Uy » Abituriyent » Majburiy blok » Ona tili va adabiyot majburiy blok » Ona tili va adabiyot majburiy blok №6 Ona tili va adabiyot majburiy blok Ona tili va adabiyot majburiy blok №6 InfoMaster May 2, 2024 65 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0% 0 12345678910 OMAD YOR BO'LSIN! Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №6 Abituriyent uchun ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari. 1 / 10 1. Berilgan qaysi fe’llar qatorining oldidan tushum kelishigi shaklidagi so’zlarni qo’llash mumkin? A) yurmoq, bormoq, jilmaymoq B) kelmoq, bermoq, uzmoq C) olmoq, sezmoq, tuymoq D) topmoq, cho’zmoq, zo’raymoq 2 / 10 2. Qaysi gapda fe’l turkumiga oid so’z imloviy jihatdan xato yozilgan? A) Aybin bilmay ketgan Akmal Ikromlar, Fayzullodek mard-u maydonlaring bor. B) Qodiriyni sotib shoir bo’lganlar – Mehrobingdan chiqqan chayonlaring bor. C) Shovilladi tun bo’yi shamol, Qaldiroqlar ko’chdi larzakor. D) Qayinbarglar yopib qaro ko’zini, Olislarda qolgan Usmonlaring bor. 3 / 10 3. Qaysi javobda “igna ustida o’tirmoq” iborasining ma’nosi berilgan? A) gumonsiramoq B) og’riqni his etmoq C) bezovta bo’lmoq D) shoshib qolmoq 4 / 10 4. Qaysi javobda teng bog’lovchi yordamida bog’langan qo’shma gap berilgan? A) Chin do’st yurakdan so’zlar, chunki u sening yomon bo’lishingni aslo xohlamaydi. B) Xalqni qo’rqitgan emas, balki dardiga sherik bo’lgan odam marddir. C) Nimaiki senga zarar keltirsa, o’sha narsani boshqalarga ham ravo ko’rma. D) Yo zardo’zi to’ning to’zibmi qoldi, Yoki so’kildimi suvsar telpaging? 5 / 10 5. Qaysi gapda imloviy jihatdan xato yozilgan so’z ishtirok etgan? A) Shahar ko’chalarida, bog’larda, qir-u adirlarda bahor nafasi ufuradi. B) Bu yerda qattiq a’yoz kunlar kam bo’ladi. C) Yomg’irli kunlar tez-tez iliq kunlar bilan almashinib turadi. D) Mevasini ko’tarolmagan shox qarsillab sindi. 6 / 10 6. Qaysi gapda ega ishtirok etgan? A) Yomonni tanqid qil, Yaxshiga – taqlid. B) Avval o’ylash kerak, so’ngra soz’lash kerak. C) Yomonda or bo’lmas, Yaxshi xor bo’lmas. D) Arqog’ini ko’rib bo’zini ol, Onasini ko’rib – qizini. 7 / 10 7. Lekin men bu gapnio hech kimga aytmagan edim. Ushbu gapda olmoshning ma’no jihatdan necha turi qatnashgan? A) 2 B) 3 C) 4 D) 1 8 / 10 8. Ma’nodosh so’zlar qatorida ularga xos bo’lmagan so’z qatnashgan javobni toping. A) tushunmoq, anglamoq, fahmlamoq, ilg’amoq B) chiroyli, go’zal, suluv, barno C) do’st, o’rtoq, og’ayni, oshna D) ko’p, ancha, mo’l, xiyol 9 / 10 9. Qaysi gapda chiziqcha noto’g’ri qo’llangan? A) XX asr ilm-fan sohasida muhim ixtirolar asri bo’ldi. B) Onasi uning orqasidan hay-haylagancha qoldi. C) Ular shu tariqa baxtli-saodatli umr kechirishibdi. D) Men, oyimning aytishicha, o’sha yilning 15-martida tug’ilgan ekanman. 10 / 10 10. Qaysi javobda “zamonaviy ishlab chiqarishni boshqarish (rejalash, tartibga solish, nazorat qilish), shuningdek, ishlab chiqarishga rahbarlik qilish, uni tashkil etish; boshqarish to’g’risidagi fan” ma’nosini beruvchi atama berilgan? A) menejer B) menejment C) strategiya D) monitoring 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 33 Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №32
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 9 Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №31
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 6 Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №30
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 6 Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №29