Uy » Online olimpiada » Tarix olimpiada » 10-sinf Tarix olimpiada №3 Tarix olimpiadaViloyat 2021-2022 o'quv yili 10-sinf Tarix olimpiada №3 InfoMaster Avgust 19, 2024 212 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 12345678910111213141516171819202122232425 10-sinf Tarix olimpiada №3 2021-2022 o'quv yilida viloyat bosqichida tushgan savollar. 1 / 25 1. Quyidagi shaxslar faoliyat ko‘rsatish vaqtini to‘g‘ri ketma-ketlik tartibida belgilang. 1) Oliver Kromvel; 2) Jorj Vashington; 3) Napaleon Bonapart; 4) Martin Lyuter. A) 1, 4, 2, 3 B) 1, 4, 3, 2 C) 4, 1, 2, 3 D) 4, 1, 3, 2 2 / 25 2. O`zbekiston SSRda “Agrar inqilob”ning strategiya va taktikasi …… tasdiqlangan. A) 1925-yil noyabrda B) 1925-yil fevralda C) 1929-yil iyulda D) 1925-yil dekabrda 3 / 25 3. 1830-yilda Parij shahrida boshlangan inqilobning maqsadi nima edi? A) ishchilarga saylov huquqi berish B) cheklangan monarxiya tuzumi o‘rnatish C) imperiyani qayta tiklash D) respublika tuzumi o‘rnatish 4 / 25 4. XIX asr oxiri − XX asr boshlarida quyidagi qaysi hududda Italiyaning mustamlaka rejalari amalga oshmadi va bu hudud o‘z mustaqilligini saqlab qoldi? A) Somali B) Liviya C) Eritreya D) Efiopiya 5 / 25 5. Buxoroda ashtarxoniylar hukmronligi davrida qaysi omillar natijasida markaziy hokimiyat zaiflashgan?1) Qo‘qon xonligi bilan bo‘lib o‘tgan urushdagi mag‘lubiyat; 2) devonlar orqali boshqaruv tizimining barbod bo‘lishi; 3) taxtning otadan bolaga o‘tmaganligi; 4) viloyatlarda hokimiyat viloyat hokimlari qo‘lida to‘planishi A) 1, 3 B) 2, 3 C) 2, 4 D) 1, 4 6 / 25 6. Simoneseki sulhiga ko‘ra, Yaponiya qaysi hududlarni qo‘lga kiritgan edi? A) Tayvan, Penxu va Gongong orollarini B) Lyaodun, Kurill, Saxalin orollarini C) Lyaodun, Tayvan, Peskador orollarini D) Syangan, Tayvan va Penxu orollarini 7 / 25 7. Birinchi jahon urushining Buyuk Britaniya uchun oqibatlari to‘g‘ri berilgan javoblarni belgilang. 1. Urush Buyuk Britaniyaning hukmron doiralariga katta siyosiy g‘alaba va obro‘ olib keldi. 2. Mustamlaka imperiyasi yanada kengaydi. Katta reparatsiya olindi. 3. Buyuk Britaniya AQSHdan va o‘z dominionlaridan qarzdor bo‘lib qoldi. 4. Iqtisodiy o‘sish sur’atlari juda past bo‘lib, inqiroz va turg‘unlik odatiy holga aylandi. A) 2, 4 B) 1, 2, 3, 4 C) 1, 2, 3 D) 1, 3 8 / 25 8. Tarixiy-mantiqiy ketma-ketlik (moslik) berilgan javobni toping (o‘rta asrlar). A) qirol Filipp IV – “Yuz yillik urush” - Tyudorlar sulolasining tugashi B) knyaz Vatslav - Piastlar sulolasi - xristian dini C) imperator Yustinian I - ostgotlar - Ravenna D) qirol Karl Martell - Puate janggi - Muqaddas Rim imperiyasi 9 / 25 9. Simon Bolivar Buyuk Kolumbiya Prezidenti lavozimini egallagach amalga oshirmoqchi bo‘lgan qaysi tadbir pomeshchiklarning qarshiligiga duch kelib amalga oshmay qolgan? A) Yirik pomeshchiklarga soliq solish B) Ispaniyadan ozod qilingan barcha Amerika respublikalarining konfederatsiyasini tuzish loyihasini ishlab chiqishi C) Chet el kapitali kirib kelishiga to‘sqinlik qilish to‘g‘risidagi qonun loyihasini ishlab chiqishi D) Yirik pomeshchiklarning yerlarini musodara qilish to‘g‘risida qonun loyihasini ishlab chiqishi 10 / 25 10. Rossiyaning O‘rta Osiyoni bosib olishining qaysi bosqichi uzoqroq davom etgan? A) ikkinchi bosqichi B) birinchi bosqichi C) uchinchi bosqichi D) to‘rtinchi bosqichi 11 / 25 11. O‘rta Osiyoning quyidagi shaharlari Podsho Rossiyasi qo‘shinlari tomonidan egallangan yillariga qarab to‘g‘ri xronologik tartibda ko‘rsatilgan javobni belgilang.1) Kattaqo‘rg‘on; 2) Namangan; 3) Jizzax A) 3, 2, 1 B) 1, 2, 3 C) 3, 1, 2 D) 1, 3, 2 12 / 25 12. Farg‘onada istiqlolchilik harakati qachon o‘zining eng yuqori cho‘qqisiga chiqdi? A) 1919-yil qishining oxiri va bahorida B) 1918-yil bahorining oxiri va yozida C) 1919-yil yozining oxiri va kuzida D) 1920-yil yozi va kuzida 13 / 25 13. Buyuk ipak yo‘lida joylashgan shaharlarni ketma-ketligida joylashtiring? 1. Sian 2. Yorkent 3. Samarqand 4. Dunxuan 5. Buxoro 6. Marv 7. Termiz A) 1, 4, 3, 2, 5, 6, 7 B) 1, 4, 2, 3, 5, 7, 6 C) 4, 1, 2, 3, 5, 7, 6 D) 4, 1, 2, 3, 6, 5, 7 14 / 25 14. XVIII asr boshlarida vujudga kelgan Qo‘qon xonligi g‘arbda qaysi hudud bilan chegaralanar edi? A) Vaxsh, Kofirkon, Panj bo‘yi B) Qorategin, Darboz, Ko‘lob, Sho‘g‘non C) Buxoro va Xiva xonligi D) Sharqiy Turkiston va Yettisuv 15 / 25 15. Yevropaliklar tomonidan Hindiston va Amerikaga dengiz yo‘llarining ochilishi muhim savdo yo‘llarining yo‘nalishini o‘zgartirib, bir qator shaharlarning rivojlanishiga sabab bo‘ldi. Ushbu shaharlar berilgan to‘g‘ri javobni toping. A) Venetsiya va Anqara B) Antverpen va Venetsiya C) Lissabon va Seviliya D) Parij va London 16 / 25 16. Noto‘g‘ri javobni toping. A) Bess Baqtriyaning satrapi bo‘lgan. U Baqtra shahrini dushmanga qoldirib, Amudaryoning narigi tarafiga qochib ketadi B) Aleksandr so‘g‘d zodagonlari – Xoriyen va Oksiartning Hisor tog‘larida joylashgan qal’alarini qo‘lga kiritib, Oksiartning qizi Ravshanakka uylanadi. C) Yunon-makedon qo‘shinlarining bosqinchlik yurishlari O‘rta Osiyo yerlarini xarobazorga aylantirdi, aholining katta qismi qirilib ketdi. D) Mil. avv. 328-yil kuzida Spitamanning Aleksandr bilan hal qiluvchi jangi bo‘lib o‘tadi. Kuchlar teng bo‘lmaganidan Spitaman yengilib, toqqa chekinadi. 17 / 25 17. Xitoyda ilmiy bilimlarning rivojlanishini taqozo etgan omil qaysi javobda to‘g‘ri berilgan? A) odamlarning o‘zini qurshab turgan tevarak-atrofni tushunishga intilishi; B) davlatning iqtisodiy taraqqiyot ehtiyojlari; C) mahalliy aholining kundalik hayoti ziroatchilik, hunarmandchilik, binokorlik bilan bog‘liqligi; D) yuqumli kasalliklar, ochlik va qurg‘oqchilikni tez-tez takrorlanib turishi; 18 / 25 18. Lotin Amerikasiga AQSH kapitali kirib kela boshlagan davrni aniqlang. A) XIX asr boshlari B) XX asr boshlari C) XIX asr o‘rtalari D) XIX asr oxiri 19 / 25 19. Ma’lumki, O‘rta Osiyoda taraqqiyparvarlar rivojlangan jamiyat yaratishdek o‘z g‘oyalarini amalga oshirishda mutaassiblik, loqaydlik, qoloqlikka qarshi kurash olib borishga alohida ahamiyat berganlar. Ular bu vazifalarni amalga oshirishda quyidagi qaysi yo‘nalishlarni ustuvor deb hisoblaganlar? 1) o‘lkada yangi usul maktablari tarmog‘ini kengaytirish; 2) Davlat dumasida savdo-sotiq egalariga imtiyoz berish; 3) qobiliyatli yoshlarni chet elga o‘qishga yuborish; 4) rus burjuaziyasini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash; 5) turli ma’rifiy jamiyatlar va teatr truppalari tuzish, gazeta va jurnallar chop etish; 6) soliqlar masalasida radikal islohotlar o‘tkazish A) 2, 3, 6 B) 2, 4, 5 C) 1, 4, 6 D) 1, 3, 5 20 / 25 20. Rossiya imperiyasining mustamlakachilik siyosati davrida qabul qilingan Nizomlar asosida amalga oshirilgan ishlari mos ravishda berilgan javobni aniqlang. 1) 1867-yilgi “Nizom loyihasi” bo‘yicha; 2) yangi 1886-yilgi “Turkiston o‘lkasini idora qilish to‘g‘risidagi Nizom” bo‘yicha. a) muvaqqat harbiy-sudlov komissiyalari tuzildi; b) uyezd sudlari bekor qilindi; c) general-gubernatorlik Devonining sudlov bo‘limi tashkil etildi; d) sud tergovchilari, viloyat prokurori va ularning yordamchisi lavozimlari joriy etildi; e) Turkiston viloyatinini boshqarish bo‘yicha harbiy mahkama joriy etildi. A) 1-a, b, 2-c, d B) 1-a, c, 2-b, d C) 1-a, d, 2-b, e D) 1-a, c, 2-d, e 21 / 25 21. IX asr oxiri − X asr boshida qaysi Rus knyazi Vizantiya bilan manfaatli shartnoma tuzib, rus savdogarlariga Vizantiya bilan bojsiz savdo qilish imkonini yaratadi? A) Oleg B) Vladimir C) Ryurik D) Yaroslav 22 / 25 22. Franklar davlatida qirolning qaysi ishlarini boshqarishni graflarga topshirishi ularning hokimiyatini kuchaytirdi? A) iqtisodiyot B) sud C) moliya D) soliq 23 / 25 23. Podsho Rossiyasi qo‘shinlari tomonidan sharqiy Turkistonning Ili o‘lkasidagi qo‘zg‘olon bostirilgan yilda qoraqalpoqlarning qaysi volostida mustamlakachilarga qarshi xalq qo‘zg‘oloni boshlangan? A) Biybozor va Nukus volostida B) Mo‘ynoq va Nukus volostida C) Chimboy va Biybozor volostida D) Qo‘ng‘irot va Nukus volostida 24 / 25 24. Kimning esdaliklari fransuz va nemis tillariga tarjima qilingan? A) N. Muravyov B) Blankennagel C) F. Beneveni D) N. Ignatyev 25 / 25 25. 1885-yilda Kaspiyorti temiryo‘lining qurilishi va 1887-yil oxirlarida Amudaryo flotiliyasining ta’sis etilishi Xiva xonligiga qanday ta’sir ko‘rsatgan? A) xonlik iqtisodiy ahvolini ko‘tarilishiga olib kelgan B) Buyuk Britaniya ta’siri ortishiga olib kelgan C) Buxoro bilan savdo-sotiqni rivojlantirgan D) Rossiyaga qaramlikni yanada kuchaytirgan 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz