8-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №2

5

8-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №2

07.12.2022 yil oo.uzedu.uz  

olimpiada savollari!

1 / 25

1. Muqimiyning “Sayohatnoma” asarida qaysi joy firdavs bog‘iga o‘xshatiladi?

2 / 25

2. Adabiy nutqning qaysi uslubida qaror qilindi, inobatga olinsin, tasdiqlanadi so‘zlari va so‘z birikmalari keng qo‘llanadi?

3 / 25

3. Kishilarning oilada, ko’cha-ko’yda fikr almashinuvi jarayonida qo’llaniladigan nutq uslubini aniqlang.

4 / 25

4. “Kuntug’mish” dostonida Qur’oni karimni o’rtaga qo’yib do’st tutingan, lekin ahdiga vafo qilmagan obrazni belgilang.

5 / 25

5. Sening to’rang nomardlardan emasdir, Mard o’g’lon sevdigin tashlab ketarmi? Mazkur parcha kimning tilidan aytilgan?

6 / 25

6. Oybekning qaysi she’ri erksizlik, tutqunlikka bo‘ysunmagan ijodkor ruhning, olamni qutqaruvchi bezavol go‘zallikning so‘nmas timsoli bo‘lib qoldi.

7 / 25

7. Qaysi dostonda ishlatilgan “G‘aribning ko‘nglini ovlamoq savob”, “Qilichdan seskanmas botirning tani”, “Gavharni ne bilsin ushalgan sopol” kabi baytlar hikmatli so‘zlar darajasiga ko‘tarilgan?

8 / 25

8. Sodda gap berilmagan javobni aniqlang.

9 / 25

9. Bu gapning butun dahshati shu tobda bilindi. Ushbu gapdagi olmoshlarning vazifasini toping.

10 / 25

10. Qaysi gapda ega va ot kesim o‘rtasiga tire to‘g‘ri qo‘yilgan?

11 / 25

11. Qaysi gapda kesim vazifasini bajargan sifatlanmish qatnashgan?

12 / 25

12. Qaysi gapda otlashgan sifat bilan ifodalangan uyushiq ega mavjud?

13 / 25

13. Badiiy asarda biror voqea-hodisa, tarixiy fakt, adabiy yoxud afsonaviy qahramon nomini tilga olish yoki unga ishora qilib o‘tish qaysi badiiy san’atni vujudga keltiradi?

14 / 25

14. Hammamizning onamizdir shu Vatan, Yov qoldirgan siynasida ming tikan, Tirikmiz-ku, uni tozalash bizdan, Yur, o‘g‘lonim, elni ko‘tarish uchun. Ushbu she’riy parchada qaysi so‘z turkumlari kesim vazifasida kelgan? 1) ot;    2) sifat;   3) ravish;   4) olmosh;  5) fe’l;   6) son.

15 / 25

15. Yuz jafo qilsa manga, bir qatla faryod aylamon, Elga qilsa bir jafo, ming qatla faryod aylaram. A. Navoiy qalamiga mansub ushbu mashhur bayt g‘oyasini aniqlang.

16 / 25

16. ““Sen yetim emassan” she’ridan olgan taassurotlarim” nomli insho inshoning qaysi turiga kiradi?

17 / 25

17. So‘zlarning tobe bog‘lanishini aniqlang.

18 / 25

18. Navoiyning qaysi fardida shoirning hasbi holi ifodalangan?

19 / 25

19. Xalq dostonlariga xos qaysi xususiyat yirik dostonchilik maktablarining paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi?

20 / 25

20. Undov so‘zlar berilgan javobni aniqlang.

21 / 25

21. Qaysi qatorda egasi noma’lum gap berilgan?

22 / 25

22. Ko‘ngluma har yonki boqsam, dog‘i bor, Har necha dardimni desam, dog‘i bor. Qilcha tanga bori ishqing yor edi, Bir sori bo‘ldi firoqing dog‘i bor. (Lutfiy) Ushbu tuyuqda keltirilgan dog‘i bor tajnisli qofiyasining ma’nosi qaysi javobda to‘g‘ri izohlangan?

23 / 25

23. Yer qish uyqusidan uyg‘ondi. Bahorning mayin sabolari esa boshladi. Ariqlarning bo‘yi yam-yashil maysalar bilan qoplandi, daraxtlar kurtak chiqarib, ifor isli naparmon gullar bilan bezandi. Loyshuvoq tomlarda lolaqizg‘aldoqlar yal-yal yondi. Dalalardan yengil hovur ko‘tarilib, qirlarda anvoyi chechaklar ochildi. Qishloq va shaharlarning tor ko‘chalarida, maydonlarida bola-baqra ko‘paydi. Kichkintoylar akalari yasab bergan «laylak»larni uchiraman deb jonlari halak. Ahyon-ahyonda turnalar arg‘imchoq solib uchib o‘tishadi. Ularning dilni entiktiruvchi “qurey-qurey”lari osmonni tutadi... Ushbu matn qaysi nutq uslubiga tegishli?

24 / 25

24. Aruzdagi qaysi vaznlar o‘zbek she’riyatida eng ko‘p qo‘llanadi?

25 / 25

25. Ona tilini e’zozlashni, qadrlashni va asrashni ma’rifatli millatlardan o‘rganing. Ushbu gapdagi yasama so‘zlar qanday sintaktik vazifa bajargan?

0%

InfoMaster
Author: InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

Sizning fikrlaringizni eshitishdan xursand bo'lamiz

Javob qoldiring

Info-Master.uz
Logo
Elementlarni Solishtiring
  • Jami (0)
Solishtiring
0