Fizika attestatsiya №10

0%
0

OMAD YOR BO'LSIN!


Fizika fanidan attestatsiya savollari №10

Testni Toshev Anvar tayyorladi.

DIQQAT! Endi siz o'z bilmingizni sinab ko'rish bilan birga  sertifikatga ham ega bo'lishingiz mumkin.

Sertifikat olish uchun barcha ma'lumotlarni to'g'ri kriting! 

e-mail manzilini to'g'ri kriting, barcha ma'lumotlar sizga yuboriladi.
Testda 76% va undan yuqori natija oling va sertifikatni yuklab oling.

1 / 40

1. Massasi 18 kg bo`lgan muz qancha hajmni egallaydi?

2 / 40

2. Uzunligi 20 sm, bikirligi 300 N/m bo’lgan prujina uzunliklari 15 sm va 5 sm bo’lgan qismlarga ajratiladi. Kichkina prujinaning bikirligini toping.

3 / 40

3. To`g`ri chiziqli harakatlanadigan jismning berilgan tezlik grafigidan foydalanib, uning 10 s ichidagi bosib o`tgan yo`lini toping. 

4 / 40

4. Massasi m zaryadi q bo’lgan sharcha kuchlanganligi E ga teng va yer sirtiga parallel bir jinsli elektr maydonga erkin tushmoqda . Sharchaninig y=y(x) tenglamasini tuzing.

5 / 40

5. Avtomobil YPX postiga 72km/s tezlikda tekis harakatlana boshladi. Avtomobil postga kirib kelishi bilan YPX xodimi ushbu avtomobilni tekis tezlanuvchan harakat qilib quva boshladi. Quvib yetish oldidan GAI avtomobili tezligi qanday bo’lgan (m/s)?

6 / 40

6. Suv bilan limmo lim to’lgan idishga 1 kg massali muz tashlandi. Muz siqib chiqargan suvning hajmini (l) da toping? muz va suvning zichliklari mos ravishda 1 va 0,9 g/sm³ ga teng deb hisoblansin.

7 / 40

7. Massasi m bo‘lgan jism F=mυ² / R markazga intilma kuch ta’sirida radiusi R bo‘lgan aylana bo‘ylab doimiy v tezlik bilan aylanmoqda. Bu kuch jismning ikki marta aylanishida qanday ish bajaradi?

8 / 40

8. m massali ideal gaz ustida grafikda ko‘rsatilganidek ikki xil izobarik jarayon bajarildi. Agar p2/p1=2,25 bo‘lsa, grafikning A va B nuqtalariga mos keluvchi xolatlarda gaz molekulalari o‘rtacha kvadratik tezliklarining nisbati  v1/v2  ni aniqlang.

9 / 40

9. Gaz adiabatik ravishda kengayganda harorati qanday o‘zgaradi?

10 / 40

10. Massasi 3,0kg bo‘lgan jism 7,2 m/s2 tezlanish bilan tik tushmoqda. Havoning qarshilik kuchi qancha? g=9.8m/s2

11 / 40

11. Yer uchun birinchi kosmik tezlik υ ga teng. Massasi Yer massasidan 36 marta, radiusi esa 4 marta katta bo’lgan sayyoradagi birinchi kosmik tezlikni toping.

12 / 40

12. Massasi 200 g bo‘lgan po‘lat detalni 15°C  dan 1115°C  gacha isitish uchun qancha issiqlik miqdori (kJ) sarflangan? Po‘latning solishtirma issiqlik sig‘imi  500 J/(kg·°C).

13 / 40

13. Avtomobil A bekatdan В bekatgacha 40 km/h, qaytishda esa 30 km/h tezlik bilan harakatlandi. Reys davomidagi o'rtacha tezlikni toping (km/h).

14 / 40

14. Ideal issiqlik mashinasida isitkichning absolut harorati sovutkich haroratidan ikki marta ortiq. Isitkich haroratini saqlab qolgan holda, sovutkich harorati ikki marta kamaytirilsa, mashinaning FIKi qanday o`zgaradi?

15 / 40

15. Jismga 10 N va 20 N kuchlar o‘zaro 120° burchak ostida ta’sir etmoqda. Bu kuchlarning teng ta’sir etuvchisini toping (N).

16 / 40

16. Elementning ichki qarshiligi 2 Ω, uning klemalaridagi kuchlanish 6 V. Bunda tashqi zanjir qarshiligi 4 Ω. Elementning to‘la quvvatini aniqlang (W).

17 / 40

17. Massasi 240 kg bo’lgan tosh richak yordamida ko’tarilmoqda. Agar kichik yelka 0,6 m bo’lsa, uzunligi 2,4m bo’lgan kata yelkaga qanday kuch qo’yish kerak?

18 / 40

18. Difraksion panjara yordamida hosil qilingan 1-tartibli ikkita maksimumlar o`zaro 60º  burchak ostida kuzatilayotgan bo`lsa, hosil qilingan maksimumlar soni qanchaga teng bo`ladi?

19 / 40

19. Tokli o‘tkazgich induksiyasi 20 mTl bo‘lgan bir jinsli magnit maydonda joylashgan. Agar o'tkazgichning uzunligi l0 sm, tok kuchi 3 A,tokning yo‘nalishi va magnit induksiyasi vektori  orasidagi  burchak 45° bo‘lsa, o‘tkazgichga ta'sir etayotgan kuch qancha (mN)?

20 / 40

20. t = 10 s vaqt ichida o‘tkazgichdan q = 24 С zaryad o'tdi. O’tkazgichdagi kuchlanish U= 12 V. Tok bajargan ishni  aniqlang.

21 / 40

21. 4 litr suvni 15°C dan qaynaguncha isitish uchun qancha issiqlik miqdori (MJ) berilgan? Suvning solishtirma issiqlik sig‘imi va qaynash temperaturasi (normal sharoitda) mos ravishda 4200 J/(mol·K)  va 100°C .

22 / 40

22. 22 kg torf batamom yonib bitganda qancha issiqlik miqdori (MJ) ajraladi? Torf uchun solishtirma yonish isiqligi 14·10⁶ J/kg ga teng.

23 / 40

23. Kamondan o`q 24 m/s tezlik bilan vertikal ravishda yuqoriga otildi. Qanday balandlikda (m) uning kinetik energiyasi potensial energiyasiga teng bo`lishini aniqlang.

24 / 40

24. Har birining qarshiligi R = 60 Ω dan bo‘lgan uchta rezistorga ega bo‘lgan holda, qanday qarshiliklarni hosil qilish mumkin?

25 / 40

25. Barcha moddalar o‘z magnit xossalariga ko‘ra diamagnetik, paramagnetik va ferromagnetiklarga bo‘linadi. Magnit singdiruvchanligi 1 dan kichik bo‘lgan moddalar qaysi turga mansub?

26 / 40

26. Metro vagoni ketma-ket ulangan 10 ta chiroq bilan yoritiladi. Agar vagonni 8 ta о’shanday chiroq bilan yoritiladigan qilinsa, elektr energiya sarfi o'zgaradimi?

27 / 40

27. Suv kapillar naychada 0,028 m ga ko`tarildi. Naychaning diametrini (mm) aniqlang. Suvning sirt taranglik koeffitsiyentini 0,07 N/m deb oling.

28 / 40

28. Yerning massasi 6,0 ·1024 kg, Oyning massasi 7,35 · 1022 kg, ularning markazlari orasidagi masofa 384400 km. Yer bilan Oy orasidagi tortishish kuchi topilsin (N).

29 / 40

29. Gorizontal yo’nalishda harakatlanayotgan avtomobilga dvigatelning 1,25 kN tortish kuchi, 600 N ishqalanish kuchi va havoning 450 N qarshilik kuchi ta’sir qiladi. Bu kuchlarning teng ta’sir etuvchisi nechaga teng?

30 / 40

30. Moddiy nuqta 2 minutda 600 marta tebranadi. Tebranish davrini aniqlang.

31 / 40

31. Magnit maydonni kuch xarakteristikasi nima?

32 / 40

32. Magnit  maydon   induksiyasi 50 mTl  bo’lgan  g'altakning  magnit  maydon energiya zichligini toping (J/m3). μ= 45 . μ0=4π·10-7 N/A2

33 / 40

33. Ersted tajribasida nimani aniqlagan?

34 / 40

34. Agar 1 minutda amplitudasi 7 sm bo'lgan 180 tebranish bajarilsa, garmonik tebranishlar tenglamasini toping (m). Tebranishning boshlang'ich fazasi π/2 ga teng.

35 / 40

35. M = 60 kg massa va V=700 m/s tezlikka ega bo`lgan snaryad portlab ikki bo`lakka bo`lindi, M/2 massa va V tezlikka ega bo`lgan birinchi bo`lak dastlabki yo`nalishiga nisbatan π /4 burchak ostida uchib ketdi. Ikkinchi bo`lakning impulsi snaryadning dastlabki impulsidan necha marta katta?

36 / 40

36. l = 1,0 m kesmaga chastotasi v = 600 THz bo‘lgan nurlanishning nechta to‘lqin uzunligi joylashadi? c=3·108 m/s.

37 / 40

37. Tosh yuqoriga vertikal ravishda 10 m/s tezlik bilan otildi. Qanday balandlikda toshning kinetik energiyasi uning potensial energiyasiga teng bo‘ladi? g=10 m/s2

38 / 40

38. Suv muzlaganda massasi o'zgaradimi?

39 / 40

39. Solenoiddagi tok kuchi 10 A bo‘lganda magnit maydon energiyasi 5 J  bo‘lsa, solenoid orqali oqayotgan magnit oqimini (Vb) aniqlang.

40 / 40

40. Yuqoridan tik erkin tushayotgan jismning  (n+2)chi sekunddagi ko`chishi  (n+3)chi sekunddagi ko`chishidan qanchaga (m) farq qiladi?  g=10 m/s²

0%

InfoMaster
Author: InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

1 Izoh

Javob qoldiring

Info-Master.uz
Logo
Elementlarni Solishtiring
  • Jami (0)
Solishtiring
0