Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Tarix mavzulashtirilgan » 8-sinf Jahon tarixi » 8-sinf Jahon tarixi №2 8-sinf Jahon tarixi 8-sinf Jahon tarixi №2 InfoMaster Iyun 7, 2023 114 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 123456789101112131415161718192021222324252627282930 8-sinf Jahon tarixi №2 I bob. YEVROPADA YANGI DAVRNING SHAKLLANISHI 2-variant 1 / 30 1. Ingliz Muhandisi Stefenson tomonidan parovoz ixtiro qilingan yilni aniqlang. A) 1814-yil B) 1775-yil C) 1784-yil D) 1714-yil 2 / 30 2. Leonardo da Vinchi rasm chizish san’atini ... deb atagan. A) “San’atlar ichida eng ishonarlisi B) “Inson erki uchun kurash” C) “San’atlar malikasi” D) “San’atlar ichida birinchi” 3 / 30 3. U.Shekspir tug’ilgan yili ... A) Mikelanjelo vafot etdi B) G.Galiley inkivizitsiya sudi oldida javob berdi C) J.Bruno gulxanda kuydurildi D) G.Galiley vafot etdi 4 / 30 4. Yevropda Reformatsiyani boshlab bergan davlat xariatada qaysi raqam bilan ko’rsatilgan? A) 2 B) 11 C) 16 D) 14 5 / 30 5. Xariatada yulduzcha bilan belgilangan davlat tarixi bilan bog‘liq to‘g‘ri ma’lumotni toping. A) O’rta asrlarda G’arbiy Yevropadagi eng katta markazlashgan davlat edi B) 1648-yili Ispaniyadan mustaqilligi tan olindi C) XVIII asr oxirida maydoni jihatdan Yevropada uchinchi o’rinni egallagan D) XVII asrda Respublika deb e’lon qilingan 6 / 30 6. Buyuk geografik kashfiyotlarning amalga oshirilishiga sabab bo’lgan omillardan qaysi biri to’g’riligini aniqlang. A) Yevropada avj olgan o’zaro urushlar va buning natijasida aholi kambag’al qatlamining yer-mulkdan ajralib qolishi va ishsizlik B) din peshvolarining boshqa yerlardagi muqaddas qadamjolarni bosib olish va u yerda yangi davlatlar barpo etishga bo’lgan intilish C) turklar va arablar bosqini natijasida yevropaliklarning o’z yerlaridan haydalishi D) O’rtayer dengizidan o’tadigan savdo yo’lining Usmonlilar davlati tomonidan yopib qo’yilishi 7 / 30 7. Yangi davrga kelib nima sababdan Italiya shaharlari o‘zining avvalgi mavqeini yo‘qotgan? A) yangi savdo yo‘llaridan chetda qolishi B) o‘rta asr feodal sarqitlarining saqlanib qolganligi C) siyosiy tarqoqlik D) katolik cherkovining katta ta‘sirga ega bo‘lishi 8 / 30 8. Buyuk geografik kashfiyotlarning amalga oshirilishiga sabab bo’lgan omillardan qaysi biri to’g’riligini aniqlang. A) Yevropada avj olgan o’zaro urushlar va buning natijasida aholi kambag’al qatlamining yer-mulkdan ajralib qolishi va ishsizlik B) din peshvolarining boshqa yerlardagi muqaddas qadamjolarni bosib olish va u yerda yangi davlatlar barpo etishga bo’lgan intilish C) turklar va arablar bosqini natijasida yevropaliklarning o’z yerlaridan haydalishi D) fan va texnika taraqqiyotida yevropaliklar erishgan yutuqlar 9 / 30 9. Amerika qit’asining rasman kashf etilgan sanasini aniqlang. A) 1496-yil 10-may B) 1492-yil 12-oktabr C) 1492-yil 6-avgust D) 1494-yil 4-mart 10 / 30 10. Rasmda tasvirlangan Uyg’onish davrining yirik namoyandasi yashagan yillarni toping. A) 1483-1520-yillar B) 1547-1616-yillar C) 1452-1519-yillar D) 1606-1669-yillar 11 / 30 11. G’arbiy Yevropa va Shimoliy Amerikada XVI – XIX asrlarda shakllangan jamiyat qanday nom olgan? A) buyuk jamiyat B) teng imkoniyatlar jamiyati C) konservativ jamiyat D) kapitalistik jamiyat 12 / 30 12. Kimning ixtirosi temiryo‘l transportining ommalashuvini boshlab bergan? A) R.Fulton B) J.Stefenson C) T.Edison D) J.Uilkinson 13 / 30 13. Yevropada katolik cherkov tomonidan protestantlarga qarshi qo‘llanilgan barcha tadbirlar qanday nomlangan? A) reformatsiya B) lyuterchilik C) protestantlik D) kontrreformatsiya 14 / 30 14. Yevropada reformatsiya natijasida… 1)milliy cherkovlar paydo bo‘ldi; 2)katolik cherkovining yakka hukmronligiga chek qo‘yildi; 3)bir qator Yevropa mamlakatlari Rim papasiga bo‘ysunmay qo‘ydi; 4)diniy hokimiyat mustahkamlandi; 5)diniy urushlar boshlanib, industrial sivilizatsiyaning qaror topishi sekinlashdi; A) 1, 2, 3 B) 2, 4, 5 C) 1, 3, 5 D) 1, 4, 5 15 / 30 15. Germaniyada reformatsiya jarayonini boshlanishiga nima sabab bo’ldi? A) Martin Lyuterning «95 tezislar» deb ataluvchi indulgensiyalarga qarshi da’vati B) M. Lyuterning Vorms shahar sudidagi nutqi C) 1524-yilda boshlangan dehqonlar qo‘zg‘oloni D) an’anaviy jamiyatning inqirozi va kapitalistik munosabatlarning rivojlanishi 16 / 30 16. Quyidagilardan noto’g’ri fikrni aniqlang. A) Gumanistlar dastlab cherkov tomonidan ta’qib qilindi, ularning asarlari yondirildi. B) XIV asrga kelib, avval unutib yuborilgan antik madaniyat qayta tiklana boshladi va bu jarayon Renessans nomini oldi C) Protestantlik va lyuteranlik bir-biridan farq qiladi D) Gumanistlar inson haqidagi O‘rta asrchilik tasavvurlarini rad etdi, ular har bir shaxsning noyobligi va qadrini ko‘rsatishga urindilar 17 / 30 17. Yangi davr boshlarida Yevropada ... ga o‘tilishi natijasida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining hosildorligi oshib, sotish uchun mahsulot ko‘paydi. A) uch dalali almashlab ekish B) ko‘p dalali almashlab ekish C) ikki dalali almashlab ekish D) mineral og’itlar va qishloq xo’jaligi mashinalaridan foydalanishga 18 / 30 18. Reformatsiya natijasida protestant cherkovi vujudga kelgan yilni aniqlang. A) 1540-yil B) 1555-yil C) 1517-yil D) 1524-yil 19 / 30 19. Buyuk geografik kashfiyotlarning amalga oshirilishi uchun katta turtki bo‘lgan omil berilgan javobni anilqang. A) Yevropada avj olgan o’zaro urushlar va buning natijasida aholi kambag’al qatlamining yer-mulkdan ajralib qolishi va ishsizlik B) din peshvolarining boshqa yerlardagi muqaddas qadamjolarni bosib olish va u yerda yangi davlatlar barpo etishga bo’lgan intilish C) Yerning dumaloqligi to‘g‘risidagi tasavvurlar va Atlantika okeanidan suzib o‘tib, afsonaviy boy hisoblangan Hindistonga dengiz yo‘lini ochish g‘oyasi D) turklar va arablar bosqini natijasida yevropaliklarning o’z yerlaridan haydalishi 20 / 30 20. G’arbiy Yevropada Renessans -Uyg‘onish davri boshlangan asrni belgilang. A) XVII asr B) XIV asr C) XVI asr D) XV asr 21 / 30 21. Quyidagi qaysi asrga kelib ko‘plab ruhoniylar va hatto Rim papalari ham gumanizm g‘oyalari bilan qiziqib, gumanistlarga o‘z fikrlarini erkin bayon qilish imkonini berdi. A) XVII asr B) XV asr C) XIV asr D) XVI asr 22 / 30 22. Yangi davr boshlarida savdogarlar nima maqsadda aksionerlik kompaniyalariga birlasha boshlagan? A) savdo qilish ruhsatnomalariga belgilangan katta miqdordagi to’lovlarni to’lamaslik maqsadida B) xavf-xatar katta bo’lgan uzoq masofalar bilan savdo qilish uchun C) ichki bozorda raqobatdan qutulish uchun D) o’zlarining manufakturalarini tashkil etish maqsadida 23 / 30 23. Yangi davr boshlarida “manufaktura” deb nimaga aytilgan? A) hunarmandchilik mahsulotlari sotiladigan korxonaga B) ishlab chiqarishda mashinalar hali qo‘llanilmagan katta korxonalar C) ishlab chiqarishda mashinalar qo‘llaniladigan katta korxonalar D) mehnat taqsimoti asosida faoliyat yurituvchi korxonalarga 24 / 30 24. XVI asrning II yarmida Shimoliy dengiz qirg‘oqlarida asosiy savdo markaziga aylangan shaharni aniqlang. A) Antverpen B) London C) Bryugge D) Amsterdam 25 / 30 25. Dastlab Gumanizm g’oyalari paydo bo’lgan mamlakat xaritada qaysi raqam bilan ko’rsatilgan? A) 14 B) 2 C) 16 D) 11 26 / 30 26. Sulton Ali Mirzo Samarqand taxtini egallagan yilda dunyo tarixida qanday voqea sodir bo’lgan edi? A) Vasko da Gama boshchiligidagi ekspeditsiya Hindistonga yetib keldi B) Vasko da Gama boshchiligidagi ekspeditsiya Hindistondan Portugaliyaga qaytib keldi C) Rossiyada ryuriklar sulolasi hukmronligi barham topdi D) Vasko da Gama boshchiligidagi ekspeditsiya 1497-yil Afrikani janubdan aylanib o‘tib, Hind okeaniga chiqdi. 27 / 30 27. O’rta asrlardayoq Yevropaning eng yirik shaharlaridan biriga aylangan Parij shahrida XVI asrga kelib rivojlanish sekinlashdi. Buning sababi tog’ri berilgan javobni aniqlang. A) o‘rta asr feodal sarqitlarining saqlanib qolganligi B) diniy urushlar va vabo epidemiyasi C) yangi ochilgan savdo yo’llaridan chetda qolishi D) shimoldan juda ko’p marotaba chel el bosqinchilarining hujumlari 28 / 30 28. "Duo o‘qi va ishla" shiori quyidagi qaysi ta'limotning asosi bo'lgan? A) lyuteranlik B) katolik C) kalvinizm D) provaslav 29 / 30 29. Ko’rsatib o’tilganlardan qaysi biri kapitalizmga hos emas? A) tadbirkorlik faoliyatini cheklab qo’yilishi B) xususiy mulk C) bozor munosabatlari D) demokratiya 30 / 30 30. Buyuk Geografik kashfiyotlar atamasi qaysi davrlarda amalga oshirilgan yirik geografik kashfiyotlarga nisbatan ishlatilgan? A) XVI-XVIII asrlar B) XIV-XV asrlar C) XV-XVII asrlar D) XIV-XVI asrlar Sizning ballingiz 0% Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz