Uy » Online olimpiada » Ona tili va adabiyot olimpiada » 8-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №2 Ona tili va adabiyot olimpiada 8-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №2 InfoMaster Dekabr 16, 2022 411 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 4 4 12345678910111213141516171819202122232425 Vaqtingiz tugadi! 8-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №2 07.12.2022 yil oo.uzedu.uz olimpiada savollari! 1 / 25 1. Insoniy xarakter va ijodiy taqdirni o’zida mujassam etgan she’rlar sirasiga kiruvchi misralar kimning qalamiga mansub? A) T. Sulaymon B) M. Yusuf C) U. Nosir D) S. Yesinin 2 / 25 2. “Qaror qilindi”, “inobatga olinsin” kabi qoliplashgan so‘z va so‘z birikmalari qaysi uslubda uchraydi? A) rasmiy-idoraviy B) badiiy C) so‘zlashuv D) ilmiy 3 / 25 3. Sening to’rang nomardlardan emasdir, Mard o’g’lon sevdigin tashlab ketarmi? Mazkur parcha kimning tilidan aytilgan? A) Buvraxon B) Kuntug’mish C) Mohiboy D) Xolmo’min 4 / 25 4. “Ulug’bek fojiasi” asarida Ulug’bek kimga nisbatan “Sadoqatli mard sardorim” deb murojaat etadi? A) Bek Arslonga B) Ota Murodga C) Berdiyorga D) Ali Qushchiga 5 / 25 5. “Kuntug’mish” dostonida Qur’oni karimni o’rtaga qo’yib do’st tutingan, lekin ahdiga vafo qilmagan obrazni belgilang. A) Mullavachcha B) Mohiboy C) Qosim D) Azbarxo’ja 6 / 25 6. Qaysi qatorda egasi noma’lum gap berilgan? A) Kechki ovqat pishirildi. B) Bugun teatrga borishimiz lozim edi. C) Dam olish kuni sayohatga borish kerak. D) Eshik ochiq bo‘lsa ham so‘rab kir. 7 / 25 7. Aruzdagi qaysi vaznlar o‘zbek she’riyatida eng ko‘p qo‘llanadi? A) mutaqorib, hazaj, rajaz B) ramal, hazaj, mutaqorib C) ramal, hazaj, rajaz D) ramal, rajaz, mutaqorib 8 / 25 8. Qaysi gapda kesim vazifasini bajargan sifatlanmish qatnashgan? A) Ko‘p so‘zning ozi yaxshi, oz so‘zning o‘zi yaxshi. B) Insonni sog‘lom qiladigan jismoniy mashqlardir, uning ma’naviyatini boyitadigan esa badiiy adabiyotdir. C) Bilagi zo‘r birni yiqar, bilimi zo‘r mingni yiqar D) O‘zbekiston – Vatanim manim. 9 / 25 9. Undov so‘zlar berilgan javobni aniqlang. A) ehtimol, shubhasiz, albatta B) evoh, beh-beh, uf C) eh, g‘ir-g‘ir, ofarin D) hoy, duv-duv, qars-qurs 10 / 25 10. Qaysi dostonda ishlatilgan “G‘aribning ko‘nglini ovlamoq savob”, “Qilichdan seskanmas botirning tani”, “Gavharni ne bilsin ushalgan sopol” kabi baytlar hikmatli so‘zlar darajasiga ko‘tarilgan? A) “Ravshan” B) “Rustamxon” C) “Kuntug‘mish” D) “Alpomish” 11 / 25 11. Qaysi gapda otlashgan sifat bilan ifodalangan uyushiq ega mavjud? A) Dono olg‘a boraturib, orqaga qarab qo‘yadi. B) Nodon aytur: g‘olib chiqdim, dono aytur: yo‘l berdim. C) Hayotda yaxshi ta’lim olgan va uni amalda qo‘llay bilganlar hech qachon qoqilmaydilar. D) Dangasa va yalqovlar hech qachon sanoqda bo‘lmaydi 12 / 25 12. Ko‘ngluma har yonki boqsam, dog‘i bor, Har necha dardimni desam, dog‘i bor. Qilcha tanga bori ishqing yor edi, Bir sori bo‘ldi firoqing dog‘i bor. (Lutfiy) Ushbu tuyuqda keltirilgan dog‘i bor tajnisli qofiyasining ma’nosi qaysi javobda to‘g‘ri izohlangan? A) otashi bor, yarasi bor, yana bor B) yara bor, yana bor, bor ket C) dog‘ bor, yara bor, yana bor D) yarasi bor, yana bor, otashi bor 13 / 25 13. Oybekning qaysi she’ri erksizlik, tutqunlikka bo‘ysunmagan ijodkor ruhning, olamni qutqaruvchi bezavol go‘zallikning so‘nmas timsoli bo‘lib qoldi. A) “Na’matak” B) “O‘zbekiston” C) “O‘rik gullaganda” D) “Qoraxat” 14 / 25 14. Hammamizning onamizdir shu Vatan, Yov qoldirgan siynasida ming tikan, Tirikmiz-ku, uni tozalash bizdan, Yur, o‘g‘lonim, elni ko‘tarish uchun. Ushbu she’riy parchada qaysi so‘z turkumlari kesim vazifasida kelgan? 1) ot; 2) sifat; 3) ravish; 4) olmosh; 5) fe’l; 6) son. A) 2, 3, 5, 6 B) 3, 4, 5, 6 C) 1, 4, 5, 6 D) 1, 2, 4, 5 15 / 25 15. Ona tilini e’zozlashni, qadrlashni va asrashni ma’rifatli millatlardan o‘rganing. Ushbu gapdagi yasama so‘zlar qanday sintaktik vazifa bajargan? A) kesim, hol B) aniqlovchi, hol C) to‘ldiruvchi, aniqlovchi D) kesim, to‘ldiruvchi 16 / 25 16. Yer qish uyqusidan uyg‘ondi. Bahorning mayin sabolari esa boshladi. Ariqlarning bo‘yi yam-yashil maysalar bilan qoplandi, daraxtlar kurtak chiqarib, ifor isli naparmon gullar bilan bezandi. Loyshuvoq tomlarda lolaqizg‘aldoqlar yal-yal yondi. Dalalardan yengil hovur ko‘tarilib, qirlarda anvoyi chechaklar ochildi. Qishloq va shaharlarning tor ko‘chalarida, maydonlarida bola-baqra ko‘paydi. Kichkintoylar akalari yasab bergan «laylak»larni uchiraman deb jonlari halak. Ahyon-ahyonda turnalar arg‘imchoq solib uchib o‘tishadi. Ularning dilni entiktiruvchi “qurey-qurey”lari osmonni tutadi... Ushbu matn qaysi nutq uslubiga tegishli? A) badiiy B) ilmiy C) rasmiy D) publitsistik 17 / 25 17. Xalq dostonlariga xos qaysi xususiyat yirik dostonchilik maktablarining paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi? A) xalq og‘zaki ijodida qadimiy epik an’ana hisoblangani B) ijrochidan ham badihada, ham ijroda katta ijodiy mahorat talab qilishi C) asosan, do‘mbira jo‘rligida aytilishi D) og‘izdan og‘izga o‘tib avloddan avlodgacha yetib kelgani 18 / 25 18. ““Sen yetim emassan” she’ridan olgan taassurotlarim” nomli insho inshoning qaysi turiga kiradi? A) adabiy insho B) erkin insho C) ilmiy insho D) rasmiy insho 19 / 25 19. Sodda gap berilmagan javobni aniqlang. A) Mening fikrimcha, bizlarni jaholat qorong‘iligidan qutqarmoqchi bo‘lgan bu odamning maslahatlariga amal qilasiz. B) Bu she’rni nafaqat menga bag‘ishlangani uchun, balki unda ulug‘ shoirning buloq suvlaridek musaffo qalbi mavj urib turgani uchun ham sevaman. C) Mamlakatimizning bayramlari ko‘p, lekin Navro‘zning shukuhi va tarovati o‘zgacha. D) Kampir ba’zan mudrab, ba’zan o‘g‘li bilan nimalarnidir gaplashib o‘tirardi, 20 / 25 20. Bu gapning butun dahshati shu tobda bilindi. Ushbu gapdagi olmoshlarning vazifasini toping. A) aniqlovchi, aniqlovchi B) aniqlovchi, ega, hol C) aniqlovchi, aniqlovchi, aniqlovchi D) aniqlovchi, aniqlovchi, hol 21 / 25 21. Yuz jafo qilsa manga, bir qatla faryod aylamon, Elga qilsa bir jafo, ming qatla faryod aylaram. A. Navoiy qalamiga mansub ushbu mashhur bayt g‘oyasini aniqlang. A) farovon hayotni ulug‘lash B) xalqparvarlik C) vafodorlik D) zolimlik va jafokorlikni qoralash 22 / 25 22. Badiiy asarda biror voqea-hodisa, tarixiy fakt, adabiy yoxud afsonaviy qahramon nomini tilga olish yoki unga ishora qilib o‘tish qaysi badiiy san’atni vujudga keltiradi? A) irsoli masal B) tanosub C) talmeh D) tajnis 23 / 25 23. Qaysi gapda ega va ot kesim o‘rtasiga tire to‘g‘ri qo‘yilgan? A) Bugun mening darslarim – ko‘p. B) Bizning sinfimiz – sakkizinchi. C) Maqsadimiz – a’lo o‘qish. D) Atrof – juda go‘zal. 24 / 25 24. So‘zlarning tobe bog‘lanishini aniqlang. A) quvonib gapirmoq B) gul bilan bulbul C) taklif, mulohazalar D) dam o‘qiydi, dam yozadi 25 / 25 25. Navoiyning qaysi fardida shoirning hasbi holi ifodalangan? A) “Men – sinuq, ko‘nglum – sinuq, sabrim uyi xud – yerga past…” B) “Yuqar yamonlig‘ angakim, kirar yamon el aro…” C) “Gardun gah manga jafo-u dunluq qildi…” D) “Ulki, sanga eldin erur aybgo‘…” 0% Testni qayta ishga tushiring Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 1 7-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №2