Uy » Attestatsiya testlar » Fizika attestatsiya » Fizika attestatsiya №10 Fizika attestatsiya Fizika attestatsiya №10 InfoMaster Iyul 15, 2022 175 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0% 0 Savollar 12345678910111213141516171819202122232425262728293031323334353637383940 OMAD YOR BO'LSIN! Fizika fanidan attestatsiya savollari №10 Testni Toshev Anvar tayyorladi. DIQQAT! Endi siz o'z bilmingizni sinab ko'rish bilan birga sertifikatga ham ega bo'lishingiz mumkin. Sertifikat olish uchun barcha ma'lumotlarni to'g'ri kriting! e-mail manzilini to'g'ri kriting, barcha ma'lumotlar sizga yuboriladi. Testda 76% va undan yuqori natija oling va sertifikatni yuklab oling. 1 / 40 1. Radiusi 4 m bo’lgan aylana trayektoriya bo'ylab tekis harakatlanayotgan jismning chiziqli tezligi 4 m/s ga teng. Jismning markazga intilma tezlanishini (m/s2 ) toping. A) 6 B) 2 C) 4 D) 8 2 / 40 2. Avtomobil egrilik radiusi 40 m bo’lgan botiq ko’prikdan qanday tezlikda o’tsa, uning yuklanishi 3 ga teng bo’ladi? (m/s) A) 5.2 B) 22.6 C) 28.3 D) 20 3 / 40 3. To‘g‘ri shosse bo`ylab bronemashina OX o ‘q yo‘nalishida 20 m/s tezlik bilanharakatlanmoqda. Vaqt boshidan 10 s o‘tgan paytda u koordinatasi 100 m bo‘lgan nuqtadan o‘tadi. Vaqt boshidan 10 s avval u koordinatasi qanday bo‘lgan (m) nuqtada edi? A) -100 B) 500 C) -300 4 / 40 4. 20 t massali vagon 72 km/h tezlikda to‘siqqa urilib to‘xtadi. Agar vagon 50 ms da to'xtagan bo‘lsa, to‘xtash jarayonida vagon devorga qanday kuch bilan ta’sir qilgan? A) 12 MN B) 10 MN C) 8 MN D) 5 MN 5 / 40 5. Jismning harakat tenglamasi x= 5+6t+3t² ko’rinishda berilgan. Jismning dastlabki 2s da bosib o’tgan yo’lini toping (m)/ A) 10,5 B) 18 C) 24 D) 29 6 / 40 6. Gorizontga burchak ostida 30 m/s tezlik bilan otilgan jismning 25 m balandlikdagi tezligini (m/s) toping? A) 20 B) 70 C) 30 D) 35 7 / 40 7. Stol ustida 20 kg massali jism turibdi. Jismga qo’zg’almas vaznsiz blok orqali o’tgan ip bog’langan. Ipning ikkinchi uchiga 10 kg massali jism osilgan. Jismlar qanday tezlanish bilan harakat qiladilar? Ishqalanish koeffitsiyenti 0,2. Blokdagi ishqalanish e’tiborga olinmasin. A) 3 m/s² B) 2 m/s² C) 4 m/s² D) 1 m/s² 8 / 40 8. Kislorod atomini ionlashtirish energiyasi 14 eV. Ionlashtirishni vujudga keltiruvchi nurlanishning minimal chastotasi (Hz) topilsin. h = 6, 63 · 10−34 J · s A) 3·10¹⁵ B) 4·10¹⁵ C) 2,3·10¹⁵ D) 3,4·10¹⁵ 9 / 40 9. Elektronlar o‘ngga harakat qilayotgan bo‘lsa, elektr maydon kuchlanganligi qanday yo‘nalgan? A) Chapga B) Pastga C) Yuqoriga D) O'ngga 10 / 40 10. Sig`imi 6·10⁻⁹ F bo`lgan kondensatorga 20 nC elektr zaryadi berildi. Agar unga sig`imi 18·10⁻⁹ F bo`lgan zaryadsiz kondensator parallel ulansa birinchi kondensatorning qoplamalari orasidagi potensiallar farqi qanday o`zgaradi? A) 5 marta kamayadi B) 3 marta kamayadi C) 2,5 marta kamayadi D) 4 marta kamayadi 11 / 40 11. EYUKi ε = 3,0 V bo‘lgan batareyaga R = 20 Ω qarshilikli rezistor ulandi. Rezistordagi kuchlanish U =2,0V. Qisqa tutashuv toki topilsin. A) 0,15 A B) 0,1 A C) 3 A D) 0,3 A 12 / 40 12. Moddiy nuqta 2 minutda 600 marta tebranadi. Tebranish davrini aniqlang. A) 0,2 s B) 0,1 s C) 0,5 s D) 0,125 s 13 / 40 13. Tokli o‘tkazgich induksiyasi 20 mTl bo‘lgan bir jinsli magnit maydonda joylashgan. Agar o'tkazgichning uzunligi l0 sm, tok kuchi 3 A,tokning yo‘nalishi va magnit induksiyasi vektori orasidagi burchak 45° bo‘lsa, o‘tkazgichga ta'sir etayotgan kuch qancha (mN)? A) 42 B) 2.1 C) 420 D) 4.2 14 / 40 14. Har birining qarshiligi R = 60 Ω dan bo‘lgan uchta rezistorga ega bo‘lgan holda, qanday qarshiliklarni hosil qilish mumkin? A) 8,4 N B) 180Ω, 20Ω, 90Ω, 30Ω, 40Ω, 60Ω, 120Ω C) 180Ω, 20Ω, 90Ω D) 180Ω, 20Ω, 90Ω 15 / 40 15. Energiyasi 3 eV bo'lgan fotonning to'lqin uzunligi qancha? h = 6,63·10-34 J·s, c=3·108 m/s. A) 8,2• 10⁻⁷m B) 0,41• 10⁻⁷ m C) 0,82• 10⁻⁷ m D) 4,1 • 10⁻⁷ m 16 / 40 16. Agar 10,8 kg massali kubning qirrasi uch marta qisqartirilsa, uning massasi (g) qancha bo'ladi? A) 400 B) 40 C) 4 D) 4000 17 / 40 17. Agar 1 minutda amplitudasi 7 sm bo'lgan 180 tebranish bajarilsa, garmonik tebranishlar tenglamasini toping (m). Tebranishning boshlang'ich fazasi π/2 ga teng. A) X = 0,07•sin(6πt+π/2) B) X=0,07 cos(12πt+π/2) C) X=7cos(6πt+π/2) D) X=0,7 cos(6πt+π/2) 18 / 40 18. Ideal issiqlik mashinasida isitkichning absolut harorati sovutkich haroratidan ikki marta ortiq. Isitkich haroratini saqlab qolgan holda, sovutkich harorati ikki marta kamaytirilsa, mashinaning FIKi qanday o`zgaradi? A) 15% ga kamayadi B) 15% ga ortadi C) 25% ga kamayadi D) 25% ga ortadi 19 / 40 19. Jismga 10 N va 20 N kuchlar o‘zaro 120° burchak ostida ta’sir etmoqda. Bu kuchlarning teng ta’sir etuvchisini toping (N). A) 27,3 B) 30 C) 10 D) 17,3 20 / 40 20. Metro vagoni ketma-ket ulangan 10 ta chiroq bilan yoritiladi. Agar vagonni 8 ta о’shanday chiroq bilan yoritiladigan qilinsa, elektr energiya sarfi o'zgaradimi? A) lampochkalarning quvvatiga bog'liq. . B) kamayadi C) o'zgarmaydi D) ortadi. 21 / 40 21. Yer uchun birinchi kosmik tezlik υ ga teng. Massasi Yer massasidan 36 marta, radiusi esa 4 marta katta bo’lgan sayyoradagi birinchi kosmik tezlikni toping. A) 3υ B) 18υ C) 6υ D) 9υ 22 / 40 22. q1= 10 va q2=16 nC zaryadlar bir-biridan a = 7,0 mm masofada joylashgan. Kichik zaryaddan rv=3,0 mm va katta zaryaddan r2=4,0 mm masofada bo‘lgan nuqtaga joylashtirilgan q = 2,0 nC zaryadga qanday kuch ta’sir qiladi? k=9·109 N·m2/C2 A) 8 mN B) 2 mN C) 1 mN D) 4 mN 23 / 40 23. Avtomobil A bekatdan В bekatgacha 40 km/h, qaytishda esa 30 km/h tezlik bilan harakatlandi. Reys davomidagi o'rtacha tezlikni toping (km/h). A) 33,5 B) 35 C) 34,3 D) 34,0 24 / 40 24. Massasi 240 kg bo’lgan tosh richak yordamida ko’tarilmoqda. Agar kichik yelka 0,6 m bo’lsa, uzunligi 2,4m bo’lgan kata yelkaga qanday kuch qo’yish kerak? A) 100 N B) 60 N C) 600 N D) 300 N 25 / 40 25. Bir jinsli sterjen yerda yotibdi. Sterjenning bir uchiga F kuch bilan ta’sir etib, uni ko'tarish kerak. F kuchni sterjenning mg og'irlik kuchi bilan taqqoslang. A) F<mg B) F=mg/2 C) F>mg D) F=mg 26 / 40 26. 4 litr suvni 15°C dan qaynaguncha isitish uchun qancha issiqlik miqdori (MJ) berilgan? Suvning solishtirma issiqlik sig‘imi va qaynash temperaturasi (normal sharoitda) mos ravishda 4200 J/(mol·K) va 100°C . A) 8,47 B) 2,59 C) 1,43 D) 4,52 27 / 40 27. l = 1,0 m kesmaga chastotasi v = 600 THz bo‘lgan nurlanishning nechta to‘lqin uzunligi joylashadi? c=3·108 m/s. A) 2•10⁶ B) 3•10⁶ C) 0,2•10⁶ D) 6•10⁶ 28 / 40 28. Yerning massasi 6,0 ·1024 kg, Oyning massasi 7,35 · 1022 kg, ularning markazlari orasidagi masofa 384400 km. Yer bilan Oy orasidagi tortishish kuchi topilsin (N). A) 2,0•10²³ B) 10²⁰ C) 4,0•10²⁰ D) 2,0•10²⁰ 29 / 40 29. t = 10 s vaqt ichida o‘tkazgichdan q = 24 С zaryad o'tdi. O’tkazgichdagi kuchlanish U= 12 V. Tok bajargan ishni aniqlang. A) 288 J B) 2400 J C) 144 J D) 240 J 30 / 40 30. Elementning ichki qarshiligi 2 Ω, uning klemalaridagi kuchlanish 6 V. Bunda tashqi zanjir qarshiligi 4 Ω. Elementning to‘la quvvatini aniqlang (W). A) 6,75 B) 1,35 C) 27 D) 13,5 31 / 40 31. Suv kapillar naychada 0,028 m ga ko`tarildi. Naychaning diametrini (mm) aniqlang. Suvning sirt taranglik koeffitsiyentini 0,07 N/m deb oling. A) 2 B) 1 C) 0,2 D) 0,7 32 / 40 32. Kamondan o`q 24 m/s tezlik bilan vertikal ravishda yuqoriga otildi. Qanday balandlikda (m) uning kinetik energiyasi potensial energiyasiga teng bo`lishini aniqlang. A) 14,4 B) 7,2 C) 3,6 D) 3,8 33 / 40 33. Solenoiddagi tok kuchi 10 A bo‘lganda magnit maydon energiyasi 5 J bo‘lsa, solenoid orqali oqayotgan magnit oqimini (Vb) aniqlang. A) 5 B) 15 C) 10 D) 1 34 / 40 34. 22 kg torf batamom yonib bitganda qancha issiqlik miqdori (MJ) ajraladi? Torf uchun solishtirma yonish isiqligi 14·10⁶ J/kg ga teng. A) 308 B) 836 C) 207 D) 636 35 / 40 35. Tosh yuqoriga vertikal ravishda 10 m/s tezlik bilan otildi. Qanday balandlikda toshning kinetik energiyasi uning potensial energiyasiga teng bo‘ladi? g=10 m/s2 A) 2.3 m B) 5 m C) 2,5 m D) 25 sm 36 / 40 36. Ersted tajribasida nimani aniqlagan? A) Tokli o’tkazgichning magnitga ta’siri B) Tokli o’tkazgichning odamga ta’siri C) Tokli o’tkazgichning magnit strelkasiga ta’siri D) Tokli o’tkazgichning boshqa bir tokli o’tkazgichga ta’siri 37 / 40 37. Bir jinsli magnit maydonga induksiya chiziqlariga parallel yo‘nalishda uchib kirgan neytronning trayektoriyasi qanday chiziq? A) giperbola B) To’g’ri chiziq C) Parabola D) vintsimon 38 / 40 38. Difraksion panjara yordamida hosil qilingan 1-tartibli ikkita maksimumlar o`zaro 60º burchak ostida kuzatilayotgan bo`lsa, hosil qilingan maksimumlar soni qanchaga teng bo`ladi? A) 5 B) 9 C) 4 D) 3 39 / 40 39. Massasi 3,0kg bo‘lgan jism 7,2 m/s2 tezlanish bilan tik tushmoqda. Havoning qarshilik kuchi qancha? g=9.8m/s2 A) 51 N B) 7,8 N C) 51,6 N D) 8,4 N 40 / 40 40. M = 60 kg massa va V=700 m/s tezlikka ega bo`lgan snaryad portlab ikki bo`lakka bo`lindi, M/2 massa va V tezlikka ega bo`lgan birinchi bo`lak dastlabki yo`nalishiga nisbatan π /4 burchak ostida uchib ketdi. Ikkinchi bo`lakning impulsi snaryadning dastlabki impulsidan necha marta katta? A) 3,91 B) 2,65 C) 1,48 D) 0,74 0% Testni qayta ishga tushiring Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 8 Fizika fanidan attestatsiya savollari №15