Uy » Online olimpiada » Ona tili va adabiyot olimpiada » 6-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №2 Ona tili va adabiyot olimpiada 6-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №2 InfoMaster Dekabr 9, 2022 369 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 Savollar 12345678910111213141516171819202122232425 Vaqtingiz tugadi! 6-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №2 Diqqat! Testni 80% va undan yuqori natija bilan tugating va sertifikatga ega bo'ling! 07.12.2022 yil oo.uzedu.uz Online olimpiada savollari! Sertifikat olish uchun barcha ma'lumotlarni to'g'ri kiriting! 1 / 25 1. “Yulduzli tunlar” romanida Ahmad Tanbal Andijonga kimni dorug`a qilib tayinlagan edi? A) Ali Do`stbek B) Qambarbek C) Uzun Hasan D) Nosirbek 2 / 25 2. Qoplonbek va Oymomo qaysi asar qahramonlari sanaladi? A) “Oydinda yurgan odamlar” B) “Ot kishnagan oqshom” C) “Yulduzlar mangu yonadi” D) “Otamdan qolgan dalalar” 3 / 25 3. O'z o'rnida aytilmagan so‘z hech kim yo'q yerda chalingan kuyga o'xshaydi. Ushbu gapdagi sifatdoshning sintaktik vazifasi nima? A) ega B) hol C) to‘ldiruvchi D) aniqlovchi 4 / 25 4. Ravish yasovchi qo`shimchalarni toping A) –cha, -ona, -lab, -an B) –an, -ona, -lar, -lab C) –lab, -cha, -ona, -don D) –larcha, -ona, -li, -cha 5 / 25 5. “Bir toychoqning xuni”, “Galatepaga qaytish” asarlari muallifi kim? A) M.M.Do’st B) T Murod C) E.A’zam D) X.Sultonov 6 / 25 6. Sabab ravishdoshini toping. A) qo‘rqib kirmadi B) yig‘lay-yig‘lay uxladi C) ko‘rgani bordi D) suvga tikilgancha o‘ylanib qoldi 7 / 25 7. Qaysi gapda taqsim son ishtirok etgan? A) Azim har yelkasiga to‘rttadan odam sig‘adigan yigit bo‘libdi. B) Bekatda o‘n odam avtobus kutib turishardi. C) Oltovlon ola bo‘lsa, og‘zidagin oldirar. D) Tarixing bitmakka, xalqim, mingta Firdavsiy kerak. 8 / 25 8. Tarkibidagi barcha otlar mavhum ot hisoblanadigan gapni toping. A) Hayo qalbning haqiqiy ko‘zgusidir. B) U o‘z qalbida kechayotgan tuyg‘ularni qanday atashni bilmas edi. C) Oyog‘ingiz yugursa, maqsadingizga yetkazadi, tilingiz yugursa, boshingizga falokat keltiradi. D) Yalqovlik muhtojlik eshigidir. 9 / 25 9. Boychechakni tutdilar, Tut yog‘ochga osdilar.Qilich bilan chopdilar, Baxmal bilan yopdilar. Ushbu parchadagi boychechak qanday ramz hisoblanadi? A) yoshlik ramzi B) bahor ramzi C) mehnatkash inson ramzi D) jo‘shqinlik ramzi 10 / 25 10. Quyidagi o‘tgan zamon shakllaridan qaysi biri ilgari ro‘y bergan harakat va holatning so‘zlovchi tomonidan eshitib bilganini ifodalaydi? A) Sinf rahbarimiz G‘anini uyga yuboribdilar. B) Oq yer ochdim, qora bug‘doy sochdim. C) Mixlangan qulog‘idan, suv quyar oyog‘idan. D) Mana bu shotutni bobosi ekkan. 11 / 25 11. Xalq qo‘shiqlari haqidagi qaysi fikr xato? A) Xalq qo‘shiqlari to‘y-tomoshalar jarayonida paydo bo‘lgan. B) Xalq qo‘shiqlari juda qadimiy tarixga ega. C) Xalq qo‘shiqlarida ko‘pchilikning his-tuyg‘ulari umumlashtirilgan holda yakka shaxs kechinmalari orqali aks ettiriladi. D) Xalq qo‘shiqlarida xalqning orzu-umidlari, zavq-shavqi, quvonch va iztiroblari mujassamlashgan. 12 / 25 12. Xalq (tabobat) qulupnay (mevterlatuvchi, bezgak (xuruj) qarshi omil sifatida tavsiya etiladi. Qavs ichidagi so‘zlarga qo‘shilishi kerak bo‘lgan munosabat shakllari soni nechta? A) 6 ta B) 5 ta C) 3 ta D) 4 ta 13 / 25 13. Qaysi gapda orttirma nisbatdagi fe’l ishtirok etmagan? A) Ertaga mashina kelar, kelmasa, yo‘lga chiqmayman. B) Dalaga suv chiqaraman, ekinlar gurkirab, yashnab ketadi. C) Sen chala qoldirgan yerlaringni supura tur, kelib qolar. D) – Koyima, qizim, - dedi ona, o‘rtog‘ingni quruq jo‘natmaymiz. 14 / 25 14. Sabab ravishi qatnashgan gapni aniqlang. A) Xayrullo bu shartga noiloj ko‘ndi. B) Mana shu mablag‘ behuda sarf etilmasligi uchun komissiya qat’iy bir qarorga kelishi kerak. C) U qah-qah urib yuborishdan o‘zini arang tiyib, ko‘zlarini yumdi. D) U esa hamon qo‘rqoqligi tufayli kechalari ko‘chaga chiqolmaydi. 15 / 25 15. Qo‘shimcha qo‘shilishi bilan bog‘liq imloviy xatolik qaysi gapda mavjud? A) Ob-havo yomonlashganda tog‘ga chiqmaslikni maslahat berishdi. B) Olis-olislarda qolgan qishlog‘im… C) Sen chiqguncha kutib tura qolaman. D) Yuragimda mening bir dardim bor… 16 / 25 16. Qaysi gapda sodda yasama va qo‘shma fe’llar ishtirok etgan? A) Alpomishga alla aytgan momolarim, Ruhini shod etay desang, xalq bo‘l, elim. B) Komila bir chekkada g‘uj-g‘uj ochilgan atirgulni hidlab, Mastura bilan gaplashib o‘tirardi. C) Hakim bobo har bir niholga alohida e’tibor berib parvarish qilardi. D) Boshing egib ta’zim ayla, shukrona ayt, Seni gulday erkalagan chaman uchun. 17 / 25 17. Eh o‘rik! Soya ham do‘st bo‘ladimi? Laqqa tushubsan-da lof ursa. Do‘st bo‘lsa, har qanday ob-havoda Yoningda tursa… Ushbu she’riy parchaga eng mos hikmatli so‘zni aniqlang. A) Yomon do‘st – bir ko‘lankadir: quyoshli kunda qochsang ham qutula olmaysan, bulutli kunda izlasang ham topolmaysan. (Abay) B) Yor uldurki, har nechakim o‘ziga Istamas, yorig‘a ham istamagay. O‘zi istarki, yor uchun o‘lgay, Ani munda sherik aylamagay. (Navoiy) C) Do‘sti yo‘q bilan sirlash, Do‘sti ko‘p bilan siylash. (Abay) D) Do‘st bilan obod uying, gar bo‘lsa u vayrona ham, Do‘st qadam qo‘ymas esa, vayronadir koshona ham. (E. Vohidov) 18 / 25 18. Xirmon yanchishda kuylanadigan o‘zbek xalq qo‘shig‘ini aniqlang. A) “Turey-turey” B) “Maydagul” C) “Chittigul” D) “Xo‘sh-xo‘sh” 19 / 25 19. Qaysi asarda biron muhim voqeani aytish uchun uni bu voqeaga mutlaqo aloqasi yo‘q tafsilotlar orqali bayon qilish usuli uchraydi? A) “Urushning so‘nggi qurboni” B) “Shum bola” C) “Do‘nan” D) “Muzqaymoq” 20 / 25 20. Qaysi gapda fe’lning barcha vazifa shakllari ishtirok etgan? A) Orqa tomonda o‘tirgan Dilbar o‘zini tutolmay qiqirlab kula boshladi. B) Necha kundan beri qattiq esayotgan shamol tinavermagach, tog‘ga chiqishni qoldirdi. C) So‘ridagi ko‘rpachani yig‘ishtirib olib, mehmonlar kelguncha yakandoz to‘shab, joy soldi. D) - Odamlar sizni qattiq hurmat qilishadi, shuning uchun sha’ningizga dog‘ tushiradigan ish qilmang, - dedi u kuyunib. 21 / 25 21. Tarkibidagi barcha sifatlar yasama bo‘lgan gapni aniqlang. A) Balandparvoz, quruq gapirgan odamning gapi bemaza qovunga o‘xshaydi. B) Sofdil va jonkuyar insonlar bilan bu dunyo oboddir. C) U otasi Muzaffar Farmonovning batamom aksi: dadasi yum-yumaloq, do‘mboq bo‘lsa, bu xushqad, xushsurat. D) Nodon, kaltafahm odamdan ma’noli gap chiqmaydi. 22 / 25 22. Ibroyim Yusupovning “Qadrdon so‘qmoqlar” she’ridan olingan qaysi misralarda lirik tuyg‘ular bilan birga ijtimoiy kayfiyat ham aks etgan bo‘lib, sho‘ro davri siyosatini eslatadi? A) Qizil kendir bilan shivirlashar tol, Turna uchib borar olis yoqlarga. B) Biroq u bunda yo‘q, u yiroqlarda, Bizning joylar o‘rni hozir paxtazor. C) Burilishda tanish qo‘shig‘in kuylab, Qo‘shni qiz oldimdan chiqib qolarday. D) Mosh paykalda gala chumchuq chug‘urlar. She’r o‘qishib turgan yosh shoirlarday. 23 / 25 23. Sallalari boshlarida oq savat, Ko‘rpacha tagda hamavaqt uch qavat. Birlari mo‘ltoninamo, hiylagar, Birlaridur kunda pix-u gavda xar. “Tanobchilar” satirasidan olingan ushbu parchada qanday tasvir vositasidan foydalanilgan? A) tazod B) sifatlash C) jonlantirish D) mubolag‘a 24 / 25 24. Uch, qushcha, hur Qo‘shig‘im bo‘lib! – Shudir sendan so‘nggi tilagim. Tanim qolsin bunda (Tan nima?) Ona yurtga borsin yuragim. (Musa Jalil) Ushbu she’riy parchada kimning tuyg‘ulari ifodalanmoqda? A) Chet ellarda sargardon yurgan ishchilarning. B) Urushdagi askarlarning. C) Kasalxonada yotgan bemorning. D) Qamoqxonadagi mahbusning. 25 / 25 25. — Shiroq biz tomondan. O‘zi ertakchi, dostonchi dono chol. Butun umri cho‘ponlik bilan o‘tgan, — dedi Saksfar. Ushbu gapda nechta shaxs oti mavjud? A) 2 B) 3 C) 4 D) 5 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 12 9-10-11 sinflar Ona tili olimpiada №6