Tarbiya attestatsiya №5

0%
1

OMAD YOR BO'LSIN!


Tarbiya fanidan attestatsiya savollari №5

DIQQAT! Endi siz o'z bilmingizni sinab ko'rish bilan birga  sertifikatga ham ega bo'lishingiz mumkin.

Sertifikat olish uchun barcha ma'lumotlarni to'g'ri kiriting! 

e-mail manzilini to'g'ri kriting, barcha ma'lumotlar sizga yuboriladi.
Testda 76% va undan yuqori natija oling va sertifikatni yuklab oling.

1 / 40

«Yo‘qotilgan ma’rifat» kitobi muallifi kim?

2 / 40

Bundan 1100 yil avval mahalla boshqaruv tizimi haqida kim aytgan edi?

3 / 40

''G‘olib bo‘lish yoqimli, ammo xato qilgan odamga ko‘maklashish undan sharafliroq''......

4 / 40

. Mantiqiy ketma-ketlikni toping. 1.Mustaqil o‘rganish 2.Aniq o‘rganish, fikrlarni aniq ifoda etish 3.Jamoa bilan ishlash 4.Savollarga joyida javob toppish 5.Xatolardan qo‘rqmaslik 6.Xatoni tuzatish

5 / 40

Atamlarga mos ta’rifni aniqlang. 1) Oilaviy qadriyatlar 2) Qadriyat 3) Ekologik muammo 4) To’g’ri ovqatlanish a) Atrof-muhit va insoniyatning yo’q bo’lishiga olib keladigan muammolar; b) Oilaning barcha a’zolari tomonidan qadrlanadigan, ular uchun muhim bo’lgan, hurmat qilinadigan, ular uchun muhim bo’lgan, hurmat qilinadigan an’ana va urf-odatlar; c) Insoniyatning hayoti davomida turli sinovlardan o’tib kelayotgan urf-odat, an’analar umumlashmasi sanaladi; d) Inson salomatligi va mehnat qobiliyatini ta’minlovchi eng muhim omil hisoblanadi.

6 / 40

Quyidagi allomalar fikrlarini aniqlang. 1. Abdurauf Fitrat 2. Lev Tolstoy 3. Benjamin Franklin 4. Alisher Navoiy a). Yaxshilik qilganlargina bu hayotda yashay oladilar. b). Hayot yo’lidagi birinchi masala - maktab masalasidir. c). Bu dunyoda abadiy qolmoq mumkin emas, biroq yaxshi nom qoldirmoq katta saodatdir. d). Hurmatga erishish uchun ko’plab yaxshi ishlar qilish kerak. Lekin birgina yomon ish undan mahrum qiladi.

7 / 40

Insonning aytayotgan har bir soʻzi, xatti-harakatlari va ishlari uchun javob berishga qodirligi va tayyorligi deganda qaysi xislat nazarda tutiladi?

8 / 40

Odamlar quyidagi hollarda sinaladilar: Yigit – vada berganda, dehqon – xirmon ustida, savdogar – oʻlchov va hisobda, kambagʻal – sabr – qanoatda, davlatmand- saxovatda, davlati qoʻlidan ketgan odam nimada sinaladi?

9 / 40

Tanqidiy fikrlaydigan odamga xos hususiyatlarni aniqlang. 1. Dalillardan oqilona va holis foydalanadi. 2. Yetarli dalil bo’lmaganda qaror qabul qilishga shoshilmaydi. 3. Mantiqsiz xulosalarni yaroqsizlardan farqlay oladi. 4. Fikrlarini aniq va izchil ifodalaydi. 5. Muammoga darhol yechim topadi va tez qaror chiqaradi...

10 / 40

Har bir millatning saodati va izzati, albatta, shu xalqning ichki intizomi va totuvligiga bog‘liq... Qayerda oila munosabati kuchli intizomga tayansa, mamlakat va millat ham shuncha kuchli va muazzam bo‘ladi. Oila va farzand masalasi erkak yo ayolning xususiy masalasi emas. Farzand nafaqat ota-ona hayotining davomi, balki ayni paytda millatning ham iqtidori, obro‘ va e’tiborini belgilaydigan zanjir halqasidir. Millat esa Vatan, mamlakatning yuragi. .

11 / 40

Milliarder Alisher Usmonovning fikricha, insonga berilgan boylik o’zini oqlashi uchun u qanday odam bo’lish lozim?

12 / 40

Faol fuqarolik darajalarini aniqlang.

13 / 40

Qat'iy irodaning asosi nechta va ular nimalar?

14 / 40

Agar men hayotda qandaydir muhim kashfiyot qilgan bo‘lsam, asosan sabrim va e’tiborim tufayli qilganman, boshqa qandaydir iste’dodim tufayli emas.

15 / 40

Yuqori natijaning o’lchovlari nimalarda namayon bo’ladi?

16 / 40

Kamchilik va nuqsonlaringni ko‘rsatib, seni koyigan donishmandning etagidan mahkam tut. Zero, u zot xazinaga eltayotgan yo‘lboshchiga o‘xshaydi va sen sira kam bo‘lmaysan.

17 / 40

Natijaga erishish bosqichlarini aniqlang: 1. Muvaffaqiyatni rejalashtirish; 2. Barqaror harakat; 3. Me'yor va tanaffus; 4. Natijalarni tahlil qilish; 5. Xatolardan qo’rqmaslik; 6. Yangi vazifalar qo’yish.

18 / 40

. Har qaysi yo’nalishda muvaffaqiyat qozonish uchun qanday ko’nikmalarni rivojlantirish zarur? 1. Muammoga keng qamrovli yechim topish; 2. Tanqidiy fikrlash; 3. Keng qamrovli ijodiy fiklash; 4. Odamlarni boshqarish ko’nikmasi; 5. Odamlar bilan o’zaro munosabat; 6. Liderlarga taqlid qilish; 7. Qaror qabul qilish va xulosa yasash...

19 / 40

"Ijobiy motivatsiya" deb nimaga aytiladi?

20 / 40

Barchamizga yaxshi ma’lumki, vatanparvarlik har bir davlat hayotining ma’naviy asosi hisoblanadi va jamiyatni har tomonlama rivojlantirish borasida eng muhim safarbar etuvchi kuch sifatida namoyon bo‘ladi.

21 / 40

Kim baxt kelganda undan foydalanishni bilmasa, u o‘tib ketganda shikoyat qilmasligi kerak.

22 / 40

Qilinadigan yaxshilikning eng afzali kishining o‘z oilasiga qilganidir. Bunday yaxshilikning bir uchi o‘zingizga ham yetib turadi. “Ey Rabbim! Meni (ular) go‘daklik chog‘imda tarbiyalaganlaridek, Sen ham ularga rahm qilgin!”

23 / 40

. Aqlli kishilar o‘z ish stollari ustiga uch lavhani joylashtirib qo‘yadilar: Birinchisiga: “Buguning haqiqiy kundir” deb yozilgan. Ya’ni bu kun chegarasida yashang. Ikkinchisiga: “Fikr yurit va shukr qil!” deb yozilgan. Ya’ni sizga berilgan ne’matlar haqida tafakkur qiling va uning shukrini ado eting. Uchinchisiga: “G‘azab qilma!” iborasi yozilgan. Bu lavha sizni eng yaqin va oson tarzda baxtga yetaklaydi. Ular sodda, ammo juda foydalidir.

24 / 40

Hech kimga yomonlik evaziga yomonlik qaytarmanglar. Barcha odamlarning ko‘zi oldida yaxshilik qilishga intilinglar. Agar iloji bo‘lsa, qo‘lingizdan kelganicha barcha odamlar bilan tinch-totuv hayot kechiringlar.

25 / 40

Odamlarni boshqarish bu - .....

26 / 40

Muammoni hal qilish uchun ma'lumotlardan aniq va oqilona foydalana olish, savol berish orqali qo’shimcha ma'lumotlar topish ko’nikmasiga nima deyiladi?

27 / 40

Mahatma Gandi fikridagi tushirib qoldirilgan so’zlarni toping: "..... kechirishni bilishmaydi. Kechira olish - ......ga xos fazilat. Kechirimlilik - ...... belgisi.

28 / 40

Sizlarning yaxshilaringiz dunyo ishini deb oxiratni, oxiratni deb dunyo ishini tark qilmaydigan va odamlarga og‘irligini tushirmaydiganlaringizdir.

29 / 40

Oila aʼzolarining o‘z huquqlarini amalga oshirishlari hamda o‘z majburiyatlarini bajarishlari oilaning boshqa aʼzolari va o‘zga shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini buzmasligi shart.

30 / 40

Biz muqaddas dinimizni azaliy qadriyatlarimiz mujassamining ifodasi sifatida behad qadrlaymiz. Biz muqaddas dinimizni zo‘ravonlik va qon to‘kish bilan bir qatorga qo‘yadiganlarni qat’iy qoralaymiz va ular bilan hech qachon murosa qila olmaymiz.

31 / 40

Hishom ibn Urva rivoyat qiladi: “Oisha roziyallohu anho bir kelinni bir ansoriy kuyov huzuriga uzatib qo‘ydilar. Janob Rasululloh: “Ey Oisha, musiqa chalib, o‘yin-kulgi bilan kuzatib qo‘ydingizlarmi? Ansorlar musiqa chalib, o‘yin-kulgi qilishni xush ko‘radilar”, dedilar..

32 / 40

. Islom dini ilm-fan, madaniyat va san’at ravnaqiga hech qachon to‘sqinlik qilmagan, hatto muayyan cheklovlar o‘rnatilganida ham yangi-yangi g‘oyalar va uslublar, san’atning o‘zgacha yo‘nalishlari rivojiga yo‘l ochib bergan. Alloh taolo bandalariga ko‘rish uchun ko‘z berdi, hid bilish uchun burun ato qildi, qo‘l berdi, oyoq berdi. Ko‘z ham, quloq ham dunyodagi ne’matlardan foydalanadi, quloqning rohati esa go‘zal ohanglarni, yaxshi suhbatlarni eshitishdadir, quloqning ne’mati yaxshi nag‘malar, yaxshi ashulalardir, shunday ekan, nima uchun biz musiqani harom deb hisoblaymiz?

33 / 40

Ilg’or fikrlash ko’nikmasini egallash yo’llarini aniqlang. 1. O’zgarmaslik yo’llarini aniqlash. 2. Ilg’or fikrlash ko’nikmasining muhimligini tushunish. 3. Ilg’or fikrlash ko’nikmalarini rivojlantirish. 4. Ilg’or fikrlash tajribalaridan foydalanish.

34 / 40

Bir tikan botsa oyoqqa shunchalar, Ne bo‘lar, ayt, qalbga botsa u agar?

35 / 40

Yetakchiga xos to’rtta muhim xususiyatni aniqlang.

36 / 40

Ijodiy fikrlashning besh asosini aniqlang.

37 / 40

Ijtimoiy tahlil deb nimaga aytiladi?

38 / 40

"Men doimo odamlarni baxtli qilish uchun bir finjon ......, bir qoshiq ....., bir choy qoshiq ....., yana biroz ..... yetarli ekanini aytaman". (Muhammad Ali)

39 / 40

Teatr va gazeta-jurnallarning jamiyat hayotidagi o’rnini oshirgan, taraqqiyotni ilm-u ma'rifatda deb bilgan buyuk ajdodimiz kim?

40 / 40

Ey farzand, bilg‘ilkim, aql yuzasidan farzandg‘a ota-onani izzat va hurmat qilish vojibdur, nedinkim, uning asli ota-onadur. Ota-onani nima uchun hurmat qilurman, deb ko‘nglingg‘a kelturmag‘il, bilg‘ilki, ular sening uchun o‘limg‘a ham tayyor turaturlar. Har bir farzand, oqil va dono bo‘lsa, hech vaqt ota-onaning mehr haqqini ado qilmoqdin xoli bo‘lmag‘usidur. Ey farzand, shul vajdin ota-onangni ozgina ham ranjitmag‘il..

0%

Baholash mezoni

- 75 foiz va undan yuqori ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, oliy malaka toifasi (bosh o’qituvchi lavozimi) saqlansin”;

- 75 foizdan past ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o’qituvchi lavozimi)ga tushirilsin”;

- 75 foiz va undan yuqori ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, oliy malaka toifasi (bosh o’qituvchi lavozimi) berilsin”;

- 74 foizdan 65 foizgacha ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o’qituvchi lavozimi) saqlansin”;

- 65 foizdan kam ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, ikkinchi malaka toifasi (katta o’qituvchi lavozimi)ga tushirilsin”

- 64 foizdan 60 foizgacha ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, ikkinchi malaka toifasi (katta o’qituvchi lavozimi) saqlansin”;

- 60 foizdan kam ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, mutaxassis (oliy yoki o’rta maxsus, kasb-hunar ma'lumotli o’qituvchi) lavozimiga tushirilsin”

InfoMaster
Author: InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

2 Izohlar
Hammasini ko'rsatish Eng Foydali Eng Yuqori Reyting Eng Past Reyting Sharhingizni qo'shing

Javob qoldiring

Info-Master.uz
Logo
Elementlarni Solishtiring
  • Jami (0)
Solishtiring
0