Uy » Online olimpiada » Tarix olimpiada » 10-sinf Tarix olimpiada №3 Tarix olimpiadaViloyat 2021-2022 o'quv yili 10-sinf Tarix olimpiada №3 InfoMaster Avgust 19, 2024 259 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 12345678910111213141516171819202122232425 10-sinf Tarix olimpiada №3 2021-2022 o'quv yilida viloyat bosqichida tushgan savollar. 1 / 25 1. Qadimgi dunyo tarixida qaysi davlat san’atida mahalliy an’analar, Qadimgi Sharq va Qadimgi Yunoniston ellinistik san’ati uslublari muvofiqlashgan edi? A) Qadimgi Xorazm B) Kushon C) Dovon D) Rim imperiyasi 2 / 25 2. Xitoy imperatorlari saroyida qachondan boshlab olimlarning oliy yig`inlari tashkil etilgan? A) VII asrdan B) X asrdan C) VIII asrdan D) VI asrdan 3 / 25 3. Bir yilda sodir bo‘lgan voqealar berilgan javobni aniqlang. 1) Inglizlarning Markaziy Osiyoga A.Byorns boshchiligida yuborgan elchilari Buxoroga kirib keldi; 2) Pekinda Xitoy-Qo‘qon shartnomasi imzolandi; 3) Inqilob natijasida Iyul monarxiyasi quladi, Fransiya Respublika deb e’lon qilindi; 4) Buyuk Britaniyada parlament islohoti o‘tkazilib, unga ko‘ra yirik sanoat markazlariga 144 ta o‘rin ajratib berildi; 5) Urugvay to‘la mustaqillikka erishdi; 6) Braziliya Portugaliyadan mustaqil deb e’lon qilindi. A) 1, 3, 5 B) 3, 5, 6 C) 1, 2, 4 D) 2, 4, 6 4 / 25 4. XIX asr oxiri − XX asr boshlarida quyidagi qaysi hududda Italiyaning mustamlaka rejalari amalga oshmadi va bu hudud o‘z mustaqilligini saqlab qoldi? A) Liviya B) Efiopiya C) Somali D) Eritreya 5 / 25 5. Rossiyaning O‘rta Osiyoni bosib olishining qaysi bosqichi uzoqroq davom etgan? A) uchinchi bosqichi B) ikkinchi bosqichi C) birinchi bosqichi D) to‘rtinchi bosqichi 6 / 25 6. Lotin Amerikasiga AQSH kapitali kirib kela boshlagan davrni aniqlang. A) XIX asr oxiri B) XIX asr o‘rtalari C) XIX asr boshlari D) XX asr boshlari 7 / 25 7. Ma’lumki, O‘rta Osiyoda taraqqiyparvarlar rivojlangan jamiyat yaratishdek o‘z g‘oyalarini amalga oshirishda mutaassiblik, loqaydlik, qoloqlikka qarshi kurash olib borishga alohida ahamiyat berganlar. Ular bu vazifalarni amalga oshirishda quyidagi qaysi yo‘nalishlarni ustuvor deb hisoblaganlar? 1) o‘lkada yangi usul maktablari tarmog‘ini kengaytirish; 2) Davlat dumasida savdo-sotiq egalariga imtiyoz berish; 3) qobiliyatli yoshlarni chet elga o‘qishga yuborish; 4) rus burjuaziyasini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash; 5) turli ma’rifiy jamiyatlar va teatr truppalari tuzish, gazeta va jurnallar chop etish; 6) soliqlar masalasida radikal islohotlar o‘tkazish A) 1, 3, 5 B) 1, 4, 6 C) 2, 4, 5 D) 2, 3, 6 8 / 25 8. O‘rta Osiyoning quyidagi shaharlari Podsho Rossiyasi qo‘shinlari tomonidan egallangan yillariga qarab to‘g‘ri xronologik tartibda ko‘rsatilgan javobni belgilang.1) Kattaqo‘rg‘on; 2) Namangan; 3) Jizzax A) 1, 3, 2 B) 3, 1, 2 C) 3, 2, 1 D) 1, 2, 3 9 / 25 9. 1830-yilda Parij shahrida boshlangan inqilobning maqsadi nima edi? A) imperiyani qayta tiklash B) ishchilarga saylov huquqi berish C) cheklangan monarxiya tuzumi o‘rnatish D) respublika tuzumi o‘rnatish 10 / 25 10. Buyuk ipak yo‘lida joylashgan shaharlarni ketma-ketligida joylashtiring? 1. Sian 2. Yorkent 3. Samarqand 4. Dunxuan 5. Buxoro 6. Marv 7. Termiz A) 1, 4, 3, 2, 5, 6, 7 B) 4, 1, 2, 3, 5, 7, 6 C) 1, 4, 2, 3, 5, 7, 6 D) 4, 1, 2, 3, 6, 5, 7 11 / 25 11. Farg‘onada istiqlolchilik harakati qachon o‘zining eng yuqori cho‘qqisiga chiqdi? A) 1919-yil yozining oxiri va kuzida B) 1918-yil bahorining oxiri va yozida C) 1920-yil yozi va kuzida D) 1919-yil qishining oxiri va bahorida 12 / 25 12. XVIII asr boshlarida vujudga kelgan Qo‘qon xonligi g‘arbda qaysi hudud bilan chegaralanar edi? A) Qorategin, Darboz, Ko‘lob, Sho‘g‘non B) Sharqiy Turkiston va Yettisuv C) Vaxsh, Kofirkon, Panj bo‘yi D) Buxoro va Xiva xonligi 13 / 25 13. Rossiya imperiyasining mustamlakachilik siyosati davrida qabul qilingan Nizomlar asosida amalga oshirilgan ishlari mos ravishda berilgan javobni aniqlang. 1) 1867-yilgi “Nizom loyihasi” bo‘yicha; 2) yangi 1886-yilgi “Turkiston o‘lkasini idora qilish to‘g‘risidagi Nizom” bo‘yicha. a) muvaqqat harbiy-sudlov komissiyalari tuzildi; b) uyezd sudlari bekor qilindi; c) general-gubernatorlik Devonining sudlov bo‘limi tashkil etildi; d) sud tergovchilari, viloyat prokurori va ularning yordamchisi lavozimlari joriy etildi; e) Turkiston viloyatinini boshqarish bo‘yicha harbiy mahkama joriy etildi. A) 1-a, d, 2-b, e B) 1-a, c, 2-d, e C) 1-a, c, 2-b, d D) 1-a, b, 2-c, d 14 / 25 14. Yevropaliklar tomonidan Hindiston va Amerikaga dengiz yo‘llarining ochilishi muhim savdo yo‘llarining yo‘nalishini o‘zgartirib, bir qator shaharlarning rivojlanishiga sabab bo‘ldi. Ushbu shaharlar berilgan to‘g‘ri javobni toping. A) Antverpen va Venetsiya B) Venetsiya va Anqara C) Parij va London D) Lissabon va Seviliya 15 / 25 15. Noto‘g‘ri javobni toping. A) Bess Baqtriyaning satrapi bo‘lgan. U Baqtra shahrini dushmanga qoldirib, Amudaryoning narigi tarafiga qochib ketadi B) Aleksandr so‘g‘d zodagonlari – Xoriyen va Oksiartning Hisor tog‘larida joylashgan qal’alarini qo‘lga kiritib, Oksiartning qizi Ravshanakka uylanadi. C) Yunon-makedon qo‘shinlarining bosqinchlik yurishlari O‘rta Osiyo yerlarini xarobazorga aylantirdi, aholining katta qismi qirilib ketdi. D) Mil. avv. 328-yil kuzida Spitamanning Aleksandr bilan hal qiluvchi jangi bo‘lib o‘tadi. Kuchlar teng bo‘lmaganidan Spitaman yengilib, toqqa chekinadi. 16 / 25 16. Quyidagilardan asr boshida yuz bergan voqeani aniqlang. A) Yevropa savdo chorrahalari Shimoliy dengiz qirg‘oqlariga ko‘chdi B) Rus yerlarining Moskva atrofida birlashish jarayoni nihoyasiga yetdi C) gollandiyaliklar Avstraliya qirg‘oqlarini tadqiq eta boshladilar D) okean to‘lqinlariga bardosh beruvchi, shamolga qarshi suza oladigan yelkanli kema – karavella yaratildi 17 / 25 17. IX asr oxiri − X asr boshida qaysi Rus knyazi Vizantiya bilan manfaatli shartnoma tuzib, rus savdogarlariga Vizantiya bilan bojsiz savdo qilish imkonini yaratadi? A) Oleg B) Vladimir C) Ryurik D) Yaroslav 18 / 25 18. Franklar davlatida qirolning qaysi ishlarini boshqarishni graflarga topshirishi ularning hokimiyatini kuchaytirdi? A) moliya B) sud C) iqtisodiyot D) soliq 19 / 25 19. 1885-yilda Kaspiyorti temiryo‘lining qurilishi va 1887-yil oxirlarida Amudaryo flotiliyasining ta’sis etilishi Xiva xonligiga qanday ta’sir ko‘rsatgan? A) Buxoro bilan savdo-sotiqni rivojlantirgan B) Rossiyaga qaramlikni yanada kuchaytirgan C) xonlik iqtisodiy ahvolini ko‘tarilishiga olib kelgan D) Buyuk Britaniya ta’siri ortishiga olib kelgan 20 / 25 20. Simon Bolivar Buyuk Kolumbiya Prezidenti lavozimini egallagach amalga oshirmoqchi bo‘lgan qaysi tadbir pomeshchiklarning qarshiligiga duch kelib amalga oshmay qolgan? A) Yirik pomeshchiklarga soliq solish B) Chet el kapitali kirib kelishiga to‘sqinlik qilish to‘g‘risidagi qonun loyihasini ishlab chiqishi C) Yirik pomeshchiklarning yerlarini musodara qilish to‘g‘risida qonun loyihasini ishlab chiqishi D) Ispaniyadan ozod qilingan barcha Amerika respublikalarining konfederatsiyasini tuzish loyihasini ishlab chiqishi 21 / 25 21. Simoneseki sulhiga ko‘ra, Yaponiya qaysi hududlarni qo‘lga kiritgan edi? A) Tayvan, Penxu va Gongong orollarini B) Syangan, Tayvan va Penxu orollarini C) Lyaodun, Kurill, Saxalin orollarini D) Lyaodun, Tayvan, Peskador orollarini 22 / 25 22. Podsho Rossiyasi qo‘shinlari tomonidan sharqiy Turkistonning Ili o‘lkasidagi qo‘zg‘olon bostirilgan yilda qoraqalpoqlarning qaysi volostida mustamlakachilarga qarshi xalq qo‘zg‘oloni boshlangan? A) Qo‘ng‘irot va Nukus volostida B) Biybozor va Nukus volostida C) Mo‘ynoq va Nukus volostida D) Chimboy va Biybozor volostida 23 / 25 23. Kimning esdaliklari fransuz va nemis tillariga tarjima qilingan? A) F. Beneveni B) N. Muravyov C) Blankennagel D) N. Ignatyev 24 / 25 24. Buxoroda ashtarxoniylar hukmronligi davrida qaysi omillar natijasida markaziy hokimiyat zaiflashgan?1) Qo‘qon xonligi bilan bo‘lib o‘tgan urushdagi mag‘lubiyat; 2) devonlar orqali boshqaruv tizimining barbod bo‘lishi; 3) taxtning otadan bolaga o‘tmaganligi; 4) viloyatlarda hokimiyat viloyat hokimlari qo‘lida to‘planishi A) 1, 4 B) 2, 3 C) 1, 3 D) 2, 4 25 / 25 25. Birinchi jahon urushining Buyuk Britaniya uchun oqibatlari to‘g‘ri berilgan javoblarni belgilang. 1. Urush Buyuk Britaniyaning hukmron doiralariga katta siyosiy g‘alaba va obro‘ olib keldi. 2. Mustamlaka imperiyasi yanada kengaydi. Katta reparatsiya olindi. 3. Buyuk Britaniya AQSHdan va o‘z dominionlaridan qarzdor bo‘lib qoldi. 4. Iqtisodiy o‘sish sur’atlari juda past bo‘lib, inqiroz va turg‘unlik odatiy holga aylandi. A) 1, 3 B) 2, 4 C) 1, 2, 3 D) 1, 2, 3, 4 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz