Uy » Online olimpiada » Ona tili va adabiyot olimpiada » 9-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №2 Ona tili va adabiyot olimpiadaTuman 2019-2020 o'quv yili 9-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №2 InfoMaster Avgust 19, 2024 1482 Ko'rishlar 2 izohlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 5 5 Savollar 12345678910111213141516171819202122232425 Vaqtingiz tugadi! 9-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №2 2019-yil tuman bosqichida tushgan savollar 1 / 25 Berilgan qaysi gapda murakkab ot kesim qatnashgan? A) Vazifamiz – o‘qish, o‘qiganda ham a’lo o‘qish. B) Mening dadam shifoxonada eng tajribali jarrohlardan biri sanaladi. C) Aka, juda mohir ustasiz, sizdan o‘rnak olish bizga foyda keltiradi. D) Kun juda isib ketgan edi, shuning uchun eshiklarni ochib qo‘ydik. 2 / 25 erilgan birliklarning qaysilari ham so‘z birikmasi, ham turg‘un birikma sifatida qo‘llanishi mumkin? 1) boshiga yetmoq; 2) qulog‘iga quymoq; 3) o‘z yog‘iga qovurilmoq; 4) yaxshi ko‘rmoq; 5) to‘nini teskari kiymoq; 6) ko‘nglidan o‘tkazmoq A) 1,2,3,4,5 B) 2,3,4,5 C) 1,2,3,4,5,6 D) 2,4,5 3 / 25 Egasi ma`lum gap berilgan qatorni A) Bunday unvonlar bekorga berilmaydi ,albatta. B) Bugun biznikida qolsangiz bo`lmaydimi? C) Tekslik ufq bilan tutashgan joyda bir suruv qo`y elas-elas ko`zga tashlandi D) Boshqalar ham xayrlashib chiqib ketishdi 4 / 25 “Demonkim ko’ngli pok-u, ham ko’zi pok, tili pok-u, so’zi pok-u o’zi pok” – ushbu ta’rif kim haqida? A) Iskandar B) Shirin C) Farhod D) Bahrom 5 / 25 Nisbiy so 'zlar juftligidagi so' roq olmoshlari qaysi gap tarkibida keladi? A) Har ikkala gap tarkibida B) Bosh gap gap tarkibida C) Ergash gap tarkibida D) Bu olmoshlarning ishtiroki shart emas. 6 / 25 Ergashgan qo 'shma gapda ko 'makchili qurilmalar qaysi gap tarkibida keladi? A) Tobe gap B) Ko'makchili qurilmalar qo'llanmaydi C) Bosh gap D) Bosh va tobe gap 7 / 25 Bog 'lovchi vazifasidagi vositalarni toping. A) A,B,C B) -u,-yu,-da,-ki C) Nisbiy so'zlar, shuning uchun D) Bo'lsa, esa, deb, -sa 8 / 25 Furqatning ijodida nechta ilmiy asar uchraydi? A) 4 ta B) 3 ta C) 2 ta D) 5 ta 9 / 25 „Farhod va Shirin“ dostonidagi ushbu misralar kim tomonidan aytilgan? Menga ne yor-u, ne oshiq havasdur, Agar men odam o‘lsam, ushbu basdur. A) Mehr. B) Layli. C) Shirin. D) Mehnbonu. 10 / 25 Tasavvuf adabiyotidagi markaziy tushuncha nima? A) Ilm B) Ishq C) Yo’l D) Nafs 11 / 25 Qaysi qatordagi gapda ega olmosh bilan ifodalangan? A) U biz bilan ketishi lozim B) Undan yoqimli va shirin hid kjelardi C) Iste`dodli adib ko`p nasriy asarlar va dramalar yozdi D) Soddalik –kamtarlik alomatidir 12 / 25 Ajratilgan izoh bo’lakli gapni toping. A) Sa’va, mayna, bulbullar, qanot qoqib kelinglar. B) Bektemir ko’zlarini ochganda, yomg’ir tez va shiddat bilan yog’moqda edi. C) Qobiljon Umaraliyev, tasviriy san’at o’qituvchisi, to’garak ishini yo’lga qo’yib yubordi. D) Afsuski, yer yuzida urushsiz yashab bo’lmayapti. 13 / 25 Ogahiy tarjima qilgan asarlar qatorini toping. A) “Haft Paykar”,” Ta’viz ul- oshiqin”, “Shoh va gado” B) “ Yusuf va Zulayxo” ,“ Gulshani davlat” C) “Qobusnoma”, “Haft Paykar”, “Shoh va gado” D) “Shohidi lqbol”, “Guliston” 14 / 25 Qismlari ergashtiruvchi bo’g’lovchilar yordamida bo’g’langan qo’shma qanday qo’shma gap hisoblanadi? A) Ergashgan qo'shma gap B) Murakkab qo'shma gaplar.. C) Bog'langan qo'shma gap D) Bog'lovchisiz qo'shma gap 15 / 25 Dedi: “Qaydinsen ey majnuni gumrah?” Dedi: “Majnun vatandin qayda ogoh?” - parcha qaysi asardan olingan, savol- javob kimga tegishli? A) “Farhod va Shirin” dostonida Xusrav va Farhod B) “Layli va Majnun” dostonida Navfal-Majnun C) “Sab’ai sayyor”dostonida Bahrom va Moniy D) “Sab’ai sayyor” dostonida Jo’na va Mas’ud 16 / 25 XIX asrda yashab ijod etgan shoir, tarixchi va tarjimonni belgilang. A) Muqimiy B) Ogahiy C) Zavqiy D) Bobur 17 / 25 “... men turli bo’hton, shaxsiyat va soxtalar bilan ikkinchi oqlanmaydurg’on bo’lib qoralandim. Ko’nglida shamsi g’uboroti, teskarichilik maqsadi bo’lmag’on sodda, vijdonli yigitga xo’rlikdan o’lim tansiqroqdir” – ushbu jumlalar kimning suddagi nutqidan? A) A. Qodiriy B) Fitrat C) G’. G’ulom D) Cho’lpon 18 / 25 “Vasldin so’z derga yo’q yoro …..” tushib qolgan so’zni toping. A) manga B) yo qildi C) alam D) bor 19 / 25 Bobur qaysi tillarda ijod qilgan? A) Turk B) O’zbek va fors C) O’zbek D) Fors 20 / 25 deb so'zi yordamida bog'lanadigan ergash gaplarning kesimi qanday shaklda bo'ladi? A) I shaxs buyruq mayli shaklida B) III shaxs shart mayli shaklida C) III shaxs buyruq mayli shaklida. D) II shaxs buyruq mayli shaklida 21 / 25 “Agar oshig’lig’im aytsam, kuyub jon-u jahon o’rtar...” deb boshlanuvchi g’azal muallifi kim? A) Boborahim Mashrab B) Muhammad Rizo Ogahiy C) Alisher Navoiy D) Z. M. Bobur 22 / 25 Sodda gapni aniqlang A) Atrof yorishgach biz yo`lga otlandik B) Qong`iroq chalindi va mashg`ulotlar boshlandi C) Opam ishdan tez qaytdilar D) Atrof yorishdi va biz yo`lga otlandik 23 / 25 “Ko’zini yog’ bosgan” iborasining ma’nosi to’g’ri izohlangan qatorni toping. A) Bilib bilmaganga olgan B) Ko’rmay qolgan C) Mag’rurlangan D) Qaysarlik qilgan 24 / 25 Ergashtiruvchi bog'lovchilar yordamida bog'langan ergashgan qo'shma gaplarni toping. A) Odobli odam tabibga o'xshaydi, chunki u bilan suhbatlashish ko'ngildagi g'amni quvadi. B) Ilm bir daraxt, odob esa uning mevasidir. C) Kishida odob bo'lsa, ilm ham bo'lishi lozim. D) Odob ulug'lik va yuksaklik qasrining narvonidir, shuning uchun u orqali barcha maqsad va manzillarga yetish mumkin. 25 / 25 Teng bog’lovchili bog’langan qo’shma gapni aniqlang. A) Ko’p bilgan ems, kerakni bilgan dono B) Donolikning zamiri – sabr- qanoat C) Inson aql va idrok soyasida o’ziga keladigan zarar va zulmlradan saqlanur. D) Fan qudratli va bepayondir, ammo u mohirlik va halol shug’ullanishni talab qiladi. 0% Testni qayta ishga tushiring Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 12 9-10-11 sinflar Ona tili olimpiada №6