Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Biologiya mavzulashtirilgan » 7-sinf Zoologiya » 7-sinf Zoologiya 25-26-27-mavzular yuzasida testlar 7-sinf Zoologiya 7-sinf Zoologiya 25-26-27-mavzular yuzasida testlar InfoMaster Aprel 14, 2022 524 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 1 0 Savollar 1234567891011121314151617181920212223242526272829303132333435363738394041424344454647484950 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 7-sinf Zoologiya 25-26-27-mavzular yuzasida testlar 25- mavzu.PARDAQANOTLILAR TURKUMI:ASALARILAR. 26- mavzu.IKKIQANOTLILAR TURKUMI. 27- mavzu.HASHAROTLARNING KELIB CHIQISHI VA AHAMYATI. 1 / 50 Quyida 4-rasmda keltirilgan organoidga xos bo’lgan ma’lumotni toping A) bo’linishni ta’minlaydi B) ortiqcha moddani chiqarib tashlaydi C) hujayra ichidagi bosimni meyorga soladi D) hazm qilish funksiyasiga ega 2 / 50 Soxta oyoqlilarning…(a),xivchinlilarning…(b), infuzoriyalarning…(c), tipik vaklining kattaligini ko’rsating1.amyobadan 5-10 martta kichik 2.0.1-0.3 mm 3.0.2-0.5 mm 4.1 mm A) a.2 b.1 c.3 B) a.3 b.1 c.2 C) a.3 b.4 c.1 D) a.2 b.4 c.3 3 / 50 Quyidagilardan qaysi kaloniya kurtaklanish yo’li bilan hosil bo’lgan? A) volvoks kaloniyasi B) bezgak paraziti kalonioyasi C) dengiz ko’p tuklisi D) korall poliplar kaloniyasi 4 / 50 Quyidagi parazit chuvalchanglardan qaysi biri ichak devoriga taqalib turadi? A) qoramol solityori B) exinokokk C) bolalar gijjasi D) askarida 5 / 50 Rasmda tuzilishi tasvirlangan hayvonning nomi va sistematik birliklari to’g’ri ko’rsatilgan javobni aniqlang. A) baqachanoq,molyuskalar tipi ikki pallali molyuskalar sinfi B) perlovitsa,molyuskalar tipi ikki pallali molyuskalar sinfi C) midiya, molyuskalar tipi ikki pallali molyuskalar sinfi D) dreysena, molyuskalar tipi ikki pallali molyuskalar sinfi 6 / 50 ’rgimchaklarda nima tuyg’u organi hisoblanadi? A) uzun mo’ylovlari B) kalta mo’ylovlari C) barmoqlari D) oyoq paypaslagichlari 7 / 50 O’rgimchaksimonlar uchun xos bo’lmagan javobni toping. A) quruqlikda hayot kechirib, ularning yer yuzida 70000dan ortiq turi tarqalgan B) chayonl;ar o’pka bilan nafas oladi, tirik tug’ib ko’payadi C) biy va qoraqurt zaharli o’rgimchaklar hisoblanadi D) bit, burgalar qanotsiz vakillari hisoblanib, qon so’rib oziqlanadi 8 / 50 Qaysi hasharotlarning uchishida ust qanotlar ishtirok etmaydi? A) yashil bronza qo’ng’izi B) ikki qanotlilar C) ninachi D) tovusko’z 9 / 50 Hasva qandalasi … ga mansub hasharot bo’lib, … larda tarqalgan. A) ikki qanotlilar; dala maydon B) tangachaqanotlilar; poliz ekinlari va bog’ C) yarim qattiqqanotlilar; cho’l va dasht D) to’g’ri qanotlilar; donli ekin 10 / 50 Yetuk formasi va lichinkasi yirtqich bo’lgan hashrotni ko’rsating. A) qandala B) ninachi C) asalari D) xonqizi 11 / 50 Iskaptopar hasharotlarning qaysi turkumiga mansub? A) tangachaqanotlilar B) chala qattiqqanotlilar C) pardaqanotlilar D) ikki qanotlilar 12 / 50 Kapalaklar (a) va arilar (b) xartumiga tegishli javoblarni belgilang.1) pastki jag’ va pastki labning qo’shilishidan hosil bo’lgan; 2) pastki jag’ va yuqorigilabning qo’shilishidan hosil bo’lgan; 3) spiralsimon; 4) naysimon. A) a-1, 4; b-2, 3 B) a-1, 3; b-2, 4 C) a-1, 3; b-1, 4 D) a-2, 3; b-1, 4 13 / 50 Qaysi kasalliklarni tarqalishida ayniqsa qora (uy) pashshasining ahamiyati kata? A) bezgak B) ichburug’ C) kuydirgi D) botulism 14 / 50 Pashshaga xos xususiyatlarni belgilang.1) tanasi mayda tuklar bilan qoplangan; 2) og’iz apparati kemiruvchi-so’ruvchi; 3) og’iz apparati yalovchi xartumcha; 4) lichinkasi ko’lmaklarda rivojlanadi; 5) kasallik tarqatuvchi; 6) erkagi gul nektari bilan oziqlanadi; 7) serpusht; 8) erkak vaurg’ochisining ko’rinishi bir xil; 9) lichinkasi boshsiz, oyoqli; 10) lichinkasi axlatxonalarda, hayvonlar go’ngida rivojlanadi. A) 2, 4, 6, 9, 10 B) 3, 4, 7, 8, 10 C) 1, 3, 5, 7, 10 D) 1, 3, 8, 9, 10 15 / 50 Xonadonlarda jun va jundan to’qilgan kiyim –kechaklarni yebziyon keltiradigan kuya qurtining yetuk vakili hasharotlar sinfining qaysi turkumiga kiradi? A) to’g’ri qanotlilar B) tangachaqanotlilar C) qattiqqanotlilar D) pardaqanotlilar 16 / 50 Ichburug’, tif, bo’g’ma, sil, vabo kasalliklarini tarqatadigan hasharotlar qanday qurt hosil qiladi? A) gul nectari bilan oziqlanadigan B) yirtqich C) boshi va oyog’I bo’lmaydi D) organic moddalarga boy suvlarda rivojlanadigan 17 / 50 Ishchi arilar qaysi xususiyatiga ko’ra ona ari va erkak arilardan farq qiladi?1) nishtarga ega; 2) urug’lanmagan tuxumhujayradan rivojlanadi; 3) og’iz organlari kemiruvchi-so’ruvchi tipda tuzilgan; 4) qurtlarni oziqlantiradi; 5) urug’langan tuxum hujayradan rivojlanadi; 6) og’iz organlari yaxshi rivojlanmagan; 7) orqa oyoqlari gul changini yig’ib olishga moslashgan; 8) nishtari bo’lmaydi. A) 3, 4, 7 B) 2, 8 C) 2, 6, 8 D) 1, 3, 5, 7 18 / 50 Terlama kasalligi qaysi hasharotlar orqali odamga yuqadi? A) burga B) bit C) chivin D) kana 19 / 50 Chivinlarning qaysi vakillari o’simlik shirasi bilan oziqlanadi? A) erkak B) urg’ochi C) chivin faqat qon so’rib oziqlanadi D) lichinka 20 / 50 Sarg’ayma kasalligi, ayrim gijja tuxumlari qaysi hasharot orqali odamlarga yuqadi? A) suvaraklar B) uy pashshasi C) qon so’ruvchi chivinlar D) kanalar 21 / 50 Odamlarda yomon yaraqo’zg’atuvchisini tarqatuvchi hayvon hasharotlarning qaysi turkum vakili hisoblanadi? A) ikki qanotlilar B) pardaqanotlilar C) tangachaqanotlilar D) qandalalar 22 / 50 Ishchi arilar qanday moslamalaryordamida gul changini yig’ib olishadi? A) oldingi oyoqdagi tukchalari yordamida B) tanasidagi tukchalar yordamida C) oldingi oyoqdagi savatchasi hamda jig’ildoni yordamida D) orqa oyoqdagi savatcha va tukchalar yordamida 23 / 50 Qadimgi bo'g'imoyoqlilarni belgilang. A) stegotsefallar B) trilobitlar C) psilobitlar D) qisqichbaqasimonlar 24 / 50 Hayvonlar terisini jag’lari yordamida teshib qonini so’radigan hasharot qaysi ? A) bo’ka B) so’na C) pashsha D) kana 25 / 50 Yomon yara qo’zg’atuvchisini tarqatuvchi organizm uchun xos bo’lgan belgilarni aniqlang.kubsimon to’qimalarda parazitlik qiladi;yassi to’qimalarda parazitlik qiladi; 3) faqat odam qonini so’radi; 4) kemiruvchilar inida ko’p uchraydi; 5) oldingi juft qanotlari yaxshi rivojlangan; 6) ikkinchi juft qanotlari pardasimon; 7) keyingi juft qanotlari muvozanat organiz vazifasini bajaradi. A) 1, 4, B) 3, 5 C) 1, 2, 4, 5 D) 2, 4, 5, 7 26 / 50 Quyidagi javoblardan qaysi biri inkarziyaning ayirish sistemasiga to’g’ri keladi? A) bir juft yashil bezlar B) tasmasimon buyrak C) malpigi naychalar D) sirtmoqsimon tuzilgan ayirish naychalari 27 / 50 Kolorado qo’ng’izining g’umbagi qayerda rivojlanadi? A) kartoshka bargi ostida B) kartoshka ildizida C) po’stloq ostida D) tuproq ichida 28 / 50 qlanish usuliga ko’ra, hayvonlarning murdasi va tezagi bilan oziqlanuvchi hasharotlarni aniqlang.1) o’laksaxo’r qo’ng’izlar; 2) go’ngxo’r qo’ng’izlar; 3) pashshalarning qurtlari;4) ninachi lichinkasi; 5) kana lichinkasi. A) 1, 2, 3 B) 1, 2, 4 C) 1, 2, 5 D) 1, 4, 5 29 / 50 Qaysi hasharotdan biologik kurash maqsadida foydalaniladi ? A) sariq o`rmon chumolisi. B) yaydoqchi. C) fir`avn chumoli. D) qorabog` chumoli. 30 / 50 Cho’llardagi kemiruvchilar inidayashovchi , hayvon va odamlar qonini so’rib oziqlanadigan hasharotni ko’rsating. A) kana B) qandala C) chivin D) iskaptopar 31 / 50 Quyidagi hasharotlardan qaysi biri raqsga ham tusha oladi? A) erkak chumolilar B) ayrim suvaraklar C) burgalar D) ishchi asalarilar 32 / 50 Asalarining xartumi qanday hosil bo’ladi? A) pastki lab va jag’lari qo’shilishidan B) pastki labining kengayishidan C) pastki jag’I va oyoq paypaslagichlari qo’shilib D) yuqori lab va yuqori jag’lari qo’shilib 33 / 50 Inkarziya hasharotlar sinfining qaysi turkumiga mansub? A) tangachaqanotlilar B) to’g’ri qanotlilar C) ikki qanotlilar D) pardaqanotlilar 34 / 50 Qaysi javobda qon bilan oziqlanadigan hasharotlarning ikki qanotli vakillari to’g’ri keltirilgan?1) so’na; 2) mol kanasi; 3) iskaptopar; 4) to’shak qandalasi; 5) oddiy urg’ochi chivin;6) urg’ochi va erkak bezgak chivini; 7) bit; 8) mita. A) 1, 5, 6, 8 B) 1, 3, 5 C) 1, 2, 3, 4, 5, 7 D) 1, 3, 4, 5, 6 35 / 50 Gabrobrakon hasharotlar sinfining qaysi turkumiga kiradi? A) ikki qanotlilar B) pardaqanotlilar C) tangachaqanotlilar D) qandalalar 36 / 50 Asalarining ishchilariga mos keluvchi belgilarni ko’rsating.1) nishtari bor; 2) nishtari yo’q; 3) nisbatan yirik; 4) nisbatan kichik; 5) mo’ylovirivojlangan; 6) ko’zi yaxshi rivojlangan;7) orqa oyog’idagi savatchada gul changini yig’adi; 8) og’zi kemiruvchi-so’ruvchi;og’iz organi yaxshi rivojlanmagan;mumdan katak yasaydi; 11) urug’langan tuxum hujayradan rivojlanadi;12) urug’lanmagan tuxum hujayradan rivojlanadi. A) 2, 3, 5, 6, 9, 12 B) 1, 7, 8, 10, 11 C) 2, 4, 6, 8, 12 D) 1, 3, 9, 11 37 / 50 Uy pashshalari har necha kunda tuxum qo’yib ko’payadi? A) 1-2 B) 2-4 C) 4-6 D) 6-8 38 / 50 Iskaptoparlarning yuragi qanday tuzilgan? A) parazitlik tufayli yuragi yo’qolib ketgan B) qorin bo’limida ichagining ustida joylashgan muskulli naychadan iborat C) qorin bo’limida ichagining ostida joylashgan muskulli naychadan iborat D) qorin va orqa qon tomirlari yurak vazifasini bajaradi 39 / 50 Bo`g`imoyoqlilar tipi uchun xos umumiy xususiyatlar qaysi qatorda berilgan ?1)tanasi maxsus organik moddadan iborat qattiq xitin po`st bilan qoplangan2)xitin po`st yurish oyoqlari va boshqa tana a`zolari uchun tayanch bo`lib xizmatqiladi 3) tanasi 2 qismdan iborat 4) tanasi 3 qismdan iborat 5) po`st tashlashbilan o`sadi 6) ko`zlari oddiy 7) ko`zlari oddiy va murakkab 8) turlariningsoni 2 mln ga yaqin 9) turlarining soni 1,4 mln A) 1,4,2,6,8. B) 1,2,3,5,6,7.4 C) 1,2,4,5,6,8,9. D) 1,2,4,5,7,8. 40 / 50 Qaysi javobda erkak asalariga mos keluvchi belgilar to’g’ri ko’rsatilgan?1) nishtari bor; 2) nishtari yo’q; 3) ishchilarga nisbatan yirik; 4) ishchilarga nisbatan kichik; 5) moýlovi rivojlangan; 6)ko’zi yaxshi rivojlangan; 7) orqa oyog’ídagi savatchada gul changini yig’ádi; 8) og’zi kemiruvchi-so’ruvchi; 9) og’iz organi yaxshi rivojlanmagan; 10) mumdan katak yasaydi;11) partenogenez usulida rivojlanadi; 12) urug’langan tuxum hujayradan rivojlanadi. A) 3, 5, 9, 11 B) 2, 4, 6, 8, 12 C) 3, 6, 9, 12 D) 1, 7, 8, 10, 11 41 / 50 Biologik kurashda foydalaniladigan yaydoqchilarni ko’rsating. A) zorka, podalariy B) poliksina, maxoan C) podalariy, kulrang satir D) trixogramma, gabrobrakon 42 / 50 Yirtqich hasharotlarni ko'rsating.1) ninachi 2) ninachi lichinkasi 3) xonqizi4) tillako'z 5) podalariy 6) tukli ari A) 1,2,6 B) 1,2,5 C) 1,2,5,6 D) 1, 2, 3, 4 43 / 50 Erkak arilar qaysi xususiyatiga ko’ra ona ari va ishchi arilardan farq qiladi?1) nishtarga ega; 2) urug’lanmagan tuxum hujayradan rivojlanadi; 3) og’iz organlari kemiruvchi-so’ruvchi tipda tuzilgan; 4) qurtlarni oziqlantiradi; 5) urug’langan tuxum hujayradan rivojlanadi; 6) og’iz organlari yaxshi rivojlanmagan; 7) orqa oyoqlari gul changini yig’ib olishgamoslashgan; 8) nishtari bo’lmaydi. A) 1, 3, 5, 7 B) 2, 8 C) 2, 6, 8 D) 3, 4, 7 44 / 50 Ona asalariga mos keluvchi belgilarni ko’rsating.1) nishtari bor; 2) nishtari yo’q; 3) ishchilariga nisbatan yirik; 4) ishchilariganisbatan kichik; 5) mo’ylovi rivojlangan;6) ko’zi yaxshi rivojlangan; 7) orqaoyog’idagi savatchada gul changini yig’adi;8) og’zi kemiruvchi-so’ruvchi; 9) og’iz organi yaxshi rivojlanmagan; 10) mumdan katakyasaydi; 11) urug’langan tuxum hujayradan rivojlanadi; 12) urug’lanmagan tuxum hujayradan rivojlanadi. A) 1, 7, 8, 10, 11 B) 2, 4, 6, 8, 12 C) 1, 3, 9, 11 D) 2, 3, 5, 6, 9, 12 45 / 50 Qaysi javobda pashsha qurtlariga xos bo’lmagan xususiyatlar to’g’ri ko’rsatilgan?tanasi sirtida kichik bo’rtmachalar bor;tuxumini barg ostiga qo’yadi; 3) quruq tuproqda g’umbakka aylanadi; 4) soxta oyoqlari ilmoqchali, yo’g’on bo’ladi; 5) boshi va oyog’i yo’q, harakatlanmaydi; 6) devorga chiqib g’umbakka aylanadi; 7) hayvonlar tezagi bilan oziqlanadi; 8) tuxumdanchiqqanda qanotlari rivojlanmagan bo’ladi. A) 1, 3, 7, 8 B) 1, 5, 6, 8 C) 3, 4, 5, 7 D) 2, 4, 5, 6 46 / 50 Asalari oilasidagi ishchi arilar ... iborat. A) urug’lanmagan tuxumdan rivojlangan arilardan B) voyaga yetmagan urg’ochi arilardan C) voyaga yetmagan erkak arilardan D) voyaga yetgan , lekin ko’payish xususiyatini yo’qotgan arilardan 47 / 50 Beda va sebarganing asosiy changlatuvchilari bo’lgan hasharotlar qaysi turkum vakillari hisoblanadi? A) tangachaqanotlilar B) pardaqanotlilar C) yarim qattiqqanotlilar D) arilar 48 / 50 Ona ari qaysi xususiyatiga ko’ra ishchi(a) va erkak (b) arilarga o’xshaydi?1) nishtarga ega; 2) urug’lanmagan tuxum hujayradan rivojlanadi; 3) og’iz organlari kemiruvchi-so’ruvchi tipda tuzilgan;4) qurtlarni oziqlantiradi; 5) urug’langan tuxum hujayradan rivojlanadi; 6) og’iz organlari yaxshi rivojlanmagan; 7) orqa oyoqlari gul changini yig’ib olishgamoslashgan; 8) nishtari bo’lmaydi. A) a-1, 3, 4; b-2, 8 B) a-5, 6; b-1, 3 C) a-3, 4, 7; b-1, 8 D) a-1, 5; b-6, 8 49 / 50 Harakatlanmaydigan va oziqlanmaydigan hasharotlarni belgilang. A) pashsha qurti B) karam kapalagi g’umbagi C) urg’ochi asalari D) tut ipak qurti kapalagi 50 / 50 Ikki qanotlilardan erkak chivin nima bilan oziqlanadi? A) faqat sovuq qonli hayvonlar qoni bilan B) odamning qoni bilan C) o’simlik shirasi bilan D) o’simliklarning changi bilan 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 3 7-sinf Zoologiya 58-59-mavzular yuzasida testlar
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 1 7-sinf Zoologiya 55-56-57-mavzular yuzasida testlar
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 2 7-sinf Zoologiya 52-53-54-mavzular yuzasida testlar
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 5 7-sinf Zoologiya 49-50-51-mavzular yuzasida testlar