Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Biologiya mavzulashtirilgan » 7-sinf Zoologiya » 7-sinf Zoologiya 13-14-15-mavzular 7-sinf Zoologiya 7-sinf Zoologiya 13-14-15-mavzular InfoMaster Aprel 11, 2022 500 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 1 0 1234567891011121314151617181920212223242526272829303132333435363738394041424344454647484950 7-sinf Zoologiya 13-14-15-mavzular yuzasida testlar 13-mavzu.YOMG’IR CHUVALCHANGINING ICHKI TUZILISHI. 14-mavzu.QORINOYOQLI MOLYUSKALAR SINFI. 15-mavzu.IKKI PALLALI VA QORINOYOQLI MOLYUSKALAR SINFI. 1 / 50 Qaysi olim hayvonlarni o‘rganishni boshlab bergan(a), bir hujayrali hayvonlarni kashf etgan(b), hayvonlarni sistemaga solib o‘rganishni(v) taklif etgan?1) Ibn Sino; 2) A.Levenguk; 3) Arastu; 4) K.Linney; A) a-2, b-1,v-4 B) a-1,b-2,v-3 C) a-4; b-2, v-1 D) a-3, b-2, v-4 2 / 50 Gidraning tuxum va urug’ hujayralari qaysi paytda hosil bo’ladi? A) noqulay sharoitda, kuzda B) bahor va yozda, suv iliq bo’lganda C) kunlar isiganda, bahorda D) qulay sharoitda, bahor va yozda 3 / 50 Rasmda 1-raqam bilan bezgak parazitining qaysi xususiyati tasvirlangan? A) ] parazitning bo‘linib ko‘payishi B) qizil qon hujayrasiga kirayotgan parazit C) parazitlarning qon hujayrasidan qon plazmasiga chiqishi D) parazitning qizil qon hujayrasida o‘sishi 4 / 50 Tuxumlari yem-xashak yoki suv orqali qoramollarga yuqadigan parazit chuvalchangga xos bo’lmagan xususiyatni toping. A) jinsiy a`zolari har bir bo’g’imida takrorlanadi B) lichinkalari 6 ilmoqchali bo’lib, finnasi orqali asosiy xo’jayiniga yuqadi C) boshida 4 juft so’rg’ichi hamda ko’plab ilmoqchalari bo’ladi D) asosiy xo’jayini-odam, oraliq xo’jayini- qoramol hisoblanadi 5 / 50 Rasmda qaysi parazitning rivojlanishi tasvirlangan? A) askarida B) exinokokk C) qoramol tasmasimoni D) jigar qurti 6 / 50 Kartoshka parazitini aniqlang. A) zang B) gommoz C) qorakuya D) nematode 7 / 50 Halqali chuvalchanglar tipi qanday sinflarga bo’linadi 1.kam tuklilar 2.ko’p tuklilar 3.so’rg’ichlilar 4.kiprikli 5.tasmasimonlar 6.zulliklar A) 3.4.5 B) 1.2.4 C) 1.2.6 D) 3.5.6 8 / 50 Yomg’ir chuvalchangi qaysi chuvalchanglardan kelib chiqqan? A) kam tuklilardan B) yassi chuvalchanglardan C) dengiz chuvalchanglaridan D) ko’p tuklilardan 9 / 50 Akvarium baliqlari uchun yemish sifatida ko’paytiriladigan chuvalchanglar keltirilgan javobni toping. A) yomg’ir chuvalchangi B) nerida C) kiprikli chuvalchanglar D) kam tukli qizil chuvalchanglar 10 / 50 Jigari oshqozon bo’shlig’iga hazm qilish shirasi ishlab chiqaradigan umrtqasiz hayvonni ko’rsating. A) yomg’ir chuvalchangi B) suv shillig’I C) omar D) odam ascaridasi 11 / 50 Yomg’ir chuvalchangining hazm qilish organlarini to’g’ri ketma-ketlikda joylashtiring.1) og’iz; 2) halqum; 3) jig’ildon; 4)qizilo’ngach; 5) oshqozon; 6) ichak; 7) anal teshigi. A) 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7 B) 1, 2, 4, 5, 6 C) 1, 2, 3, 4, 6, 7 D) 1, 2, 4, 3, 5, 6, 7 12 / 50 Paypaslagichlarida juda ko’p so’rg’ichlar joylashgan hayvonlarni toping.1) kalmar; 2) zaxkash; 3) karakatitsa;4) bitiniya; 5) osminog; 6) krab. A) 1, 2, 3 B) 1, 4, 6 C) 2, 4, 6 D) 1, 3, 5 13 / 50 Yomg’ir chuvalchangining rasmda tasvirlangan sistemasi uchun xos bo’lgan ma’lumotni aniqlang? A) Naychalarning bir uchi tanabo‘shlig‘iga, ikkinchi uchi esa teri orqali tashqariga ochiladi. Naychalarning tana bo‘shlig‘iga ochilgan uchi voronkaga o‘xshab kengaygan bo‘lib, juda ko‘p kiprikchalar bi B) Qizilo‘ngachning kengaygan keyingi qismi jig‘ildon deb ataladi. Jig‘ildon esa kichikroq oshqozonga ochiladi. C) Kislorod teri orqali kapillyarlardagi qonga o‘tib, hamma organlargatarqaladi. Moddalar almashinuvi natijasida hosil bo‘lgan karbonat angidrid ham teri orqali chiqib ketadi. D) Yomg‘ir chuvalchangi qon aylanish sistemasi o‘zaro tutashgan yirik orqa va qorin qon tomirlaridan iborat.Bu ikki yirik qon tomir halqa tomirlar orqali o‘zaro tutashgan. 14 / 50 Suv shillig’ining sezgi a`zolarini ko’rsating. A) maxsus sezgi a`zolari bo’lmaydi B) uzun paypaslagichlari, harakatchanpoyachalari C) kalta paypaslagichlari, mo’ylovlari, ko’zlari D) paypaslagichlari va ko’zlari 15 / 50 Suv shillig’ining chig’anoq ichida halqasimon buralib joylashgan a`zosi (a) va odam ascaridasining tana bo’shlig’ida buralib joylashgan a`zosini (b) ko’rsating. A) a-ichagi; b-jinsiy sistemasi B) a-ichagi; b-nerv sistemasi C) a-nerv sistemasi; b-jinsiy sistemasi D) a-jinsiy sistemasi; b-nerv sistemasi 16 / 50 Suv shillig’ining yuragi tanasining qaysi qismida joylashgan? A) tananing orqa tomonida B) ko’krak qismida C) qorin qismida D) tananing old tomonida 17 / 50 Ochiq qon aylanish sistemasi dastlab qaysi hayvonlarda paydo bo’lgan? A) molluskalar B) bo’g’imoyoqlilar C) halqali chuvalchanglar D) lansetniklar 18 / 50 … ning halqumida mayda tishchalar bilan qoplangan muskulli tilchasi bo’ladi. A) suv shillig’i B) zog’ora baliq C) ildam kaltakesak D) Qora dengiz meduzasi 19 / 50 Yalong’och shilliq qaysi a`zosi orqali nafas oladi? A) terisi B) mahsus nafas olish a`zosi bo’lmaydi C) o’pkasi D) jabrasi 20 / 50 Qaysi hayvonlar guruhida 3 juft nerv tuguni bo’ladi? A) baqachanoq, suv shillig’I, tishsiz B) tok shillig’I, bitiniya, dreysena C) nereida, eyzeniya, qum chuvalchang D) sadafdor, marvariddor, ustritsa 21 / 50 Akvarium baliqlari uchun yem sifatida ko’paytiriladigan hayvonni toping. A) zaxkashlar B) o’rgimchaklar C) yomg’ir chuvalchanglari D) chuchuk suv chuvalchanglari 22 / 50 Yomg’ir chuvalchangining ayirish sistemasi nimadan iborat? A) bitta tasmasimon buyrak B) har bir halqada joylashgan 1 juft sirtmoqdan C) malpigi naychasi D) yashil bezcha 23 / 50 Jabra orqali nafas olmaydigan hayvonni ko’rsating. A) lansetnik B) baqa lichinkasi C) daryo qisqichbaqasi D) suv shillig’i 24 / 50 1-raqmda ko’rsatilgan hayvon nomi va qaysi tip,sinfga mansub ekanligi to’g’ri ko’rsatilgan javobni aniqlang. A) qizil chuvalchang,halqali chuvalchanglar tipi,kam tuklilar sinfi. B) nereida,halqali chuvalchanglar tipi,kam tuklilar sinfi. C) nereida,halqali chuvalchanglar tipi,ko’p tuklilar sinfi. D) o’troq yashovchi dengiz ko’p tuklisi,halqali chuvalchanglar tipi,ko’p tuklilar sinfi. 25 / 50 Quyidagi qaysi chuvalchang tanasining orqa qismi ayirisimon shaklda? A) dengiz ko’p tuklisi B) askarida C) nereida D) qizil chuvalchang 26 / 50 Nerv tizimi uch juft nerv tugunidan iborat bo’lib, ular nerv tolalari yordamida tutashgan hayvonlarni belgilang.1) chumoli; 2) midiya; 3) aktiniya;4) qoraqurt; 5) ustritsa; 6) perlovitsa;7) krab; 8) dreysena. A) 2, 5, 6, 8 B) 8, 1, 5, 7, 3 C) 4, 2, 6, 1, 7 D) 7, 5, 1, 2, 4 27 / 50 Yomg’ir chuvalchangining har qaysi tana bo’g’imida qaysi organlar takrorlanadi?1) qizilo’ngach; 2) qon tomiri; 3) ayirish naychalari; 4) ichak; 5) nerv tuguni; 6) tuxumdon; 7) muskullar. A) 1, 5, 2, 4 B) 6, 5, 3, 2 C) 7, 1, 3, 5 D) 2, 7, 5, 3 28 / 50 Ayirish sistemasi yagona tasmasimon buyrakdan tuzilgan hayvonlarni ko’rsating.1) butli o’rgimchak; 2) dreysena; 3) kana;4) midiya; 5) dafniya; 6) suv shillig’i. A) 4, 5, 6 B) 1, 3, 5 C) 2, 4, 6 D) 1, 2, 3 29 / 50 Go’shti uchun ovlanadigan boshoyoqli molluskalarni toping. A) krab, krevetka, langust B) midiya, ustritsa, taroqcha C) barchasi to’g’ri D) Kalmar, osminog, karakatitsa 30 / 50 Bir soatda atigi 20-30 sm yo’l bosadigan hayvonni ko’rsating. A) kichik suv shillig’I B) yomg’ir chuvalchangi C) baqachanoq D) gidra 31 / 50 Qaysi molluska germofrodit hisoblanadi? A) osminog B) midiya C) nereida D) suv shillig’I 32 / 50 Chuvalchanglardan qaysi biri jabralari orqali nafas oladi? A) qumchuvalchang B) oq planariya C) jigar qurti D) nereida 33 / 50 Chiriyotgan o’simlik qoldiqlarini tuproq bilan qo’shib ichagidan o’tkazadigan hayvonni toping. A) oq planariya B) siklop C) nereida D) yomg’ir chuvalchangi 34 / 50 Lichinkalari baliq terisida shish hosil qiladigan organizmni toping. A) baqachanoq B) Kalmar C) jigar qurti D) qizil chuvalchang 35 / 50 Rasmda1-raqamda tasvirlangan hayvonning nomi va sistematik birliklari to’g’ri ko’rsatilgan javobni aniqlang. A) midiya, molyuskalar tipi ikki pallali molyuskalar sinfi B) ustritsa,molyuskalar tipi ikki pallali molyuskalar sinfi C) dreysena, molyuskalar tipi ikki pallali molyuskalar sinfi D) perlovitsa,molyuskalar tipi ikki pallali molyuskalar sinfi 36 / 50 Jigar qurti orali qxo’jayinining nafas olish a`zosi nimadan iborat? A) nafas olish a`zosi yo’q B) Jabra C) traxeya D) o’pka 37 / 50 Chuchuk suv shillig’ining qaysi a`zolari bitta?1) ko’zi; 2) paypaslagichi; 3) o’pkasi; 4) so’lak bezi; 5) jabrasi; 6) buyragi; 7) nerv tuguni. A) 1, 4, 5 B) 3, 4, 6 C) 2, 3, 6, 7 D) 3, 6 38 / 50 Qaysi chuvalchang suvda sanitarlik rolini o’ynaydi? A) chuchuk suv kam tukli qizil chuvalchangi B) yomg’ir chuvalchangi C) o’troq dengiz chuvalchangi D) nereida 39 / 50 Qaysi molluskalar O’zbekistonda uchramaydi?1) Kalmar; 2) dreysena; 3) midiya;4) yalang’och shilliq; 5) tok shillig’i. A) 1, 2, 3, 4, 5 B) 1, 4 C) 1, 3, 5 D) 1, 3, 4 40 / 50 Qon aylanish sistemasi dastlab paydo bo’lgan organzimlarning yuragi … A) ikki kamerali bo’ladi B) naysimon tuzilgan C) bo’lmaydi, qizilo’ngach atrofida 5-6 ta yo’g’on halqali tomirlari yurak vazifasini bajaradi D) bo’lmaydi, qorin qon tomiri qisqarish xususiyatiga ega 41 / 50 Molluskalar qaysi hayvonlardan kelib chiqqan? A) halqali chuvalchanglardan B) ignatrililar C) to’garak chuvalchanglardan D) yassi chuvalchanglardan 42 / 50 Quyidagi hayvonlar tiplaridan qaysilari 3 ta sinfdan tashkil topgan? A) barchasi B) halqali chuvalchanglar C) yassi chuvalchanglar D) molluskalar 43 / 50 Quyidagi organizmlardan qaysi birlari Jabra bilan nafas oladi?1) krab; 2) butli o’rgimchak; 3) chayon; 4) yomg’ir chuvalchangi; 5) dreysena; 6) oq planariya. A) 2, 4, 6 B) 1, 5 C) 1, 2, 3 D) 3, 5 44 / 50 Sakkiz oyoqli molluskani belgilang. A) osminog B) karakatitsa C) kalmar D) dreysena 45 / 50 Rasmda tuzilishi tasvirlangan hayvonning nomi va sistematik birliklari to’g’ri ko’rsatilgan javobni aniqlang. A) midiya, molyuskalar tipi ikki pallali molyuskalar sinfi B) perlovitsa,molyuskalar tipi ikki pallali molyuskalar sinfi C) baqachanoq,molyuskalar tipi ikki pallali molyuskalar sinfi D) dreysena, molyuskalar tipi ikki pallali molyuskalar sinfi 46 / 50 Qaysi umrtqasizlarning bosh miyasi kuchli rivojlangan? A) qushlar B) boshoyoqli molluskalar C) ikki palla chig’anoqli molluskalar D) o’rgimchaksimonlar 47 / 50 Bosh miyasi kuchli rivojlangan, xilma-xil va murakkab reflekslar hosil qiladigan molluskalarni toping.1) ustritsa; 2) kalmar; 3) taroqcha;4) midiya; 5) dreysena; 6) karaktitsa. A) 3, 4 B) 2, 6 C) 1, 2 D) 2, 5 48 / 50 Boshoqoyoqli molluskalarning tanasi nima bilan qoplangan? A) paypaslagich B) teri C) mantiya D) xitin 49 / 50 Rasmda ko’rsatilgan hayvonning yuragi qanday tuzilishga ega? A) 3 juft teshikka ega yurak B) bitta yurak bo’lmasi, bitta yurak qorinchasi C) yurak vazifasini qizilo’ngach atrofidagi yirik qon tomirlari bajaradi D) ikkita yurak qorinchasi, bitta yurak bo’lmachasi 50 / 50 Nereidaning tuklari tananing ikki yonida har bir tana bo’g’imining ... o’simtalarida to’p-to’p bo’lib joylashgan? A) biriktiruvchi B) epiteliyli C) muskulli D) qoplovchi to’qima 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 2 7-sinf Zoologiya 58-59-mavzular yuzasida testlar
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 0 7-sinf Zoologiya 55-56-57-mavzular yuzasida testlar
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 1 7-sinf Zoologiya 52-53-54-mavzular yuzasida testlar
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 3 7-sinf Zoologiya 49-50-51-mavzular yuzasida testlar