Uy » Online olimpiada » Kimyo olimpiada » 9-sinf Kimyo olimpiada №3 Kimyo olimpiadaTuman 2022-2023 o'quv yili 9-sinf Kimyo olimpiada №3 InfoMaster Avgust 19, 2024 158 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 12345678910111213141516171819202122232425 Vaqtingiz tugadi! 9-sinf Kimyo olimpiada №3 2022-yil 13-oktabr: 2022-2023 o'quv yili tuman bosqichida tushgan savollar! 1 / 25 1. Agar N2 + 3H2 = 2NH3 reaksiya uchun muvozanat konstantasining qiymati x ga teng bo‘lsa, ⅓N2 + H2 = ⅔NH3 reaksiyaning muvozanat konstantasi qiymati qanday bo‘ladi? A) I B) II C) IV D) III 2 / 25 2. Agar tabiatda xlorning 35 va 37 izotoplari mavjud bo‘lsa, Cl2 tarkibli gaz molekulalarining necha foizi 35Cl-35Cl izotop tarkibga ega bo‘ladi? Ar(Cl) = 35,5. A) 56,25% B) 6,25% C) 75,00% D) 25,00% 3 / 25 3. Noma’lum massali suv tarkibida 12,04·1016 ta vodorod ioni mavjud. Agar dissotsiyalangan suv molekulasining bittasiga dissotsiyalanmagan suv molekulasining 5·108 tasi to’g’ri kelsa, noma’lum suv massasini(g) hisoblang.(H2O=H+ + OH-) A) 1800 B) 900 C) 2700 D) 990 4 / 25 4. Kaliy permanganat va Bertole tuzlari kislorod hosil qilib parchalandi. KMnO4 ning parchalanishidan hosil bo’lgan kislorod Bertole tuzidan hosil bo’lgan kislorodning yarmiga teng bo’lsa, boshlang’ich tuzlarning mol nisbatibi aniqlang. A) 6:1 B) 3:2 C) 2:3 D) 1:1 5 / 25 5. Kalsiy fosfat molekulasida nechta sigma va nechta pi bog’ borligini aniqlang. A) 21; 3; B) 7; 1; C) 28; 4 D) 14; 2; 6 / 25 6. Fosfatli yoki kompleksli o`g`itlar tarkibiga kiruvchi quyidagi moddalardan qaysi birida fosforning massa ulushi eng ko`p? A) Ca5(PO4)3F B) (NH4)2HPO4 C) NH4H2PO4 D) CaHPO4×2H2O 7 / 25 7. 20 ml 0,10 M li Na₂SO₄ ni 50 ml 0,30 M Na₃PO₄ eritmasi bilan aralashtirilganda hosil bo`ladigan eritmadagi Na+ ionlarining konsentrasiyasini aniqlang. A) 0,48 M B) 0,15 M C) 0,24 M D) 0,70 M 8 / 25 8. 200 ml 0,2 M KOH eritmasiga 300 ml 0,15 M HCl eritmasi qo`shildi. Hosil bo`lgan eritmaning pH qiymatini aniqlang. Eritmalar aralashtirilganda eritmalar hajmi qo`shiladi deb hisoblang. A) 2 B) 4 C) 1 D) 3 9 / 25 9. Eng qutibli bog`: A) Br-Cl B) N-Cl C) I-Cl D) P-Cl 10 / 25 10. Umumiy p elektronlar soni umumiy s elektronlar sonidan ikki barobar kichik bo`lgan tartib raqami eng kichik elementni aniqlang. A) S B) C C) Na D) B 11 / 25 11. Bir xil sharoitda gazsimon selen ftoridi gazsimon kisloroddan 4,84 marta og`ir bo`lsa, u ftorid tarkibida qancha ftor atomi borligini aniqlang. A) 6 B) 5 C) 4 D) 2 12 / 25 12. Konteyner umumiy bosimi 800 mm simob ustuni bo`lgan 0,064 kg kislorod va 0,084 kg azot saqlaydi. Azotning parsial bosimi: A) 480 mm simob ust. B) 320 mm simob ust. C) 530 mm simob ust. D) 400 mm simob ust. 13 / 25 13. Pirobelonit PbMn₂VO₄OH mineralida vanadiyning oksidlanish darajasi: A) +5 B) +1 C) +2 D) +3 14 / 25 14. Quyidagi qaysi elementdan tashqari barcha elementlar allatropiyani namoyon qiladi? A) O B) S C) Kr D) C 15 / 25 15. reaksiyada X - : A) α-zarracha B) β-zarracha C) neytron D) elektron 16 / 25 16. 1,00 gr Mg(NO₃)₂·xH₂O kristallogidrati 550 °С da qizdirildi, natijada 0,217 gr qattiq qoldiq hosil bo`ldi. Kristallogirdatdagi х ni aniqlang. A) 1 B) 2 C) 4 D) 6 17 / 25 17. Uch xil moddalar – X, Y va kislorod aralashtirildi. Reaksiya ikki bosqichda ketadi: Yuqorida keltirilgan jarayonlar katalizatori: A) X B) Y C) XO₂ D) YO₂ 18 / 25 18. Agar quyidagi reaksiya butun koeffisentlar bilan tenglashtirilsa, H+ oldidagi koeffisent nechaga teng? A) 3 B) 14 C) 4 D) 7 19 / 25 19. 20 l NO va 30 l O₂ aralashtirildi. Moddalar doimiy temperatura va bosimda reaksiyaga kirishdi hamda hamma NO NO₂ ga aylandi. Hosil bo`lgan gazlar aralashmasining hajmi l da qancha? A) 50 B) 70 C) 40 D) 60 20 / 25 20. N₂(g) + ₃H₂(g) →₂NH₃ (g) ushbu jarayonda 11,2 dm³ (n.sh.) azot va 1,0 gr vodorod ishlatildi va bunda 0,25 mol ammiak ajratib olindi. Reaksiya unumini aniqlang. A) 50% B) 25% C) 75% D) 33% 21 / 25 21. Qaysi qattiq modda 25°С da suyultirilgan xlorid kislota bilan reaksiyaga kirishib havodan zichroq bo`lgan gazni hosil qiladi. A) Zn B) NaHCO₃ C) NaBr D) Pb(NO₃)₂ 22 / 25 22. Ma’lum bir sharoitda N₂O₄(g) ⇄ 2NO₂(g) reaksiyaning muvozanat konstantasi 5,0·10-2 ga teng. Xuddi shu sharoitda NO₂(g) ⇄ ½ N₂O₄(g) reaksiyaning muvozanat konstantasini hisoblang. A) 20 B) 0.05 C) 4.5 D) 10 23 / 25 23. Quyida molekulaning elektron tuzilishi berilgan: A) N₂O B) CO₂ C) OF₂ D) H₂O 24 / 25 24. Quyidagi oksidlardan qaysi birining suv bilan reaksiyasidan kislota hosil bo`ladi? A) N₂O B) CO₂ C) CO D) CaO 25 / 25 25. Quyidagi oksidlardan qaysi birining suv bilan reaksiyasidan ishqoriy muhit hosil bo`ladi? A) CrO₃ B) Na₂O C) CO₂ D) Cu₂O 0% Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz