Uy » Attestatsiya testlar » Fizika attestatsiya » Fizika attestatsiya №10 Fizika attestatsiya Fizika attestatsiya №10 InfoMaster Iyul 15, 2022 121 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0% 0 12345678910111213141516171819202122232425262728293031323334353637383940 OMAD YOR BO'LSIN! Fizika fanidan attestatsiya savollari №10 Testni Toshev Anvar tayyorladi. DIQQAT! Endi siz o'z bilmingizni sinab ko'rish bilan birga sertifikatga ham ega bo'lishingiz mumkin. Sertifikat olish uchun barcha ma'lumotlarni to'g'ri kriting! e-mail manzilini to'g'ri kriting, barcha ma'lumotlar sizga yuboriladi. Testda 76% va undan yuqori natija oling va sertifikatni yuklab oling. 1 / 40 1. Massasi 18 kg bo`lgan muz qancha hajmni egallaydi? A) 40 L B) 10 L C) 20 L D) 30 L 2 / 40 2. Velosiped tekis va to’g’ri chiziqli harakat qilganda, yer bilan bog’langan sanoq sistemasida velosiped g’ildiragi to’g’ri nuqtasining harakat trayektoriyasi qanday bo’ladi? A) to’g’ri chiziq B) sikloida C) nuqta D) aylana 3 / 40 3. 3 m/s tezlik bilan kelayotgan 30 t massali temiryo‘l vagoni tinch turgan vagonga tirkaldi. Tirkalgan vagonlar 1 m/s tezlik bilan harakatlana boshladi. Ikkinchi vagonning massasini toping (kg). A) 30000 B) 40000 C) 60000 D) 50000 4 / 40 4. Massasi 80 gr bo’lgan probkani suv ostida ushlab turush uchun qancha kuch kerak. (N) A) 3.5 B) 6.4 C) 4.8 D) 3.2 5 / 40 5. Ideal issiqlik mashinasi isitgich harorati ortib, sovutgich harorati kamaysa, FIKi qanday o’zgaradi? A) Haroratga bog’liq B) Kamayadi C) Ortadi D) O’zgarmaydi 6 / 40 6. Massasi 70 kg bo’lgan odam qo’zg’almas va qo’zg’aluvchan blok yordamida qanday massali (kg) yukni o’zgarmas tezlik bilan ko’tara oladi? Sistemaning foydali ish koeffitsenti 0,6 ga teng. A) 140 B) 84 C) 42 D) 21 7 / 40 7. To‘g‘ri chiziqli harakat qilayotgan jism t vaqtning o‘ndan bir qismini 3 m/s tezlik bilan, qolgan qismini 8 m/s tezlik bilan o‘tdi. Jismning harakat davomidagi o‘rtacha tezligi qanday (m/s) bo‘lgan? A) 4,36 B) 11 C) 7,5 D) 5,5 8 / 40 8. Uzunligi 300 m, ko‘ndalang kesim yuzasi 1 cm² bo‘lgan misdan yasalgan sterjenning bikrligini (kN/m) aniqlang. Misning elastiklik moduli 120 GPa ga teng. A) 60 B) 20 C) 80 D) 40 9 / 40 9. Induksiyasi 1T, yuzasi 250cm2, o‘ramlar soni 100 ta bo‘lgan simli ramka magnit maydonda 60o burchak ostida joylashgan. Unga 500mN·m aylantiruvchi moment ta’sir qilmoqda. Ramkadagi tok kuchi (A) qanday? A) I=0,6A B) I=0,8A C) I=0,10A D) I=0,4A 10 / 40 10. Bir jinsli magnit maydonga induksiya chiziqlariga parallel yo‘nalishda uchib kirgan neytronning trayektoriyasi qanday chiziq? A) Parabola B) vintsimon C) To’g’ri chiziq D) giperbola 11 / 40 11. Gorizontal yo’nalishda harakatlanayotgan avtomobilga dvigatelning 1,25 kN tortish kuchi, 600 N ishqalanish kuchi va havoning 450 N qarshilik kuchi ta’sir qiladi. Bu kuchlarning teng ta’sir etuvchisi nechaga teng? A) 600 N B) 1050 N C) 200 N D) 450 N 12 / 40 12. Massasi 200 g bo‘lgan po‘lat detalni 15°C dan 1115°C gacha isitish uchun qancha issiqlik miqdori (kJ) sarflangan? Po‘latning solishtirma issiqlik sig‘imi 500 J/(kg·°C). A) 460 B) 110 C) 210 D) 743 13 / 40 13. Bir jinsli valning uchidan 40 sm qirqib tashlandi. Bunda og‘irlik markazi qayerga va qanchaga ko‘chadi? A) 1 – uchiga tomon 20 sm ga ko’chadi B) 2 – uchiga tomon 20 sm ga ko’chadi C) 1 – uchiga tomon 10 sm ga ko’chadi D) 2 – uchiga tomon 10 sm ga ko’chadi 14 / 40 14. Difraksion panjara yordamida hosil qilingan 1-tartibli ikkita maksimumlar o`zaro 60º burchak ostida kuzatilayotgan bo`lsa, hosil qilingan maksimumlar soni qanchaga teng bo`ladi? A) 4 B) 3 C) 5 D) 9 15 / 40 15. Yuqoridan tik erkin tushayotgan jismning (n+2)chi sekunddagi ko`chishi (n+3)chi sekunddagi ko`chishidan qanchaga (m) farq qiladi? g=10 m/s² A) 13 ga B) 15 ga C) 20 ga D) 10 ga 16 / 40 16. Jismga 10 N va 20 N kuchlar o‘zaro 120° burchak ostida ta’sir etmoqda. Bu kuchlarning teng ta’sir etuvchisini toping (N). A) 30 B) 10 C) 17,3 D) 27,3 17 / 40 17. 22 kg torf batamom yonib bitganda qancha issiqlik miqdori (MJ) ajraladi? Torf uchun solishtirma yonish isiqligi 14·10⁶ J/kg ga teng. A) 836 B) 308 C) 636 D) 207 18 / 40 18. Massasi 240 kg bo’lgan tosh richak yordamida ko’tarilmoqda. Agar kichik yelka 0,6 m bo’lsa, uzunligi 2,4m bo’lgan kata yelkaga qanday kuch qo’yish kerak? A) 100 N B) 600 N C) 60 N D) 300 N 19 / 40 19. Magnit maydonni kuch xarakteristikasi nima? A) Magnit oqimi B) EYK C) Induktivlik D) Magnit induksiyasi 20 / 40 20. Elementning ichki qarshiligi 2 Ω, uning klemalaridagi kuchlanish 6 V. Bunda tashqi zanjir qarshiligi 4 Ω. Elementning to‘la quvvatini aniqlang (W). A) 13,5 B) 1,35 C) 6,75 D) 27 21 / 40 21. Avtomobil A bekatdan В bekatgacha 40 km/h, qaytishda esa 30 km/h tezlik bilan harakatlandi. Reys davomidagi o'rtacha tezlikni toping (km/h). A) 33,5 B) 34,3 C) 34,0 D) 35 22 / 40 22. Sig`imi 6·10⁻⁹ F bo`lgan kondensatorga 20 nC elektr zaryadi berildi. Agar unga sig`imi 18·10⁻⁹ F bo`lgan zaryadsiz kondensator parallel ulansa birinchi kondensatorning qoplamalari orasidagi potensiallar farqi qanday o`zgaradi? A) 2,5 marta kamayadi B) 3 marta kamayadi C) 5 marta kamayadi D) 4 marta kamayadi 23 / 40 23. M = 60 kg massa va V=700 m/s tezlikka ega bo`lgan snaryad portlab ikki bo`lakka bo`lindi, M/2 massa va V tezlikka ega bo`lgan birinchi bo`lak dastlabki yo`nalishiga nisbatan π /4 burchak ostida uchib ketdi. Ikkinchi bo`lakning impulsi snaryadning dastlabki impulsidan necha marta katta? A) 3,91 B) 0,74 C) 2,65 D) 1,48 24 / 40 24. Yer uchun birinchi kosmik tezlik υ ga teng. Massasi Yer massasidan 36 marta, radiusi esa 4 marta katta bo’lgan sayyoradagi birinchi kosmik tezlikni toping. A) 18υ B) 3υ C) 6υ D) 9υ 25 / 40 25. Bir jinsli sterjen yerda yotibdi. Sterjenning bir uchiga F kuch bilan ta’sir etib, uni ko'tarish kerak. F kuchni sterjenning mg og'irlik kuchi bilan taqqoslang. A) F<mg B) F=mg C) F>mg D) F=mg/2 26 / 40 26. Ideal issiqlik mashinasida isitkichning absolut harorati sovutkich haroratidan ikki marta ortiq. Isitkich haroratini saqlab qolgan holda, sovutkich harorati ikki marta kamaytirilsa, mashinaning FIKi qanday o`zgaradi? A) 25% ga ortadi B) 15% ga kamayadi C) 15% ga ortadi D) 25% ga kamayadi 27 / 40 27. Energiyasi 3 eV bo'lgan fotonning to'lqin uzunligi qancha? h = 6,63·10-34 J·s, c=3·108 m/s. A) 8,2• 10⁻⁷m B) 0,41• 10⁻⁷ m C) 4,1 • 10⁻⁷ m D) 0,82• 10⁻⁷ m 28 / 40 28. l = 1,0 m kesmaga chastotasi v = 600 THz bo‘lgan nurlanishning nechta to‘lqin uzunligi joylashadi? c=3·108 m/s. A) 6•10⁶ B) 0,2•10⁶ C) 3•10⁶ D) 2•10⁶ 29 / 40 29. Tokli o‘tkazgich induksiyasi 20 mTl bo‘lgan bir jinsli magnit maydonda joylashgan. Agar o'tkazgichning uzunligi l0 sm, tok kuchi 3 A,tokning yo‘nalishi va magnit induksiyasi vektori orasidagi burchak 45° bo‘lsa, o‘tkazgichga ta'sir etayotgan kuch qancha (mN)? A) 4.2 B) 420 C) 2.1 D) 42 30 / 40 30. Kamondan o`q 24 m/s tezlik bilan vertikal ravishda yuqoriga otildi. Qanday balandlikda (m) uning kinetik energiyasi potensial energiyasiga teng bo`lishini aniqlang. A) 3,6 B) 14,4 C) 7,2 D) 3,8 31 / 40 31. Barcha moddalar o‘z magnit xossalariga ko‘ra diamagnetik, paramagnetik va ferromagnetiklarga bo‘linadi. Magnit singdiruvchanligi 1 dan kichik bo‘lgan moddalar qaysi turga mansub? A) paramagnetik B) Diamagnetik va paramagnetik C) ferromagnetik D) diamagnetik 32 / 40 32. Moddiy nuqta 2 minutda 600 marta tebranadi. Tebranish davrini aniqlang. A) 0,125 s B) 0,2 s C) 0,5 s D) 0,1 s 33 / 40 33. Magnit maydon induksiyasi 50 mTl bo’lgan g'altakning magnit maydon energiya zichligini toping (J/m3). μ= 45 . μ0=4π·10-7 N/A2 A) 88.4 B) 22.1 C) 11.05 D) 44.2 34 / 40 34. Ersted tajribasida nimani aniqlagan? A) Tokli o’tkazgichning magnit strelkasiga ta’siri B) Tokli o’tkazgichning magnitga ta’siri C) Tokli o’tkazgichning odamga ta’siri D) Tokli o’tkazgichning boshqa bir tokli o’tkazgichga ta’siri 35 / 40 35. Agar 10,8 kg massali kubning qirrasi uch marta qisqartirilsa, uning massasi (g) qancha bo'ladi? A) 40 B) 4000 C) 4 D) 400 36 / 40 36. Solenoiddagi tok kuchi 10 A bo‘lganda magnit maydon energiyasi 5 J bo‘lsa, solenoid orqali oqayotgan magnit oqimini (Vb) aniqlang. A) 1 B) 5 C) 10 D) 15 37 / 40 37. Tosh yuqoriga vertikal ravishda 10 m/s tezlik bilan otildi. Qanday balandlikda toshning kinetik energiyasi uning potensial energiyasiga teng bo‘ladi? g=10 m/s2 A) 2.3 m B) 25 sm C) 2,5 m D) 5 m 38 / 40 38. t = 10 s vaqt ichida o‘tkazgichdan q = 24 С zaryad o'tdi. O’tkazgichdagi kuchlanish U= 12 V. Tok bajargan ishni aniqlang. A) 288 J B) 144 J C) 240 J D) 2400 J 39 / 40 39. EYUKi ε = 3,0 V bo‘lgan batareyaga R = 20 Ω qarshilikli rezistor ulandi. Rezistordagi kuchlanish U =2,0V. Qisqa tutashuv toki topilsin. A) 0,1 A B) 3 A C) 0,15 A D) 0,3 A 40 / 40 40. q1= 10 va q2=16 nC zaryadlar bir-biridan a = 7,0 mm masofada joylashgan. Kichik zaryaddan rv=3,0 mm va katta zaryaddan r2=4,0 mm masofada bo‘lgan nuqtaga joylashtirilgan q = 2,0 nC zaryadga qanday kuch ta’sir qiladi? k=9·109 N·m2/C2 A) 4 mN B) 2 mN C) 8 mN D) 1 mN 0% Testni qayta ishga tushiring Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 7 Fizika fanidan attestatsiya savollari №15