Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Biologiya mavzulashtirilgan » 7-sinf Zoologiya » 7-sinf Zoologiya 40-41-42-mavzular yuzasida testlar 7-sinf Zoologiya 7-sinf Zoologiya 40-41-42-mavzular yuzasida testlar InfoMaster Aprel 14, 2022 271 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 1 0 1234567891011121314151617181920212223242526272829303132333435363738394041424344454647484950 7-sinf Zoologiya 40-41-42-mavzular yuzasida testlar 40- mavzu.TOSHBAQALAR VA TIMSOHLAR TURKUMLARI. 41- mavzu.KO’K KAPTARNING TASHQI TUZILISHI. 42- mavzu.KO’K KAPTARNING SKELETI VA MUSKULLARI. 1 / 50 Yomg’ir chuvalchangining ayirish sistemasi nimadan iborat? A) yashil bezcha B) malpigi naychasi C) har bir halqada joylashgan 1 juft sirtmoqdan D) bitta tasmasimon buyrak 2 / 50 Yomg’ir chuvalchangining hazm qilish organlarini to’g’ri ketma-ketlikda joylashtiring.1) og’iz; 2) halqum; 3) jig’ildon; 4)qizilo’ngach; 5) oshqozon; 6) ichak; 7) anal teshigi. A) 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7 B) 1, 2, 4, 5, 6 C) 1, 2, 3, 4, 6, 7 D) 1, 2, 4, 3, 5, 6, 7 3 / 50 Nimalar o’rgimchaklar uchun tarqalish vositasi bo’lib xizmat qiladi? A) o’txo’r hayvonlar B) odam faoliyati C) o’rgimchak iplari va shamol D) qanotli hasharotlar 4 / 50 O’rgimchaklarning tuyg’u a`zosi ... hisoblanadi. A) oyoq paypaslagichlari B) yurish oyoqlari C) kalta mo’ylovlari D) uzun mo’ylovlari 5 / 50 Chala o`zgarish yo`li bilan rivojlanuvchi hasharot lichinkasi necha marta tullaydi va necha yoshda voyaga yetgan hasharotga aylanadi ? A) 4 marta tullaydi, 5 yoshdan o`tib, B) 3 marta tullaydi, 4 yoshdan o`tib, C) tullamaydi, 1 yoshdan o`tgach, D) 5 marta tullaydi, 5 yoshdan o`tib, 6 / 50 Qaysi javobda erkak asalariga mos keluvchi belgilar to’g’ri ko’rsatilgan?1) nishtari bor; 2) nishtari yo’q; 3) ishchilarga nisbatan yirik; 4) ishchilarga nisbatan kichik; 5) moýlovi rivojlangan; 6)ko’zi yaxshi rivojlangan; 7) orqa oyog’ídagi savatchada gul changini yig’ádi; 8) og’zi kemiruvchi-so’ruvchi; 9) og’iz organi yaxshi rivojlanmagan; 10) mumdan katak yasaydi;11) partenogenez usulida rivojlanadi; 12) urug’langan tuxum hujayradan rivojlanadi. A) 2, 4, 6, 8, 12 B) 1, 7, 8, 10, 11 C) 3, 5, 9, 11 D) 3, 6, 9, 12 7 / 50 Qaysi hayvonlarning ayirish organlari halqali chuvalchanglarnikiga o’xshash bo’ladi? A) suv shillig’i, zog’ora baliq, baqa B) lansetnik, oq planariya, suv shillig’I C) oq planariya, daryo qisqichbaqasi D) baqachanoq, krevetka, lansetnik 8 / 50 Eng kichik akula berilgan javobni toping ? A) seldsimon akula. B) tikanli akula. C) kulrang akula. D) dengiz farishtasi. 9 / 50 Baqaning quruqlikda (a) va nam sharoitda (b) yashashga moslanish belgilari ?1)terisining yupqa va nam bo`lishi2)terining nafas olishida ishtirok etishi3)yapaloq gavdasi 4) qovoqlarning rivojlanganligi 5) o`rta quloq va eshitish suyakchasining rivojlanganligi6) ko`payishining suvda o`tishi A) a-1,2,6 b-3,4,5 B) a-3,4,5 b-1,2,6 C) a-1,2,3 b-4,5,6 D) a-3,5,6 b-1,2,4 10 / 50 Oldingi va orqa oyoqlari bir xil bo`lgan hayvonlar ?1) temirchak 2) gekkon 3) kaltakesak4) baqa 5) kenguru 6) echkiemar A) 1,4,5 B) 2,3,6 C) 4,5,6 D) 1,2,3 11 / 50 Qushlarning sudralib yuruvchilarga o‘xshashlik belgilarini ajrating.1) miyachasi kuchli rivojlangan 2) qon aylanishi murakkab 3) terisida bezlari deyarli bo‘lmaydi 4) patlari, terisi muguzli5) tuxumida sariqligi ko‘p 6) tana harorati doimiy 7) embrionining tuzilishi8) bir marta olgan havosi bilan ikki marta nafas oladi A) 1,2,6,8 B) 3,4,5,7 C) 3,5,7,8 D) 2,4,5,6 12 / 50 Qushlarning tana yuzasida qanday patlar joylashadi ? A) qoqish B) qoplag‘ich va momiq C) boshqarish D) dag‘al 13 / 50 Toshbaqalarning qaysi umurtqalari o`zaro harakatsiz birikkan ? A) ko`krak, bel, dumg`aza umurtqalari orqa kosasi bilan birikkan B) bel, bo`yin C) bo`yin D) dum va bo`yin 14 / 50 Qush skeletining qaysi qismlari uch juft suyakdan tashkil topgan ?1) dumg`aza 2) orqa oyoqlari suyaklari3) oldingi oyoq kamari 4) bosh skeleti5) ko`krak tirgak suyagi 6) orqa oyoq kamari A) 5,4 B) 3,6 C) 4,1 D) 1,2 15 / 50 Toshbaqalarning qaysi sezgi organlari kuchli rivojlangan ? A) hid bilish, ko`rish B) ko`zi, burni C) ta`m bilish D) qulog`i 16 / 50 Timsohlar terisi nima bilan qoplangan ? A) xitin bilan B) juda qalin qalqonlar bilan C) tog`ay to`qima bilan D) tangachalar bilan 17 / 50 Qushlarning ko`krak muskullarning bir uchi (a) qaysi suyakka, ikkinchi uchi(b) qaysi suyakka birikadi ? A) a-ko`krak, b-tirsak B) a-panja, b-tirsak C) a-yelka, b-ko`krak toj D) a-bilak, b-tirsak 18 / 50 ush tanasini yer yuzasidan dast ko‘tarilib turishiga va qo‘nayotganda qushning tanasiga beriladigan zarbani kamaytirishda imkon beruvchi suyak ? A) son B) ilik C) boldir D) barmoq 19 / 50 Botqoqlik toshbaqasi nima bilan oziqlanadi ? A) umurtqasiz hayvonlar bilan B) dafniya, siklop C) suv o`tlari bilan D) qamish va g`umay bilan 20 / 50 Qushlar ilik suyagining pastki uchiga qaysi suyaklar kеlib tutashgan ? A) boldir B) son C) tovon D) barmoq 21 / 50 Quyida berilgan timsohlar bilan ular tarqalgan joylarni juftlab belgilang.a)nil timsohi b) alligator c) gavial1)Amerika 2) Hindiston 3) Afrika A) 1-b, 2-c, 3-a B) 1-b, 2-a, 3-c C) l-c,2-b,3-a D) 1-a, 2-c, 3-b 22 / 50 Embrionning tuxumda uzoqroq rivojlanishiga sabab nima ? A) po'choqning mavjudligi B) qalin qobiq C) sariqlikning ko'p bo'lishi D) nafas yo'llarining mavjudligi 23 / 50 Qushlarning qanotlarida qanday patlar joylashadi ? A) dag‘al B) qoqish C) qoplag‘ich va momiq D) boshqarish 24 / 50 Qush uchganda, eng ko`p og`irlik qaysi suyakka tushadi ? A) to`sh toji B) to`sh C) panja D) o`mrov 25 / 50 Qushlarning qaysi muskul(lar)i barcha muskullar massasiga teng keladi ? A) yelka va son B) kо’krаk C) son D) o‘mrov 26 / 50 Qushning orqa oyoq kamari umurtqa pog`onasining qaysi bo`limlari bilan qo`shilib o`sadi ?1) ko`krak 2) bel 3) bo`yin 4) dumg`aza5) dum umurtqalarining barchasi 6) 2 va 3 dum umurtqasi 7) 1 dum umurtqasi 8)ko`krak umurtqasining oxirgi qismi A) 1,2,3 B) 6,8,7 C) 2,4,7 D) 3,4,5 27 / 50 Qushlardagi o‘mrov muskullarining qisqarishi tufayli ... . A) ko‘krak qafasi torayadi B) qanotlar tushadi C) ko‘krak qafasi kеngayadi D) qanotlar ko‘tariladi 28 / 50 Timsohlar qaysi mamlakatlarda alohida hovuzlarda ko`paytiriladi ? A) Germaniyada B) Angliyada C) uzoq Sharqda D) Kubada 29 / 50 Qushlarning qanotlarini tushirishga yordam beruvchi muskullar birikkan suyak qaysi ? A) to`sh,yelka B) to`sh,bilak C) yelka,o`mrov D) ko`krak tirgak 30 / 50 Qushlarda o'mrov suyaklarining o'ziga xosligi nimadan iborat ? A) yuqori uchlari qo'shilib o'sgan B) kalta va yo'g'on C) pastki uchlari qo'shilib o'sib, ayri hosil qilgan D) uzun 31 / 50 Qaysi toshbaqalarning oyoqlari eshkak vazifasini bajaradi ? A) chuchuk suv salamandrasi B) cho`l toshbaqasi C) botqoq toshbaqasi D) dengiz toshbaqasi 32 / 50 Pastka va yuqori jag`lari paylar yordamida harakatchan birikmagan hayvonlar ?1) kapcha (kobra) 2) sariq ilon3) qalqontumshuq 4) bo`g`ma qum ilon5) gekkon 6) urchuqsimon kaltakesak7) chipor ilon 8) echkiemar A) 1,3,4,7 B) 1,2,4,5 C) 2,5,6,8 D) 3,6,7,8 33 / 50 Qushlar shoxga qo`nganda, barmoqlari siqilib, shoxni mahkam ushlab turishi nimaga bog`liq ? A) katta ko`krak muskullarining tortilishiga B) barmoq muskullarining qisqarishiga C) oyoq muskullarining qisqarishiga D) oyoqdagi paylarning tortilishiga 34 / 50 Qushlarning panja suyagining mustahkam bo`lishini sababi ?1)barmoqlar sonining kamayishi2)qo`nayotganda zarbani yumshatadi3)havo bilan to`lganligi 4) mayda suyaklarning qo`shilishi A) 2,4. B) 1,3. C) 1,2. D) 1,4. 35 / 50 Toshbaqalarning tishlari qanday tuzilgan ? A) 1 xilda B) faqat oziq tishlardan iborat C) qoziq va oziq tishlar D) tishlari rivojlanmagan shoxsimon plastinkalar bilan qoplangan 36 / 50 Timsohlar boshqa sudralib yuruvchilardan qanday farqlanadi ? A) o`pkasi B) tuzilishi C) yuragining tuzilishi D) yirikligi 37 / 50 Tili yo'g'on, go'shtdor, tishlari yo'q, jag'lari shoxsimon plastinkalar bilan qoplangan. Ko'rish va hid bilish organlari yaxshi rivojlangan. Qaysi hayvonga xos belgilar keltirilgan ? A) gekkon B) timsoh C) qushlar D) toshbaqalar 38 / 50 Qushdagi qanotlar kamari necha juft suyaklar va qaysi suyaklardan tashkil topgan ? A) ikki juft: ko`krak tirgak, kurak B) ikki juft: kurak, o`mrov C) uch juft: ko`krak tirgak, o`mrov, yelka D) uch juft: ko`krak tirgak, kurak, o`mrov 39 / 50 Nima uchun qushlarning skeleti sudralib yuruvchilarnikiga nisbatan mustahkam bo`ladi ? A) suyaklari yengil va yassi bo`lgani uchun B) suyaklari qo`shilib o`sganligi uchun C) suyaklari yassi bo`lgani uchun D) suyaklari havo bilan to`lganligi uchun 40 / 50 Cho'l va adirlarda (1), Yevropaning janubida (2), Uzoq Sharq suv havzalarida (3), tropik dengizlarda (4) uchraydigan toshbaqalarni belgilanga) O'rta Osiyo toshbaqasi b) botqoq toshbaqasi c) terili toshbaqa d) dengiz toshbaqasi A) 1-a, 2-b, 3-d, 4-c B) 1-a, 2-b, 3-c, 4-d C) 1-a, 2-d, 3-c, 4-b D) 1-a, 2-c, 3-b, 4-d 100 41 / 50 Qushlarning qaysi suyaklari o‘zaro birikib yagona dumg‘aza suyagini hosil qiladi? A) ko‘krak, bel, dumg‘aza B) bel, dumg‘aza, o‘mrov C) bel, dumg‘aza, dum D) dumg‘aza, dum, toj 42 / 50 Qushning yer yuzidan ko`tarilishga, yerga qo`nayotganda urilishini kamaytirishga qaysi suyak yordam beradi ? A) kil suyagi B) ilik suyagi C) son suyagi D) qanot suyaklari 43 / 50 Timsohlarning ko`zi va burni boshining qaysi qismida joylashgan ? A) boshining 2 yonida B) boshining ustida maxsus bo`rtmachalarda C) yuqori jag`ida D) boshining ustida 44 / 50 Qushning qaysi umurtqalari o`zaro qo`shilib o`sgan ? A) ko`krak B) bo`yin, ko`krak C) bo`yin D) bel, dumg`aza, dum 45 / 50 Qushlarning chanoq suyaklari umurtqa pog`onasining qaysi qismlari bilan harakatsiz birikkan ?1) bo`yin 2) ko`krak 3) bel 4) dumg`aza 5) barcha dum umurtqalari 6) oldingi dum umurtqalari A) 3,4,6. B) 1,3,5. C) 2,4,6. D) 1,2,5. 46 / 50 Chuchuk suvda yashovchi toshbaqaning dengiz toshbaqasidan farqi ? A) bo`yin va dum umurtqalari harakatchan birikkan B) barmoqlar orasida suzgich parda mavjud C) tishlari bo`lmaydi D) tili yo`g`on va go`shtdor 47 / 50 Qushlar skeletidagi qaysi suyaklar bir nechta mayda suyaklarning qo‘shilishidan hosil bo‘lgan ?1) ilik 2) panja 3) dum 4) bo‘yin A) 1 B) 3,4 C) 1,2 D) 2 48 / 50 Qushlarning gavdasi qanday qismlardan iborat ? A) bosh, bo'yin, tana, qanot, oyoq B) bosh, bo'yin, tana, oyoq C) bosh, tana, qanot, oyoq D) bosh, bo'yin, qanot, oyoq 49 / 50 Qushlardagi ko`krak muskullarining asosiy vazifasini ko`rsating. A) ko`krak qafasini kengaytirish B) qanotlarni ko`tarish C) ko`krak qafasini toraytirish D) qanotlarni tushirish 50 / 50 Qushlarning oyoq skeleti qaysi suyaklardan iborat ?1) son 2) boldir 3) bilak 4) tirsak 5) ilik 6) barmoq 7) chanoq 8) yelka 9) tovon A) 1,2,5,6 B) 1,3,4,9 C) 1,2,3,6 D) 1,7,5,6 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 2 7-sinf Zoologiya 58-59-mavzular yuzasida testlar
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 0 7-sinf Zoologiya 55-56-57-mavzular yuzasida testlar
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 1 7-sinf Zoologiya 52-53-54-mavzular yuzasida testlar
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 3 7-sinf Zoologiya 49-50-51-mavzular yuzasida testlar