Uy » Attestatsiya testlar » Fizika attestatsiya » Fizika attestatsiya №13 Fizika attestatsiya Fizika attestatsiya №13 InfoMaster Oktabr 24, 2022 116 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0% 0 12345678910111213141516171819202122232425262728293031323334353637383940 OMAD YOR BO'LSIN! Fizika fanidan attestatsiya savollari №13 19.10.2022 Toshkent savollari! Testni Toshev Anvar tayyorladi. 1 / 40 1. Suyuqlik zichligi 2 marta , chuqurligi 5 marta orrtirilsa, suyuqlik bosimi necha marta ortgan bòladi? A) 7 marta B) 10 marta C) 5 marta D) 2 marta 2 / 40 2. Mexanika bo’limidagi SI sistemaga kirgan asosiy birliklarni ko’rsating. A) m/s 2 ; N; Z B) m; s; m/s C) kg; m; N D) m; s; kg 3 / 40 3. 10 kg massali jismni vertikal yuqoriga 2 m/s² tezlanish bilan ko‘tarish uchun qancha kuch kerak bo‘ladi (N)? g=9,8 m/s² A) 118 B) 100 C) 96 D) 120 4 / 40 4. Ko‘ldagi 100 kg massali qayiqning ustidagi 60 kg massali odam qayiqning u boshidan bu boshiga yurib o‘tdi. Agar qayiqning uzunligi 10 m bo‘lsa, yurib o‘tgandan keyin odam qirg‘oqqa nisbatan qancha masofaga siljiydi (m)? A) 8 B) 2 C) 6.25 D) 3.75 5 / 40 5. Radiusi 10cm bo’lgan suv tomchisi 10ta bir xil tomchiga ajratildi. Bunda sirt energiyasi qanday o’zgaradi? σsuv=73mN/m A) O’zgarmaydi B) Kamayadi C) Ortadi D) Haroratga bog’liq 6 / 40 6. Yer sirtidan qanday balandlikda erkin tushish tezlanishi yer sirtidagi qiymatiga nisbatan 49 marta kichik bo’ladi? Yerning radiusi R. A) 5R B) 3R C) 2R D) 6R 7 / 40 7. G‘ildirak ω= 100πt rad/s burchak tezlik bilan aylanyapti. U 10 s da necha marta aylanadi? A) 500 B) 100 C) 50 D) 2500 8 / 40 8. 0,3 m/s tezlik bilan harakatlanayotgan 20 t massali vagon 0,2 m/s tezlik bilan harakatlanayotgan 30 t massali vagonni quvib yetadi. Agar to‘qnashuv noelastik bo‘lsa, sistema to‘qnashuvda qancha (%) mexanik energiyasini yo‘qotadi? A) 8 B) 12 C) 18 D) 4 9 / 40 9. q3>0 bo‘lsa, q1 va q2 zaryadlarning ishorasi qanday? A) q1-manfiy, q2-manfiy B) q1-musbat, q2-musbat C) q2-manfiy, q1-musbat D) q1-manfiy, q2-musbat 10 / 40 10. EYUKi ε = 3,0 V bo‘lgan batareyaga R = 20 Ω qarshilikli rezistor ulandi. Rezistordagi kuchlanish U =2,0V. Qisqa tutashuv toki topilsin. A) 0,15 A B) 0,1 A C) 0,3 A D) 3 A 11 / 40 11. Bir xil hajmli havo sharlariga teng miqdorda vodorod, azot va geliy gazlari qamaldi. Qaysi gaz solingan sharning ko’tarish kuchi eng katta? A) azot B) geliy C) vodorod D) bir xil 12 / 40 12. Og‘irlik deb ... A) jismning og‘irlik kuchi ta’sirida tayanchga va osmaga ta’sir qiluvchi kuchga aytiladi B) jismlar deformatsiyalanganda hosil bo‘ladigan kuchga aytiladi C) jismlarni yerga tortuvchi kuchga aytiladi D) jismlarning tinch holatda bo‘lishini ta’minlovchi kuchga aytiladi 13 / 40 13. Tomonlari 20 sm va 30 sm bo‘lgan to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi ramkadan 40 A tok o‘tmoqda. Ramkaning magnit momenti nimaga teng ( A·m2)? A) 2,4 B) 1,2 C) 4,8 D) 2 14 / 40 14. Harakatsiz turgan jismning zichligi 840 kg/m3 ga teng. Jism inersial sanoq sistemasiga nisbatan 0,4 c tezlik bilan harakatlansa, bu sanoq sistemasida jismning zichligi qanday qiymatga (g/sm3 ) ega bo`ladi? A) 0,42 B) 0,84 C) 0,917 D) 1 15 / 40 15. Radioaktiv elementning aktivligi 8 kunda 4 marta kamaydi. Yarim yemirilish davrini toping. A) 8 sutka B) 1 sutka C) 2 sutka D) 4 sutka 16 / 40 16. XBS dagi o’lchamligi N/T·m bo’lgan fizik kattalik birligining nomi nima? A) Veber B) Genri C) Amper D) Joul 17 / 40 17. Elektr plita tuzatilayotganda uning spirali dastlabki uzunligining 0,2 ulushiga qisqartirildi. Bu holda plitaning quvvati necha marta ortadi? A) 1,25 B) 1,8 C) 1,2 D) 0,8 18 / 40 18. Fotoeffekt uchun Eynshteyn tenglamasi shu hodisa uchun qaysi qonunning qo‘llanishidir? A) zaryadning saqlanish qonuni B) energiyaning saqlanish qonuni C) tok kuchini saqlanish qonuni D) impulsning saqlanish qonuni 19 / 40 19. Induksiya EYUK ning birligini ko‘rsating. A) T/s B) Gn/s C) F/C D) Wb/s 20 / 40 20. Kislorod atomini ionlashtirish uchun 14 eVga yaqin energiya zarur. Ionlashtiruvchi nurlanishning chastotasini toping. h = 6,63·10-34 J·s, c=3·108 m/s, e = 1,6·10-19 C A) 3,4•10 darajasi 15 Hz B) 0,34•10 darajasi 15 Hz C) 6,8•10 darajasi 15 Hz D) 34•10 darajasi 15 Hz 21 / 40 21. Kuchni 3 marta orttirib, yelkani 2 marta kamaytirsak, kuch momenti qanday o’zgaradi? A) 3 marta ortadi B) 6 marta ortadi C) 2 marta ortadi D) 1,5 marta ortadi 22 / 40 22. Agar boshlang’ich tezlikka ega bo’lmagan elektron yassi kondensatorda bir plastinkadan ikkinchisigacha bo’lgan yo’lni o’tganda 109 sm/s tezlikga erishganligi ma’lum bo’lsa, kondensator plastinkalaridagi zaryadning sirt zichligini aniqlang(nC/m2). Plastinkalar orasidagi masofa 3 sm. εo=8.85·10-12 F/m, e=-1.6·10-19 C, me=9.1·10-31 kg. A) 84 B) 84•10⁻⁹ C) 8,4 D) 84•10⁻⁵ 23 / 40 23. Tebranish konturida tok kuchi maksimal qiyrnatga yetganida .... A) Magnit maydon energiyasi maksimum bo’ladi. B) Tok kuchi maksimum bo’lishi mumkin emas. C) Magnit va elektr maydon energiyasi maksimum bo’ladi. D) Elektr maydon energiyasi maksimum bo’ladi. 24 / 40 24. Tebranish konturidagi kondensator qoplamalari orasidan nisbiy dielektrik singdiruvchanligi 4 ga teng bo'lgan modda chiqarib olinsa, zanjirdagi zaryadning tebranish davri qanday o'zgaradi? A) 2 marta kamayadi B) 2marta ortadi C) 4 marta kamayadi D) 16 marta kamayadi 25 / 40 25. Kunduzgi yorug'likda material qizil rangda ko'rindi. Agar qorong'ida shu materialga havorang nur tushirilsa, u qaysi rangda ko'rinadi? A) sariq B) havorang C) qizil D) qora 26 / 40 26. Tebranish konturidagi kondensator qoplamalaridagi zaryad vaqt o’tishi bilan q=10-9 sin108 πt qonun bo’yicha o’zgaradi. Konturdagi tok kuchining vaqtga bog’liqlik qonunini yozing. A) I=31,4 sin4•10⁸ πt B) I=0,314 cos10⁸ πt C) I=3,14 cos2•10⁸ πt D) I=0,314 sin10⁸ πt 27 / 40 27. Atom bombalarining quvvati istalgancha katta bo’la olmasligining sababi nimada? A) Portlovchi moddaning har bir bo’lagining massasi kritik massadan katta bo’lishi kerak. Bombaning quvvati bu bo’laklar soni bilan aniqlanadi. B) Bombaning quvvati uni tashkil qiluvchi zarralar soni bilan aniqlanadi. C) Portlovchi moddaning har bir bo’lagining massasi kritik massadan kichik bo’lishi kerak. Bombaning quvvati bu bo’laklar soni bilan aniqlanadi. D) Bombaning quvvati istalgancha katta bo’lishi mumkin. 28 / 40 28. Yerning massasi 6,0 ·1024 kg, Oyning massasi 7,35 · 1022 kg, ularning markazlari orasidagi masofa 384400 km. Yer bilan Oy orasidagi tortishish kuchi topilsin (N). A) 2,0•10²² B) 2,0•10²⁰ C) 4,0•10²⁰ D) 10²⁰ 29 / 40 29. Barcha moddalar o‘z magnit xossalariga ko‘ra diamagnetik, paramagnetik va ferromagnetiklarga bo‘linadi. Magnit singdiruvchanligi 1 dan biroz katta bo‘lgan moddalar qaysi turga mansub? A) diamagnetik B) Diamagnetik va paramagnetik C) paramagnetik D) ferromagnetik 30 / 40 30. C sig`imli kondensator q zaryad bilan, 2C sig`imli kondensator 3q zaryad bilan zaryadlangan. Bu kondensatorlar qutblarini teskari holda ulansa sistema elektr energiyasi qanchaga kamayadi? A) 13q²/12C B) q²/12C C) 25q²/12C D) 7q²/12C 31 / 40 31. 2 kg va 1 kg massali silindrlar qo`zg`almas blok orqali vaznsiz ipga osilgan. Bunda birinchi silindrning 4% qismi suvga botganda muvozanat vujudga kelgan. Silindrlarning zichligini (kg/m3 ) aniqlang. A) 20 B) 40 C) 80 D) 100 32 / 40 32. Lift shiftidagi dinamometrga osilgan m massali yuk vertikal bo`ylab a tezlanish bilan pastga harakat qilmoqda. Agar dinamometr prujinasining bikrligi k bo`lsa, bu prujina qanchaga uzayadi? A) m/k (a-g) B) m/k (g-a) C) k/m (a-g) D) m/k (g+a) 33 / 40 33. Uzunligi 10 sm bo‘lgan prujinaga 0,4 kg massali yuk osilganida u 1 sm ga uzaydi. Prujinaning bikrligini aniqlang (N/m). A) 440 B) 400 C) 360 D) 40 34 / 40 34. Tomonlari 20 sm va 30 sm bo‘lgan to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi ramkadan 40 A tok o‘tmoqda. Ramkaning magnit momenti nimaga teng ( A·m2)? A) 4,8 B) 1,2 C) 2,4 D) 2 35 / 40 35. Atom E2 energiyali holatdan E1 energiyali holatga o'tganida nurlangan fotonning energiyasi qanday bo’ladi? A) E1+E2 B) E1 C) E2 D) E2- E1 36 / 40 36. α – zarraning tezligi 0 dan v=0,9 c gacha orttirilganda, uning massasi qanchaga ortadi? α-zarraning tinchlikdagi massasi m0=4,0 m.a.b. deb hisoblang. c=3·108 m/s. A) 2,6 m.a.b B) 5,2 m.a.b C) 5,8 m.a.b D) 10,4 m.a.b 37 / 40 37. Katodga 4 s davomida kelgan ionlarning umumiy zaryadi 16 С bo’lsa, elektrolit eritmasidan o‘tib turgan o‘zgarmas tokning kuchi necha amper boladi? A) 4 B) 1,5 C) 1 D) 6 38 / 40 38. Matematik mayatning uzunligi 2,5 m, unga osilgan sharchaning massasi 100 gr. Tebranish davrini hisoblang(s). g=10m/s2. A) 31,4 B) 1,73 C) 6,28 D) 3,14 39 / 40 39. O‘zgarmas kuchlanish manbayiga 10 Ω , 16 Ω va 18 Ω qarshiliklar ketma-ket ulangan. Umumiy qarshilikni toping (Ω). A) 44 B) 4,4 C) 4,235 D) 7,72 40 / 40 40. Agar 10,8 kg massali kubning qirrasi uch marta qisqartirilsa, uning massasi (g) qancha bo'ladi? A) 40 B) 400 C) 4 D) 4000 0% Testni qayta ishga tushiring Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 7 Fizika fanidan attestatsiya savollari №15