Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Tarix mavzulashtirilgan » 8-sinf Jahon tarixi » 8-sinf Jahon tarixi №2 8-sinf Jahon tarixi 8-sinf Jahon tarixi №2 InfoMaster Iyun 7, 2023 310 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 Savollar 123456789101112131415161718192021222324252627282930 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 8-sinf Jahon tarixi №2 I bob. YEVROPADA YANGI DAVRNING SHAKLLANISHI 2-variant 1 / 30 1. X. Kolumb ekspeditsiyasi 1492-yil 12-oktabr kuni Amerika qit’asidagi San-Salvador orolini kashf etgan. Bu orol xaritada qaysi raqam bilan ko’rsatilgan A) 12 B) 11 C) 9 D) 10 2 / 30 2. Leonardo da Vinchi rasm chizish san’atini ... deb atagan. A) “San’atlar ichida birinchi” B) “San’atlar malikasi” C) “Inson erki uchun kurash” D) “San’atlar ichida eng ishonarlisi 3 / 30 3. Buyuk geografik kashfiyotlarning amalga oshirilishi uchun katta turtki bo‘lgan omil berilgan javobni anilqang. A) din peshvolarining boshqa yerlardagi muqaddas qadamjolarni bosib olish va u yerda yangi davlatlar barpo etishga bo’lgan intilish B) Yerning dumaloqligi to‘g‘risidagi tasavvurlar va Atlantika okeanidan suzib o‘tib, afsonaviy boy hisoblangan Hindistonga dengiz yo‘lini ochish g‘oyasi C) Yevropada avj olgan o’zaro urushlar va buning natijasida aholi kambag’al qatlamining yer-mulkdan ajralib qolishi va ishsizlik D) turklar va arablar bosqini natijasida yevropaliklarning o’z yerlaridan haydalishi 4 / 30 4. Buyuk geografik kashfiyotlarning amalga oshirilishiga sabab bo’lgan omillardan qaysi biri to’g’riligini aniqlang. A) din peshvolarining boshqa yerlardagi muqaddas qadamjolarni bosib olish va u yerda yangi davlatlar barpo etishga bo’lgan intilish B) turklar va arablar bosqini natijasida yevropaliklarning o’z yerlaridan haydalishi C) fan va texnika taraqqiyotida yevropaliklar erishgan yutuqlar D) Yevropada avj olgan o’zaro urushlar va buning natijasida aholi kambag’al qatlamining yer-mulkdan ajralib qolishi va ishsizlik 5 / 30 5. Sulton Ali Mirzo Samarqand taxtini egallagan yilda dunyo tarixida qanday voqea sodir bo’lgan edi? A) Vasko da Gama boshchiligidagi ekspeditsiya Hindistondan Portugaliyaga qaytib keldi B) Rossiyada ryuriklar sulolasi hukmronligi barham topdi C) Vasko da Gama boshchiligidagi ekspeditsiya Hindistonga yetib keldi D) Vasko da Gama boshchiligidagi ekspeditsiya 1497-yil Afrikani janubdan aylanib o‘tib, Hind okeaniga chiqdi. 6 / 30 6. Yangi davr boshlarida shakllangan aholi qatlamlarini aniqlang. 1) krepostnoy; 2) tadbirkor; 3) proletoriat; 4) mardikor; 5) burjuaziya; 6) ishchi; A) 1, 2, 3, 5 B) 1, 3, 4, 5 C) 2, 4, 5, 6 D) 2, 3, 5, 6 7 / 30 7. Dastlab Gumanizm g’oyalari paydo bo’lgan mamlakat xaritada qaysi raqam bilan ko’rsatilgan? A) 11 B) 16 C) 2 D) 14 8 / 30 8. Yangi davr boshlarida “manufaktura” deb nimaga aytilgan? A) hunarmandchilik mahsulotlari sotiladigan korxonaga B) mehnat taqsimoti asosida faoliyat yurituvchi korxonalarga C) ishlab chiqarishda mashinalar hali qo‘llanilmagan katta korxonalar D) ishlab chiqarishda mashinalar qo‘llaniladigan katta korxonalar 9 / 30 9. "Duo o‘qi va ishla" shiori quyidagi qaysi ta'limotning asosi bo'lgan? A) kalvinizm B) katolik C) lyuteranlik D) provaslav 10 / 30 10. G’arbiy Yevropa va Shimoliy Amerikada XVI – XIX asrlarda shakllangan jamiyat qanday nom olgan? A) kapitalistik jamiyat B) konservativ jamiyat C) buyuk jamiyat D) teng imkoniyatlar jamiyati 11 / 30 11. Yevropada katolik cherkov tomonidan protestantlarga qarshi qo‘llanilgan barcha tadbirlar qanday nomlangan? A) kontrreformatsiya B) reformatsiya C) protestantlik D) lyuterchilik 12 / 30 12. Kimning ixtirosi temiryo‘l transportining ommalashuvini boshlab bergan? A) R.Fulton B) J.Stefenson C) J.Uilkinson D) T.Edison 13 / 30 13. Yevropda Reformatsiyani boshlab bergan davlat xariatada qaysi raqam bilan ko’rsatilgan? A) 14 B) 16 C) 11 D) 2 14 / 30 14. Amerika qit’asining rasman kashf etilgan sanasini aniqlang. A) 1496-yil 10-may B) 1494-yil 4-mart C) 1492-yil 12-oktabr D) 1492-yil 6-avgust 15 / 30 15. Rasmda tasvirlangan Uyg’onish davrining yirik namoyandasi yashagan yillarni toping. A) 1547-1616-yillar B) 1606-1669-yillar C) 1483-1520-yillar D) 1452-1519-yillar 16 / 30 16. XVI asrning II yarmida Shimoliy dengiz qirg‘oqlarida asosiy savdo markaziga aylangan shaharni aniqlang. A) Bryugge B) London C) Amsterdam D) Antverpen 17 / 30 17. Buyuk Geografik kashfiyotlar atamasi qaysi davrlarda amalga oshirilgan yirik geografik kashfiyotlarga nisbatan ishlatilgan? A) XIV-XVI asrlar B) XVI-XVIII asrlar C) XV-XVII asrlar D) XIV-XV asrlar 18 / 30 18. Xariatada yulduzcha bilan belgilangan davlat tarixi bilan bog‘liq to‘g‘ri ma’lumotni toping. A) O’rta asrlarda G’arbiy Yevropadagi eng katta markazlashgan davlat edi B) 1648-yili Ispaniyadan mustaqilligi tan olindi C) XVII asrda Respublika deb e’lon qilingan D) XVIII asr oxirida maydoni jihatdan Yevropada uchinchi o’rinni egallagan 19 / 30 19. Buyuk geografik kashfiyotlarning amalga oshirilishiga sabab bo’lgan omillardan qaysi biri to’g’riligini aniqlang. A) din peshvolarining boshqa yerlardagi muqaddas qadamjolarni bosib olish va u yerda yangi davlatlar barpo etishga bo’lgan intilish B) turklar va arablar bosqini natijasida yevropaliklarning o’z yerlaridan haydalishi C) O’rtayer dengizidan o’tadigan savdo yo’lining Usmonlilar davlati tomonidan yopib qo’yilishi D) Yevropada avj olgan o’zaro urushlar va buning natijasida aholi kambag’al qatlamining yer-mulkdan ajralib qolishi va ishsizlik 20 / 30 20. Quyidagi qaysi asrga kelib ko‘plab ruhoniylar va hatto Rim papalari ham gumanizm g‘oyalari bilan qiziqib, gumanistlarga o‘z fikrlarini erkin bayon qilish imkonini berdi. A) XVII asr B) XV asr C) XVI asr D) XIV asr 21 / 30 21. Yangi davr boshlarida savdogarlar nima maqsadda aksionerlik kompaniyalariga birlasha boshlagan? A) ichki bozorda raqobatdan qutulish uchun B) o’zlarining manufakturalarini tashkil etish maqsadida C) xavf-xatar katta bo’lgan uzoq masofalar bilan savdo qilish uchun D) savdo qilish ruhsatnomalariga belgilangan katta miqdordagi to’lovlarni to’lamaslik maqsadida 22 / 30 22. U.Shekspir tug’ilgan yili ... A) G.Galiley inkivizitsiya sudi oldida javob berdi B) J.Bruno gulxanda kuydurildi C) G.Galiley vafot etdi D) Mikelanjelo vafot etdi 23 / 30 23. Germaniyada reformatsiya jarayonini boshlanishiga nima sabab bo’ldi? A) M. Lyuterning Vorms shahar sudidagi nutqi B) 1524-yilda boshlangan dehqonlar qo‘zg‘oloni C) Martin Lyuterning «95 tezislar» deb ataluvchi indulgensiyalarga qarshi da’vati D) an’anaviy jamiyatning inqirozi va kapitalistik munosabatlarning rivojlanishi 24 / 30 24. Quyidagilardan noto’g’ri fikrni aniqlang. A) Gumanistlar dastlab cherkov tomonidan ta’qib qilindi, ularning asarlari yondirildi. B) Protestantlik va lyuteranlik bir-biridan farq qiladi C) Gumanistlar inson haqidagi O‘rta asrchilik tasavvurlarini rad etdi, ular har bir shaxsning noyobligi va qadrini ko‘rsatishga urindilar D) XIV asrga kelib, avval unutib yuborilgan antik madaniyat qayta tiklana boshladi va bu jarayon Renessans nomini oldi 25 / 30 25. Yevropada reformatsiya natijasida… 1)milliy cherkovlar paydo bo‘ldi; 2)katolik cherkovining yakka hukmronligiga chek qo‘yildi; 3)bir qator Yevropa mamlakatlari Rim papasiga bo‘ysunmay qo‘ydi; 4)diniy hokimiyat mustahkamlandi; 5)diniy urushlar boshlanib, industrial sivilizatsiyaning qaror topishi sekinlashdi; A) 1, 4, 5 B) 2, 4, 5 C) 1, 2, 3 D) 1, 3, 5 26 / 30 26. O’rta asrlardayoq Yevropaning eng yirik shaharlaridan biriga aylangan Parij shahrida XVI asrga kelib rivojlanish sekinlashdi. Buning sababi tog’ri berilgan javobni aniqlang. A) shimoldan juda ko’p marotaba chel el bosqinchilarining hujumlari B) o‘rta asr feodal sarqitlarining saqlanib qolganligi C) diniy urushlar va vabo epidemiyasi D) yangi ochilgan savdo yo’llaridan chetda qolishi 27 / 30 27. Ko’rsatib o’tilganlardan qaysi biri kapitalizmga hos emas? A) bozor munosabatlari B) demokratiya C) tadbirkorlik faoliyatini cheklab qo’yilishi D) xususiy mulk 28 / 30 28. Yangi davr boshlarida Yevropada ... ga o‘tilishi natijasida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining hosildorligi oshib, sotish uchun mahsulot ko‘paydi. A) mineral og’itlar va qishloq xo’jaligi mashinalaridan foydalanishga B) uch dalali almashlab ekish C) ko‘p dalali almashlab ekish D) ikki dalali almashlab ekish 29 / 30 29. Reformatsiya natijasida protestant cherkovi vujudga kelgan yilni aniqlang. A) 1555-yil B) 1517-yil C) 1524-yil D) 1540-yil 30 / 30 30. Yangi davrga kelib nima sababdan Italiya shaharlari o‘zining avvalgi mavqeini yo‘qotgan? A) yangi savdo yo‘llaridan chetda qolishi B) siyosiy tarqoqlik C) o‘rta asr feodal sarqitlarining saqlanib qolganligi D) katolik cherkovining katta ta‘sirga ega bo‘lishi Sizning ballingiz 0% Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz