Uy » Online olimpiada » Kimyo olimpiada » 9-sinf Kimyo olimpiada №3 Kimyo olimpiadaTuman 2022-2023 o'quv yili 9-sinf Kimyo olimpiada №3 InfoMaster Avgust 19, 2024 189 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 Savollar 12345678910111213141516171819202122232425 Vaqtingiz tugadi! 9-sinf Kimyo olimpiada №3 2022-yil 13-oktabr: 2022-2023 o'quv yili tuman bosqichida tushgan savollar! 1 / 25 1. 20 pg vodorod ftorid molekulalarini bittalab sanab chiqish uchun necha yil talab etiladi? Sanoq tezligi har sekundda 1 ta molekula. 1 pg = 10-12 g. A) 320 B) 458 ming C) 23 ming D) 19 ming 2 / 25 2. 0,1 M 10,0 ml Na2CO3 eritmasiga metilzarg‘aldog‘i qo‘shildi va sariq rangli eritma hosil bo‘ldi. Hosil bo‘lgan eritmaga 0,1 M 10,0 ml HCl eritmasi qo‘shilsa, eritma rangi qanday bo‘ladi? A) sariq B) binafsha C) olovrang D) qizil 3 / 25 3. Eritmalarning qaysi jihatlari kimyoviy birikmalarga o‘xshaydi? A) Eritma tarkibidagi erituvchi modda va erigan modda molekulalari har xil tekislikda taqsimlanadi va eritmani har qanday qismida tarkibi bir xil bo‘ladi. B) Eritma tarkibidagi erituvchi modda va erigan modda molekulalari bir tekis taqsimlanadi va eritmani har qanday qismida tarkibi bir xil bo‘ladi; C) Eritma tarkibidagi erituvchi modda va erigan modda molekulalari bir tekis taqsimlanadi va eritmani har qanday qismida tarkibi har xil bo‘ladi; D) Eritma tarkibidagi erituvchi modda va erigan modda molekulalari bir tekis taqsimlanmaydi. 4 / 25 4. Qutbsiz kovalent bog’li molekulalar juftini aniqlang. A) MgJ2 , SO2 B) S8 , F C) HBr, РН3 D) NaBr, HBr; 5 / 25 5. 0,8 mol modda 0,05 mol/l ∙sek tezlik bilan 4 sekundda parchalansa, idishning hajmini aniqlang. A) 6 B) 4 C) 7 D) 5 6 / 25 6. Uch xil moddalar – X, Y va kislorod aralashtirildi. Reaksiya ikki bosqichda ketadi: Yuqorida keltirilgan jarayonlar katalizatori: A) Y B) X C) XO₂ D) YO₂ 7 / 25 7. 1,00 gr Mg(NO₃)₂·xH₂O kristallogidrati 550 °С da qizdirildi, natijada 0,217 gr qattiq qoldiq hosil bo`ldi. Kristallogirdatdagi х ni aniqlang. A) 6 B) 2 C) 4 D) 1 8 / 25 8. 20 l NO va 30 l O₂ aralashtirildi. Moddalar doimiy temperatura va bosimda reaksiyaga kirishdi hamda hamma NO NO₂ ga aylandi. Hosil bo`lgan gazlar aralashmasining hajmi l da qancha? A) 50 B) 70 C) 60 D) 40 9 / 25 9. Ma’lum bir sharoitda N₂O₄(g) ⇄ 2NO₂(g) reaksiyaning muvozanat konstantasi 5,0·10-2 ga teng. Xuddi shu sharoitda NO₂(g) ⇄ ½ N₂O₄(g) reaksiyaning muvozanat konstantasini hisoblang. A) 10 B) 4.5 C) 0.05 D) 20 10 / 25 10. Pirobelonit PbMn₂VO₄OH mineralida vanadiyning oksidlanish darajasi: A) +2 B) +3 C) +5 D) +1 11 / 25 11. Fosfatli yoki kompleksli o`g`itlar tarkibiga kiruvchi quyidagi moddalardan qaysi birida fosforning massa ulushi eng ko`p? A) (NH4)2HPO4 B) Ca5(PO4)3F C) CaHPO4×2H2O D) NH4H2PO4 12 / 25 12. Quyida molekulaning elektron tuzilishi berilgan: A) CO₂ B) N₂O C) H₂O D) OF₂ 13 / 25 13. Qaysi qattiq modda 25°С da suyultirilgan xlorid kislota bilan reaksiyaga kirishib havodan zichroq bo`lgan gazni hosil qiladi. A) Zn B) NaBr C) NaHCO₃ D) Pb(NO₃)₂ 14 / 25 14. reaksiyada X - : A) elektron B) neytron C) β-zarracha D) α-zarracha 15 / 25 15. N₂(g) + ₃H₂(g) →₂NH₃ (g) ushbu jarayonda 11,2 dm³ (n.sh.) azot va 1,0 gr vodorod ishlatildi va bunda 0,25 mol ammiak ajratib olindi. Reaksiya unumini aniqlang. A) 33% B) 75% C) 50% D) 25% 16 / 25 16. Agar quyidagi reaksiya butun koeffisentlar bilan tenglashtirilsa, H+ oldidagi koeffisent nechaga teng? A) 3 B) 7 C) 4 D) 14 17 / 25 17. Bir xil sharoitda gazsimon selen ftoridi gazsimon kisloroddan 4,84 marta og`ir bo`lsa, u ftorid tarkibida qancha ftor atomi borligini aniqlang. A) 2 B) 4 C) 6 D) 5 18 / 25 18. Eng qutibli bog`: A) N-Cl B) Br-Cl C) I-Cl D) P-Cl 19 / 25 19. Umumiy p elektronlar soni umumiy s elektronlar sonidan ikki barobar kichik bo`lgan tartib raqami eng kichik elementni aniqlang. A) B B) C C) Na D) S 20 / 25 20. 200 ml 0,2 M KOH eritmasiga 300 ml 0,15 M HCl eritmasi qo`shildi. Hosil bo`lgan eritmaning pH qiymatini aniqlang. Eritmalar aralashtirilganda eritmalar hajmi qo`shiladi deb hisoblang. A) 2 B) 3 C) 1 D) 4 21 / 25 21. Quyidagi oksidlardan qaysi birining suv bilan reaksiyasidan ishqoriy muhit hosil bo`ladi? A) Cu₂O B) Na₂O C) CrO₃ D) CO₂ 22 / 25 22. Quyidagi oksidlardan qaysi birining suv bilan reaksiyasidan kislota hosil bo`ladi? A) CO B) CO₂ C) N₂O D) CaO 23 / 25 23. Konteyner umumiy bosimi 800 mm simob ustuni bo`lgan 0,064 kg kislorod va 0,084 kg azot saqlaydi. Azotning parsial bosimi: A) 320 mm simob ust. B) 400 mm simob ust. C) 480 mm simob ust. D) 530 mm simob ust. 24 / 25 24. 20 ml 0,10 M li Na₂SO₄ ni 50 ml 0,30 M Na₃PO₄ eritmasi bilan aralashtirilganda hosil bo`ladigan eritmadagi Na+ ionlarining konsentrasiyasini aniqlang. A) 0,15 M B) 0,48 M C) 0,70 M D) 0,24 M 25 / 25 25. Quyidagi qaysi elementdan tashqari barcha elementlar allatropiyani namoyon qiladi? A) Kr B) S C) O D) C 0% Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 2 9-10-11 sinflar Kimyo olimpiada №6