Uy » Abituriyent » Majburiy blok » Ona tili va adabiyot majburiy blok » Ona tili va adabiyot majburiy blok №6 Ona tili va adabiyot majburiy blok Ona tili va adabiyot majburiy blok №6 InfoMaster May 2, 2024 86 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0% 0 Savollar 12345678910 OMAD YOR BO'LSIN! Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №6 Abituriyent uchun ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari. 1 / 10 1. Qaysi gapda chiziqcha noto’g’ri qo’llangan? A) Onasi uning orqasidan hay-haylagancha qoldi. B) XX asr ilm-fan sohasida muhim ixtirolar asri bo’ldi. C) Men, oyimning aytishicha, o’sha yilning 15-martida tug’ilgan ekanman. D) Ular shu tariqa baxtli-saodatli umr kechirishibdi. 2 / 10 2. Salqin saharlarda, bodom gulida, Binafsha labida, yerlarda bahor, Qushlarning parvozi, yellarning nozi, Baxmal vodiylarda, qirlarda bahor… Ushbu she’riy parchada ajratib ko’rsatilgan so’zlardan nechtasi ko’chma ma’noda qo’llangan? A) 4 B) 2 C) 5 D) 3 3 / 10 3. Berilgan birliklardan faqat bog’lovchilar ko’rsatilgan javobni toping. A) uchun, singari, hamda B) xuddi, chunki, haqida C) agar, hamda, ammo D) faqat, hamda, chunki 4 / 10 4. Qaysi javobda teng bog’lovchi yordamida bog’langan qo’shma gap berilgan? A) Yo zardo’zi to’ning to’zibmi qoldi, Yoki so’kildimi suvsar telpaging? B) Nimaiki senga zarar keltirsa, o’sha narsani boshqalarga ham ravo ko’rma. C) Chin do’st yurakdan so’zlar, chunki u sening yomon bo’lishingni aslo xohlamaydi. D) Xalqni qo’rqitgan emas, balki dardiga sherik bo’lgan odam marddir. 5 / 10 5. Qaysi gapda paronim qo’llash bilan bog’liq xatolik mavjud? A) Ayni bizbop ketmon ekan, endi hech ham qiynalmaymiz. B) Ot abzalin shayladi, o’q-anjomin boyladi. C) Mashina dovon tepasiga ko’tarilar ekan, derazadan salqin shamol urildi. D) Ularning tup maqsadini bilib olishimiz kerak. 6 / 10 6. Qaysi javobda “zamonaviy ishlab chiqarishni boshqarish (rejalash, tartibga solish, nazorat qilish), shuningdek, ishlab chiqarishga rahbarlik qilish, uni tashkil etish; boshqarish to’g’risidagi fan” ma’nosini beruvchi atama berilgan? A) strategiya B) menejer C) menejment D) monitoring 7 / 10 7. Lekin men bu gapnio hech kimga aytmagan edim. Ushbu gapda olmoshning ma’no jihatdan necha turi qatnashgan? A) 2 B) 1 C) 3 D) 4 8 / 10 8. Qaysi javobda “igna ustida o’tirmoq” iborasining ma’nosi berilgan? A) shoshib qolmoq B) og’riqni his etmoq C) gumonsiramoq D) bezovta bo’lmoq 9 / 10 9. Ma’nodosh so’zlar qatorida ularga xos bo’lmagan so’z qatnashgan javobni toping. A) tushunmoq, anglamoq, fahmlamoq, ilg’amoq B) chiroyli, go’zal, suluv, barno C) do’st, o’rtoq, og’ayni, oshna D) ko’p, ancha, mo’l, xiyol 10 / 10 10. Qaysi gapda fe’l turkumiga oid so’z imloviy jihatdan xato yozilgan? A) Qodiriyni sotib shoir bo’lganlar – Mehrobingdan chiqqan chayonlaring bor. B) Qayinbarglar yopib qaro ko’zini, Olislarda qolgan Usmonlaring bor. C) Aybin bilmay ketgan Akmal Ikromlar, Fayzullodek mard-u maydonlaring bor. D) Shovilladi tun bo’yi shamol, Qaldiroqlar ko’chdi larzakor. 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 33 Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №32
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 9 Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №31
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 6 Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №30
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 6 Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №29