Fizika attestatsiya №10

0%
0

OMAD YOR BO'LSIN!


Fizika fanidan attestatsiya savollari №10

Testni Toshev Anvar tayyorladi.

DIQQAT! Endi siz o'z bilmingizni sinab ko'rish bilan birga  sertifikatga ham ega bo'lishingiz mumkin.

Sertifikat olish uchun barcha ma'lumotlarni to'g'ri kriting! 

e-mail manzilini to'g'ri kriting, barcha ma'lumotlar sizga yuboriladi.
Testda 76% va undan yuqori natija oling va sertifikatni yuklab oling.

1 / 40

1. 45 kg massali bola 15 m/s tezlik bilan yurayotgan bòlsa, uning kinetik energiyasi (J) nimaga teng?

2 / 40

2. Uzunligi 20 sm, bikirligi 300 N/m bo’lgan prujina uzunliklari 15 sm va 5 sm bo’lgan qismlarga ajratiladi. Kichkina prujinaning bikirligini toping.

3 / 40

3. To‘g‘ri shosse bo`ylab bronemashina OX o ‘q yo‘nalishida 20 m/s tezlik bilanharakatlanmoqda. Vaqt boshidan 10 s o‘tgan paytda u koordinatasi 100 m bo‘lgan nuqtadan o‘tadi. Vaqt boshidan 10 s avval u koordinatasi qanday bo‘lgan (m) nuqtada edi?

4 / 40

4. Yuqoriga tik otilgan tezlikli jism qanday balandlikka ko‘tariladi?

5 / 40

5. Yig’uvchi linzaning bosh optic o’qiga nisbatan 30° burchak ostida yorug’lik tushmoqda. Agar nur linzadan o’tgach bosh optic o’qdan 20cm masofada unga parallel tarqalsa, linzaning focus masofasini aniqlang (m).

6 / 40

6. Bir idishda 2 mol geliy (μ=4 g/mol) va 3 mol kislorod (μ=32 g/mol) bor. Aralashmaning izobarik jarayon uchun solishtirma issiqlik sig`imi (J/K·kg) qanchaga teng? Geliy va kislorod mos ravishda bir atomli va ikki atomli gazlar.

7 / 40

7. Avtomobil tekis harakat qilib 1 minutda 900m yo`lni bosib o`tdi. U qanday tezlik bilan harakat qilgan.

8 / 40

8. Fotonning energiyasi hν yorug‘lik tezligiga yaqin tezlik bilan harakatlanayotgan elektronning kinetik energiyasiga teng. Elektronning impulsini fotonning impulsiga nisbati qanday? Elektronning tinchlikdagi massasi m. c - yorug‘lik tezligi.

9 / 40

9. Rasmdagi K mashina turgan joyni sanoq boshi va OX o‘qini mashinalarning harakat yo‘nalishida deb qabul qilib, K-mashina uchun koordinata tenglamasini yozing.

10 / 40

10. Yerning massasi 6,0 ·1024 kg, Oyning massasi 7,35 · 1022 kg, ularning markazlari orasidagi masofa 384400 km. Yer bilan Oy orasidagi tortishish kuchi topilsin (N).

11 / 40

11. Magnit  maydon   induksiyasi 50 mTl  bo’lgan  g'altakning  magnit  maydon energiya zichligini toping (J/m3). μ= 45 . μ0=4π·10-7 N/A2

12 / 40

12. Ersted tajribasida nimani aniqlagan?

13 / 40

13. q1= 10 va q2=16 nC zaryadlar bir-biridan a = 7,0 mm masofada joylashgan. Kichik zaryaddan rv=3,0 mm va katta zaryaddan r2=4,0 mm masofada bo‘lgan nuqtaga joylashtirilgan q = 2,0 nC zaryadga qan­day kuch ta’sir qiladi? k=9·109 N·m2/C2

14 / 40

14. EYUKi ε = 3,0 V bo‘lgan batareyaga R = 20 Ω qarshilikli rezistor ulandi. Rezistordagi kuchlanish U =2,0V. Qisqa tutashuv toki topilsin.

15 / 40

15. Ideal issiqlik mashinasida isitkichning absolut harorati sovutkich haroratidan ikki marta ortiq. Isitkich haroratini saqlab qolgan holda, sovutkich harorati ikki marta kamaytirilsa, mashinaning FIKi qanday o`zgaradi?

16 / 40

16. Massasi 3,0kg bo‘lgan jism 7,2 m/s2 tezlanish bilan tik tushmoqda. Havoning qarshilik kuchi qancha? g=9.8m/s2

17 / 40

17. M = 60 kg massa va V=700 m/s tezlikka ega bo`lgan snaryad portlab ikki bo`lakka bo`lindi, M/2 massa va V tezlikka ega bo`lgan birinchi bo`lak dastlabki yo`nalishiga nisbatan π /4 burchak ostida uchib ketdi. Ikkinchi bo`lakning impulsi snaryadning dastlabki impulsidan necha marta katta?

18 / 40

18. Solenoiddagi tok kuchi 10 A bo‘lganda magnit maydon energiyasi 5 J  bo‘lsa, solenoid orqali oqayotgan magnit oqimini (Vb) aniqlang.

19 / 40

19. Har birining qarshiligi R = 60 Ω dan bo‘lgan uchta rezistorga ega bo‘lgan holda, qanday qarshiliklarni hosil qilish mumkin?

20 / 40

20. 4 litr suvni 15°C dan qaynaguncha isitish uchun qancha issiqlik miqdori (MJ) berilgan? Suvning solishtirma issiqlik sig‘imi va qaynash temperaturasi (normal sharoitda) mos ravishda 4200 J/(mol·K)  va 100°C .

21 / 40

21. Moddiy nuqta 2 minutda 600 marta tebranadi. Tebranish davrini aniqlang.

22 / 40

22. Tokli o‘tkazgich induksiyasi 20 mTl bo‘lgan bir jinsli magnit maydonda joylashgan. Agar o'tkazgichning uzunligi l0 sm, tok kuchi 3 A,tokning yo‘nalishi va magnit induksiyasi vektori  orasidagi  burchak 45° bo‘lsa, o‘tkazgichga ta'sir etayotgan kuch qancha (mN)?

23 / 40

23. Barcha moddalar o‘z magnit xossalariga ko‘ra diamagnetik, paramagnetik va ferromagnetiklarga bo‘linadi. Magnit singdiruvchanligi 1 dan kichik bo‘lgan moddalar qaysi turga mansub?

24 / 40

24. Yuqoridan tik erkin tushayotgan jismning  (n+2)chi sekunddagi ko`chishi  (n+3)chi sekunddagi ko`chishidan qanchaga (m) farq qiladi?  g=10 m/s²

25 / 40

25. Agar 10,8 kg massali kubning qirrasi uch marta qisqartirilsa, uning massasi (g) qancha bo'ladi?

26 / 40

26. Sig`imi 6·10⁻⁹ F bo`lgan kondensatorga 20 nC elektr zaryadi berildi. Agar unga sig`imi 18·10⁻⁹  F bo`lgan zaryadsiz kondensator parallel ulansa birinchi kondensatorning qoplamalari orasidagi potensiallar farqi qanday o`zgaradi?

27 / 40

27. Elementning ichki qarshiligi 2 Ω, uning klemalaridagi kuchlanish 6 V. Bunda tashqi zanjir qarshiligi 4 Ω. Elementning to‘la quvvatini aniqlang (W).

28 / 40

28. Bir jinsli sterjen yerda yotibdi. Sterjenning bir uchiga F kuch bilan ta’sir etib, uni ko'tarish kerak. F kuchni sterjenning mg og'irlik kuchi bilan taqqoslang.

29 / 40

29. Magnit maydonni kuch xarakteristikasi nima?

30 / 40

30. Suv muzlaganda massasi o'zgaradimi?

31 / 40

31. Gorizontal yo’nalishda harakatlanayotgan avtomobilga dvigatelning 1,25 kN tortish kuchi, 600 N ishqalanish kuchi va havoning 450 N qarshilik kuchi ta’sir qiladi. Bu kuchlarning teng ta’sir etuvchisi nechaga teng?

32 / 40

32. Bir jinsli magnit maydonga induksiya chiziqlariga parallel yo‘nalishda uchib kirgan neytronning trayektoriyasi qanday chiziq?

33 / 40

33. Metro vagoni ketma-ket ulangan 10 ta chiroq bilan yoritiladi. Agar vagonni 8 ta о’shanday chiroq bilan yoritiladigan qilinsa, elektr energiya sarfi o'zgaradimi?

34 / 40

34. Massasi 200 g bo‘lgan po‘lat detalni 15°C  dan 1115°C  gacha isitish uchun qancha issiqlik miqdori (kJ) sarflangan? Po‘latning solishtirma issiqlik sig‘imi  500 J/(kg·°C).

35 / 40

35. Tosh yuqoriga vertikal ravishda 10 m/s tezlik bilan otildi. Qanday balandlikda toshning kinetik energiyasi uning potensial energiyasiga teng bo‘ladi? g=10 m/s2

36 / 40

36. Avtomobil A bekatdan В bekatgacha 40 km/h, qaytishda esa 30 km/h tezlik bilan harakatlandi. Reys davomidagi o'rtacha tezlikni toping (km/h).

37 / 40

37. Energiyasi 3 eV bo'lgan fotonning to'lqin uzunligi qancha? h = 6,63·10-34 J·s, c=3·108 m/s.

38 / 40

38. t = 10 s vaqt ichida o‘tkazgichdan q = 24 С zaryad o'tdi. O’tkazgichdagi kuchlanish U= 12 V. Tok bajargan ishni  aniqlang.

39 / 40

39. Jismga 10 N va 20 N kuchlar o‘zaro 120° burchak ostida ta’sir etmoqda. Bu kuchlarning teng ta’sir etuvchisini toping (N).

40 / 40

40. Bir jinsli valning uchidan 40 sm qirqib tashlandi. Bunda og‘irlik markazi qayerga va qanchaga ko‘chadi?

0%

InfoMaster
Author: InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

1 Izoh

Javob qoldiring

Info-Master.uz
Logo
Elementlarni Solishtiring
  • Jami (0)
Solishtiring
0