Uy » Online olimpiada » Ona tili va adabiyot olimpiada » 8-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №2 Ona tili va adabiyot olimpiada 8-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №2 InfoMaster Dekabr 16, 2022 397 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 4 0 12345678910111213141516171819202122232425 Vaqtingiz tugadi! 8-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №2 07.12.2022 yil oo.uzedu.uz olimpiada savollari! 1 / 25 1. Quyidagi qaysi gapda ega bilan ot kesim orasida tire ishlatilishi lozim? A) Men baxtli insonman. B) Hammayoq top-toza chiroyli. C) Kitob bilim manbayi. D) Do‘stlarimni yaxshi ko‘raman. 2 / 25 2. “Ulug’bek fojiasi” asarida Ulug’bek kimga nisbatan “Sadoqatli mard sardorim” deb murojaat etadi? A) Berdiyorga B) Ota Murodga C) Bek Arslonga D) Ali Qushchiga 3 / 25 3. T. Sulaymonnning 1976-yilda chiqqan asarlari nomi qaysi qatorda? A) “Iltijo”, “Alhazar” B) “Intizor”, “Xarsang” C) “Yov qochdi”, “Iltijo” D) ”Iltijo”, “To’ybosh” 4 / 25 4. Kimning turmush o’rtog’i Amiriy taxallusi bilan ijod qilgan? A) Nodira B) Uvaysiy C) Anbar otin D) Dilshodi Barno 5 / 25 5. Bir so‘zdan iborat bo‘lib, tarkibga ajralmaydigan, boshqa so‘zlar bilan kengaya olish imkoniyatiga deyarli ega bo‘lmagan gaplar… A) so‘z-gaplar deyiladi B) to‘liqsiz gap deyiladi C) to‘liq gap deyiladi D) atov gap deyiladi 6 / 25 6. Ona tilini e’zozlashni, qadrlashni va asrashni ma’rifatli millatlardan o‘rganing. Ushbu gapdagi yasama so‘zlar qanday sintaktik vazifa bajargan? A) kesim, to‘ldiruvchi B) aniqlovchi, hol C) to‘ldiruvchi, aniqlovchi D) kesim, hol 7 / 25 7. Bu gapning butun dahshati shu tobda bilindi. Ushbu gapdagi olmoshlarning vazifasini toping. A) aniqlovchi, aniqlovchi, hol B) aniqlovchi, aniqlovchi C) aniqlovchi, aniqlovchi, aniqlovchi D) aniqlovchi, ega, hol 8 / 25 8. Qaysi gapda ega va ot kesim o‘rtasiga tire to‘g‘ri qo‘yilgan? A) Maqsadimiz – a’lo o‘qish. B) Bizning sinfimiz – sakkizinchi. C) Bugun mening darslarim – ko‘p. D) Atrof – juda go‘zal. 9 / 25 9. Yuz jafo qilsa manga, bir qatla faryod aylamon, Elga qilsa bir jafo, ming qatla faryod aylaram. A. Navoiy qalamiga mansub ushbu mashhur bayt g‘oyasini aniqlang. A) xalqparvarlik B) farovon hayotni ulug‘lash C) zolimlik va jafokorlikni qoralash D) vafodorlik 10 / 25 10. Xalq dostonlariga xos qaysi xususiyat yirik dostonchilik maktablarining paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi? A) asosan, do‘mbira jo‘rligida aytilishi B) ijrochidan ham badihada, ham ijroda katta ijodiy mahorat talab qilishi C) xalq og‘zaki ijodida qadimiy epik an’ana hisoblangani D) og‘izdan og‘izga o‘tib avloddan avlodgacha yetib kelgani 11 / 25 11. Qaysi gapda kesim vazifasini bajargan sifatlanmish qatnashgan? A) Bilagi zo‘r birni yiqar, bilimi zo‘r mingni yiqar B) O‘zbekiston – Vatanim manim. C) Insonni sog‘lom qiladigan jismoniy mashqlardir, uning ma’naviyatini boyitadigan esa badiiy adabiyotdir. D) Ko‘p so‘zning ozi yaxshi, oz so‘zning o‘zi yaxshi. 12 / 25 12. Hammamizning onamizdir shu Vatan, Yov qoldirgan siynasida ming tikan, Tirikmiz-ku, uni tozalash bizdan, Yur, o‘g‘lonim, elni ko‘tarish uchun. Ushbu she’riy parchada qaysi so‘z turkumlari kesim vazifasida kelgan? 1) ot; 2) sifat; 3) ravish; 4) olmosh; 5) fe’l; 6) son. A) 1, 4, 5, 6 B) 2, 3, 5, 6 C) 3, 4, 5, 6 D) 1, 2, 4, 5 13 / 25 13. Navoiyning qaysi fardida shoirning hasbi holi ifodalangan? A) “Ulki, sanga eldin erur aybgo‘…” B) “Yuqar yamonlig‘ angakim, kirar yamon el aro…” C) “Men – sinuq, ko‘nglum – sinuq, sabrim uyi xud – yerga past…” D) “Gardun gah manga jafo-u dunluq qildi…” 14 / 25 14. So‘zlarning tobe bog‘lanishini aniqlang. A) quvonib gapirmoq B) gul bilan bulbul C) dam o‘qiydi, dam yozadi D) taklif, mulohazalar 15 / 25 15. Badiiy asarda biror voqea-hodisa, tarixiy fakt, adabiy yoxud afsonaviy qahramon nomini tilga olish yoki unga ishora qilib o‘tish qaysi badiiy san’atni vujudga keltiradi? A) tanosub B) tajnis C) talmeh D) irsoli masal 16 / 25 16. Qaysi gapda otlashgan sifat bilan ifodalangan uyushiq ega mavjud? A) Dono olg‘a boraturib, orqaga qarab qo‘yadi. B) Hayotda yaxshi ta’lim olgan va uni amalda qo‘llay bilganlar hech qachon qoqilmaydilar. C) Nodon aytur: g‘olib chiqdim, dono aytur: yo‘l berdim. D) Dangasa va yalqovlar hech qachon sanoqda bo‘lmaydi 17 / 25 17. ““Sen yetim emassan” she’ridan olgan taassurotlarim” nomli insho inshoning qaysi turiga kiradi? A) ilmiy insho B) rasmiy insho C) adabiy insho D) erkin insho 18 / 25 18. Qaysi dostonda ishlatilgan “G‘aribning ko‘nglini ovlamoq savob”, “Qilichdan seskanmas botirning tani”, “Gavharni ne bilsin ushalgan sopol” kabi baytlar hikmatli so‘zlar darajasiga ko‘tarilgan? A) “Ravshan” B) “Rustamxon” C) “Kuntug‘mish” D) “Alpomish” 19 / 25 19. Oybekning qaysi she’ri erksizlik, tutqunlikka bo‘ysunmagan ijodkor ruhning, olamni qutqaruvchi bezavol go‘zallikning so‘nmas timsoli bo‘lib qoldi. A) “Na’matak” B) “O‘zbekiston” C) “Qoraxat” D) “O‘rik gullaganda” 20 / 25 20. Qaysi qatorda egasi noma’lum gap berilgan? A) Kechki ovqat pishirildi. B) Dam olish kuni sayohatga borish kerak. C) Eshik ochiq bo‘lsa ham so‘rab kir. D) Bugun teatrga borishimiz lozim edi. 21 / 25 21. Ko‘ngluma har yonki boqsam, dog‘i bor, Har necha dardimni desam, dog‘i bor. Qilcha tanga bori ishqing yor edi, Bir sori bo‘ldi firoqing dog‘i bor. (Lutfiy) Ushbu tuyuqda keltirilgan dog‘i bor tajnisli qofiyasining ma’nosi qaysi javobda to‘g‘ri izohlangan? A) dog‘ bor, yara bor, yana bor B) yara bor, yana bor, bor ket C) yarasi bor, yana bor, otashi bor D) otashi bor, yarasi bor, yana bor 22 / 25 22. Undov so‘zlar berilgan javobni aniqlang. A) evoh, beh-beh, uf B) ehtimol, shubhasiz, albatta C) eh, g‘ir-g‘ir, ofarin D) hoy, duv-duv, qars-qurs 23 / 25 23. Aruzdagi qaysi vaznlar o‘zbek she’riyatida eng ko‘p qo‘llanadi? A) ramal, rajaz, mutaqorib B) mutaqorib, hazaj, rajaz C) ramal, hazaj, rajaz D) ramal, hazaj, mutaqorib 24 / 25 24. Yer qish uyqusidan uyg‘ondi. Bahorning mayin sabolari esa boshladi. Ariqlarning bo‘yi yam-yashil maysalar bilan qoplandi, daraxtlar kurtak chiqarib, ifor isli naparmon gullar bilan bezandi. Loyshuvoq tomlarda lolaqizg‘aldoqlar yal-yal yondi. Dalalardan yengil hovur ko‘tarilib, qirlarda anvoyi chechaklar ochildi. Qishloq va shaharlarning tor ko‘chalarida, maydonlarida bola-baqra ko‘paydi. Kichkintoylar akalari yasab bergan «laylak»larni uchiraman deb jonlari halak. Ahyon-ahyonda turnalar arg‘imchoq solib uchib o‘tishadi. Ularning dilni entiktiruvchi “qurey-qurey”lari osmonni tutadi... Ushbu matn qaysi nutq uslubiga tegishli? A) badiiy B) publitsistik C) rasmiy D) ilmiy 25 / 25 25. Sodda gap berilmagan javobni aniqlang. A) Bu she’rni nafaqat menga bag‘ishlangani uchun, balki unda ulug‘ shoirning buloq suvlaridek musaffo qalbi mavj urib turgani uchun ham sevaman. B) Kampir ba’zan mudrab, ba’zan o‘g‘li bilan nimalarnidir gaplashib o‘tirardi, C) Mening fikrimcha, bizlarni jaholat qorong‘iligidan qutqarmoqchi bo‘lgan bu odamning maslahatlariga amal qilasiz. D) Mamlakatimizning bayramlari ko‘p, lekin Navro‘zning shukuhi va tarovati o‘zgacha. 0% Testni qayta ishga tushiring Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 1 7-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №2