Biologiya attestatsiya №9

0%
3

OMAD YOR BO'LSIN!


Biologiya fanidan attestatsiya savollari №9

DIQQAT! Endi siz o'z bilmingizni sinab ko'rish bilan birga  sertifikatga ham ega bo'lishingiz mumkin.

Sertifikat olish uchun barcha ma'lumotlarni to'g'ri kiriting! 

e-mail manzilini to'g'ri kriting, barcha ma'lumotlar sizga yuboriladi.
Testda 76% va undan yuqori natija oling va sertifikatni yuklab oling.

1 / 40

Organizmning qaysi xusuaiyati jinsiy va jinssiz ko'payish jarayonida namoyon bo'ladi?

2 / 40

Odam kariotipidagi autosomalar va jinsiy xromosomalar soni necha juftligi toʻgʻri berilgan javobni aniqlang

3 / 40

Ko’p tukli halqali chuvalchanglarning lichinkalarining qaysi belgilari ularning qadimgi yassi chuvalchanglardan kelib chiqqanligini ko’rsatadi?

4 / 40

Pisum sativumning resessiv belgilarini ajrating? 1)gulining qizilligi 2)donining silliqligi 3)yashil rangli,silliq don 4)gulning poya uchida joylashishi 5)poyaning uzun bo'lishi 6)yashil rangli, bo'g'imsiz dukkak 7)sariq rangli bo'g'imli bo'g'imsiz dukkak 8)gulning barg qo'ltig'ida joylashishi

5 / 40

Paleartik biogeografik viloyatida tarqalgan to`rt kamerali(a) va bir kamerali(b) oshqozonga ega bo`lgan organizmlarni aniqlang. 1.chittak 2.ot 3.los 4.tog` echkisi 5.tustovuq 6.tulki

6 / 40

Tuxumini pilla ichiga qo`yuvchi organizmlar uchun umumiy xususiyat(lar)ni ajrating. 1) Regeneratsiya xususiyatiga ega 2) Tuxumidan yetuk organizmlarga o`xshash yosh organizmlar chiqadi 3) Germafrodit 4) Erkin yashaydi 5) Tuxumidan lichinka chiqadi 6) Tanasi 1 qavat epiteliy bilan qoplangan 7) Ayirish sistemasi o`xshash, faqat tana bo`shlig`iga ochilgan tomoni bilan farq qiladi

7 / 40

Umurtqalar soni 33 ta bo`lgan katta yoshli odamning tabiiy egilishlarda ishtirok etmagan umurtqalar soni nechta?

8 / 40

Ma`lum bir hayvonni maydalanish davrida jami blastomerlardagi hujayra markaziga kiruvchi mikronaychalar soni 27648 taga yetgan vaqtda jami hujayralardagi autosomalar soni jinsiy xromosomalarga nisbatan 11264 taga ko`p bo`lsa u holda maydalanish bosqichida 6 marta meridional bo`linish sodir bo`lgandan so`ng hosil bo`lgan hujayralardagi xromosomalar sonini aniqlang.

9 / 40

Qaysi yuksak o'simliklarda urug’lanish jarayonida arxegoniy ishtirok etadi.

10 / 40

Liftok (a), qo’ng’irbosh (b), yasmiq (c) qaysi oila vakillari hisoblanadi.

11 / 40

Bargi oddiy, uzunchoq, tuxumsimon bo’lgan o’simlik turkumiga mansub o’simlikni belgilang.

12 / 40

Exinokokk bilan mantiqiy bog‘liq bo'lgan tushunchalarni aniqlang. 1)so‘rg‘ichlar; 2)qizilo‘ngach; 3)pilla; 4)analteshigi; 5)germafrodit; 6)zigota; 7)kutikula

13 / 40

Noto’g’ri ma’lumotni belgilang. 1) yexidna va qum bo’g’ma ilonida ikkita siydik yo’li kloakaga ochiladi; 2) mo’ylovi ikki juft bo’lgan hayvon ayrim xususiyatiga ko’ra yomg’ir chuvalchangiga o’xshaydi; 3) jayra juft tuyoqlilar turkumiga mansub; 4) Hindiston alligatori va gavialda yurak kameralari soni bir xil; 5) bitinyaning yuragida 2 ta klapin mavjud; 6) qoramol terisidan teri-galanteriya buyumlari tayyorlanadi

14 / 40

Amudaryoning o’rta va quyi oqimida (a) Amudaryoning faqat quyi oqimida (b) tarqalgan organizmlarni aniqlang. 1) g’oz; 2) mo’ylov baliq; 3) bakra baliq; 4) moybaliq; 5) oqcha; 6) qilquyruq; 7) soxta kurakburun

15 / 40

Yozish, yugurish, biror bir jismoniy mashq bajarish markazi yarimsharlar po’stlog’ining qaysi qismida joylashgan?

16 / 40

Ko’richak o’simtasi uzun zotlarni ajrating.

17 / 40

Maturning sistematik birliklari to‘g‘ri berilgan javobni belgilang. 1)loladoshlar oilasi; 2)bir urug‘pallalilar sinfi; 3)piyozdoshlar oilasi; 4)ikki urug`pallalilar sinfi; 5)magnoliyatoifalilar bo'limi; 6)qarag‘aytoifalilar bo`limi.

18 / 40

Ochiq urug‘lilar bo'limi(a), bir urug`pallalilar sinfi(b) va ikki urug’pallalilar sinfi(c)ga mansub o'simliklarni aniqlang.

19 / 40

Zohid qisqichbaqasi uchun xos bo`lgan xususiyatlarni aniqlang. 1. korall poliplari bilan simbioz holda yashaydi 2. yakka o`troq yashovchi bo`shliqichlilar bilan simbioz holda yashaydi 3.birgalikda yashash faqat bitta organizm uchun foydali 4. nafas olish organi traxeya 5. yuragi kameralarga bo`linmagan 6. dengizlarda uchraydi 7. buyragi bitta tasmasimon 8. u kiradigan sinfda 300 000 tur hayvon bor 9. murakkab ko`zga ega

20 / 40

Yo’sinlarning gametofiti uchun xos bo’lgan to’g’ri javoblarni aniqlang. 1) sporadan rivojlanadi; 2) sporafit hisobiga rivojlanadi 3) jinssiz bo’g’in; 4) ko’p hujayrali; 5) poya-bargli o’simlik; 6) zigota hosil qiladi; 7) spora hosil qiladi

21 / 40

Qoziq tishlari kuchli rivojlangan sutemizuvchilar keltirilgan javobni belgilang.

22 / 40

Tugunchasida bitta urug'kurtak bo'ladigan magnoliyasimonlarni ko'rsating. 1) na'matak; 2) shaftoli; 3) olxo'ri; 4) olma; 5) shirach; 6) o'rik; 7) olg'i; 8) xarduma

23 / 40

Burun teshigi og`iz teshigi bilan bog`langan (I) va bog`lanmagan (II) sovuqqonli hayvonlarni toping?

24 / 40

Miqqiy uchun mantiqiy bog'liq bo'lgan tushunchalarni aniqlang. 1)muguz tumshuq; 2)to'rt kamerali yurak 3)quloq suprasi; 4)tish; 5)metamorfoz; 6)bosh miya katta yarimsharlari

25 / 40

Cho’l va dashtlarda (I), cho’l va adirlarda (II) va cho’l va sahroda (III) tarqalgan hayvonlarni juftlang.

26 / 40

Qon ivishini ta’minlaydigan o’simlikni meva turini aniqlang.

27 / 40

Rishtaning qizil chuvalchangidan farqli jihatlarni aniqlang. 1) erkin hayot kechiradi; 2) yassi chuvalchanglardan kelib chiqqan; 3) noto’g’ri metamarfoz bilan rivojlanadi; 4) parazit organizm; 5) ichki organlari tana bo‘shlig‘ida joylashadi; 6) erkagining jinsiy sistemasi

28 / 40

Erkaklarida bitta (a), bir juft (b) va juda ko’p (c) urug’donlarga ega hayvonlarni juftlang. 1) bolalar gijjasi; 2) trixogramma; 3) podolariy; 4) askarida; 5) kolorado qo’ng’izi; 6) bitinya; 7) qoramol tasmasimoni; 8) cho’chqa tasmasimoni; 9) forel; 10) gorbusha

29 / 40

Oqquray o‘simligiga xos belgilarni aniqlang. 1)burchoqdoshlar oilasi vakili; 2)gullari, to`g`ri; 3)gullari shamol yordamida changlanadi; 4) barglaripoyada qarama- qarshi joylashgan; 5)mevasi dukkak; 6)gullari qiyshiq; 7)barglari yonbargchali

30 / 40

Sutemizuvchilar sinfining barcha vakillariga mos keladigan belgilarni aniqlang. 1) diafragma; 2) ona qornida rivojlanish; 3)to‘rt kamerali yurak; 4) bolasini sut bilan boqishi; 5) o‘pka bilan nafas olishi; 6) qoziq tishning bo‘lishi; 7) jun qoplamining bo‘lishi

31 / 40

Ovqat tarkibidagi oqsil, yog` va uglevodning massa nisbati 1:1:5 ga teng bo`lib, ovqatdan ajralgan umumiy energiya 14450 k.J ga teng bo‘lsa, yog`dan ajralgan energiya oqsildan ajralgan energiyadan qanchaga (kj) farq qiladi?

32 / 40

Tovon qismida ilmoqchalari (a) va tanasida bo’rtmachalari (b) mavjud organizmlar qaysi sinf vakillari hisoblanadi?

33 / 40

Kvaksha va sargan uchun umumiy bo'lmagan xususiyatlarn ibelgilang. 1)kamar suyaklari umurtqa pog‘onasiga tutashmagan; 2)ayirish organi uzun tasmasimon buyraklar hisoblanadi; 3)tuxum hujayrasi tashqi muhitda urug‘lanadi; 4)o'pka bilan nafas oladi; 5)yuragi 1 tayurak qorinchasi va 2ta bo'lmachadan iborat; 6) tana harorati tashqi muhit haroratiga bog‘liq

34 / 40

Qisman suvga botgan holda o’sadigan, mevasi bir tutam popuklari yordamida tarqaladigan o’simlik:

35 / 40

Bitta turkumga mansub bo’lmaganlarni belgilang.

36 / 40

Jo’ka va bo’ka uchun umumiy bo’lgan tuzilmalarni belgilang. 1) vakuola; 2) sentriola; 3) yadro; 4) ribasoma; 5) xloroplast; 6) mitaxondriya; 7) endoplazmatik to’r; 8) mikronaycha

37 / 40

Gultojbarglari erkin (a) va gulkosachabarglari erkin (b) dorivor o’simliklarni aniqlang. 1) yerbag’ir tugmachagul; 2) cherkez; 3) oddiy jag’-jag’; 4) na’matak; 5) sachratqi; 6) dorivor gulxayri

38 / 40

Qaysi hashorotlarda xartumi og’iz organini qo’shilishidan (a) va o’zgarishidan (b) hosil bo’lgan? 1) kana; 2) asalari; 3) uy pashshasi; 4) tut ipak qurti kapalagi; 5) podoliya; 6) gelikonius

39 / 40

Exinakokk va cho’chqa tasmasimoni uchun umumiy bo’lgan qaysi belgi cho’chqa tasmasimonini qoramol tasmasimonidan farq qilishga imkon beradi?

40 / 40

Odam qon aylanish sitemasiga doir noto’g’ri ma’lumotni aniqlang.

0%

Baholash mezoni

- 75 foiz va undan yuqori ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, oliy malaka toifasi (bosh o’qituvchi lavozimi) saqlansin”;

- 75 foizdan past ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o’qituvchi lavozimi)ga tushirilsin”;

- 75 foiz va undan yuqori ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, oliy malaka toifasi (bosh o’qituvchi lavozimi) berilsin”;

- 74 foizdan 65 foizgacha ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o’qituvchi lavozimi) saqlansin”;

- 65 foizdan kam ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, ikkinchi malaka toifasi (katta o’qituvchi lavozimi)ga tushirilsin”

- 64 foizdan 60 foizgacha ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, ikkinchi malaka toifasi (katta o’qituvchi lavozimi) saqlansin”;

- 60 foizdan kam ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, mutaxassis (oliy yoki o’rta maxsus, kasb-hunar ma'lumotli o’qituvchi) lavozimiga tushirilsin”

InfoMaster
Author: InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

1 Izoh

Javob qoldiring

Info-Master.uz
Logo
Elementlarni Solishtiring
  • Jami (0)
Solishtiring
0