Uy » Abituriyent » Majburiy blok » Ona tili va adabiyot majburiy blok » Ona tili va adabiyot majburiy blok №6 Ona tili va adabiyot majburiy blok Ona tili va adabiyot majburiy blok №6 InfoMaster May 2, 2024 92 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0% 0 Savollar 12345678910 OMAD YOR BO'LSIN! Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №6 Abituriyent uchun ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari. 1 / 10 1. Qaysi javobda “igna ustida o’tirmoq” iborasining ma’nosi berilgan? A) bezovta bo’lmoq B) shoshib qolmoq C) gumonsiramoq D) og’riqni his etmoq 2 / 10 2. Berilgan birliklardan faqat bog’lovchilar ko’rsatilgan javobni toping. A) uchun, singari, hamda B) agar, hamda, ammo C) xuddi, chunki, haqida D) faqat, hamda, chunki 3 / 10 3. Qaysi gapda paronim qo’llash bilan bog’liq xatolik mavjud? A) Ularning tup maqsadini bilib olishimiz kerak. B) Ayni bizbop ketmon ekan, endi hech ham qiynalmaymiz. C) Ot abzalin shayladi, o’q-anjomin boyladi. D) Mashina dovon tepasiga ko’tarilar ekan, derazadan salqin shamol urildi. 4 / 10 4. Qaysi gapda imloviy jihatdan xato yozilgan so’z ishtirok etgan? A) Mevasini ko’tarolmagan shox qarsillab sindi. B) Shahar ko’chalarida, bog’larda, qir-u adirlarda bahor nafasi ufuradi. C) Bu yerda qattiq a’yoz kunlar kam bo’ladi. D) Yomg’irli kunlar tez-tez iliq kunlar bilan almashinib turadi. 5 / 10 5. Qaysi javobda “zamonaviy ishlab chiqarishni boshqarish (rejalash, tartibga solish, nazorat qilish), shuningdek, ishlab chiqarishga rahbarlik qilish, uni tashkil etish; boshqarish to’g’risidagi fan” ma’nosini beruvchi atama berilgan? A) menejment B) monitoring C) menejer D) strategiya 6 / 10 6. Ma’nodosh so’zlar qatorida ularga xos bo’lmagan so’z qatnashgan javobni toping. A) tushunmoq, anglamoq, fahmlamoq, ilg’amoq B) ko’p, ancha, mo’l, xiyol C) do’st, o’rtoq, og’ayni, oshna D) chiroyli, go’zal, suluv, barno 7 / 10 7. Lekin men bu gapnio hech kimga aytmagan edim. Ushbu gapda olmoshning ma’no jihatdan necha turi qatnashgan? A) 2 B) 3 C) 4 D) 1 8 / 10 8. Qaysi gapda ega ishtirok etgan? A) Yomonda or bo’lmas, Yaxshi xor bo’lmas. B) Yomonni tanqid qil, Yaxshiga – taqlid. C) Arqog’ini ko’rib bo’zini ol, Onasini ko’rib – qizini. D) Avval o’ylash kerak, so’ngra soz’lash kerak. 9 / 10 9. Qaysi gapda fe’l turkumiga oid so’z imloviy jihatdan xato yozilgan? A) Qayinbarglar yopib qaro ko’zini, Olislarda qolgan Usmonlaring bor. B) Shovilladi tun bo’yi shamol, Qaldiroqlar ko’chdi larzakor. C) Aybin bilmay ketgan Akmal Ikromlar, Fayzullodek mard-u maydonlaring bor. D) Qodiriyni sotib shoir bo’lganlar – Mehrobingdan chiqqan chayonlaring bor. 10 / 10 10. Javoblarning qaysi birida berilgan birlik imloviy jihatdan to’g’ri yozilgan? A) Oliy sud raisi B) Oliy Majlis C) Toshkent Davlat sharqshunoslik institute D) “O’zbekiston qahramoni” unvoni 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 34 Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №32
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 9 Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №31
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 6 Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №30
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 6 Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №29