Uy » Online olimpiada » Ona tili va adabiyot olimpiada » 8-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №1 Ona tili va adabiyot olimpiada 8-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №1 InfoMaster Aprel 21, 2022 914 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 1 0 Savollar 12345678910111213141516171819202122232425 Vaqtingiz tugadi! 8-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №1 2019-yil bilimlar bellashuvida tushgan savollar 1 / 25 Insoniy xarakter va ijodiy taqdirni o’zida mujassam etgan she’rlar sirasiga kiruvchi misralar kimning qalamiga mansub? A) T. Sulaymon B) S. Yesinin C) M. Yusuf D) U. Nosir 2 / 25 “Ulug’bek fojiasi” asarida Ulug’bek kimga nisbatan “Sadoqatli mard sardorim” deb murojaat etadi? A) Ali Qushchiga B) Berdiyorga C) Bek Arslonga D) Ota Murodga 3 / 25 Shaxsi ma’lum gapni toping. A) Keksalikni ko‘prikka tashbeh qiladilar B) Otaning amaliga suyanma C) Kitoblarni kutubxonaga topshirgani ketdi D) Hayotni go‘zalliksiz tasavvur etib bo‘lmaydi 4 / 25 Muqimiyning “Sayohatnoma” asarida qaysi joy firdavs bog‘iga o‘xshatiladi? A) Oltiariq B) Do‘rmancha C) Roshidon D) O‘ltarma 5 / 25 Chinliklar “Qutadg‘u bilig ”asarini qanday antaganlar? A) “Ziynat ul-umaro” B) “Adab ul-muluk” C) “Amin ul- mamlakat” D) “Shohnomai turkiy” 6 / 25 Ot-kesim harakat nomi bilan ifodalangan gapni aniqlang. A) Yaxshi ro’zg’or — jannat, yomon ro’zg’or — do’zax. B) O’zim har joydaman, ko’nglim sandadur C) Chin so`zni yolg`on demak xo`b emas, dog`i chin degulik emas. D) Yo’qoling, siz bilan adi-badi aytishishga vaqtim yo’q! 7 / 25 T. Sulaymonnning 1976-yilda chiqqan asarlari nomi qaysi qatorda? A) “Intizor”, “Xarsang” B) “Iltijo”, “Alhazar” C) “Yov qochdi”, “Iltijo” D) ”Iltijo”, “To’ybosh” 8 / 25 Quyidagi qaysi gapda ega bilan ot kesim orasida tire ishlatilishi lozim? A) Kitob bilim manbayi. B) Do‘stlarimni yaxshi ko‘raman. C) Men baxtli insonman. D) Hammayoq top-toza chiroyli. 9 / 25 Undov gap so‘roq gapdan hosil bo‘lgan bo‘lsa qanday tinish belgisi qo‘yiladi? A) vergul B) nuqta C) so‘roq D) avval so‘roq, keyin undov belgisi qo‘yiladi. 10 / 25 Olamda katta voqealar ro’y berganda, kichik voqealar ham och tomirlarini cho’zib, fursatni qo’ldan bermay, o’z huquqlarini talab etadi? Ushbu misralar qaysi asardan olingan? A) “Shinor” B) “Shohnoma” C) “Nur va soyalar” D) ”Qochoq” 11 / 25 Men o‘qidim. Ushbu gap ega va kesimning ishtirok etish darajasiga ko‘ra qanday gap? A) sodda yoyiq gap B) so‘z-gap C) atov gap D) sodda yig‘iq gap 12 / 25 Musulmon Sharqi xalqlari adabiyotlarida eng ko’p tarqalgan lirik janr qaysi? A) ruboiy B) qit’a C) g’azal D) chiston 13 / 25 Kimning turmush o’rtog’i Amiriy taxallusi bilan ijod qilgan? A) Dilshodi Barno B) Uvaysiy C) Anbar otin D) Nodira 14 / 25 “Bo`l” radifli g`azalining 3-baytida qo`llangan tazod san’atiga oid so`zlarni belgilang. A) “o`lmak ” va “tirilmak” B) “vayron” va “obod” C) “shisha” va “po`lat” D) “men” va “kim” 15 / 25 Yozgan asarlari uchun kelajak avlod tomonidan “gullardan haykal” qurilishini orzulagan ijodkor kim va bu qaysi asarda aytib o`tiladi? A) Alisher Navoiy / “Sab’ai sayyor” B) Abay / “Nasiha so`zlar” C) Usmon Nosir / “Bog`im” D) Antuan de Sent Ekzyuperi / “Kichkina Shahzoda” 16 / 25 Quyidagilardan qaysi biri yordamchi so’z turkumi hisoblanmaydi? A) bog’lovchi B) modal C) ko’makchi D) yuklama 17 / 25 So‘zlarning teng bog‘lanishi nimani ho‘sil qiladi? A) so‘z birikmasini B) uyushiq gaplarni C) so‘z qo‘shilmalarini D) takroriy so‘zlarni 18 / 25 “Qutadg‘u bilig” dostonida O‘zg‘urmish timsoli nimaning ramzi sifatida qalamga olingan? A) sog‘lomlik ramzi B) adolat ramzi C) ma’naviy qadriyat D) aql va zakovat 19 / 25 “Qutadg’u bilig” dostonida qaysi obraz adolat ramzi hisoblanadi? A) Oyto’ldi B) O’gdulmish C) O’zg’urmish D) Kuntug’di 20 / 25 “Qutadg‘u bilig ”asarining Vena nusxasi qaysi yozuvda ko‘chirilgan? A) turkiy yozuvida B) arab yozuvida C) uyg‘ur yozuvida D) so‘g‘d yozuvida 21 / 25 “Yaratish”, “bino qilish”, “qurish” ma’nolarini anglatuvchi so’zni toping. A) insho B) didaktik C) epigraf D) matn 22 / 25 “Kuntug’mish” dostonida Qur’oni karimni o’rtaga qo’yib do’st tutingan, lekin ahdiga vafo qilmagan obrazni belgilang. A) Mullavachcha B) Mohiboy C) Qosim D) Azbarxo’ja 23 / 25 Sening to’rang nomardlardan emasdir, Mard o’g’lon sevdigin tashlab ketarmi? Mazkur parcha kimning tilidan aytilgan? A) Mohiboy B) Xolmo’min C) Kuntug’mish D) Buvraxon 24 / 25 Maktabimizda taniqli so‘z san’atkorlari bilan uchrashuv bo‘ldi. Berilgan gapdagi ajratilgan so‘z birikmasi qaysi so‘zga teng keladi? A) yozuvchilar B) notiqlar, qiziqchilar C) qiziqchilar, yozuvchilar D) rassomlar 25 / 25 Kishilarning oilada, ko’cha-ko’yda fikr almashinuvi jarayonida qo’llaniladigan nutq uslubini aniqlang. A) rasmiy-idoraviy uslub B) publitsistik uslub C) so’zlashuv uslubi D) badiiy uslub 0% Testni qayta ishga tushiring Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 12 9-10-11 sinflar Ona tili olimpiada №6