Uy » Online olimpiada » Ona tili va adabiyot olimpiada » 11-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №1 Ona tili va adabiyot olimpiadaTuman 2021-2022 o'quv yili 11-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №1 InfoMaster Avgust 19, 2024 3090 Ko'rishlar 7 izohlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 4 8 Savollar 12345678910111213141516171819202122232425 Vaqtingiz tugadi! 11-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №1 2021-yil tuman bosqichida tushgan savollar 1 / 25 Qaysi javobdagi barcha so‘zlar tarkibida til orqa burun undoshi qatnashgan? A) tongi, yengildi, dengiz B) so‘nggi, kongress, tungi C) jarang, singil, bugungi D) tong, shtanga, ko‘rdingiz 2 / 25 Quyida berilganlardan qaysilari modal so‘z hisoblanadi? 1) xullas; 2) faqat; 3) darhaqiqat; 4) xayriyat; 5) chunki; 6) biroq. A) С) 1, 3, 4 B) 3, 4, 5, 6 C) 2, 3, 6 D) 1, 2, 4, 5 3 / 25 «Abdulla Qodiriy iste’dodli, qalbi butun va o‘ziga xos ravishdagi shaxs edi... Abdulla Qodiriyning prozasi, birinchi navbatda, g‘oyatda hayotiyligi bilan ajralib turadi», – degan fikrni kim aytgan? A) Oybek. B) Abdulla Qodiriy. C) Erkin Vohidov D) Abdulla Oripov 4 / 25 Qaysi javobda asosi omonim bo‘lgan tub so‘z berilgan? A) tuzlamoq B) kechikmoq C) changimoq D) oqizmoq 5 / 25 Yasama so‘z berilmagan javobni toping. A) Uzr, o‘rtoq, kitobimni Husnoraga berib yuborgan edim B) Bizni ko‘rib Dildora xonada yozilib yotgan to‘shaklarni yig’ishtira ketdi C) Hamma vaqt ham biz istaganday bo‘lavermaydi D) U ko‘chaning boshida turib dodlar edi 6 / 25 «Alisherbek naziri yo‘q kishi erdi. Turkiy til bila to she’r aytibturlar, hech kim oncha ko‘p va xo‘b aytqon emas» deb Navoiy haqida kim aytgan? A) Rashidiy. B) Hakimshoh Qazviniy. C) Bobur. D) Xondamir. 7 / 25 Behbudiy Arab tili grammatikasini qaysi tog‘asidan o‘rgangan? A) Muhammad Siddiq B) Mulla Odil C) Muhammad Sodiq D) Muhammad Solih 8 / 25 Darhaqiqat, buyuk bobomiz faqat turkey emas, forsiy, arabiy, urdu, xitoy, mo‘g‘ul va boshqa tillardagi so‘zlardan ham mahorat bilan foydalangan. Ushbu gapda yordamchi so‘z turkumlariga mansub so‘zlar soni nechta? A) 3 B) 2 C) 4 D) 5 9 / 25 She’riy parchada kesimlar qaysi so‘z turkumlari bilan ifodalangan? Bulutlar haydar shamol Goh yog’ib o‘tar yomg’ir Barglar pokiza,zilol Goh quyosh to‘kadi nur. A) ot, fe’l B) ot, sifat, C) ot, sifat ,fe’l D) sifat ,fe’l 10 / 25 Nozuklik ichra belicha yo‘q tori gesuyi, O‘z haddini bilib belidin o‘ltirur quyi. Qaysi san’at qo‘llangan? A) tajnis B) tajohil orif C) husni ta’lil D) tardi aks 11 / 25 Fe’l+fe’l shaklidagi qo‘shma fe’llarni toping. A) isib ketdi, yozib bordi B) quvonib keldi,shoshilib qo‘ydi C) sotib yubormoq,o‘ylab qolmoq D) olib qochmoq, ishlab chiqarmoq 12 / 25 Yoyiq undalma qatnashgan qo‘shma gapni aniqlang. A) Chimxo‘rsan-da, shirin qizim, shu ham osh yeyishmi? B) Kamtarlik qilma, Yigitali, buni o‘zingning halol mehnating tufayli olding C) Mening uchun xo‘p deya qolgin, jon o‘rtoq D) Darhaqiqat, vatangadolikdan og‘ir dard yo‘q, do‘stim. 13 / 25 Qaysi javobda ot turkumiga oid o‘zaro ma’nodosh so‘zlar juftligi berilgan? A) tabassum - yig‘i B) tantiqlik – saxiylik C) husn - go‘zal D) sovg‘a – tuhfa 14 / 25 «O‘tkan kunlar» romani asosida suratga olingan filmda Homid rolida qaysi artist o‘ynagan? A) Yoqub Ahmedov. B) Hamza Umarov C) O‘lmas Alixo‘jayev D) Abbos Bakirov 15 / 25 Qaysi gapda fonetik o‘zgarish lug’aviy shakl yasovchi ta’sirida paydo bo‘lgan so‘z qatnashgan? A) So‘nggi pushaymon o‘zingga dushman B) Orzum shul: o‘chmasin yongan chirog’ing C) Qiynalib erishilgan har bir narsa aziz D) Yurtidan ayrilgan yetti yil yig’lar 16 / 25 Bobur tarjima qilgan asar qaysi? A) «Risolayi volidiya» B) «Tarixi Rashidiy» C) «Mubayyin» D) «Xatti Boburiy» 17 / 25 Shekspirning qaysi asari “Greyz Inn” tetrida sahnaga qo‘yilgan? A) Venera va Adonis B) Hamlet C) Xatolar komediyasi D) Romeo va Julyetta 18 / 25 Qaysi javobda egalik qo‘shimchasi qo‘shilganda tovush o‘zgarishi bilan yoziladigan tub so‘zlar qatori berilgan? A) axloq, tirnoq, pishloq B) yurak, buyruq, kerak C) bilak, qovoq, chelak D) sovuq, sana, o‘yin 19 / 25 Qaysi qatorda holat ravishi o‘timsiz fe’lga bog’langan? A) U eshik oldida hech narsa bo‘lmaganday,gerdayib turardi B) Qaysidir voqea sabab Karimaga qasddan turxmat qildi C) Uyiga kelib biroz toliqqanini his qildi D) Kechga yaqin charchab, arang yetib kelishdi 20 / 25 Qaysi gapda / / shartli belgisi o‘rnida tire tinish belgisi tushirib qoldirilgan? A) Tarixni o‘rganishdan asosiy maqsad / / milliy o‘zligimizni chuqurroq anglash. B) Bildi ota / / foydasizdir kurashmoq. C) Ehtimol, sizda ham shunday hollar bo‘lgandir / / tun yarmidan og‘ganda birdan uyg‘onib ketasiz. D) Mening opam ham / / talaba, bu yil oliygohga kirdilar. 21 / 25 Qaysi gapda imloviy xatolikka yo‘l qo‘yilgan? A) O ‘g‘il bolalar ariqlarni tozaladilar, qizlar esa hovlini supurdilar. B) Onam qo‘y go‘shtini o‘z yog‘iga qovurib berdilar. C) Sap-sariq qovunlarning xushbo‘y hidi anqib turardi. D) Bugun yumushlarim ko‘payib ketdi, siz aytkan joyga bora olmadim. 22 / 25 Qaysi gap tarkibida sifatdosh mavjud? A) Bilmaslik ayb emas,bilishni xohlamaslik ayb B) Taxtga chiqqach adolat bilan ish ko‘ribdi C) Jahli chiqqanidan hech kim ko‘ziga ko‘rinmas edi D) Rasm chizgani soy bo‘yiga bordik 23 / 25 Buyruq-xitob undovi qatnashgan gapni aniqlang. A) Iya, sen mehmonga kelasan-u, ovoragarchiligi bormi? B) Oh, qanday go‘zal bu olam! C) Ey Luqmoni Hakim, sening dong‘ing tutdi olamni. D) Voy, sen hali yalpiz nimaligini bilmaysanmi? 24 / 25 Qo‘shimcha qo‘shilishi bilan o‘zagida tovush o‘zgarishi bo‘ladigan so‘zlar qatorini toping. A) so‘ra, ravnaq B) o‘rin, gurs C) qayir, qala D) past, qasd 25 / 25 Qaysi javobda o‘zaro zid ma’noli iboralar berilgan? A) ko‘kka ko‘tarmoq, yerga urmoq B) tepa sochi tikka bo‘lmoq, qovog‘idan qor yog‘moq C) do‘ppisini osmonga otmoq, ko‘kka ko‘tarmoq D) tilining uchida turmoq, ko‘z qorachig'iday asramoq 0% Testni qayta ishga tushiring Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 12 9-10-11 sinflar Ona tili olimpiada №6