Uy » Online olimpiada » Ona tili va adabiyot olimpiada » 8-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №2 Ona tili va adabiyot olimpiada 8-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №2 InfoMaster Dekabr 16, 2022 376 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 4 0 12345678910111213141516171819202122232425 Vaqtingiz tugadi! 8-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №2 07.12.2022 yil oo.uzedu.uz olimpiada savollari! 1 / 25 1. “Qutadg‘u bilig” dostonida O‘zg‘urmish timsoli nimaning ramzi sifatida qalamga olingan? A) ma’naviy qadriyat B) aql va zakovat C) sog‘lomlik ramzi D) adolat ramzi 2 / 25 2. Sening to’rang nomardlardan emasdir, Mard o’g’lon sevdigin tashlab ketarmi? Mazkur parcha kimning tilidan aytilgan? A) Mohiboy B) Buvraxon C) Xolmo’min D) Kuntug’mish 3 / 25 3. Insholar didaktik maqsadlarga ko‘ra nechta turga bo‘linadi? A) turga bo’linmaydi B) 3 C) 4 D) 2 4 / 25 4. Qaysi xususiyatiga ko‘ra insholar ikki turga bo‘linadi? A) ta’limiy maqsadlarga ko‘ra B) ma’nosiga ko‘ra C) inshoda qanday mavzu ifodalanishiga ko‘ra D) didaktik maqsadlara ko‘ra 5 / 25 5. Olamda katta voqealar ro’y berganda, kichik voqealar ham och tomirlarini cho’zib, fursatni qo’ldan bermay, o’z huquqlarini talab etadi? Ushbu misralar qaysi asardan olingan? A) ”Qochoq” B) “Nur va soyalar” C) “Shinor” D) “Shohnoma” 6 / 25 6. Xalq dostonlariga xos qaysi xususiyat yirik dostonchilik maktablarining paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi? A) asosan, do‘mbira jo‘rligida aytilishi B) og‘izdan og‘izga o‘tib avloddan avlodgacha yetib kelgani C) xalq og‘zaki ijodida qadimiy epik an’ana hisoblangani D) ijrochidan ham badihada, ham ijroda katta ijodiy mahorat talab qilishi 7 / 25 7. So‘zlarning tobe bog‘lanishini aniqlang. A) gul bilan bulbul B) dam o‘qiydi, dam yozadi C) quvonib gapirmoq D) taklif, mulohazalar 8 / 25 8. Bu gapning butun dahshati shu tobda bilindi. Ushbu gapdagi olmoshlarning vazifasini toping. A) aniqlovchi, aniqlovchi, hol B) aniqlovchi, aniqlovchi C) aniqlovchi, aniqlovchi, aniqlovchi D) aniqlovchi, ega, hol 9 / 25 9. Qaysi gapda kesim vazifasini bajargan sifatlanmish qatnashgan? A) Ko‘p so‘zning ozi yaxshi, oz so‘zning o‘zi yaxshi. B) O‘zbekiston – Vatanim manim. C) Insonni sog‘lom qiladigan jismoniy mashqlardir, uning ma’naviyatini boyitadigan esa badiiy adabiyotdir. D) Bilagi zo‘r birni yiqar, bilimi zo‘r mingni yiqar 10 / 25 10. Oybekning qaysi she’ri erksizlik, tutqunlikka bo‘ysunmagan ijodkor ruhning, olamni qutqaruvchi bezavol go‘zallikning so‘nmas timsoli bo‘lib qoldi. A) “Qoraxat” B) “Na’matak” C) “O‘rik gullaganda” D) “O‘zbekiston” 11 / 25 11. Qaysi gapda otlashgan sifat bilan ifodalangan uyushiq ega mavjud? A) Nodon aytur: g‘olib chiqdim, dono aytur: yo‘l berdim. B) Dangasa va yalqovlar hech qachon sanoqda bo‘lmaydi C) Hayotda yaxshi ta’lim olgan va uni amalda qo‘llay bilganlar hech qachon qoqilmaydilar. D) Dono olg‘a boraturib, orqaga qarab qo‘yadi. 12 / 25 12. Qaysi dostonda ishlatilgan “G‘aribning ko‘nglini ovlamoq savob”, “Qilichdan seskanmas botirning tani”, “Gavharni ne bilsin ushalgan sopol” kabi baytlar hikmatli so‘zlar darajasiga ko‘tarilgan? A) “Alpomish” B) “Kuntug‘mish” C) “Ravshan” D) “Rustamxon” 13 / 25 13. Yuz jafo qilsa manga, bir qatla faryod aylamon, Elga qilsa bir jafo, ming qatla faryod aylaram. A. Navoiy qalamiga mansub ushbu mashhur bayt g‘oyasini aniqlang. A) xalqparvarlik B) farovon hayotni ulug‘lash C) zolimlik va jafokorlikni qoralash D) vafodorlik 14 / 25 14. Undov so‘zlar berilgan javobni aniqlang. A) eh, g‘ir-g‘ir, ofarin B) ehtimol, shubhasiz, albatta C) hoy, duv-duv, qars-qurs D) evoh, beh-beh, uf 15 / 25 15. Badiiy asarda biror voqea-hodisa, tarixiy fakt, adabiy yoxud afsonaviy qahramon nomini tilga olish yoki unga ishora qilib o‘tish qaysi badiiy san’atni vujudga keltiradi? A) tajnis B) irsoli masal C) tanosub D) talmeh 16 / 25 16. Ko‘ngluma har yonki boqsam, dog‘i bor, Har necha dardimni desam, dog‘i bor. Qilcha tanga bori ishqing yor edi, Bir sori bo‘ldi firoqing dog‘i bor. (Lutfiy) Ushbu tuyuqda keltirilgan dog‘i bor tajnisli qofiyasining ma’nosi qaysi javobda to‘g‘ri izohlangan? A) yarasi bor, yana bor, otashi bor B) otashi bor, yarasi bor, yana bor C) yara bor, yana bor, bor ket D) dog‘ bor, yara bor, yana bor 17 / 25 17. Hammamizning onamizdir shu Vatan, Yov qoldirgan siynasida ming tikan, Tirikmiz-ku, uni tozalash bizdan, Yur, o‘g‘lonim, elni ko‘tarish uchun. Ushbu she’riy parchada qaysi so‘z turkumlari kesim vazifasida kelgan? 1) ot; 2) sifat; 3) ravish; 4) olmosh; 5) fe’l; 6) son. A) 1, 2, 4, 5 B) 3, 4, 5, 6 C) 2, 3, 5, 6 D) 1, 4, 5, 6 18 / 25 18. Qaysi gapda ega va ot kesim o‘rtasiga tire to‘g‘ri qo‘yilgan? A) Atrof – juda go‘zal. B) Maqsadimiz – a’lo o‘qish. C) Bugun mening darslarim – ko‘p. D) Bizning sinfimiz – sakkizinchi. 19 / 25 19. ““Sen yetim emassan” she’ridan olgan taassurotlarim” nomli insho inshoning qaysi turiga kiradi? A) adabiy insho B) rasmiy insho C) erkin insho D) ilmiy insho 20 / 25 20. Sodda gap berilmagan javobni aniqlang. A) Bu she’rni nafaqat menga bag‘ishlangani uchun, balki unda ulug‘ shoirning buloq suvlaridek musaffo qalbi mavj urib turgani uchun ham sevaman. B) Mening fikrimcha, bizlarni jaholat qorong‘iligidan qutqarmoqchi bo‘lgan bu odamning maslahatlariga amal qilasiz. C) Kampir ba’zan mudrab, ba’zan o‘g‘li bilan nimalarnidir gaplashib o‘tirardi, D) Mamlakatimizning bayramlari ko‘p, lekin Navro‘zning shukuhi va tarovati o‘zgacha. 21 / 25 21. Ona tilini e’zozlashni, qadrlashni va asrashni ma’rifatli millatlardan o‘rganing. Ushbu gapdagi yasama so‘zlar qanday sintaktik vazifa bajargan? A) kesim, to‘ldiruvchi B) kesim, hol C) aniqlovchi, hol D) to‘ldiruvchi, aniqlovchi 22 / 25 22. Navoiyning qaysi fardida shoirning hasbi holi ifodalangan? A) “Ulki, sanga eldin erur aybgo‘…” B) “Yuqar yamonlig‘ angakim, kirar yamon el aro…” C) “Gardun gah manga jafo-u dunluq qildi…” D) “Men – sinuq, ko‘nglum – sinuq, sabrim uyi xud – yerga past…” 23 / 25 23. Aruzdagi qaysi vaznlar o‘zbek she’riyatida eng ko‘p qo‘llanadi? A) ramal, hazaj, mutaqorib B) ramal, hazaj, rajaz C) ramal, rajaz, mutaqorib D) mutaqorib, hazaj, rajaz 24 / 25 24. Yer qish uyqusidan uyg‘ondi. Bahorning mayin sabolari esa boshladi. Ariqlarning bo‘yi yam-yashil maysalar bilan qoplandi, daraxtlar kurtak chiqarib, ifor isli naparmon gullar bilan bezandi. Loyshuvoq tomlarda lolaqizg‘aldoqlar yal-yal yondi. Dalalardan yengil hovur ko‘tarilib, qirlarda anvoyi chechaklar ochildi. Qishloq va shaharlarning tor ko‘chalarida, maydonlarida bola-baqra ko‘paydi. Kichkintoylar akalari yasab bergan «laylak»larni uchiraman deb jonlari halak. Ahyon-ahyonda turnalar arg‘imchoq solib uchib o‘tishadi. Ularning dilni entiktiruvchi “qurey-qurey”lari osmonni tutadi... Ushbu matn qaysi nutq uslubiga tegishli? A) ilmiy B) badiiy C) publitsistik D) rasmiy 25 / 25 25. Qaysi qatorda egasi noma’lum gap berilgan? A) Bugun teatrga borishimiz lozim edi. B) Dam olish kuni sayohatga borish kerak. C) Eshik ochiq bo‘lsa ham so‘rab kir. D) Kechki ovqat pishirildi. 0% Testni qayta ishga tushiring Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 1 7-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №2