Tarbiya attestatsiya №4

0%
0

OMAD YOR BO'LSIN!


Tarbiya fanidan attestatsiya savollari №4

2022-yil repetitsiya testlari.

DIQQAT! Endi siz o'z bilmingizni sinab ko'rish bilan birga  sertifikatga ham ega bo'lishingiz mumkin.

Sertifikat olish uchun barcha ma'lumotlarni to'g'ri kiriting! 

e-mail manzilini to'g'ri kriting, barcha ma'lumotlar sizga yuboriladi.
Testda 76% va undan yuqori natija oling va sertifikatni yuklab oling.

1 / 40

O’zbekiston Respublikasining ”Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni qachon qabul qilingan?

2 / 40

"Mahalla iftixori" ko'krak nishoni qachon ta'sis etilgan?

3 / 40

........ bu-ichki kuch, maqsadlarni ongli ravishda belgilash hamda yuzaga keladigan tashqi va ichki qiyinchiliklarni yengib o‘tib, maqsad sari intilish qobiliyati.

4 / 40

Samarali takrorlash usulida ikkinchi takrorlash birinchi takrorlagandan...... o‘tgach bajarilishi zarur.

5 / 40

Tomonlar o’rtasida kelishmovchiliklar paydo bo’lishining oldini olish, mavjud kelishmovchiliklarning mojaroga aylanishiga yo’l qo’ymaslik, shuningdek, mojaroning tarqalishini cheklashga qaratilgan diplomatik harakatga nima deyiladi?

6 / 40

Ta’lim olish huquqini amalga oshirish nimalar orqali ta’minlanadi?

7 / 40

Insonlar bilan yaqinlasha olish, samarali oʻzaro munosabat oʻrnatish. Ushbu jumlalar insondagi qaysi qobiliyatga tegishli?

8 / 40

Insonning aytayotgan har bir soʻzi, xatti-harakatlari va ishlari uchun javob berishga qodirligi va tayyorligi deganda qaysi xislat nazarda tutiladi?

9 / 40

 Saxovatpesha milliarder Alisher Usmonov tomonidan 2008 – yilda tuzgan xayr – saxovat tashkiloti qanday nomlanadi?

10 / 40

U XXI asrda axborot texnologiyalari sanoatining asoschilaridan biri, zamonaviy kompyuter va qoʻl telefonlarini rivojlantirgan tadbirkor edi. U 1974-yili video oʻyin va kompyuter ishlab chiqaruvchi kompaniyada ish boshlagan. Tajribasini oshirib, 21 yoshida “Apple” korporatsiyasiga asos solgan. Ushbu shaxslardan qaysi biriga yuqoridagi fikrlar mos keladi?

11 / 40

“Ixtirochilikning 10 foizi tasavvur boʻlsa, 90 foizi mashaqqatli mehnatdir”. Mashaqqatlarni yengib oʻtishga undovchi ushbu hikmatli soʻz muallifi qaysi qatorda toʻgʻri koʻrsatilgan?

12 / 40

 Eynshteynning idrok qilishdagi bosh yondashuvi nimaga asoslangan?

13 / 40

Insonni Xudo yaratganini aytib, odamning butun hayoti va jismoniy tuzilishi geografik omillarga bogʻliq ekanini koʻrsatib oʻtgan allomani aniqlang?

14 / 40

 Yelim xaltalar batamom parchalanib yoʻq boʻlishi uchun necha yil kerak boʻladi?

15 / 40

Taniqli muallif Robert Kiyosakining fikriga koʻra, hayotni goʻzal qilayotgan omil nima?

16 / 40

Dress-kodning vazifasi nimadan iborat?

17 / 40

Muzokara olib borishdagi eng muhim sifat nima?

18 / 40

Mahallaning huquqiy maqomi Oʻzbekiston Respublikasi  Konstitutsiyasining nechanchi moddasida belgilab qoʻyilgan?

19 / 40

. Tarbiya fani konsepsiyasining ilmiy metodik asoslarini belgilang? 1. Oʻquvchilarda mustaqil va erkin fikrlashni hamda ularning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish; 2. ochiqlik va shaffoflik; 3. Konsepsiyaning samaradorligini monitoring qilish; 4. oʻquvchilarda ilmiy dunyoqarash va global tafakkur yuritish komptentligini shakllantirish; 5. davlat taʼlim standartlari talablari asosida oʻquvchilar tomonidan odob-axloq, bilim, koʻnikma va malaka hamda kompetensiyalarning toʻliq oʻzlashtirilishiga erishish;

20 / 40

Muarrix Xondamir Alisher Navoiy Xurosonda nechta rabot va nechta hovuz, nechta kòprik, bir qancha masjid-madrasa, tòĝon, ariq, hammom va boshqa maishiy binolar qurdirganini qayd etgan?

21 / 40

Abdulla Avloniy fikricha, har vaqt insonni xor qiluvchi illat qaysi?

22 / 40

Mashhur faylasuf Sitseronning fikriga koʻra inson nimaga itoat qilishni oʻrganmogʻi lozim?

23 / 40

Markaziy Osiyoda IX–XII va XV asrlarda roʻy bergan ilm-fan, falsafa, adabiyot sohasidagi rivojlanish Yevropa Renessansiga katta taʼsir koʻrsatdi. Keltirilgan jumlani toʻgʻri yoki notoʻgʻri ekanligini aniqlang.

24 / 40

 Bugungi kunda mijozlarga masofadan turib xizmat koʻrsatuvchi, oʻz – oʻzini ish bilan taʼminlagan shaxs qanday nom bilan ataladi?

25 / 40

Quyidagi atamalarga mos kelgan ta’riflarni birlashtirib, to’g’ri javobni birlashtiring.

26 / 40

“Kintsugi” sanʼatining vazifasi nimadan iborat?

27 / 40

Mohiyat-eʼtibor bilan xayrixohlikni koʻrsatuvchi va hurmatni bildiruvchi odat qanday ataladi?

28 / 40

Boshqarish sanʼati maʼnosini anglatuvchi yunoncha soʻzni toping.

29 / 40

Oʻzbekiston Qahramoni Abdulla Oripovning fikricha nima Vatan sevgisi bilan uygʻun boʻlgandagina yuksak natijalar beradi?

30 / 40

 Har yili qaysi sana “Xalqaro doʻstlik kuni” sifatida keng nishonlanadi?

31 / 40

Uzluksiz maʼnaviy tarbiya Konsepsiyasi umumiy oʻrta taʼlim tizimida maʼnaviy tarbiya jarayoni oʻz ichiga ikki bosqichni qamrab olgan boʻlib, ular qaysilar?

32 / 40

Davlat funksiyalarining katta qismi markazdan hududlarga oʻtkaziladi. Har bir mahallada hokim yordamchisi lavozimi joriy etiladi. Tuman byudjeti qoʻshimcha manbalar bilan taʼminlanib, mahallaning alohida jamgʻarmasi shakllantiriladi. Ushbu vazifalar yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasining qaysi yoʻnalishida belgilab qoʻyilgan?

33 / 40

 “SMART” texnologiyasi toʻgʻri joylashtirilgan qatorni toping.

34 / 40

Tarbiya fanini joriy qilishda qaysi xorijiy davlat tajribalari òrganiladi va tahlil qilinadi? 1. Yaponiya, Koreya, Buyuk Britaniya. 2. Fransiya va Rossiya. 3. Xitoy. 4. Germaniya. 5. Singapur.

35 / 40

. Berilgan javoblarda “Bagʻrikenglik” soʻzining maʼnosini toʻliq tushuntirib beradigan fikrlar qaysi qatorda toʻgʻri koʻrsatilgan? 1. Bu soʻzning maʼnodoshi “tolerantlik” deyiladi; 2. Tinchlik va totuvlik sari muhim qadam; 3. Har qanday holatda ham chidash; 4. Oʻzgalar eʼtiqodiga sigʻinishga majbur boʻlish; 5. Oʻzgalarning fikr-gʻoyalari, eʼtiqodi, his-tuygʻulari, turmush tarzi va xulq-atvoriga nisbatan sabr-toqatli boʻlish; 6. Ularni qanday boʻlsa shundayligicha qabul qilish fazilatidir.

36 / 40

Navoiyning fikricha, inson maqomi qanday qoʻlga kiritiladi?

37 / 40

. U — quvvat, ich-ichingizda yuzaga kelgan kuch. U toʻgʻri yoʻnaltirilsa, yangi yutuqlar, tashabbuslar bunyod boʻladi. Agar undan notoʻgʻri foydalanilsa, buzgʻunchilik sodir boʻladi. U oshkor qilinmagan taqdirda qalbga tiriklayin koʻmilgan harakatga oʻxshaydi u bir kuni boʻy koʻrsatadi. Yaxshisi, bu harakatdan oqilona foydalanish kerak. Ushbu matnda insondagi qaysi tuygʻu haqida taʼrif berilgan?

38 / 40

Darslikdagi Zahiriddin Muhammad Bobur, Chingiz Aytmatov, Leo Landau, Aleksandr Griboyedov va Sergey Mergelyanlarni umumiy bogʻlab turgan mavzu nomi toʻgʻri berilgan qatorni toping.

39 / 40

Oʻzbekiston Respublikasi  Konstitutsiyasining nechanchi bobida oilaning huquqiy asoslari belgilangan?

40 / 40

Abu Ali ibn Sino vafotidan oldin shogirdlariga: “Sizlarni  5 ta buyuk tabiblarga qoldirib ketyapman” degan. Bular qanday tabiblar?

0%

Baholash mezoni

- 75 foiz va undan yuqori ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, oliy malaka toifasi (bosh o’qituvchi lavozimi) saqlansin”;

- 75 foizdan past ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o’qituvchi lavozimi)ga tushirilsin”;

- 75 foiz va undan yuqori ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, oliy malaka toifasi (bosh o’qituvchi lavozimi) berilsin”;

- 74 foizdan 65 foizgacha ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o’qituvchi lavozimi) saqlansin”;

- 65 foizdan kam ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, ikkinchi malaka toifasi (katta o’qituvchi lavozimi)ga tushirilsin”

- 64 foizdan 60 foizgacha ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, ikkinchi malaka toifasi (katta o’qituvchi lavozimi) saqlansin”;

- 60 foizdan kam ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, mutaxassis (oliy yoki o’rta maxsus, kasb-hunar ma'lumotli o’qituvchi) lavozimiga tushirilsin”

InfoMaster
Author: InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

1 Izoh

Javob qoldiring

Info-Master.uz
Logo
Elementlarni Solishtiring
  • Jami (0)
Solishtiring
0