Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Tarix mavzulashtirilgan » 8-sinf Jahon tarixi » 8-sinf Jahon tarixi №3 8-sinf Jahon tarixi 8-sinf Jahon tarixi №3 InfoMaster Iyun 7, 2023 271 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 Savollar 123456789101112131415161718192021222324252627282930 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 8-sinf Jahon tarixi №3 I bob. YEVROPADA YANGI DAVRNING SHAKLLANISHI 3-variant 1 / 30 1. Iqtisodda bozor munosabatlari shakllangan, jamiyatda siyosiy va ijtimoiy tenglik, huquqiy davlat, kishilarning tabiiy huquqlari, diniy bag‘rikenglik kabi qadriyatlar qaror topgan tarixiy davr nima deb ataladi? A) Kapitalistik jamiyat B) Industrial svilizatsiya C) An'anaviy jamiyat D) Postindustrial svilizatsiya 2 / 30 2. Yevropada katolik cherkov tomonidan protestantlarga qarshi qo‘llanilgan barcha tadbirlar qanday nomlangan? A) reformatsiya B) protestantlik C) kontrreformatsiya D) lyuterchilik 3 / 30 3. Yerning dumaloqligi to‘g‘risidagi tasavvurdan kelib chiqib, Ispaniya qiroliga Atlantika okeani bo‘ylab g‘arbga qarab suzib, dengiz orqali Hindistonga yo‘l ochishni taklif qilgan shaxsni aniqlang. A) Fernando Magellan B) Xristofor Kolumb C) Bartolomeu Diash D) Genrix Dengizchi 4 / 30 4. Quyidagi berilgan kashfiyotlar sanasini aniqlang. 1)Portugaliyalik dengiz sayyohi Vasko da Gama Atlantika orqali Hindistonga boradigan dengiz yo’lini kashf etdi; 2)Portugaliyalik dengiz sayyohi F.Magellan Amerika qit’asini aylanib o’tib, Hindistonga boradigan dengiz yo’lini ochdi; 3)Dunyoni aylanib suzish nihoyasiga yetdi; 4)L.V.Torres boshchiligidagi ekspeditsiya Avstraliyani kashf etdi; a) 1606-yil; b) 1522-yil; c) 1519-yil; d)1498-yil; A) 1d, 2c, 3b, 4a B) 1a, 2d, 3c, 4b C) 1b, 2a, 3d, 4c D) 1c, 2b, 3a, 4d 5 / 30 5. XVI asrning ikkinchi yarmida Yevropada asosiy savdo markazi bo’lgan shaharni belgilang. A) Antverpen B) Florensiya C) Venetsiya D) Amsterdam 6 / 30 6. Quyidagi rasmda tasvirlangan, Yerning quyosh va o’z o’qi atrofida aylanishini birinchi bo’lib isbotlab bergan olimni aniqlang. A) Jordano Bruno B) Isaak Nyuton C) Nikolay Kopernik D) Galileo Galiley 7 / 30 7. Iqtisodda bozor munosabatlari shakllangan, jamiyatda siyosiy va ijtimoiy tenglik, huquqiy davlat, kishilarning tabiiy huquqlari, diniy bag‘rikenglik kabi qadriyatlar qaror topgan tarixiy davr bu… A) Postindustrial sivilizatsiya B) Kapitalistik jamiyat C) Sotsialistik jamiyat D) Industrial sivilizatsiya 8 / 30 8. Jan Kalvin qaysi shaharda kalvinizm ta‘limotiga asos solgan? A) Jenevada B) Parijda C) Veneda D) Orleanda 9 / 30 9. Bir-biridan o’n yil farq qiladigan voqealar joylashgan javob variantini toping. A) Chingizxon taxtga chiqdi; Chingizxon Xorazmshoh huzuriga Mahmud Yalavoch boshchiligida o’z elchilarini yubordi; B) Aleksandrning sharqqa yurishi boshlandi; Salavkiylar davlatining tashkil topdi; C) Marafon jangi; Plateya jangi; D) Genrix VII Tyudor vafot etdi; Leonardo da Vinchi vafot etdi; 10 / 30 10. To’g’ri ma’lumotlar berilgan javobni toping. 1.Yangi davr rivojlangan shahar madaniyati, Antik davr tarixiga bo‘lgan katta qiziqish, uni ideallashtirish, badiiy san’atning tez hayotiylashuvi kabilar bilan ham xarakterlanadi 2.Yangi tarix kishilarning tabiiy tengligi, shaxsning erkinligi va sha’ni kabi demokratik tushunchalarga asoslangan yangicha dunyo qarashning shakllanishi bilan O‘rta asrlardan farq qiladi. 3.Yevropada industrial sivilizatsiyaning jadal rivojlanishi Yangi tarixning asosiy mazmunini tashkil etadi; 4.Yangi tarixning ikkinchi bosqichi XVIII asr oxiridan Birinchi jahon urushining yakuni -1918-yilgacha davom etadi. A) 1, 2, 4 B) 2, 3, 4 C) 1, 3, 4 D) 1, 2, 3 11 / 30 11. Yangi davr boshlarida bozor munosabatlari jadal rivojlanayotgan qaysi davlatlarda savdogarlar ulgurji savdoga katta ehtiyoj seza boshlagan? 1) Italiya; 2) Fransiya; 3) Germaniya; 4) Niderland qirolligi; 5) Angliya; A) 2, 3, 4 B) 1, 2, 3 C) 1, 3, 5 D) 2, 4, 5 12 / 30 12. Xaritada yulduzcha bilan belgilangan davlat ( hudud) kim tomonidan kashf etilgan? A) Bartolomeu Diash B) Abel Tasman C) Villem Yanszon D) Luis Torres 13 / 30 13. O’z asarida ideal davlat namunasini yaratib, uni “Utopiya” deb atagan shaxsni toping. A) Jon Lokk B) Tomas Myunser C) Tomas Mor D) Nikolay Kopernik 14 / 30 14. 1483-1520-yillarda yashab ijod qilgan. Uning asarlari ichida “Sikistin madonnasi” mashhur bo’lib, zamondoshlari unga “shu xil dagilarning yagonasi” deb baho bergan. Bu ma’lumot qaysi ijodkorga tegishli? A) Uilyam Shekispir B) Rafael Santi C) Migel de Servantes D) Leonardo da Vinchi 15 / 30 15. Bir yilda vafot etgan mashhur shaxslarni aniqlang. 1)Muhammad Shayboniyxon; 2)Nikolay Kopernik; 3)Kamoliddin Behzod; 4)Rafael Santi; 5)Sultonali Mashhadiy; 6)Leonardo da Vinchi; A) 1, 6 B) 2, 3 C) 4, 5 D) 1, 2 16 / 30 16. XVI asrning birinchi choragida yuz bergan voqealarni aniqlang. 1) Germaniyada ruhoniy Tomas Myunser boshchiligida dehqonlar qo’zg’oloni boshlandi; 2) Angliyada Genrix VII Tyudor hukmronligi tugadi; 3) Rossiyada Romanovlar sulolasi hukmronligi boshlandi; 4) Dengizchilar tomonidan Amerika qit’asini janubdan aylanib o’tib, Hindistonga boradigan dengiz yo’li ochildi; 5) Avstraliya qit’asi kashf etildi; 6) Bobur Mirzo kobulda o’z hokimiyatini o’rnatdi. A) 2, 3, 5, 6 B) 1, 2, 4, 6 C) 1, 3, 5, 6 D) 1, 2, 3, 4 17 / 30 17. Buyuk geografik kashfiyotlarning eng salbiy oqibatlaridan birini aniqlang. A) qadimgi sivilizatsiyalarning ko’plab o’choqlari yo’q qilinishi B) qul savdosini xalqaro miqyosda rivojlanishi C) jahon mustamlaka tizimini shakllanishi D) asosiy savdo yo’llarini Atlantika okeaniga ko’chganligi 18 / 30 18. Buyuk geografik kashfiyotlarni amalga oshirgan quyidagi dengizchilardan qaysi biri potugaliyalik emas? A) Abel Tasman B) F.Magellan C) Bartolomeu Diash D) Vasko da Gama 19 / 30 19. Buyuk geografik kashfiyotlar davrida 1606-yil qanday voqea bilan izohlanadi? A) gollandiyaliklar Avstraliya qirg‘oqlarini tadqiq eta boshladilar B) Abel Tasman Indoneziya qirg‘oqlaridan sharqqa tomon suzib, Avstraliyani janubdan aylanib o‘tdi va keyinchalik Tasmaniya deb atalgan orolni kashf etdi C) Antil orollari, Janubiy va Markaziy Amerika qirg‘oqlari kashf etildi D) Luis Torres Osiyo bilan Avstraliya oralig‘idagi bo‘g‘ozdan suzib o‘tib, yangi qit’a qirg‘oqlariga yetdi 20 / 30 20. Yevropada reformatsiya natijasida faqat yangi diniy ta’limot vujudga kelibgina qolmay, ... A) u qirol hokimiyatining zaiüashuviga sabab bo'ldi B) u industrial sivilizatsiyaning qaror topishini tezlashtirdi C) u Yangi davrda Yevropa taraqqiyotiga o‘ziga xos yakun ham yasadi D) diniy nizolar ham bartaraf etilshiga sabab bo'ldi 21 / 30 21. Ashtarxoniylar hukmdori Nodir Muhammad taxtga o’tirgan yili sodir bo’lgan voqeani aniqlang. A) Avrangzeb hukronligi davri boshlandi B) Angliyada «Uzoq muddatli parlament» ish boshladi C) Isaak Nyuton tug’ildi D) Galileo Galiley vafot etdi 22 / 30 22. Davlat hokimiyatini bo’lish, ya’ni ijro etuvchi hokimiyatini qonun chiqaruvchi hokimiyatdan ajratish haqidagi ta’limotni ilgari surgan jamoat arbobini aniqlang. A) V.Belinskiy B) Sharl Furye C) Jon Lokk D) N.Muravyov 23 / 30 23. Quyidagi atamalarni ularning izohi bilan mos ravishda to’gri berilgan javobni toping. 1)sex; 2) manufaktura; 3) gildiya; 4) faktoriya; a)o‘z a’zolarining manfaatlarini himoya qilish uchun tuzilgan savdogarlar va hunarmandlar uyushmasi; b)ma’lum kasbdagi usta-hunarmandlar uyushmasi; c)O’rta asrlarda O’rta yer dengizi sohillari bo’ylab joylashgan savdogarlar manzilgohlari; d)ishlab chiqarishda mashinalar hali qo‘llanilmagan katta korxonalar A) 1-b, 2-c, 3-a, 4-d B) 1-a, 2-d, 3-b, 4-c C) 1-b, 2-d, 3-a, 4-c D) 1-d, 2-b, 3-a, 4-c 24 / 30 24. Quyidagi qaysi davrga kelib, dunyo xaritasi o‘zining asosiy jihatlari bilan zamonaviy ko‘rinishga ega bo‘ldi ? A) Ikkinchi jahon urushidan keyin B) Birinchi jahon urushidan keyin C) Yangi davr oxiri D) Yangi davr boshlari 25 / 30 25. Yangi davrda Fan va texnika o‘rtasida uzviy aloqa shakllanishi natijasida qachondan boshlab, texnika va texnologiyalarda buyuk ixtirolar amalga oshirildi ? A) XVI asr boshlaridan B) XIX asr oxiridan C) XVIII asr oxiridan D) XVII asr o’rtalaridan 26 / 30 26. Yangi davr boshlarida ilgari fan va adabiyot tili bo’lgan lotin tili o’rniga quyidagilardan qaysi xalq tillari rivojlandi? 1) nemis; 2) ispan; 3) ingliz; 4) italyan; 5) fransuz; A) 2, 3, 5 B) 2, 4, 5 C) 1, 3, 5 D) 1, 2, 3 27 / 30 27. Yangi davr boshlarida o‘rab turgan olamga ilohiy emas, dunyoviy, insoniy qarash tarafdorlari...deb atalgan. A) ateistlar B) dahriylar C) gumanistlar D) Ma'rifatparvarlar 28 / 30 28. Atigi 37 yil umr ko’rib, lekin o’z nomini abadiylikka muhrlagan asarlar yaratgan uyg’onish davri vakilini aniqlang. A) Leonardo da Vinchi B) Mikelanjelo C) Rembrandt D) Rafael Santi 29 / 30 29. Rasmda tasvirlangan shaxsning yashagan yillarini aniqlang. A) 1684-1781-yillar B) 1703-1770-yillar C) 1749-1832-yillar D) 1632-1704-yillar 30 / 30 30. Quyidagilardan qaysi biri Yangi davr sivilizatsiyasining buyuk yutug’i bo’lgan. A) zamonaviy banklarning paydo bo’lishi; B) savdo monopoliyalari vujudga kelishi; C) aksionerlik jamiyatlari tashkil topishi; D) doimiy bozorlarni paydo bo’lishi; Sizning ballingiz 0% Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz