Uy » Abituriyent » Majburiy blok » Ona tili va adabiyot majburiy blok » Ona tili va adabiyot majburiy blok №6 Ona tili va adabiyot majburiy blok Ona tili va adabiyot majburiy blok №6 InfoMaster May 2, 2024 94 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0% 0 Savollar 12345678910 OMAD YOR BO'LSIN! Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №6 Abituriyent uchun ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari. 1 / 10 1. Qaysi gapda paronim qo’llash bilan bog’liq xatolik mavjud? A) Mashina dovon tepasiga ko’tarilar ekan, derazadan salqin shamol urildi. B) Ot abzalin shayladi, o’q-anjomin boyladi. C) Ayni bizbop ketmon ekan, endi hech ham qiynalmaymiz. D) Ularning tup maqsadini bilib olishimiz kerak. 2 / 10 2. Qaysi javobda teng bog’lovchi yordamida bog’langan qo’shma gap berilgan? A) Nimaiki senga zarar keltirsa, o’sha narsani boshqalarga ham ravo ko’rma. B) Chin do’st yurakdan so’zlar, chunki u sening yomon bo’lishingni aslo xohlamaydi. C) Yo zardo’zi to’ning to’zibmi qoldi, Yoki so’kildimi suvsar telpaging? D) Xalqni qo’rqitgan emas, balki dardiga sherik bo’lgan odam marddir. 3 / 10 3. Qaysi gapda imloviy jihatdan xato yozilgan so’z ishtirok etgan? A) Shahar ko’chalarida, bog’larda, qir-u adirlarda bahor nafasi ufuradi. B) Mevasini ko’tarolmagan shox qarsillab sindi. C) Yomg’irli kunlar tez-tez iliq kunlar bilan almashinib turadi. D) Bu yerda qattiq a’yoz kunlar kam bo’ladi. 4 / 10 4. Qaysi javobda “igna ustida o’tirmoq” iborasining ma’nosi berilgan? A) og’riqni his etmoq B) shoshib qolmoq C) bezovta bo’lmoq D) gumonsiramoq 5 / 10 5. Lekin men bu gapnio hech kimga aytmagan edim. Ushbu gapda olmoshning ma’no jihatdan necha turi qatnashgan? A) 3 B) 1 C) 4 D) 2 6 / 10 6. Qaysi javobda “zamonaviy ishlab chiqarishni boshqarish (rejalash, tartibga solish, nazorat qilish), shuningdek, ishlab chiqarishga rahbarlik qilish, uni tashkil etish; boshqarish to’g’risidagi fan” ma’nosini beruvchi atama berilgan? A) menejer B) monitoring C) menejment D) strategiya 7 / 10 7. Qaysi gapda fe’l turkumiga oid so’z imloviy jihatdan xato yozilgan? A) Qodiriyni sotib shoir bo’lganlar – Mehrobingdan chiqqan chayonlaring bor. B) Shovilladi tun bo’yi shamol, Qaldiroqlar ko’chdi larzakor. C) Aybin bilmay ketgan Akmal Ikromlar, Fayzullodek mard-u maydonlaring bor. D) Qayinbarglar yopib qaro ko’zini, Olislarda qolgan Usmonlaring bor. 8 / 10 8. Berilgan birliklardan faqat bog’lovchilar ko’rsatilgan javobni toping. A) faqat, hamda, chunki B) xuddi, chunki, haqida C) uchun, singari, hamda D) agar, hamda, ammo 9 / 10 9. Qaysi gapda tinish belgilarini qo’llash qoidalariga amal qilingan? A) Qaysi ishni qilmoqchi bo’lsang eng avvalo, o’z ko’ngling bilan kengashib ko’rgin. B) Aziz nabiralar, siz bilmaysiz, oh, men o’sha cho’qqida quchganman zafar. C) Hozir Humoyunning fil yonida birgina inisi oq otliq Hindol mirzo bormoqda. D) Asli qiyofangni ko’rsatishdan qo’rqishing, demak, o’zingdan nafratlanishingni bildiradi. 10 / 10 10. Qaysi gapda ega ishtirok etgan? A) Arqog’ini ko’rib bo’zini ol, Onasini ko’rib – qizini. B) Yomonni tanqid qil, Yaxshiga – taqlid. C) Avval o’ylash kerak, so’ngra soz’lash kerak. D) Yomonda or bo’lmas, Yaxshi xor bo’lmas. 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 34 Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №32
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 9 Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №31
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 6 Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №30
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 6 Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №29