Uy » Online olimpiada » Kimyo olimpiada » 9-sinf Kimyo olimpiada №3 Kimyo olimpiadaTuman 2022-2023 o'quv yili 9-sinf Kimyo olimpiada №3 InfoMaster Avgust 19, 2024 158 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 12345678910111213141516171819202122232425 Vaqtingiz tugadi! 9-sinf Kimyo olimpiada №3 2022-yil 13-oktabr: 2022-2023 o'quv yili tuman bosqichida tushgan savollar! 1 / 25 1. 3 mol A modda 3 mol B modda bilan aralashtirildi. Natijada A + B ↔ C + D muvozanat o‘rnatildi. Agar K = 4 va reaksion aralashma hajmi 1 litr bo‘lsa, muvozanat qaror topganidan keyingi reaksiya unumini (%) aniqlang. A) 66.70% B) 96.70% C) 68.70% D) 86.70% 2 / 25 2. 2SO2 + O2 = 2SO3 reaksiya uchun vanadiy(V) oksidi geterogen katalizator hisoblanadi. Katalizator ishtirokidagi reaksiyalar 2 bosqichda amalga oshadi: 1-bosqich: .... 2-bosqich: 4VO2 + O2 = 2V2O5 Katalizatorga xos umumiy xususiyatlardan kelib chiqib 1-bosqich reaksiya tenglamasini keltiring. A) I B) II C) IV D) III 3 / 25 3. Bir moddaning 10 grammi 20C da 20 sekundda parchalanadi, 40C da sgu moddaning 90 grammi 20 sekundda parchalanadi. Shu reaksiyalarning tezlik koiffisiyentini aniqlang. A) 4 B) 2 C) 3 D) 5 4 / 25 4. Kaliy permanganat molekulasida nechta sigma va nechta pi bog’ borligini aniqlang. A) 10;6 B) 4;2; C) 8;4. D) 5;3 ; 5 / 25 5. Eritmalarning qaysi jihatlari kimyoviy birikmalarga o‘xshaydi? A) Eritma tarkibidagi erituvchi modda va erigan modda molekulalari bir tekis taqsimlanmaydi. B) Eritma tarkibidagi erituvchi modda va erigan modda molekulalari har xil tekislikda taqsimlanadi va eritmani har qanday qismida tarkibi bir xil bo‘ladi. C) Eritma tarkibidagi erituvchi modda va erigan modda molekulalari bir tekis taqsimlanadi va eritmani har qanday qismida tarkibi bir xil bo‘ladi; D) Eritma tarkibidagi erituvchi modda va erigan modda molekulalari bir tekis taqsimlanadi va eritmani har qanday qismida tarkibi har xil bo‘ladi; 6 / 25 6. Eng qutibli bog`: A) P-Cl B) Br-Cl C) I-Cl D) N-Cl 7 / 25 7. Quyidagi oksidlardan qaysi birining suv bilan reaksiyasidan ishqoriy muhit hosil bo`ladi? A) CO₂ B) Na₂O C) Cu₂O D) CrO₃ 8 / 25 8. Fosfatli yoki kompleksli o`g`itlar tarkibiga kiruvchi quyidagi moddalardan qaysi birida fosforning massa ulushi eng ko`p? A) NH4H2PO4 B) Ca5(PO4)3F C) CaHPO4×2H2O D) (NH4)2HPO4 9 / 25 9. Konteyner umumiy bosimi 800 mm simob ustuni bo`lgan 0,064 kg kislorod va 0,084 kg azot saqlaydi. Azotning parsial bosimi: A) 400 mm simob ust. B) 530 mm simob ust. C) 480 mm simob ust. D) 320 mm simob ust. 10 / 25 10. Pirobelonit PbMn₂VO₄OH mineralida vanadiyning oksidlanish darajasi: A) +1 B) +2 C) +5 D) +3 11 / 25 11. 20 ml 0,10 M li Na₂SO₄ ni 50 ml 0,30 M Na₃PO₄ eritmasi bilan aralashtirilganda hosil bo`ladigan eritmadagi Na+ ionlarining konsentrasiyasini aniqlang. A) 0,15 M B) 0,70 M C) 0,48 M D) 0,24 M 12 / 25 12. 20 l NO va 30 l O₂ aralashtirildi. Moddalar doimiy temperatura va bosimda reaksiyaga kirishdi hamda hamma NO NO₂ ga aylandi. Hosil bo`lgan gazlar aralashmasining hajmi l da qancha? A) 50 B) 60 C) 40 D) 70 13 / 25 13. reaksiyada X - : A) α-zarracha B) neytron C) β-zarracha D) elektron 14 / 25 14. 1,00 gr Mg(NO₃)₂·xH₂O kristallogidrati 550 °С da qizdirildi, natijada 0,217 gr qattiq qoldiq hosil bo`ldi. Kristallogirdatdagi х ni aniqlang. A) 6 B) 1 C) 2 D) 4 15 / 25 15. Agar quyidagi reaksiya butun koeffisentlar bilan tenglashtirilsa, H+ oldidagi koeffisent nechaga teng? A) 3 B) 4 C) 7 D) 14 16 / 25 16. N₂(g) + ₃H₂(g) →₂NH₃ (g) ushbu jarayonda 11,2 dm³ (n.sh.) azot va 1,0 gr vodorod ishlatildi va bunda 0,25 mol ammiak ajratib olindi. Reaksiya unumini aniqlang. A) 33% B) 75% C) 25% D) 50% 17 / 25 17. Ma’lum bir sharoitda N₂O₄(g) ⇄ 2NO₂(g) reaksiyaning muvozanat konstantasi 5,0·10-2 ga teng. Xuddi shu sharoitda NO₂(g) ⇄ ½ N₂O₄(g) reaksiyaning muvozanat konstantasini hisoblang. A) 0.05 B) 4.5 C) 10 D) 20 18 / 25 18. Uch xil moddalar – X, Y va kislorod aralashtirildi. Reaksiya ikki bosqichda ketadi: Yuqorida keltirilgan jarayonlar katalizatori: A) XO₂ B) YO₂ C) X D) Y 19 / 25 19. 200 ml 0,2 M KOH eritmasiga 300 ml 0,15 M HCl eritmasi qo`shildi. Hosil bo`lgan eritmaning pH qiymatini aniqlang. Eritmalar aralashtirilganda eritmalar hajmi qo`shiladi deb hisoblang. A) 3 B) 4 C) 2 D) 1 20 / 25 20. Qaysi qattiq modda 25°С da suyultirilgan xlorid kislota bilan reaksiyaga kirishib havodan zichroq bo`lgan gazni hosil qiladi. A) NaHCO₃ B) NaBr C) Zn D) Pb(NO₃)₂ 21 / 25 21. Umumiy p elektronlar soni umumiy s elektronlar sonidan ikki barobar kichik bo`lgan tartib raqami eng kichik elementni aniqlang. A) C B) B C) Na D) S 22 / 25 22. Quyidagi oksidlardan qaysi birining suv bilan reaksiyasidan kislota hosil bo`ladi? A) CO B) N₂O C) CO₂ D) CaO 23 / 25 23. Quyidagi qaysi elementdan tashqari barcha elementlar allatropiyani namoyon qiladi? A) S B) O C) C D) Kr 24 / 25 24. Quyida molekulaning elektron tuzilishi berilgan: A) N₂O B) OF₂ C) CO₂ D) H₂O 25 / 25 25. Bir xil sharoitda gazsimon selen ftoridi gazsimon kisloroddan 4,84 marta og`ir bo`lsa, u ftorid tarkibida qancha ftor atomi borligini aniqlang. A) 5 B) 4 C) 2 D) 6 0% Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz