Uy » Online olimpiada » Tarix olimpiada » 10-sinf Tarix olimpiada №3 Tarix olimpiadaViloyat 2021-2022 o'quv yili 10-sinf Tarix olimpiada №3 InfoMaster Avgust 19, 2024 220 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 12345678910111213141516171819202122232425 10-sinf Tarix olimpiada №3 2021-2022 o'quv yilida viloyat bosqichida tushgan savollar. 1 / 25 1. Qadimgi dunyo tarixida qaysi davlat san’atida mahalliy an’analar, Qadimgi Sharq va Qadimgi Yunoniston ellinistik san’ati uslublari muvofiqlashgan edi? A) Dovon B) Qadimgi Xorazm C) Kushon D) Rim imperiyasi 2 / 25 2. Misrda ta`lim olayotganda o`quvchilar nimalarga yozishgan? 1.papirusga 2.sopol buyum parchasiga 3.papirusdan ishlangan qog`ozga 4.ohaktoshga A) 2.3 B) 1.2 C) 1.3 D) 2.4 3 / 25 3. Buxoroda ashtarxoniylar hukmronligi davrida qaysi omillar natijasida markaziy hokimiyat zaiflashgan?1) Qo‘qon xonligi bilan bo‘lib o‘tgan urushdagi mag‘lubiyat; 2) devonlar orqali boshqaruv tizimining barbod bo‘lishi; 3) taxtning otadan bolaga o‘tmaganligi; 4) viloyatlarda hokimiyat viloyat hokimlari qo‘lida to‘planishi A) 1, 4 B) 2, 4 C) 2, 3 D) 1, 3 4 / 25 4. O‘rta Osiyoning quyidagi shaharlari Podsho Rossiyasi qo‘shinlari tomonidan egallangan yillariga qarab to‘g‘ri xronologik tartibda ko‘rsatilgan javobni belgilang.1) Kattaqo‘rg‘on; 2) Namangan; 3) Jizzax A) 1, 2, 3 B) 1, 3, 2 C) 3, 1, 2 D) 3, 2, 1 5 / 25 5. Quyidagilardan asr boshida yuz bergan voqeani aniqlang. A) Yevropa savdo chorrahalari Shimoliy dengiz qirg‘oqlariga ko‘chdi B) gollandiyaliklar Avstraliya qirg‘oqlarini tadqiq eta boshladilar C) okean to‘lqinlariga bardosh beruvchi, shamolga qarshi suza oladigan yelkanli kema – karavella yaratildi D) Rus yerlarining Moskva atrofida birlashish jarayoni nihoyasiga yetdi 6 / 25 6. 1885-yilda Kaspiyorti temiryo‘lining qurilishi va 1887-yil oxirlarida Amudaryo flotiliyasining ta’sis etilishi Xiva xonligiga qanday ta’sir ko‘rsatgan? A) xonlik iqtisodiy ahvolini ko‘tarilishiga olib kelgan B) Buxoro bilan savdo-sotiqni rivojlantirgan C) Rossiyaga qaramlikni yanada kuchaytirgan D) Buyuk Britaniya ta’siri ortishiga olib kelgan 7 / 25 7. Podsho Rossiyasi qo‘shinlari tomonidan sharqiy Turkistonning Ili o‘lkasidagi qo‘zg‘olon bostirilgan yilda qoraqalpoqlarning qaysi volostida mustamlakachilarga qarshi xalq qo‘zg‘oloni boshlangan? A) Chimboy va Biybozor volostida B) Qo‘ng‘irot va Nukus volostida C) Mo‘ynoq va Nukus volostida D) Biybozor va Nukus volostida 8 / 25 8. Farg‘onada istiqlolchilik harakati qachon o‘zining eng yuqori cho‘qqisiga chiqdi? A) 1918-yil bahorining oxiri va yozida B) 1919-yil qishining oxiri va bahorida C) 1919-yil yozining oxiri va kuzida D) 1920-yil yozi va kuzida 9 / 25 9. Yevropaliklar tomonidan Hindiston va Amerikaga dengiz yo‘llarining ochilishi muhim savdo yo‘llarining yo‘nalishini o‘zgartirib, bir qator shaharlarning rivojlanishiga sabab bo‘ldi. Ushbu shaharlar berilgan to‘g‘ri javobni toping. A) Venetsiya va Anqara B) Lissabon va Seviliya C) Parij va London D) Antverpen va Venetsiya 10 / 25 10. Bir yilda sodir bo‘lgan voqealar berilgan javobni aniqlang. 1) Inglizlarning Markaziy Osiyoga A.Byorns boshchiligida yuborgan elchilari Buxoroga kirib keldi; 2) Pekinda Xitoy-Qo‘qon shartnomasi imzolandi; 3) Inqilob natijasida Iyul monarxiyasi quladi, Fransiya Respublika deb e’lon qilindi; 4) Buyuk Britaniyada parlament islohoti o‘tkazilib, unga ko‘ra yirik sanoat markazlariga 144 ta o‘rin ajratib berildi; 5) Urugvay to‘la mustaqillikka erishdi; 6) Braziliya Portugaliyadan mustaqil deb e’lon qilindi. A) 1, 3, 5 B) 2, 4, 6 C) 1, 2, 4 D) 3, 5, 6 11 / 25 11. Xitoyda ilmiy bilimlarning rivojlanishini taqozo etgan omil qaysi javobda to‘g‘ri berilgan? A) mahalliy aholining kundalik hayoti ziroatchilik, hunarmandchilik, binokorlik bilan bog‘liqligi; B) yuqumli kasalliklar, ochlik va qurg‘oqchilikni tez-tez takrorlanib turishi; C) davlatning iqtisodiy taraqqiyot ehtiyojlari; D) odamlarning o‘zini qurshab turgan tevarak-atrofni tushunishga intilishi; 12 / 25 12. Tarixiy-mantiqiy ketma-ketlik (moslik) berilgan javobni toping (o‘rta asrlar). A) knyaz Vatslav - Piastlar sulolasi - xristian dini B) qirol Filipp IV – “Yuz yillik urush” - Tyudorlar sulolasining tugashi C) imperator Yustinian I - ostgotlar - Ravenna D) qirol Karl Martell - Puate janggi - Muqaddas Rim imperiyasi 13 / 25 13. Ma’lumki, O‘rta Osiyoda taraqqiyparvarlar rivojlangan jamiyat yaratishdek o‘z g‘oyalarini amalga oshirishda mutaassiblik, loqaydlik, qoloqlikka qarshi kurash olib borishga alohida ahamiyat berganlar. Ular bu vazifalarni amalga oshirishda quyidagi qaysi yo‘nalishlarni ustuvor deb hisoblaganlar? 1) o‘lkada yangi usul maktablari tarmog‘ini kengaytirish; 2) Davlat dumasida savdo-sotiq egalariga imtiyoz berish; 3) qobiliyatli yoshlarni chet elga o‘qishga yuborish; 4) rus burjuaziyasini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash; 5) turli ma’rifiy jamiyatlar va teatr truppalari tuzish, gazeta va jurnallar chop etish; 6) soliqlar masalasida radikal islohotlar o‘tkazish A) 2, 3, 6 B) 1, 4, 6 C) 1, 3, 5 D) 2, 4, 5 14 / 25 14. Franklar davlatida qirolning qaysi ishlarini boshqarishni graflarga topshirishi ularning hokimiyatini kuchaytirdi? A) soliq B) moliya C) sud D) iqtisodiyot 15 / 25 15. XIX asr oxiri − XX asr boshlarida quyidagi qaysi hududda Italiyaning mustamlaka rejalari amalga oshmadi va bu hudud o‘z mustaqilligini saqlab qoldi? A) Eritreya B) Somali C) Efiopiya D) Liviya 16 / 25 16. Rossiyaning O‘rta Osiyoni bosib olishining qaysi bosqichi uzoqroq davom etgan? A) uchinchi bosqichi B) to‘rtinchi bosqichi C) ikkinchi bosqichi D) birinchi bosqichi 17 / 25 17. XVIII asr boshlarida vujudga kelgan Qo‘qon xonligi g‘arbda qaysi hudud bilan chegaralanar edi? A) Buxoro va Xiva xonligi B) Vaxsh, Kofirkon, Panj bo‘yi C) Qorategin, Darboz, Ko‘lob, Sho‘g‘non D) Sharqiy Turkiston va Yettisuv 18 / 25 18. Noto‘g‘ri javobni toping. A) Mil. avv. 328-yil kuzida Spitamanning Aleksandr bilan hal qiluvchi jangi bo‘lib o‘tadi. Kuchlar teng bo‘lmaganidan Spitaman yengilib, toqqa chekinadi. B) Aleksandr so‘g‘d zodagonlari – Xoriyen va Oksiartning Hisor tog‘larida joylashgan qal’alarini qo‘lga kiritib, Oksiartning qizi Ravshanakka uylanadi. C) Yunon-makedon qo‘shinlarining bosqinchlik yurishlari O‘rta Osiyo yerlarini xarobazorga aylantirdi, aholining katta qismi qirilib ketdi. D) Bess Baqtriyaning satrapi bo‘lgan. U Baqtra shahrini dushmanga qoldirib, Amudaryoning narigi tarafiga qochib ketadi 19 / 25 19. Simoneseki sulhiga ko‘ra, Yaponiya qaysi hududlarni qo‘lga kiritgan edi? A) Syangan, Tayvan va Penxu orollarini B) Tayvan, Penxu va Gongong orollarini C) Lyaodun, Tayvan, Peskador orollarini D) Lyaodun, Kurill, Saxalin orollarini 20 / 25 20. Lotin Amerikasiga AQSH kapitali kirib kela boshlagan davrni aniqlang. A) XIX asr o‘rtalari B) XX asr boshlari C) XIX asr boshlari D) XIX asr oxiri 21 / 25 21. 1830-yilda Parij shahrida boshlangan inqilobning maqsadi nima edi? A) cheklangan monarxiya tuzumi o‘rnatish B) imperiyani qayta tiklash C) respublika tuzumi o‘rnatish D) ishchilarga saylov huquqi berish 22 / 25 22. Buyuk ipak yo‘lida joylashgan shaharlarni ketma-ketligida joylashtiring? 1. Sian 2. Yorkent 3. Samarqand 4. Dunxuan 5. Buxoro 6. Marv 7. Termiz A) 1, 4, 2, 3, 5, 7, 6 B) 1, 4, 3, 2, 5, 6, 7 C) 4, 1, 2, 3, 5, 7, 6 D) 4, 1, 2, 3, 6, 5, 7 23 / 25 23. Simon Bolivar Buyuk Kolumbiya Prezidenti lavozimini egallagach amalga oshirmoqchi bo‘lgan qaysi tadbir pomeshchiklarning qarshiligiga duch kelib amalga oshmay qolgan? A) Chet el kapitali kirib kelishiga to‘sqinlik qilish to‘g‘risidagi qonun loyihasini ishlab chiqishi B) Yirik pomeshchiklarga soliq solish C) Yirik pomeshchiklarning yerlarini musodara qilish to‘g‘risida qonun loyihasini ishlab chiqishi D) Ispaniyadan ozod qilingan barcha Amerika respublikalarining konfederatsiyasini tuzish loyihasini ishlab chiqishi 24 / 25 24. Birinchi jahon urushining Buyuk Britaniya uchun oqibatlari to‘g‘ri berilgan javoblarni belgilang. 1. Urush Buyuk Britaniyaning hukmron doiralariga katta siyosiy g‘alaba va obro‘ olib keldi. 2. Mustamlaka imperiyasi yanada kengaydi. Katta reparatsiya olindi. 3. Buyuk Britaniya AQSHdan va o‘z dominionlaridan qarzdor bo‘lib qoldi. 4. Iqtisodiy o‘sish sur’atlari juda past bo‘lib, inqiroz va turg‘unlik odatiy holga aylandi. A) 1, 2, 3, 4 B) 1, 2, 3 C) 1, 3 D) 2, 4 25 / 25 25. IX asr oxiri − X asr boshida qaysi Rus knyazi Vizantiya bilan manfaatli shartnoma tuzib, rus savdogarlariga Vizantiya bilan bojsiz savdo qilish imkonini yaratadi? A) Yaroslav B) Vladimir C) Oleg D) Ryurik 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz