Uy » Online olimpiada » Ona tili va adabiyot olimpiada » 8-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №1 Ona tili va adabiyot olimpiada 8-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №1 InfoMaster Aprel 21, 2022 920 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 1 0 Savollar 12345678910111213141516171819202122232425 Vaqtingiz tugadi! 8-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №1 2019-yil bilimlar bellashuvida tushgan savollar 1 / 25 Musulmon Sharqi xalqlari adabiyotlarida eng ko’p tarqalgan lirik janr qaysi? A) g’azal B) ruboiy C) chiston D) qit’a 2 / 25 So‘zlarning teng bog‘lanishi nimani ho‘sil qiladi? A) uyushiq gaplarni B) so‘z qo‘shilmalarini C) so‘z birikmasini D) takroriy so‘zlarni 3 / 25 T. Sulaymonnning 1976-yilda chiqqan asarlari nomi qaysi qatorda? A) ”Iltijo”, “To’ybosh” B) “Yov qochdi”, “Iltijo” C) “Intizor”, “Xarsang” D) “Iltijo”, “Alhazar” 4 / 25 Quyidagi qaysi gapda ega bilan ot kesim orasida tire ishlatilishi lozim? A) Do‘stlarimni yaxshi ko‘raman. B) Kitob bilim manbayi. C) Men baxtli insonman. D) Hammayoq top-toza chiroyli. 5 / 25 “Qaror qilindi”, “inobatga olinsin” kabi qoliplashgan so‘z va so‘z birikmalari qaysi uslubda uchraydi? A) ilmiy B) badiiy C) rasmiy-idoraviy D) so‘zlashuv 6 / 25 Muqimiyning “Sayohatnoma” asarida qaysi joy firdavs bog‘iga o‘xshatiladi? A) Do‘rmancha B) Oltiariq C) O‘ltarma D) Roshidon 7 / 25 “Kuntug’mish” dostonida Qur’oni karimni o’rtaga qo’yib do’st tutingan, lekin ahdiga vafo qilmagan obrazni belgilang. A) Azbarxo’ja B) Mullavachcha C) Mohiboy D) Qosim 8 / 25 Insholar didaktik maqsadlarga ko‘ra nechta turga bo‘linadi? A) 2 B) turga bo’linmaydi C) 4 D) 3 9 / 25 Quyidagilardan qaysi biri yordamchi so’z turkumi hisoblanmaydi? A) bog’lovchi B) yuklama C) modal D) ko’makchi 10 / 25 Kimning turmush o’rtog’i Amiriy taxallusi bilan ijod qilgan? A) Nodira B) Anbar otin C) Dilshodi Barno D) Uvaysiy 11 / 25 “Ulug’bek fojiasi” asarida Ulug’bek kimga nisbatan “Sadoqatli mard sardorim” deb murojaat etadi? A) Bek Arslonga B) Ota Murodga C) Ali Qushchiga D) Berdiyorga 12 / 25 Barchasi bitishuv yo‘li bilan hosil bo‘lgan so‘z birikmalari qatorini aniqlang. A) gul atri, tez yugurmoq, kitob o‘qimoq B) baxtli voqea, milliy g‘oya, sof havo C) maktab bog‘i, mehr bilan boqmoq, shahar kezmoq D) yurt kezgan, shahar ko‘chalari, bahor havosi 13 / 25 Undov gap so‘roq gapdan hosil bo‘lgan bo‘lsa qanday tinish belgisi qo‘yiladi? A) so‘roq B) nuqta C) vergul D) avval so‘roq, keyin undov belgisi qo‘yiladi. 14 / 25 Maqsud Shayxzodaning “Mirzo Ulug`bek” fojiasida Mirzo Ulug`bek ilm ahlining “sim qanotli aravasi” uchib boruvchi baxt shahrini qanday rangda deb ataydi? A) zangori rang B) marvarid rang C) firuzarang D) bika rang 15 / 25 Kishilarning oilada, ko’cha-ko’yda fikr almashinuvi jarayonida qo’llaniladigan nutq uslubini aniqlang. A) rasmiy-idoraviy uslub B) badiiy uslub C) publitsistik uslub D) so’zlashuv uslubi 16 / 25 Insoniy xarakter va ijodiy taqdirni o’zida mujassam etgan she’rlar sirasiga kiruvchi misralar kimning qalamiga mansub? A) T. Sulaymon B) S. Yesinin C) M. Yusuf D) U. Nosir 17 / 25 Sening to’rang nomardlardan emasdir, Mard o’g’lon sevdigin tashlab ketarmi? Mazkur parcha kimning tilidan aytilgan? A) Kuntug’mish B) Mohiboy C) Xolmo’min D) Buvraxon 18 / 25 Men o‘qidim. Ushbu gap ega va kesimning ishtirok etish darajasiga ko‘ra qanday gap? A) atov gap B) so‘z-gap C) sodda yig‘iq gap D) sodda yoyiq gap 19 / 25 Undalmali gaplarning kesimi ko‘pincha qaysi shaxs shaklida bo‘ladi? A) III shaxs B) II va III shaxs C) II shaxs D) I va II shaxs 20 / 25 “Qutadg‘u bilig” dostonida O‘zg‘urmish timsoli nimaning ramzi sifatida qalamga olingan? A) aql va zakovat B) adolat ramzi C) sog‘lomlik ramzi D) ma’naviy qadriyat 21 / 25 Yozuvchilar, shoirlar, olimlar tomonidan ishlangan, qat’iy me’yorlarga ega bo‘lgan nutq ko‘rinishiga nima deyiladi? A) og‘zaki nutq B) yozma nutq C) adabiy nutq D) nutq uslubi 22 / 25 “Yaratish”, “bino qilish”, “qurish” ma’nolarini anglatuvchi so’zni toping. A) matn B) didaktik C) epigraf D) insho 23 / 25 Yozgan asarlari uchun kelajak avlod tomonidan “gullardan haykal” qurilishini orzulagan ijodkor kim va bu qaysi asarda aytib o`tiladi? A) Antuan de Sent Ekzyuperi / “Kichkina Shahzoda” B) Usmon Nosir / “Bog`im” C) Abay / “Nasiha so`zlar” D) Alisher Navoiy / “Sab’ai sayyor” 24 / 25 Olamda katta voqealar ro’y berganda, kichik voqealar ham och tomirlarini cho’zib, fursatni qo’ldan bermay, o’z huquqlarini talab etadi? Ushbu misralar qaysi asardan olingan? A) “Shinor” B) ”Qochoq” C) “Shohnoma” D) “Nur va soyalar” 25 / 25 “Qutadg‘u bilig ”asarining Vena nusxasi qaysi yozuvda ko‘chirilgan? A) arab yozuvida B) uyg‘ur yozuvida C) so‘g‘d yozuvida D) turkiy yozuvida 0% Testni qayta ishga tushiring Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 12 9-10-11 sinflar Ona tili olimpiada №6