toping? A) Coursera, Drupal B) Joomla, WordPress C) Udemy, WordPress D) Joomla, Moodle 22 / 50 22. Gipermatn bosilganda yangi oynada yuklanishi uchun target atributining qiymati qanday boʻlishi kerak? A) _self B) _new C) _empty D) _blank 23 / 50 23. Kompyuterdan dasturiy ta’minotni oʻchirish jarayoni qanday ataladi? A) inversiya B) deinstallyatsiya C) konyunksiya D) implikatsiya 24 / 50 24. Moslashtiring Quyida berilgan atamalar va ularning ta’riflari mos kelgan javob variantini belgilang: 1) Interfeys 2) CLI 3) GUI a) Foydalanuvchilar kompyuter bilan ishlashining matnli usuli. b) Foydalanuvchilar kompyuter bilan ishlashining vizual usuli (shu jumladan, oynalar, tugmalar, menyular, rasmlar va matn shaklida). c) Oʻzaro aloqa va muvofiqlashtirish vositasidir. A) 1c, 2b, 3a; B) 1c, 2a, 3b; C) 1a, 2b, 3c; D) 1b, 2c, 3a; 25 / 50 25. Internet qidiruv tizimlari berilgan qatorni belgilang. A) FireFox, Yandex B) DuckDuckGo, Bing C) Google, Masaic D) MS Edge, Opera 26 / 50 26. Ushbu berilgan dasturda a = 24, b = 64 boʻlganda ekranga chiqadigan natijani toping: A) Natija: 8 B) Natija: 192 C) Natija: 2 D) Natija: 6 27 / 50 27. ASCII kodlash jadvalining 65-tartib raqamidan oʻrin olgan A harfi kompyuter xotirasida qanday koʻrinishda kodlanadi? A) 1001100 B) 10010101 C) 1000001 D) 11000001 28 / 50 28. Dastur natijasini aniqlang A) 12 B) 9 C) 5 D) 6 29 / 50 29. Nuqtalar oʻrnini toʻldiring... – axborotni katta tezlikda qayta ishlovchi universal avtomatik qurilma. A) plotter B) robot C) kompyuter D) server 30 / 50 30. Quyidagi teglarning qaysi birida yozilgan matn odatiy holatda qalin() koʻrinishda boʻladi? A) <li>, <b>, <h1>, <u> B) <h1>, <th>, <b>, <strong> C) <h4>, <p>, <h6>, <ol> D) <h1>, <h2>, <h3>, <p> 31 / 50 31. Quyida berilgan sonlarni kamayish tartibida joylashtiring 1) 307(8) 2) D3(16) 3) 11001011(2) A) 1, 3, 2 B) 1, 2, 3 C) 3, 1, 2 D) 2, 3, 1 32 / 50 32. MS Word dasturida rasmlar bilan ishlaganda hosil boʻladigan kontekst menyusining qaysi guruhi rasmning foniga, rasm ravshanligi va toʻyinganligiga ta’sir etish imkonini beradi? A) Упорядочить(Tartiblash) B) Стили рисунков(Rasm uslublari) C) Размер(Oʻlcham) D) Изменение(Oʻzgarishlar) 33 / 50 33. Veb sayt domeniga koʻra saytning qaysi sohaga oidligini ham bilish mumkin. Ushbu berilgan domen nomlari va tashkilotlar oʻrtasidagi moslikni oʻrnating 1) .com 2) .mil 3) .org a) nodavlat tashkiloti b) tijorat tashkiloti c) harbiy tashkilot A) 1c, 2b, 3a B) 1b, 2c, 3a C) 1c, 2a, 3b D) 1a, 2c, 3b 34 / 50 34. MS Word dasturida koʻrsatilgan soʻz yoki matnning bir qismiga tezkor havola yaratish uchun qaysi klaviatura kombinatsiyasidan foydalaniladi? A) Alt+K B) Alt+L C) Ctrl+L D) Ctrl+K 35 / 50 35. Yuqorida berilgan dasturda n = 143, m = 23 boʻlganda ekranga chiqadigan natijani toping. A) Natija 143 va 23 B) Natija 10 va 8 C) Natija 6 va 5 D) Natija 5 va 6 36 / 50 36. Faqat ommaviy ochiq onlayn kurslar (MOOC) berilgan javobni belgilang 1. Moodle 2. Coursera 3. Joomla 4. EdX 5. Drupal 6. Лекториум A) 2, 4, 6 B) 3, 4, 5 C) 2, 5, 6 D) 1, 2, 6 37 / 50 37. Dastur natijasini aniqlang A) Natija: 2 B) Natija: 10 C) Natija: 8 D) Natija: 1357911 38 / 50 38. Dastur natijasini aniqlang A) 9 B) 7 C) 8 D) 10 39 / 50 39. Internetda joylashgan vebsaytning joriy sahifasi kompyuter xotirasiga qanday saqlanadi? A) Faqat Unix tizimida saqlash mumkin B) Faqat Google Chrome brauzeri yordamida saqlash mumkin C) Saqlashning iloji yoʻq D) Ctrl+S tugmalari yordamida 40 / 50 40. HTML. Quyidagi qaysi javobga veb sahifaga gipermurojaat oʻrnatish toʻgʻri yozilgan? A) <a url=https//www.uzedu.uz> XTV sayti </a> B) <a href="https//www.uzedu.uz"> XTV sayti </a> C) <a link="https//www.uzedu.uz"> XTV sayti </a> D) <a src="https//api.onlinedu.uz/storage/question/https//www.uzedu.uz"> https//www.uzedu.uz </a> 41 / 50 41. HTML. ≤textarea≥ tegi qaysi obyektga tegishli teg hisoblanadi? A) Gipermurojaat B) Mediafayl C) Jadval D) Forma 42 / 50 42. HTML. Qaysi teg yordamida jadvalning qatorlari hosil qilinadi? A) <tr> B) <th> C) <row> D) <td> 43 / 50 43. Quyidagilardan qaysi biri kompyuter, mobil telefon va planshetlar uchun dastur yozishga imkon beradigan til hisoblanadi? A) PHP B) JavaScript C) Java D) Scratch 44 / 50 44. Dengiz mayogʻiga oʻrnatilgan dastur 4 ta lampada 3 xil rangdagi yoritish usulidan foydalanib dengizchilarga turli xabarlarni yetkazadi. Dengiz mayogʻi koʻpi bilan necha turdagi xabarni dengizchilarga yetkazishi mumkin? A) 12 turda B) 81 turda C) 25 turda D) 64 turda 45 / 50 45. HTML da H2O kabi matnning indeksida va x³+y² kabi darajada yozish uchun mos ravishda qaysi teglar qoʻllanadi? A) Indeksda yozish uchun <pre>, darajada <br> B) Indeksda yozish uchun <sub>, darajada <sup> C) Indeksda yozish uchun <ol>, darajada <ul> D) Indeksda yozish uchun <sup>, darajada <sub> 46 / 50 46. Informatika yosh fan hisoblansa-da, uning kelib chiqish ildizlari uzoq tarixga borib taqaladi. Bu fanning ilmiy asoslari qanday tushunchalar ustiga qurilgan? A) Formal mantiq, algoritm va dastur B) Kompyuter, dastur va intellekt C) Bilish, mantiq va algoritm D) Algoritm, dastur va internet 47 / 50 47. Nuqtalar oʻrnini toʻldiring MS Word dasturida CTRL+Q tugmalar kombinatsiyasi bosilganda ... A) oldingi qatorga boʻsh joy qoʻyiladi B) kursor satrning eng oxiriga oʻtadi C) qatorlar orasidagi boʻsh joyni sozlash oynasini ishga tushadi D) barcha yozuvlarni o'chirib tashlaydi 48 / 50 48. Quyidagilardan qaysi birida F harfi bilan boshlanuvchi tartiblangan roʻyxat hosil qilish koʻrsatilgan? A) <ol type="A" begin=F> B) <ol type="A" start=6> C) <ul type="A" start=5> D) <ul type="A" start=F> 49 / 50 49. MS Excel. A1 katakchadagi =$C$2*$D$7-$B$5 formulaning D1 katakchaga nusxasi qaysi javobda toʻgʻri berilgan? A) =$C$2*$D$7-$B$5 B) =N$2*O11-$B9 C) =P$2*Q10-$B8 D) =N$2*O11-$B9 50 / 50 50. Nuqtalar oʻrnini toʻldiring MS Word dasturida CTRL+H klavishlar kombinatsiyasi bosilganda ... A) "Найти заменить"oynasi faollashadi B) Kursor hujjatning eng boshiga oʻtadi C) Kursor satrning eng oxiriga oʻtadi D) "Абзац" oynasi faollashadi 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 1 Tasviriy san’at fanidan diagnostika savollari
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 2 Musiqa fanidan diagnostika savollari
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 3 Texnologiya fanidan diagnostika savollari
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 0 Tarix fanidan diagnostika savollari