Uy » Online olimpiada » Ona tili va adabiyot olimpiada » 11-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №2 Ona tili va adabiyot olimpiadaTuman 2019-2020 o'quv yili 11-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №2 InfoMaster Avgust 19, 2024 186 Ko'rishlar 5 izohlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 1 Savollar 12345678910111213141516171819202122232425 Vaqtingiz tugadi! 11-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №2 2019-yil tuman bosqichida tushgan savollar 1 / 25 Qaysi qatorda holat ravishi o‘timsiz fe’lga bog’langan? A) Qaysidir voqea sabab Karimaga qasddan turxmat qildi B) Uyiga kelib biroz toliqqanini his qildi C) Kechga yaqin charchab, arang yetib kelishdi D) U eshik oldida hech narsa bo‘lmaganday,gerdayib turardi 2 / 25 Furqatning qaysi g’azali Fuzuliy g’azaliga nazira sifatida yozilgan? A) Ul qora ko‘z ko‘zlariga surma bejo tortadur B) Chaman sahnida derlar sarv birla yosuman nozik C) Muncha zolim bo‘lmish ul xunrez qaro ko‘laring D) Surmadin ko‘zlar qaro,qo‘llar hinodin lolarang 3 / 25 Arab tilidan kirib kelgan qaysi so`z o`zbek tilida kamtarinlik ma’nosini ifodalab, asl ma’nosini tubdan o`zgartirgan? A) raiyat B) kamina C) ojizingiz D) fuqaro 4 / 25 “Otello” tragediyasida Otelloning ko`z yoshlari nimaga qiyoslangan? A) olmosga B) Arabistondagi daraxtdan oqayotgan shiraga C) Tonggi shudringga D) Arabistondagi yoqutlarga 5 / 25 Ko`chirma gapli qo`shma gapni sodda gapga aylantirganimizda qaysi gap tarkibidagi bo`laklar o`zgaradi. A) faqat ko`chirma B) Har ikkala gap tarkibidagi bo`lak o`zgaradi C) ko`chirma D) muallif 6 / 25 O`zbek adabiy tilida farqlanuvchi me’yorlarni aniqlang. 1. leksik me’yor 2. talaffuz me’yori 3. so`z yasalish me’yori 4. morfologik me’yor 5. sintaktik me’yor 6. uslubiy me’yor A) 2,4,5,6 B) 1,2,3,4,5,6 C) 1,3,5,6 D) 1,2,4,5,6 7 / 25 Agar tenglik hukm sursa, hech qachon sotqinlik, aldamchilik, g`am-g`ussa bo`lmaydi. Gapda qo`llangan gap bo`laklarining kesimga bog`lanishi yuzasidan berilgan to`g`ri fikrlarni aniqlang. 1) Barcha gap bo`laklari kesim bilan bevosita bog`langan 2) Barcha gap bo`laklari murakkab kesimga bog`langan 3) Ergash gap tarkibida uyushiq egalar kesim bilan yonma-yon kelgan. 4) uyushgan ega kesim bilan grammatik munosobatga kirishgan. A) 1.4 B) 1.2 C) 1.3 D) 1,2,3 8 / 25 “Mantiq ilmi xato kelib chiqishi mumkin bo`lgan joyda tafakkurni to`g`ri yo`ldan olib borish uchun aqlni to`g`rilab turadi”. Fikr muallifini aniqlang. A) J. Rumiy B) Farobiy C) Arestotel D) Beruniy 9 / 25 U goho ichib kelib, hovlini boshiga ko`targudek o`kirib yig`laydi; akasining sirlarini bilishini, bir kunmas – bir kun uni fosh qilajagini aytadi, bo`ralab so`kadi. Ushbu gapda yordamchi so`z turkumiga mansub nechta birlik qo`llangan? A) 2 ta B) 1 ta C) Bunday birlik mavjud emas. D) 3 ta 10 / 25 Adabiy nutqning sofligiga putur yetkazuvchi unsurlarni aniqlang. 1. shevaga xos so`zlar 2. Varvarizmlar 3. Vulgarizmlar 4. Kanselyarizmlar 5. Parazit so`zlar 6. Ibora va grammatik shakllar 7. Urg`u va talaffuz A) 2,3,4,6,7 B) 1,2,3,4,5,6,7 C) 1,2,4,7 D) 1,3,5,6,7 11 / 25 Qaysi shoir o’z she’rlarida biz yashab turgan dunyo haqiqati, inson umrining mazmuni, ezgulik va qabohat kabi azaliy muammolarni yangi davr kishisi nuqtai nazari bilan yoritishga harakat qildi? A) Asqad Muxtor B) ) Rasul Hamzatov C) X. Saloh D) S. Zunnunova 12 / 25 Besh o`rinda yasama so`z ishtirok etgan, yasama so`zlardan birining asosi ikki yuqori tor unlilardan iborat bo`lgan gapni toping. A) Qo`zg`algan kasallikni yengish uchun tirik tanda”antitanachalar” hosil bo`ladi, ammo bu kasallikni yengish uchun har doim ham mikroorganizmlarning samaradorligi sezilarli bo`lmasligi mumkin. B) Uning goh yig`lagisi, goh kulgisi, goh butun kechani ostun-ustun qilib qo`shiq aytgisi kelardi. C) Hamdardlik – bir odamning qayg`u hasratlariga achinib, o`zida ham qayg`u hosil qilishdir, lekin quruq hamdardlik foyda bermaydi. D) Ipak kiyim kechaklar dazmollanmasligi ma’qul, agar zarur bo`lsa, teskari tomonidan yoki ustiga zig`ir tolasidan to`qilgan mato qo`yib, qattiq qizimagan dazmol bilan dazmollanadi. 13 / 25 Mana menman, u isyonning o`lmas avlodi, Mana menman, u gullarning hech so`lmas yodi, Mana menman, falaklarga lov-lov o`t qo`yib, Otalarimning boshidan poydevor uyib. Kelajagim obidasin qurgan insonman. O`sha jonman, o`sha qonman va o`sha shonman. (U. N) Berilgan parchada qo`llangan olmoshlar haqidagi to`g`ri fikrni belgilang. A) 3 o`rinda kishilik olmoshi, 8 o`rinda ko`rsatish olmoshi qo`llangan B) Ko`rsatish olmoshlari kesim va ega vazifasida kelgan C) 5 o`rinda kishilik olmoshi, 6 o`rinda ko`rsatish olmoshi qo`llangan D) Ko`rsatish olmoshlari aniqlovchi va to`ldirovchi vazifasida kelgan. 14 / 25 Oqil o`z so`zin o`rnida so`zlagay, Ham javobini munosib ko`zlagay. Bayt muallifi kim? A) Atoiy B) S. Sheroziy C) A. Navoiy D) S. Saroyi 15 / 25 To`rt narsani berdi menga oqillarcha o`ylamoq: tansihatlik, yaxshi odat, yaxshi nom, yaxshi fikr. Ushbu parchada ega(lar) ni aniqlang A) o`ylamoq B) to`rt narsani C) tansihatlik, odat, nom, fikr D) oqillarcha 16 / 25 Murakkab yasama narsa otiga tobelangan nisbiy sifat qaysi gapda qo`llanmagan? A) Ertangi yoshlar imkoniyatlari bugungisidan ancha kengaydi. B) Temuriylar davriga oid so`nggi qo`lyozmalardan biri edi. C) Devsifat yigit ovqatlanib bo`lgach, so`nggi tishkovlagichni oldi. D) Erksevar shilliqqurt topdi bariga yechim. 17 / 25 Payini qirqmoq frazemasiga ma’nodosh bo`lga ibora qaysi bandda so`z irikmasiga teng kelgan? A) Sening bu qilganing o`z oyog`ingga bolta urishingdan o`zga ish emas B) Shoikromov o`z oyog`iga o`zi bolta uradiganlar xilidan C) Mo`min chaqqon oyog`iga bolta urilishini hisobga olmagan edi. D) Haqiqatni anglaganda allaqachon ostiga suv quyishgan edi. 18 / 25 Ammo Saidiy hafta sayin jurnalning oxirgi sahifasida o`z ismini “bosilmaydi” bezagi bilan ko`ravergandan so`ng, yozuvchi bo`lish uchun o`zining tutgan yo`li to`gri ekaniga shubhalana boshlanadi. A) 4 ta ko`mak, 1ta bog`, B) 2 ta ko`makchi, 1 ta bog`lovchi C) 3 ta ko`makchi, 1 ta bog`lovchi D) 4 ta ko`mak, bog`lovchi yo`q 19 / 25 Oshiq o`z ishqidan so`zlasa nuqul. Gapdagi ostiga chizilgan so`z haqida qaysi javobda mulohaza berilgan? A) Nutq jarayonida ushbu so`z turkumiga oid so`zlardan foydalanishda so`zlovchilarning yoshi, amali nuqtayi nazaridan ma’lum darajada farq qiladi. B) Tarkibida ayrim egalik shakllari o`z vazifasini yo`qotadi. C) So`zlovchining o`zi bayon etayotgan fikriga ishonch, gumon, achinish kabi munosobatlarni ifodalaydi. D) Bu so`zlarning ko`pchiligi qo`shimcha shaklida, ayrimlari esa so`z shaklida qo`llaniladi 20 / 25 –chi yuklamasi qanday ma’nolarni bildirishi mumkin? 1) so`roq; 2) buyruq; 3) iltimos 4) xoxish 5) ta’kid (uqtirish) A) 2.3 B) faqat 2 C) 1,2,5 D) 1,2,3,4,5 21 / 25 Yiqilganga zo`rlik muruvvat emas, A’lo qush chumoli donini emas... Bayt muallifi va manbasi qaysi qatorda berilgan? A) Ogahiy „Ogohnoma“ B) Sa’diy „Guliston“ C) Sa’diy „Bo`ston“ D) A. Navoiy „Hayrat ul-abror“ 22 / 25 Qaysi adib adabiyotda birinchilardan bo’lib chet eldagi o’zbeklar hayotini yoritgan? A) Shuhrat B) Mirtemir C) Rasul Hamzatov D) Asqad Muxtor 23 / 25 Ergashgan qo`shma gapning birinchi sodda gapi yakunida qavs ichida kiritma gap kelsa qo`shma gap qismlari orasiga qo`yiluvchi vergul qayerda joylashadi? A) Birinchi gapdan so`ng, kiritmadan oldin B) kiritmadan so`ng, ikkinchi gapdan oldin C) kiritmadan oldin va keyin D) Bu holatda vergul ishlatilmaydi. 24 / 25 O`xshash variant boshiga ko`tarmoq bo`lgan ibora qaysi gap tarkibida sifatlovchi aniqlovchi vazifasida qo`llangan? A) Soyasiga salom berishning kimga keragi bor o`zi? B) Qurboy Tillayevning soyasiga ko`rpacha soladigan odamlar xilidan C) Saida ayvonning soyasiga ko`rpacha yozdi. D) “Sizning soyangizga ko`rpacha to`shaydiganga nega ishonasiz o`zi”,- dedi Saidiy tutaqib 25 / 25 Qaysi ijodkor o`zini sho`x bulbulga qiyoslagan? A) X. Saloh B) A. Oripov C) H. Hayne D) A. Pushkin 0% Testni qayta ishga tushiring Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 12 9-10-11 sinflar Ona tili olimpiada №6