Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Tarix mavzulashtirilgan » 8-sinf Jahon tarixi » 8-sinf Jahon tarixi №3 8-sinf Jahon tarixi 8-sinf Jahon tarixi №3 InfoMaster Iyun 7, 2023 138 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 123456789101112131415161718192021222324252627282930 8-sinf Jahon tarixi №3 I bob. YEVROPADA YANGI DAVRNING SHAKLLANISHI 3-variant 1 / 30 1. Buyuk geografik kashfiyotlar tufayli dengiz savdo yo‘llari qayerga ko‘chgan? A) Hind okeaniga B) O’rtayer dengiziga C) Atlantika okeaniga D) Tinch okeaniga 2 / 30 2. Yevropada reformatsiya natijasida… 1)milliy cherkovlar paydo bo‘ldi; 2)katolik cherkovining yakka hukmronligiga chek qo‘yildi; 3)bir qator Yevropa mamlakatlari Rim papasiga bo‘ysunmay qo‘ydi; 4)diniy hokimiyat mustahkamlandi; 5)diniy urushlar boshlanib, industrial sivilizatsiyaning qaror topishi sekinlashdi; A) 1, 2, 3 B) 2, 4, 5 C) 1, 4, 5 D) 1, 3, 5 3 / 30 3. Buyuk geografik kashfiyotlarning eng salbiy oqibatlaridan birini aniqlang. A) asosiy savdo yo’llarini Atlantika okeaniga ko’chganligi B) qul savdosini xalqaro miqyosda rivojlanishi C) jahon mustamlaka tizimini shakllanishi D) qadimgi sivilizatsiyalarning ko’plab o’choqlari yo’q qilinishi 4 / 30 4. Buyuk geografik kashfiyotlar davrida 1606-yil qanday voqea bilan izohlanadi? A) Abel Tasman Indoneziya qirg‘oqlaridan sharqqa tomon suzib, Avstraliyani janubdan aylanib o‘tdi va keyinchalik Tasmaniya deb atalgan orolni kashf etdi B) Antil orollari, Janubiy va Markaziy Amerika qirg‘oqlari kashf etildi C) Luis Torres Osiyo bilan Avstraliya oralig‘idagi bo‘g‘ozdan suzib o‘tib, yangi qit’a qirg‘oqlariga yetdi D) gollandiyaliklar Avstraliya qirg‘oqlarini tadqiq eta boshladilar 5 / 30 5. 1483-1520-yillarda yashab ijod qilgan. Uning asarlari ichida “Sikistin madonnasi” mashhur bo’lib, zamondoshlari unga “shu xil dagilarning yagonasi” deb baho bergan. Bu ma’lumot qaysi ijodkorga tegishli? A) Rafael Santi B) Leonardo da Vinchi C) Uilyam Shekispir D) Migel de Servantes 6 / 30 6. Yangi davr boshlarida ilgari fan va adabiyot tili bo’lgan lotin tili o’rniga quyidagilardan qaysi xalq tillari rivojlandi? 1) nemis; 2) ispan; 3) ingliz; 4) italyan; 5) fransuz; A) 1, 3, 5 B) 1, 2, 3 C) 2, 4, 5 D) 2, 3, 5 7 / 30 7. Quyidagi berilgan kashfiyotlar sanasini aniqlang. 1)Portugaliyalik dengiz sayyohi Vasko da Gama Atlantika orqali Hindistonga boradigan dengiz yo’lini kashf etdi; 2)Portugaliyalik dengiz sayyohi F.Magellan Amerika qit’asini aylanib o’tib, Hindistonga boradigan dengiz yo’lini ochdi; 3)Dunyoni aylanib suzish nihoyasiga yetdi; 4)L.V.Torres boshchiligidagi ekspeditsiya Avstraliyani kashf etdi; a) 1606-yil; b) 1522-yil; c) 1519-yil; d)1498-yil; A) 1a, 2d, 3c, 4b B) 1c, 2b, 3a, 4d C) 1d, 2c, 3b, 4a D) 1b, 2a, 3d, 4c 8 / 30 8. Davlat hokimiyatini bo’lish, ya’ni ijro etuvchi hokimiyatini qonun chiqaruvchi hokimiyatdan ajratish haqidagi ta’limotni ilgari surgan jamoat arbobini aniqlang. A) N.Muravyov B) V.Belinskiy C) Sharl Furye D) Jon Lokk 9 / 30 9. Yangi davr boshlarida bozor munosabatlari jadal rivojlanayotgan qaysi davlatlarda savdogarlar ulgurji savdoga katta ehtiyoj seza boshlagan? 1) Italiya; 2) Fransiya; 3) Germaniya; 4) Niderland qirolligi; 5) Angliya; A) 2, 4, 5 B) 1, 3, 5 C) 2, 3, 4 D) 1, 2, 3 10 / 30 10. Ashtarxoniylar hukmdori Nodir Muhammad taxtga o’tirgan yili sodir bo’lgan voqeani aniqlang. A) Galileo Galiley vafot etdi B) Angliyada «Uzoq muddatli parlament» ish boshladi C) Isaak Nyuton tug’ildi D) Avrangzeb hukronligi davri boshlandi 11 / 30 11. Yevropada reformatsiya natijasida faqat yangi diniy ta’limot vujudga kelibgina qolmay, ... A) u industrial sivilizatsiyaning qaror topishini tezlashtirdi B) diniy nizolar ham bartaraf etilshiga sabab bo'ldi C) u Yangi davrda Yevropa taraqqiyotiga o‘ziga xos yakun ham yasadi D) u qirol hokimiyatining zaiüashuviga sabab bo'ldi 12 / 30 12. Quyidagi qaysi davrga kelib, dunyo xaritasi o‘zining asosiy jihatlari bilan zamonaviy ko‘rinishga ega bo‘ldi ? A) Yangi davr oxiri B) Ikkinchi jahon urushidan keyin C) Birinchi jahon urushidan keyin D) Yangi davr boshlari 13 / 30 13. Rasmda tasvirlangan shaxsning yashagan yillarini aniqlang. A) 1749-1832-yillar B) 1632-1704-yillar C) 1703-1770-yillar D) 1684-1781-yillar 14 / 30 14. Jan Kalvin qaysi shaharda kalvinizm ta‘limotiga asos solgan? A) Orleanda B) Parijda C) Jenevada D) Veneda 15 / 30 15. XVI asrning ikkinchi yarmida Yevropada asosiy savdo markazi bo’lgan shaharni belgilang. A) Antverpen B) Venetsiya C) Amsterdam D) Florensiya 16 / 30 16. Yangi davr boshlarida o‘rab turgan olamga ilohiy emas, dunyoviy, insoniy qarash tarafdorlari...deb atalgan. A) ateistlar B) Ma'rifatparvarlar C) dahriylar D) gumanistlar 17 / 30 17. Iqtisodda bozor munosabatlari shakllangan, jamiyatda siyosiy va ijtimoiy tenglik, huquqiy davlat, kishilarning tabiiy huquqlari, diniy bag‘rikenglik kabi qadriyatlar qaror topgan tarixiy davr bu… A) Industrial sivilizatsiya B) Kapitalistik jamiyat C) Postindustrial sivilizatsiya D) Sotsialistik jamiyat 18 / 30 18. To’g’ri ma’lumotlar berilgan javobni toping. 1.Yangi davr rivojlangan shahar madaniyati, Antik davr tarixiga bo‘lgan katta qiziqish, uni ideallashtirish, badiiy san’atning tez hayotiylashuvi kabilar bilan ham xarakterlanadi 2.Yangi tarix kishilarning tabiiy tengligi, shaxsning erkinligi va sha’ni kabi demokratik tushunchalarga asoslangan yangicha dunyo qarashning shakllanishi bilan O‘rta asrlardan farq qiladi. 3.Yevropada industrial sivilizatsiyaning jadal rivojlanishi Yangi tarixning asosiy mazmunini tashkil etadi; 4.Yangi tarixning ikkinchi bosqichi XVIII asr oxiridan Birinchi jahon urushining yakuni -1918-yilgacha davom etadi. A) 1, 3, 4 B) 1, 2, 4 C) 1, 2, 3 D) 2, 3, 4 19 / 30 19. Quyidagi atamalarni ularning izohi bilan mos ravishda to’gri berilgan javobni toping. 1)sex; 2) manufaktura; 3) gildiya; 4) faktoriya; a)o‘z a’zolarining manfaatlarini himoya qilish uchun tuzilgan savdogarlar va hunarmandlar uyushmasi; b)ma’lum kasbdagi usta-hunarmandlar uyushmasi; c)O’rta asrlarda O’rta yer dengizi sohillari bo’ylab joylashgan savdogarlar manzilgohlari; d)ishlab chiqarishda mashinalar hali qo‘llanilmagan katta korxonalar A) 1-d, 2-b, 3-a, 4-c B) 1-b, 2-c, 3-a, 4-d C) 1-a, 2-d, 3-b, 4-c D) 1-b, 2-d, 3-a, 4-c 20 / 30 20. Bir yilda vafot etgan mashhur shaxslarni aniqlang. 1)Muhammad Shayboniyxon; 2)Nikolay Kopernik; 3)Kamoliddin Behzod; 4)Rafael Santi; 5)Sultonali Mashhadiy; 6)Leonardo da Vinchi; A) 4, 5 B) 2, 3 C) 1, 2 D) 1, 6 21 / 30 21. Quyidagilardan XVI asrda bo‘lib o‘tgan voqeani belgilang. A) Yangi mustaqil davlat - Amerika Qo‘shma Shtatlari tashkil topdi. B) Angliyada burjua inqilobi boshlandi. C) Fransiyada burjua inqilobi boshlandi. D) Fransiyada diniy urushlar va vabo epidemiyasi bo‘lib o‘tdi. 22 / 30 22. Quyidagilardan qaysi biri Yangi davr sivilizatsiyasining buyuk yutug’i bo’lgan. A) doimiy bozorlarni paydo bo’lishi; B) zamonaviy banklarning paydo bo’lishi; C) aksionerlik jamiyatlari tashkil topishi; D) savdo monopoliyalari vujudga kelishi; 23 / 30 23. Atigi 37 yil umr ko’rib, lekin o’z nomini abadiylikka muhrlagan asarlar yaratgan uyg’onish davri vakilini aniqlang. A) Leonardo da Vinchi B) Rafael Santi C) Rembrandt D) Mikelanjelo 24 / 30 24. Bir-biridan o’n yil farq qiladigan voqealar joylashgan javob variantini toping. A) Marafon jangi; Plateya jangi; B) Aleksandrning sharqqa yurishi boshlandi; Salavkiylar davlatining tashkil topdi; C) Genrix VII Tyudor vafot etdi; Leonardo da Vinchi vafot etdi; D) Chingizxon taxtga chiqdi; Chingizxon Xorazmshoh huzuriga Mahmud Yalavoch boshchiligida o’z elchilarini yubordi; 25 / 30 25. XVI asrning birinchi choragida yuz bergan voqealarni aniqlang. 1) Germaniyada ruhoniy Tomas Myunser boshchiligida dehqonlar qo’zg’oloni boshlandi; 2) Angliyada Genrix VII Tyudor hukmronligi tugadi; 3) Rossiyada Romanovlar sulolasi hukmronligi boshlandi; 4) Dengizchilar tomonidan Amerika qit’asini janubdan aylanib o’tib, Hindistonga boradigan dengiz yo’li ochildi; 5) Avstraliya qit’asi kashf etildi; 6) Bobur Mirzo kobulda o’z hokimiyatini o’rnatdi. A) 1, 3, 5, 6 B) 1, 2, 4, 6 C) 2, 3, 5, 6 D) 1, 2, 3, 4 26 / 30 26. Yangi davrda Fan va texnika o‘rtasida uzviy aloqa shakllanishi natijasida qachondan boshlab, texnika va texnologiyalarda buyuk ixtirolar amalga oshirildi ? A) XVII asr o’rtalaridan B) XVI asr boshlaridan C) XVIII asr oxiridan D) XIX asr oxiridan 27 / 30 27. O’z asarida ideal davlat namunasini yaratib, uni “Utopiya” deb atagan shaxsni toping. A) Jon Lokk B) Nikolay Kopernik C) Tomas Myunser D) Tomas Mor 28 / 30 28. Quyidagi rasmda tasvirlangan, Yerning quyosh va o’z o’qi atrofida aylanishini birinchi bo’lib isbotlab bergan olimni aniqlang. A) Isaak Nyuton B) Galileo Galiley C) Jordano Bruno D) Nikolay Kopernik 29 / 30 29. Yangi davr Yevropasida tovar ishlab chiqaruvchi xo’jaliklar sonini ko’payishiga qanday omil sabab bo’lgan? A) ishlab chiqarishda yollanma mehnatdan foydalanish; B) ichki va tashqi savdoda shaharlar mavqeyining tobora yuksalib borganligi; C) Ko’plab oilalarni mahsulotni bir qismini bozorda sotishga majbur bo’lganligi; D) Savdogarlar hayoti va mol-mulkiga solinayotgan doimiy xavf xatar; 30 / 30 30. Xaritada yulduzcha bilan belgilangan davlat ( hudud) kim tomonidan kashf etilgan? A) Villem Yanszon B) Abel Tasman C) Luis Torres D) Bartolomeu Diash Sizning ballingiz 0% Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz