Uy » Online olimpiada » Ona tili va adabiyot olimpiada » 11-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №2 Ona tili va adabiyot olimpiadaTuman 2019-2020 o'quv yili 11-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №2 InfoMaster Avgust 19, 2024 24 Ko'rishlar 5 izohlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 12345678910111213141516171819202122232425 Vaqtingiz tugadi! 11-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №2 2019-yil tuman bosqichida tushgan savollar 1 / 25 Qaysi javobda ot turkumiga oid o‘zaro ma’nodosh so‘zlar juftligi berilgan? A) husn - go‘zal B) tantiqlik – saxiylik C) sovg‘a – tuhfa D) tabassum - yig‘i 2 / 25 Qaysi gapda fonetik o‘zgarish lug’aviy shakl yasovchi ta’sirida paydo bo‘lgan so‘z qatnashgan? A) Qiynalib erishilgan har bir narsa aziz B) So‘nggi pushaymon o‘zingga dushman C) Yurtidan ayrilgan yetti yil yig’lar D) Orzum shul: o‘chmasin yongan chirog’ing 3 / 25 Qaysi adib adabiyotda birinchilardan bo’lib chet eldagi o’zbeklar hayotini yoritgan? A) Mirtemir B) Rasul Hamzatov C) Shuhrat D) Asqad Muxtor 4 / 25 Oqil o`z so`zin o`rnida so`zlagay, Ham javobini munosib ko`zlagay. Bayt muallifi kim? A) S. Sheroziy B) S. Saroyi C) A. Navoiy D) Atoiy 5 / 25 Besh o`rinda yasama so`z ishtirok etgan, yasama so`zlardan birining asosi ikki yuqori tor unlilardan iborat bo`lgan gapni toping. A) Qo`zg`algan kasallikni yengish uchun tirik tanda”antitanachalar” hosil bo`ladi, ammo bu kasallikni yengish uchun har doim ham mikroorganizmlarning samaradorligi sezilarli bo`lmasligi mumkin. B) Uning goh yig`lagisi, goh kulgisi, goh butun kechani ostun-ustun qilib qo`shiq aytgisi kelardi. C) Ipak kiyim kechaklar dazmollanmasligi ma’qul, agar zarur bo`lsa, teskari tomonidan yoki ustiga zig`ir tolasidan to`qilgan mato qo`yib, qattiq qizimagan dazmol bilan dazmollanadi. D) Hamdardlik – bir odamning qayg`u hasratlariga achinib, o`zida ham qayg`u hosil qilishdir, lekin quruq hamdardlik foyda bermaydi. 6 / 25 Payini qirqmoq frazemasiga ma’nodosh bo`lga ibora qaysi bandda so`z irikmasiga teng kelgan? A) Shoikromov o`z oyog`iga o`zi bolta uradiganlar xilidan B) Haqiqatni anglaganda allaqachon ostiga suv quyishgan edi. C) Sening bu qilganing o`z oyog`ingga bolta urishingdan o`zga ish emas D) Mo`min chaqqon oyog`iga bolta urilishini hisobga olmagan edi. 7 / 25 Arab tilidan kirib kelgan qaysi so`z o`zbek tilida kamtarinlik ma’nosini ifodalab, asl ma’nosini tubdan o`zgartirgan? A) ojizingiz B) kamina C) fuqaro D) raiyat 8 / 25 Agar tenglik hukm sursa, hech qachon sotqinlik, aldamchilik, g`am-g`ussa bo`lmaydi. Gapda qo`llangan gap bo`laklarining kesimga bog`lanishi yuzasidan berilgan to`g`ri fikrlarni aniqlang. 1) Barcha gap bo`laklari kesim bilan bevosita bog`langan 2) Barcha gap bo`laklari murakkab kesimga bog`langan 3) Ergash gap tarkibida uyushiq egalar kesim bilan yonma-yon kelgan. 4) uyushgan ega kesim bilan grammatik munosobatga kirishgan. A) 1.4 B) 1.3 C) 1.2 D) 1,2,3 9 / 25 “So`z latofati” kitobining muallifi? A) Sh. Rahmatullayev B) A. Rustamov. C) E. Vohidov D) A. Hojiyev 10 / 25 –chi yuklamasi qanday ma’nolarni bildirishi mumkin? 1) so`roq; 2) buyruq; 3) iltimos 4) xoxish 5) ta’kid (uqtirish) A) faqat 2 B) 2.3 C) 1,2,3,4,5 D) 1,2,5 11 / 25 Bunday bog`liqlik gaplar, xat boshilar o`rtasidagi mazmuniy munosobatlarning funksional-sintaktik vositalar va so`z shakllari orqali ifodalanishda namoyon bo`ladi. Ushbu fikrda qanday bog`liqlik nazarda tutilgan. A) Sintaktik bog`liqlik B) mazmuniy bog`liqlik C) mantiqiy bog`liqlik D) kompozitsion bog`liqlik 12 / 25 O`xshash variant boshiga ko`tarmoq bo`lgan ibora qaysi gap tarkibida sifatlovchi aniqlovchi vazifasida qo`llangan? A) Soyasiga salom berishning kimga keragi bor o`zi? B) Qurboy Tillayevning soyasiga ko`rpacha soladigan odamlar xilidan C) Saida ayvonning soyasiga ko`rpacha yozdi. D) “Sizning soyangizga ko`rpacha to`shaydiganga nega ishonasiz o`zi”,- dedi Saidiy tutaqib 13 / 25 Ammo Saidiy hafta sayin jurnalning oxirgi sahifasida o`z ismini “bosilmaydi” bezagi bilan ko`ravergandan so`ng, yozuvchi bo`lish uchun o`zining tutgan yo`li to`gri ekaniga shubhalana boshlanadi. A) 3 ta ko`makchi, 1 ta bog`lovchi B) 4 ta ko`mak, 1ta bog`, C) 4 ta ko`mak, bog`lovchi yo`q D) 2 ta ko`makchi, 1 ta bog`lovchi 14 / 25 U goho ichib kelib, hovlini boshiga ko`targudek o`kirib yig`laydi; akasining sirlarini bilishini, bir kunmas – bir kun uni fosh qilajagini aytadi, bo`ralab so`kadi. Ushbu gapda yordamchi so`z turkumiga mansub nechta birlik qo`llangan? A) 2 ta B) 1 ta C) 3 ta D) Bunday birlik mavjud emas. 15 / 25 Adabiy nutqning sofligiga putur yetkazuvchi unsurlarni aniqlang. 1. shevaga xos so`zlar 2. Varvarizmlar 3. Vulgarizmlar 4. Kanselyarizmlar 5. Parazit so`zlar 6. Ibora va grammatik shakllar 7. Urg`u va talaffuz A) 1,3,5,6,7 B) 1,2,3,4,5,6,7 C) 1,2,4,7 D) 2,3,4,6,7 16 / 25 Foydalanish, ishlatish so`zining ma’nodoshi tarkibidagi sirg`aluvchilar soni nechta? A) 3 ta B) 2 ta C) 1 ta D) 5 ta 17 / 25 Qaysi qo`shma gap tarkibida hokim so`zga faqat boshqaruv yo`li bilan tobelanadigan bo`lak izohlangan. A) U shunchalik berilib o`qirdiki, atrofda o`zidan bohqa hech kimni payqamas edi. B) Kimki hayotdan ta’lim olmasa, boshqa narsalar ta’sir etishi mushkul. C) Kim umidini yo`qotsa, yo`qotadigan boshqa narsasi qolmabdi. D) Bu haqda unga tezroq xabar beringki, ertaga barchamizdan o`pkalashi tayin. 18 / 25 Oshiq o`z ishqidan so`zlasa nuqul. Gapdagi ostiga chizilgan so`z haqida qaysi javobda mulohaza berilgan? A) Tarkibida ayrim egalik shakllari o`z vazifasini yo`qotadi. B) Bu so`zlarning ko`pchiligi qo`shimcha shaklida, ayrimlari esa so`z shaklida qo`llaniladi C) So`zlovchining o`zi bayon etayotgan fikriga ishonch, gumon, achinish kabi munosobatlarni ifodalaydi. D) Nutq jarayonida ushbu so`z turkumiga oid so`zlardan foydalanishda so`zlovchilarning yoshi, amali nuqtayi nazaridan ma’lum darajada farq qiladi. 19 / 25 Ko`chirma gapli qo`shma gapni sodda gapga aylantirganimizda qaysi gap tarkibidagi bo`laklar o`zgaradi. A) faqat ko`chirma B) muallif C) Har ikkala gap tarkibidagi bo`lak o`zgaradi D) ko`chirma 20 / 25 O`. Umarbekovning milliy kinomotografiya taraqqiyotiga sezilarli ta’sir ko`rsatgan kinossenarilari? A) “Yuksak qorliklardagi uchrashuv”, “Ikki soldat haqida qissa”, “Sevgi afsonasi”, “Changalzor qonuni”. B) “Qiyomat qarz”, “Shohma quyosh”, “Yer yonganda”, “Arizasiga ko`ra” C) “Oq qaldirg`och”, “Yigit va qiz”, “Sevgim, sevgilim”, “Sevgi afsonasi”. D) “Komissiya”, “Arizasiga ko`ra”, “Charos”, “Urush farzandi” 21 / 25 Uning ijodida hayotdan umidsizlik, folklor adabiyotida qo`llaniladigan arvoh, tobut kabi tushunchalar qo`llansa-da, hayotga bo`lgan umid, ishonch tushunchalari barq urib turadi. Ushbu fikr qaysi ijodkor haqida? A) H. Hayne B) U. Shekspir C) J. London D) A. Dode 22 / 25 To`rt narsani berdi menga oqillarcha o`ylamoq: tansihatlik, yaxshi odat, yaxshi nom, yaxshi fikr. Ushbu parchada ega(lar) ni aniqlang A) tansihatlik, odat, nom, fikr B) oqillarcha C) o`ylamoq D) to`rt narsani 23 / 25 Mana menman, u isyonning o`lmas avlodi, Mana menman, u gullarning hech so`lmas yodi, Mana menman, falaklarga lov-lov o`t qo`yib, Otalarimning boshidan poydevor uyib. Kelajagim obidasin qurgan insonman. O`sha jonman, o`sha qonman va o`sha shonman. (U. N) Berilgan parchada qo`llangan olmoshlar haqidagi to`g`ri fikrni belgilang. A) 5 o`rinda kishilik olmoshi, 6 o`rinda ko`rsatish olmoshi qo`llangan B) Ko`rsatish olmoshlari aniqlovchi va to`ldirovchi vazifasida kelgan. C) 3 o`rinda kishilik olmoshi, 8 o`rinda ko`rsatish olmoshi qo`llangan D) Ko`rsatish olmoshlari kesim va ega vazifasida kelgan 24 / 25 Sifatdosh va harakat nomi tarkibidagi egalik qo`shimchalari harakat bajaruvchisining shaxsi va sonini bildiradi. Shuning uchun qaratqich kelishigini olgan shaxs bildiruvchi so`zning qo`llanishiga ko`pincha ehtiyoj bo`lmaydi. Ushbu qoida talabiga mos bo`lmaydigan gap qaysi qatorda berilgan? A) Boqqaning ikki echki, o`shqirganing yer tebratar. B) Bo`zchi bilganin to`qir, Baxshi bilganin o`qir. C) Bilganingni eldan ayama. D) Buzoqning yugurgani - bizning kutganimiz. 25 / 25 Qaysi shoir o’z she’rlarida biz yashab turgan dunyo haqiqati, inson umrining mazmuni, ezgulik va qabohat kabi azaliy muammolarni yangi davr kishisi nuqtai nazari bilan yoritishga harakat qildi? A) S. Zunnunova B) ) Rasul Hamzatov C) X. Saloh D) Asqad Muxtor 0% Testni qayta ishga tushiring Fikr-mulohaza yuboring Tomonidan Wordpress Quiz plugin Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 3 8-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №2