Uy » Online olimpiada » Ona tili va adabiyot olimpiada » 6-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №2 Ona tili va adabiyot olimpiada 6-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №2 InfoMaster Dekabr 9, 2022 333 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 Savollar 12345678910111213141516171819202122232425 Vaqtingiz tugadi! 6-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №2 Diqqat! Testni 80% va undan yuqori natija bilan tugating va sertifikatga ega bo'ling! 07.12.2022 yil oo.uzedu.uz Online olimpiada savollari! Sertifikat olish uchun barcha ma'lumotlarni to'g'ri kiriting! 1 / 25 1. Qaysi qatorda –siz qo`shimchasi sintaktik shakl yasovchi qo`shimcha vazifasida qo`llangan? A) Siz bebaho insonsiz B) U bu gapdan xabarsiz edi C) Suvsiz hayot bo`lmaydi D) Odobni odobsizdan o`rgan 2 / 25 2. Hajviy pyesa berilgan qatorni belgilang. A) ”Revizor” B) ”Chiqdi” C) ”Dodhohim” D) ”Oltin buzoqcha” 3 / 25 3. Gaplashildi fe`lida qanday nisbat qo`shimchalari mavjud? A) orttirma va majhul nisbat B) birgalik va o`zlik nisbat C) majhul nisbat D) birgalik va majhul nisbat 4 / 25 4. Qaysi ijodkor o`ntaga yaqin pyesani ozarbayjon tilidan o`zbekchaga tarjima qilgan va o`zi ham uchta pyesa yozgan? A) T.Murod B) A.Oripov C) A.Avloniy D) O.Yoqubov 5 / 25 5. Oygul turishi bilan saroy charaqlab ketdi, Hamma yoq bo`lib ravshan uylar yaraqlab ketdi. Parchadagi qo`shma fe’llar soni nechta? A) Qo`shma fe’l qatnashmagan B) 1 ta C) 3 ta D) 2 ta 6 / 25 6. — Shiroq biz tomondan. O‘zi ertakchi, dostonchi dono chol. Butun umri cho‘ponlik bilan o‘tgan, — dedi Saksfar. Ushbu gapda nechta shaxs oti mavjud? A) 2 B) 3 C) 5 D) 4 7 / 25 7. Sabab ravishdoshini toping. A) qo‘rqib kirmadi B) suvga tikilgancha o‘ylanib qoldi C) yig‘lay-yig‘lay uxladi D) ko‘rgani bordi 8 / 25 8. Xalq (tabobat) qulupnay (mevterlatuvchi, bezgak (xuruj) qarshi omil sifatida tavsiya etiladi. Qavs ichidagi so‘zlarga qo‘shilishi kerak bo‘lgan munosabat shakllari soni nechta? A) 3 ta B) 4 ta C) 6 ta D) 5 ta 9 / 25 9. Sallalari boshlarida oq savat, Ko‘rpacha tagda hamavaqt uch qavat. Birlari mo‘ltoninamo, hiylagar, Birlaridur kunda pix-u gavda xar. “Tanobchilar” satirasidan olingan ushbu parchada qanday tasvir vositasidan foydalanilgan? A) sifatlash B) jonlantirish C) mubolag‘a D) tazod 10 / 25 10. Boychechakni tutdilar, Tut yog‘ochga osdilar.Qilich bilan chopdilar, Baxmal bilan yopdilar. Ushbu parchadagi boychechak qanday ramz hisoblanadi? A) mehnatkash inson ramzi B) jo‘shqinlik ramzi C) bahor ramzi D) yoshlik ramzi 11 / 25 11. Tarkibidagi barcha otlar mavhum ot hisoblanadigan gapni toping. A) Hayo qalbning haqiqiy ko‘zgusidir. B) U o‘z qalbida kechayotgan tuyg‘ularni qanday atashni bilmas edi. C) Yalqovlik muhtojlik eshigidir. D) Oyog‘ingiz yugursa, maqsadingizga yetkazadi, tilingiz yugursa, boshingizga falokat keltiradi. 12 / 25 12. Xirmon yanchishda kuylanadigan o‘zbek xalq qo‘shig‘ini aniqlang. A) “Chittigul” B) “Turey-turey” C) “Maydagul” D) “Xo‘sh-xo‘sh” 13 / 25 13. Quyidagi o‘tgan zamon shakllaridan qaysi biri ilgari ro‘y bergan harakat va holatning so‘zlovchi tomonidan eshitib bilganini ifodalaydi? A) Oq yer ochdim, qora bug‘doy sochdim. B) Sinf rahbarimiz G‘anini uyga yuboribdilar. C) Mana bu shotutni bobosi ekkan. D) Mixlangan qulog‘idan, suv quyar oyog‘idan. 14 / 25 14. Sabab ravishi qatnashgan gapni aniqlang. A) Mana shu mablag‘ behuda sarf etilmasligi uchun komissiya qat’iy bir qarorga kelishi kerak. B) Xayrullo bu shartga noiloj ko‘ndi. C) U qah-qah urib yuborishdan o‘zini arang tiyib, ko‘zlarini yumdi. D) U esa hamon qo‘rqoqligi tufayli kechalari ko‘chaga chiqolmaydi. 15 / 25 15. Qaysi gapda sodda yasama va qo‘shma fe’llar ishtirok etgan? A) Hakim bobo har bir niholga alohida e’tibor berib parvarish qilardi. B) Komila bir chekkada g‘uj-g‘uj ochilgan atirgulni hidlab, Mastura bilan gaplashib o‘tirardi. C) Boshing egib ta’zim ayla, shukrona ayt, Seni gulday erkalagan chaman uchun. D) Alpomishga alla aytgan momolarim, Ruhini shod etay desang, xalq bo‘l, elim. 16 / 25 16. Qaysi gapda orttirma nisbatdagi fe’l ishtirok etmagan? A) Dalaga suv chiqaraman, ekinlar gurkirab, yashnab ketadi. B) – Koyima, qizim, - dedi ona, o‘rtog‘ingni quruq jo‘natmaymiz. C) Ertaga mashina kelar, kelmasa, yo‘lga chiqmayman. D) Sen chala qoldirgan yerlaringni supura tur, kelib qolar. 17 / 25 17. Qo‘shimcha qo‘shilishi bilan bog‘liq imloviy xatolik qaysi gapda mavjud? A) Yuragimda mening bir dardim bor… B) Sen chiqguncha kutib tura qolaman. C) Olis-olislarda qolgan qishlog‘im… D) Ob-havo yomonlashganda tog‘ga chiqmaslikni maslahat berishdi. 18 / 25 18. Eh o‘rik! Soya ham do‘st bo‘ladimi? Laqqa tushubsan-da lof ursa. Do‘st bo‘lsa, har qanday ob-havoda Yoningda tursa… Ushbu she’riy parchaga eng mos hikmatli so‘zni aniqlang. A) Yomon do‘st – bir ko‘lankadir: quyoshli kunda qochsang ham qutula olmaysan, bulutli kunda izlasang ham topolmaysan. (Abay) B) Yor uldurki, har nechakim o‘ziga Istamas, yorig‘a ham istamagay. O‘zi istarki, yor uchun o‘lgay, Ani munda sherik aylamagay. (Navoiy) C) Do‘st bilan obod uying, gar bo‘lsa u vayrona ham, Do‘st qadam qo‘ymas esa, vayronadir koshona ham. (E. Vohidov) D) Do‘sti yo‘q bilan sirlash, Do‘sti ko‘p bilan siylash. (Abay) 19 / 25 19. Qaysi gapda fe’lning barcha vazifa shakllari ishtirok etgan? A) Necha kundan beri qattiq esayotgan shamol tinavermagach, tog‘ga chiqishni qoldirdi. B) Orqa tomonda o‘tirgan Dilbar o‘zini tutolmay qiqirlab kula boshladi. C) - Odamlar sizni qattiq hurmat qilishadi, shuning uchun sha’ningizga dog‘ tushiradigan ish qilmang, - dedi u kuyunib. D) So‘ridagi ko‘rpachani yig‘ishtirib olib, mehmonlar kelguncha yakandoz to‘shab, joy soldi. 20 / 25 20. Qaysi gapda taqsim son ishtirok etgan? A) Bekatda o‘n odam avtobus kutib turishardi. B) Tarixing bitmakka, xalqim, mingta Firdavsiy kerak. C) Azim har yelkasiga to‘rttadan odam sig‘adigan yigit bo‘libdi. D) Oltovlon ola bo‘lsa, og‘zidagin oldirar. 21 / 25 21. Qaysi asarda biron muhim voqeani aytish uchun uni bu voqeaga mutlaqo aloqasi yo‘q tafsilotlar orqali bayon qilish usuli uchraydi? A) “Shum bola” B) “Urushning so‘nggi qurboni” C) “Do‘nan” D) “Muzqaymoq” 22 / 25 22. Ibroyim Yusupovning “Qadrdon so‘qmoqlar” she’ridan olingan qaysi misralarda lirik tuyg‘ular bilan birga ijtimoiy kayfiyat ham aks etgan bo‘lib, sho‘ro davri siyosatini eslatadi? A) Burilishda tanish qo‘shig‘in kuylab, Qo‘shni qiz oldimdan chiqib qolarday. B) Mosh paykalda gala chumchuq chug‘urlar. She’r o‘qishib turgan yosh shoirlarday. C) Biroq u bunda yo‘q, u yiroqlarda, Bizning joylar o‘rni hozir paxtazor. D) Qizil kendir bilan shivirlashar tol, Turna uchib borar olis yoqlarga. 23 / 25 23. Xalq qo‘shiqlari haqidagi qaysi fikr xato? A) Xalq qo‘shiqlarida ko‘pchilikning his-tuyg‘ulari umumlashtirilgan holda yakka shaxs kechinmalari orqali aks ettiriladi. B) Xalq qo‘shiqlarida xalqning orzu-umidlari, zavq-shavqi, quvonch va iztiroblari mujassamlashgan. C) Xalq qo‘shiqlari to‘y-tomoshalar jarayonida paydo bo‘lgan. D) Xalq qo‘shiqlari juda qadimiy tarixga ega. 24 / 25 24. Tarkibidagi barcha sifatlar yasama bo‘lgan gapni aniqlang. A) Balandparvoz, quruq gapirgan odamning gapi bemaza qovunga o‘xshaydi. B) Nodon, kaltafahm odamdan ma’noli gap chiqmaydi. C) Sofdil va jonkuyar insonlar bilan bu dunyo oboddir. D) U otasi Muzaffar Farmonovning batamom aksi: dadasi yum-yumaloq, do‘mboq bo‘lsa, bu xushqad, xushsurat. 25 / 25 25. Uch, qushcha, hur Qo‘shig‘im bo‘lib! – Shudir sendan so‘nggi tilagim. Tanim qolsin bunda (Tan nima?) Ona yurtga borsin yuragim. (Musa Jalil) Ushbu she’riy parchada kimning tuyg‘ulari ifodalanmoqda? A) Chet ellarda sargardon yurgan ishchilarning. B) Qamoqxonadagi mahbusning. C) Kasalxonada yotgan bemorning. D) Urushdagi askarlarning. 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 1 9-10-11 sinflar Ona tili olimpiada №6