Uy » Online olimpiada » Ona tili va adabiyot olimpiada » 9-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №2 Ona tili va adabiyot olimpiadaTuman 2019-2020 o'quv yili 9-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №2 InfoMaster Avgust 19, 2024 55 Ko'rishlar 2 izohlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 12345678910111213141516171819202122232425 Vaqtingiz tugadi! 9-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №2 2019-yil tuman bosqichida tushgan savollar 1 / 25 Kelishik qo'shimchalari bilan birikkan so’z birikmalari qatorini belgilang? A) Ijodiy uchrashuv,bahordagi shabada B) Diqqat bilan tinglash,kitobni o’qimoq C) Bulbul navosi,so’z sehri D) Bog’da sayr,kitob uchun gilof 2 / 25 Ushbu gaplarning qaysi birida // shartli belgisi o‘rnida ikki nuqta qo‘yiladi? A) Mening bir jaydari falsafamdir shu// Hargiz iltimosga kuning qolmasin. B) Ruboiyni ichida o‘qidi// yuzini tabassum qopladi. C) Yana uvlar dahshat shamoli// Ko‘kni qora bulut quchadi. D) Hamal keldi // amal keldi. 3 / 25 Boychiborning oyog’idagi gulmixlarni kim tishi bilan sug’urib oladi? A) Qorajon B) Qaldirg’och C) Alpomish D) Barchin 4 / 25 Teng bog`lovchilar berilgan qatorni toping A) va,ham,ammo,lekin B) ammo,biroq balki, agar C) yoki,zeroki,chunki,-ki D) sababli,natijada,va lekin 5 / 25 “Ko’zini yog’ bosgan” iborasining ma’nosi to’g’ri izohlangan qatorni toping. A) Qaysarlik qilgan B) Ko’rmay qolgan C) Mag’rurlangan D) Bilib bilmaganga olgan 6 / 25 Dedi: “Qaydinsen ey majnuni gumrah?” Dedi: “Majnun vatandin qayda ogoh?” - parcha qaysi asardan olingan, savol- javob kimga tegishli? A) “Layli va Majnun” dostonida Navfal-Majnun B) “Sab’ai sayyor” dostonida Jo’na va Mas’ud C) “Farhod va Shirin” dostonida Xusrav va Farhod D) “Sab’ai sayyor”dostonida Bahrom va Moniy 7 / 25 Nisbiy so 'zlar juftligidagi so' roq olmoshlari qaysi gap tarkibida keladi? A) Bu olmoshlarning ishtiroki shart emas. B) Har ikkala gap tarkibida C) Bosh gap gap tarkibida D) Ergash gap tarkibida 8 / 25 deb so'zi yordamida bog'lanadigan ergash gaplarning kesimi qanday shaklda bo'ladi? A) III shaxs shart mayli shaklida B) I shaxs buyruq mayli shaklida C) III shaxs buyruq mayli shaklida. D) II shaxs buyruq mayli shaklida 9 / 25 Ergashtiruvchi bog'lovchilar yordamida bog'langan ergashgan qo'shma gaplarni toping. A) Odobli odam tabibga o'xshaydi, chunki u bilan suhbatlashish ko'ngildagi g'amni quvadi. B) Kishida odob bo'lsa, ilm ham bo'lishi lozim. C) Odob ulug'lik va yuksaklik qasrining narvonidir, shuning uchun u orqali barcha maqsad va manzillarga yetish mumkin. D) Ilm bir daraxt, odob esa uning mevasidir. 10 / 25 Ajratilgan izoh bo’lakli gapni toping. A) Bektemir ko’zlarini ochganda, yomg’ir tez va shiddat bilan yog’moqda edi. B) Sa’va, mayna, bulbullar, qanot qoqib kelinglar. C) Afsuski, yer yuzida urushsiz yashab bo’lmayapti. D) Qobiljon Umaraliyev, tasviriy san’at o’qituvchisi, to’garak ishini yo’lga qo’yib yubordi. 11 / 25 Qaysi qo’shma gap tarkibida nisbiy so’z qo’llangan? A) Mana, bahor nishonasi hidla, sog’ingandirsan B) Kimki ajdodlar yaratgan boyliklarni bilmasa, demak u nafosatdan bebahra yashagan. C) Binafsha qo’ldan – qo’lga o’tdi. D) Shu binafsha bahona bo’ldi-yu gap-gapga ulanib ketdi. 12 / 25 “Vasldin so’z derga yo’q yoro …..” tushib qolgan so’zni toping. A) alam B) bor C) manga D) yo qildi 13 / 25 Qismlari ergashtiruvchi bo’g’lovchilar yordamida bo’g’langan qo’shma qanday qo’shma gap hisoblanadi? A) Murakkab qo'shma gaplar.. B) Bog'lovchisiz qo'shma gap C) Bog'langan qo'shma gap D) Ergashgan qo'shma gap 14 / 25 „Farhod va Shirin“ dostonidagi ushbu misralar kim tomonidan aytilgan? Menga ne yor-u, ne oshiq havasdur, Agar men odam o‘lsam, ushbu basdur. A) Layli. B) Mehnbonu. C) Shirin. D) Mehr. 15 / 25 Uyushiq bo`lakli gap berilgan qatorni aniqlang A) Ilk bahor shamollari yoqimli esadi B) Butun zamin larzaga keldi C) Birni birov beradi ,ko`pni mehnat beradi D) Saida goh kuyunib,goh achinib gapirib berdi 16 / 25 Ergashgan qo'shma gaplar, tarkibida nechta gap bolishidan qat'iy nazar, doimo nechta qismdan iborat bo'ladi? A) Uch qismdan B) Kamida ikki qismdan C) Ikki qismdan D) Qismlar miqdori chegaralanmagan 17 / 25 Bog 'lovchi vazifasidagi vositalarni toping. A) Nisbiy so'zlar, shuning uchun B) A,B,C C) -u,-yu,-da,-ki D) Bo'lsa, esa, deb, -sa 18 / 25 Kirish so'zlar ishtirok etgan gaplarni aniqlang. A) Hamma ham do'stlari ko'p bo'lishini istaydi B) Muammoni hal qilish kerak. C) Xullas, qars ikki qo'ldan chiqadi. D) Yurtim, dalalaring bebaho, tuprog'ing tabarruk. 19 / 25 Berilgan jumla qo’shma gapning qaysi turiga mansub? Qayerda ahillik bo’lsa, shu yerda rivojlanish bo’ladi. A) teng bog’lovchi vositasida bog’langan qo’shma gap B) Yuklamali qo’shma gap C) Nisbiy so’zli qoshma gap D) Ergashtiruvchi bog’lovchi vositasida bog’langan qo’shma gap. 20 / 25 “Agar oshig’lig’im aytsam, kuyub jon-u jahon o’rtar...” deb boshlanuvchi g’azal muallifi kim? A) Z. M. Bobur B) Muhammad Rizo Ogahiy C) Boborahim Mashrab D) Alisher Navoiy 21 / 25 Ogahiy tarjima qilgan asarlar qatorini toping. A) “Haft Paykar”,” Ta’viz ul- oshiqin”, “Shoh va gado” B) “Qobusnoma”, “Haft Paykar”, “Shoh va gado” C) “Shohidi lqbol”, “Guliston” D) “ Yusuf va Zulayxo” ,“ Gulshani davlat” 22 / 25 Bobur qaysi tillarda ijod qilgan? A) O’zbek va fors B) Fors C) O’zbek D) Turk 23 / 25 Dostonda kim Ko’sa sinchining ko’zlarini o’yib oladi? A) Alpomish B) Ko’kaman C) Ko’kaldosh D) Qorajon 24 / 25 Suqsuroy kim? A) Toychaxonning qizi B) Surxayl kampirning qizi C) Barchinning kanizi D) Alpomishning singlisi 25 / 25 Yuklama vositasida bo’g’langan qo’shma gap qaysi qatorda berilgan? A) Kitoblar jonsiz, ammo sodiq do’stlardir. B) Kitoblar inson tafakkirining javohirlarini yig’ib, avlodlarga meros qoldiradi. C) Oy sekin-sekin havolanib terak bo’yi ko’tarildi-da, qimirlamay qoldi. D) Kitobni qadrlamoq kerak, bu tafakkur qasriga izzat-ikrom bilan qadam qo’ymoq lozim. 0% Testni qayta ishga tushiring Fikr-mulohaza yuboring Tomonidan Wordpress Quiz plugin Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 3 8-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №2