Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Biologiya mavzulashtirilgan » 7-sinf Zoologiya » 7-sinf Zoologiya 13-14-15-mavzular 7-sinf Zoologiya 7-sinf Zoologiya 13-14-15-mavzular InfoMaster Aprel 11, 2022 675 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 1 0 Savollar 1234567891011121314151617181920212223242526272829303132333435363738394041424344454647484950 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 7-sinf Zoologiya 13-14-15-mavzular yuzasida testlar 13-mavzu.YOMG’IR CHUVALCHANGINING ICHKI TUZILISHI. 14-mavzu.QORINOYOQLI MOLYUSKALAR SINFI. 15-mavzu.IKKI PALLALI VA QORINOYOQLI MOLYUSKALAR SINFI. 1 / 50 Qaysi sodda hayvonlar doimo o`z shaklini o`zgartirib turadi ? A) tufelka. B) amyoba. C) volvoks. D) evglena. 2 / 50 Bo’shliqichlilarda endoderma qavati qanday vazifani bajaradi A) hazim qilish B) hazim qilish va hazim shirasi ishlab chiqarish C) soxta oyoqlar chiqaradi va ozuqani qamrab oladi D) xivchinlari bilan oziqani hujayralarga haydaydi 3 / 50 Evgelena sitoplazmasida … joylashgan. A) ikkita yadro, ikkita qisqaruvchi vakuola, xromotoforalar, qizil dog’li “ko’zcha” B) bitta yadro, qisqaruvchi vauola, hazm qiluvchi vakuola, xromotoforalar C) bitta yadro, qisqaruvchi vakuola, qizil dog’li “ko’zcha” D) ikkita yadro, qisqaruvchi vakuola, qizil dog’li “ko’zcha” 4 / 50 Aktiniyalar qanday yo’l bilan ko’payadi?1) jinsiy; 2) spora bilan; 3) teng ikkiga bo’linish; 4) kurtaklanish; 5) partenogenez. A) 1, 4 B) 1, 3 C) 1, 2 D) 2, 3 5 / 50 Meduzalar haqida noto’g’ri ma`lumotni ko’rsating. A) meduzalarning paypaslagichlari faqat soyaboni chetida joylashgan B) baliqchilikka birmuncha ziyon keltiradi C) dengiz likopchasi hamma dengizlarda uchraydi D) odamlar uchun xavfli meduzalar shimoliy dengizlarda uchraydi 6 / 50 Quyidagi parazit chuvalchanglardan qaysi biri ichak devoriga taqalib turadi? A) askarida B) exinokokk C) qoramol solityori D) bolalar gijjasi 7 / 50 Rasmda ko’rsatilgan hayvon qaysi tip va sinfga mansub? A) halqali chuvalchanglar tipi,ko’p tuklilar sinfi B) halqali chuvalchanglar tipi,kam tuklilar sinfi C) halqali chuvalchanglar tipi, halqali chuvalchanglar sinfi. D) halqali chuvalchanglar tipi,zuluklar sinfi 8 / 50 Sakkiz oyoqli molluskani belgilang. A) dreysena B) osminog C) kalmar D) karakatitsa 9 / 50 Qaysi chuvalchang suvda sanitarlik rolini o’ynaydi? A) yomg’ir chuvalchangi B) chuchuk suv kam tukli qizil chuvalchangi C) nereida D) o’troq dengiz chuvalchangi 10 / 50 Akvarium baliqlari uchun yem sifatida ko’paytiriladigan hayvonni toping. A) chuchuk suv chuvalchanglari B) zaxkashlar C) o’rgimchaklar D) yomg’ir chuvalchanglari 11 / 50 Yalong’och shilliq qaysi a`zosi orqali nafas oladi? A) jabrasi B) mahsus nafas olish a`zosi bo’lmaydi C) terisi D) o’pkasi 12 / 50 Akvarium baliqlari uchun yemish sifatida ko’paytiriladigan chuvalchanglar keltirilgan javobni toping. A) kiprikli chuvalchanglar B) kam tukli qizil chuvalchanglar C) nerida D) yomg’ir chuvalchangi 13 / 50 Bosh miyasi kuchli rivojlangan, xilma-xil va murakkab reflekslar hosil qiladigan molluskalarni toping.1) ustritsa; 2) kalmar; 3) taroqcha;4) midiya; 5) dreysena; 6) karaktitsa. A) 3, 4 B) 2, 6 C) 2, 5 D) 1, 2 14 / 50 Rasmda1-raqamda tasvirlangan hayvonning nomi va sistematik birliklari to’g’ri ko’rsatilgan javobni aniqlang. A) midiya, molyuskalar tipi ikki pallali molyuskalar sinfi B) perlovitsa,molyuskalar tipi ikki pallali molyuskalar sinfi C) ustritsa,molyuskalar tipi ikki pallali molyuskalar sinfi D) dreysena, molyuskalar tipi ikki pallali molyuskalar sinfi 15 / 50 Qaysi hayvonlar guruhida 3 juft nerv tuguni bo’ladi? A) tok shillig’I, bitiniya, dreysena B) sadafdor, marvariddor, ustritsa C) baqachanoq, suv shillig’I, tishsiz D) nereida, eyzeniya, qum chuvalchang 16 / 50 Paypaslagichlarida juda ko’p so’rg’ichlar joylashgan hayvonlarni toping.1) kalmar; 2) zaxkash; 3) karakatitsa;4) bitiniya; 5) osminog; 6) krab. A) 2, 4, 6 B) 1, 4, 6 C) 1, 2, 3 D) 1, 3, 5 17 / 50 Chuvalchanglardan qaysi biri jabralari orqali nafas oladi? A) qumchuvalchang B) oq planariya C) jigar qurti D) nereida 18 / 50 Yomg’ir chuvalchangi qaysi chuvalchanglardan kelib chiqqan? A) kam tuklilardan B) ko’p tuklilardan C) dengiz chuvalchanglaridan D) yassi chuvalchanglardan 19 / 50 Qon aylanish sistemasi dastlab paydo bo’lgan organzimlarning yuragi … A) bo’lmaydi, qorin qon tomiri qisqarish xususiyatiga ega B) naysimon tuzilgan C) ikki kamerali bo’ladi D) bo’lmaydi, qizilo’ngach atrofida 5-6 ta yo’g’on halqali tomirlari yurak vazifasini bajaradi 20 / 50 Yomg’ir chuvalchangining har qaysi tana bo’g’imida qaysi organlar takrorlanadi?1) qizilo’ngach; 2) qon tomiri; 3) ayirish naychalari; 4) ichak; 5) nerv tuguni; 6) tuxumdon; 7) muskullar. A) 6, 5, 3, 2 B) 1, 5, 2, 4 C) 2, 7, 5, 3 D) 7, 1, 3, 5 21 / 50 Quyidagi organizmlardan qaysi birlari Jabra bilan nafas oladi?1) krab; 2) butli o’rgimchak; 3) chayon; 4) yomg’ir chuvalchangi; 5) dreysena; 6) oq planariya. A) 3, 5 B) 2, 4, 6 C) 1, 5 D) 1, 2, 3 22 / 50 Bir soatda atigi 20-30 sm yo’l bosadigan hayvonni ko’rsating. A) baqachanoq B) gidra C) yomg’ir chuvalchangi D) kichik suv shillig’I 23 / 50 Jigari oshqozon bo’shlig’iga hazm qilish shirasi ishlab chiqaradigan umrtqasiz hayvonni ko’rsating. A) suv shillig’I B) odam ascaridasi C) yomg’ir chuvalchangi D) omar 24 / 50 Jabra orqali nafas olmaydigan hayvonni ko’rsating. A) lansetnik B) suv shillig’i C) baqa lichinkasi D) daryo qisqichbaqasi 25 / 50 Yomg’ir chuvalchangining ayirish sistemasi nimadan iborat? A) bitta tasmasimon buyrak B) yashil bezcha C) har bir halqada joylashgan 1 juft sirtmoqdan D) malpigi naychasi 26 / 50 Suv shillig’ining sezgi a`zolarini ko’rsating. A) paypaslagichlari va ko’zlari B) maxsus sezgi a`zolari bo’lmaydi C) uzun paypaslagichlari, harakatchanpoyachalari D) kalta paypaslagichlari, mo’ylovlari, ko’zlari 27 / 50 Qaysi molluska germofrodit hisoblanadi? A) midiya B) nereida C) suv shillig’I D) osminog 28 / 50 Molluskalar qaysi hayvonlardan kelib chiqqan? A) yassi chuvalchanglardan B) to’garak chuvalchanglardan C) halqali chuvalchanglardan D) ignatrililar 29 / 50 Yomg’ir chuvalchangining hazm qilish organlarini to’g’ri ketma-ketlikda joylashtiring.1) og’iz; 2) halqum; 3) jig’ildon; 4)qizilo’ngach; 5) oshqozon; 6) ichak; 7) anal teshigi. A) 1, 2, 3, 4, 6, 7 B) 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7 C) 1, 2, 4, 5, 6 D) 1, 2, 4, 3, 5, 6, 7 30 / 50 Lichinkalari baliq terisida shish hosil qiladigan organizmni toping. A) baqachanoq B) Kalmar C) jigar qurti D) qizil chuvalchang 31 / 50 Suv shillig’ining chig’anoq ichida halqasimon buralib joylashgan a`zosi (a) va odam ascaridasining tana bo’shlig’ida buralib joylashgan a`zosini (b) ko’rsating. A) a-ichagi; b-jinsiy sistemasi B) a-jinsiy sistemasi; b-nerv sistemasi C) a-ichagi; b-nerv sistemasi D) a-nerv sistemasi; b-jinsiy sistemasi 32 / 50 … ning halqumida mayda tishchalar bilan qoplangan muskulli tilchasi bo’ladi. A) zog’ora baliq B) suv shillig’i C) ildam kaltakesak D) Qora dengiz meduzasi 33 / 50 Go’shti uchun ovlanadigan boshoyoqli molluskalarni toping. A) midiya, ustritsa, taroqcha B) Kalmar, osminog, karakatitsa C) barchasi to’g’ri D) krab, krevetka, langust 34 / 50 Yomg’ir chuvalchangining rasmda tasvirlangan sistemasi uchun xos bo’lgan ma’lumotni aniqlang? A) Kislorod teri orqali kapillyarlardagi qonga o‘tib, hamma organlargatarqaladi. Moddalar almashinuvi natijasida hosil bo‘lgan karbonat angidrid ham teri orqali chiqib ketadi. B) Yomg‘ir chuvalchangi qon aylanish sistemasi o‘zaro tutashgan yirik orqa va qorin qon tomirlaridan iborat.Bu ikki yirik qon tomir halqa tomirlar orqali o‘zaro tutashgan. C) Qizilo‘ngachning kengaygan keyingi qismi jig‘ildon deb ataladi. Jig‘ildon esa kichikroq oshqozonga ochiladi. D) Naychalarning bir uchi tanabo‘shlig‘iga, ikkinchi uchi esa teri orqali tashqariga ochiladi. Naychalarning tana bo‘shlig‘iga ochilgan uchi voronkaga o‘xshab kengaygan bo‘lib, juda ko‘p kiprikchalar bi 35 / 50 Jigar qurti orali qxo’jayinining nafas olish a`zosi nimadan iborat? A) nafas olish a`zosi yo’q B) Jabra C) traxeya D) o’pka 36 / 50 Quyidagi qaysi chuvalchang tanasining orqa qismi ayirisimon shaklda? A) nereida B) askarida C) qizil chuvalchang D) dengiz ko’p tuklisi 37 / 50 Qaysi umrtqasizlarning bosh miyasi kuchli rivojlangan? A) qushlar B) o’rgimchaksimonlar C) ikki palla chig’anoqli molluskalar D) boshoyoqli molluskalar 38 / 50 Boshoqoyoqli molluskalarning tanasi nima bilan qoplangan? A) paypaslagich B) xitin C) teri D) mantiya 39 / 50 Suv shillig’ining yuragi tanasining qaysi qismida joylashgan? A) tananing old tomonida B) qorin qismida C) tananing orqa tomonida D) ko’krak qismida 40 / 50 Nereidaning tuklari tananing ikki yonida har bir tana bo’g’imining ... o’simtalarida to’p-to’p bo’lib joylashgan? A) epiteliyli B) biriktiruvchi C) qoplovchi to’qima D) muskulli 41 / 50 Nerv tizimi uch juft nerv tugunidan iborat bo’lib, ular nerv tolalari yordamida tutashgan hayvonlarni belgilang.1) chumoli; 2) midiya; 3) aktiniya;4) qoraqurt; 5) ustritsa; 6) perlovitsa;7) krab; 8) dreysena. A) 7, 5, 1, 2, 4 B) 2, 5, 6, 8 C) 4, 2, 6, 1, 7 D) 8, 1, 5, 7, 3 42 / 50 Quyidagi hayvonlar tiplaridan qaysilari 3 ta sinfdan tashkil topgan? A) barchasi B) molluskalar C) halqali chuvalchanglar D) yassi chuvalchanglar 43 / 50 Ayirish sistemasi yagona tasmasimon buyrakdan tuzilgan hayvonlarni ko’rsating.1) butli o’rgimchak; 2) dreysena; 3) kana;4) midiya; 5) dafniya; 6) suv shillig’i. A) 2, 4, 6 B) 4, 5, 6 C) 1, 3, 5 D) 1, 2, 3 44 / 50 1-raqmda ko’rsatilgan hayvon nomi va qaysi tip,sinfga mansub ekanligi to’g’ri ko’rsatilgan javobni aniqlang. A) nereida,halqali chuvalchanglar tipi,kam tuklilar sinfi. B) qizil chuvalchang,halqali chuvalchanglar tipi,kam tuklilar sinfi. C) o’troq yashovchi dengiz ko’p tuklisi,halqali chuvalchanglar tipi,ko’p tuklilar sinfi. D) nereida,halqali chuvalchanglar tipi,ko’p tuklilar sinfi. 45 / 50 Rasmda tuzilishi tasvirlangan hayvonning nomi va sistematik birliklari to’g’ri ko’rsatilgan javobni aniqlang. A) perlovitsa,molyuskalar tipi ikki pallali molyuskalar sinfi B) dreysena, molyuskalar tipi ikki pallali molyuskalar sinfi C) midiya, molyuskalar tipi ikki pallali molyuskalar sinfi D) baqachanoq,molyuskalar tipi ikki pallali molyuskalar sinfi 46 / 50 Chuchuk suv shillig’ining qaysi a`zolari bitta?1) ko’zi; 2) paypaslagichi; 3) o’pkasi; 4) so’lak bezi; 5) jabrasi; 6) buyragi; 7) nerv tuguni. A) 3, 4, 6 B) 3, 6 C) 2, 3, 6, 7 D) 1, 4, 5 47 / 50 Chiriyotgan o’simlik qoldiqlarini tuproq bilan qo’shib ichagidan o’tkazadigan hayvonni toping. A) oq planariya B) yomg’ir chuvalchangi C) nereida D) siklop 48 / 50 Ochiq qon aylanish sistemasi dastlab qaysi hayvonlarda paydo bo’lgan? A) lansetniklar B) halqali chuvalchanglar C) bo’g’imoyoqlilar D) molluskalar 49 / 50 Rasmda ko’rsatilgan hayvonning yuragi qanday tuzilishga ega? A) ikkita yurak qorinchasi, bitta yurak bo’lmachasi B) 3 juft teshikka ega yurak C) yurak vazifasini qizilo’ngach atrofidagi yirik qon tomirlari bajaradi D) bitta yurak bo’lmasi, bitta yurak qorinchasi 50 / 50 Qaysi molluskalar O’zbekistonda uchramaydi?1) Kalmar; 2) dreysena; 3) midiya;4) yalang’och shilliq; 5) tok shillig’i. A) 1, 2, 3, 4, 5 B) 1, 3, 4 C) 1, 3, 5 D) 1, 4 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 3 7-sinf Zoologiya 58-59-mavzular yuzasida testlar
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 1 7-sinf Zoologiya 55-56-57-mavzular yuzasida testlar
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 2 7-sinf Zoologiya 52-53-54-mavzular yuzasida testlar
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 5 7-sinf Zoologiya 49-50-51-mavzular yuzasida testlar