Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Adabiyot mavzulashtirilgan » 8-sinf Adabiyot » 8-sinf Adabiyot 5-mavzu 8-sinf Adabiyot 8-sinf Adabiyot 5-mavzu InfoMaster Mart 23, 2022 148 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 Vaqtingiz tugadi! Tomonidan yaratilgan InfoMaster 8-sinf Adabiyot 5-mavzu yuzasida testlar 5 – MAVZU: G`OFUR G`ULOM 1 / 24 “Kuntug‘mish” dostonida Kuntug‘mishning vujudidan kasallik topolmay, dardini ishqdan bilgan va buni podshoga yetkazgan ayyor timsolni aniqlang. A) mulla B) qushnoch C) eshon D) baxshi 2 / 24 Lutfiy qalamiga mansub qaysi g'azalning vazni ikki xil bo'lib, g'azaldagi oltinchi baytning birinchi misrasi «mudom» so'zi bilan tugaydi va aruz vaznida «-dom» o'ta cho'ziq hijo hisoblangani uchun «foilun»ga emas, aynan «foilon»ga tushadi? A) «Haq ul kunkim jamoling bor etibdur» B) «Ayoqingg'a tushar har lahza gisu...» C) «Xoh inon, xoh inonma» D) «Qiladurg'on bu ko'nguldur, bu ko'ngul» 3 / 24 Sof turkiy she’riyatgagina xos bo`lgan janr? A) g`azal B) tuyuq C) ruboiy D) fard 4 / 24 Nodiraning turmush o'rtog'i Umarxon qanday taxallus bilan ijod qilgan? A) Marg'iloniy B) Umarxon C) Amiriy D) Xon 5 / 24 G'. G'ulomning ijodiy tafakkuriga xos faylasufona mulohazakorlik, kichik tuyulgan hayotiy detallardan katta umumlashmalar yasay olish iste'dodi qaysi she'rida yaqqol o'z ifodasini topgan? A) "Vaqt" B) "Sog'inish" C) "Kuzatish" D) "Men - yahudiy" 6 / 24 G’afur G’ulomning qaysi she’rida shuhrat qozonmoq uchun Gerostratdek ibodatxonaga o’t qo’yish shart emasligini bayon qilgan ? A) “Sen yetim emassan “ B) “Sog’inish “ C) “Kuzatish “ D) “Vaqt “ 7 / 24 Quyidagi misralar G'afur G'ulomning qaysi she'ridan olingan? Aziz asrimizning aziz onlari, Aziz odamlardan so'raydi qadrin. A) «Sog'inish» B) «Kuzatish» C) «Sen yetim emassan» D) «Vaqt» 8 / 24 G'afur G'ulomning «Vaqt» she'rida tarixda qolish uchun arzirli biror ish qo'lidan kelishiga ko'zi yetmay, ulkan buzg'unchilik, vahshiylikka qo'l urib, Diana ma'badi - ibodatxonasiga o't qo'ygan qaysi tarixiy shaxs nomi keltiriladi? A) Geron B) Gerostrat C) Gelios D) Gerakl 9 / 24 G'afur G'ulomning qaysi she'ri: «Shoirlar yarim avliyodirlar» degan fikming yaqqol isboti hisoblanadi? A) «Kuzatish» B) «Vaqt» C) «Sen yetim emassan» D) «Sog'inish» 10 / 24 G'afur G'ulomning quyidagi qaysi she'rida «AI-jabr val-muqobala» - algebra faniga asos solgan buyuk bobokalonimiz Al-Xorazmiy tilga olinadi? A) «Sog'inish» she'rida B) «Kuzatish» she'rida C) «Bilib qo'yki, seni Vatan kutadi» she'rida D) «Vaqt» she'rida 11 / 24 G'afur G'ulomning «Sog'inish» she'rida lirik qahramon kimning kitobini o'qisa, «loyqa xayolotlar chashmaday» tinishini aytadi? A) Bedilning B) Navoiyning C) Fuzuliyning D) Lutfiyning 12 / 24 G‘. G‘ulomning «badiiy topilmalari, lirik pafosi, kuchli samimiyati bilan o‘quvchini jalb qilgan» she’rlarini aniqlang. A) «Sen yetim emassan», «Yalovbardorlikka» B) «Sharqdan kelayotirman», «Turksib yoilarida» C) «Yalovbardorlikka», «Turksib yoilarida» D) «Turksib yoilarida», «Sen yetim emassan» 13 / 24 G'afur G'ulomning qaysi she'rida «Jabrda masala qo'sh muammodir. Xuddi shunda bir ulug' qurilish jodir» misralari uchraydi? A) «Sog'inish» she'rida B) «Kuzatish» she'rida C) «Bilib qo'yki, seni Vatan kutadi» she'rida D) «Vaqt» she'rida 14 / 24 Urush yillarida frontda jang qilayotgan o'g'lini kutayotgan ota kechinmalar G'G'ulomning qaysi she'rida ifodalangan? A) "Kuzatish" B) "Biz yengamiz" C) "Xalq otlandi" D) "Sog'inish" 15 / 24 Qaysi javobda G‘afur G‘ulomning asarlari berilgan? A) «Kapitan Gastello, «Kurash nechun» B) «Baxt tongotari», «Oftob nayzada» C) «То‘у», «Ikki vasiqa» D) «Qishloq hukm ostida», «Zilzila» 16 / 24 G‘.G‘ulomning «Vaqt» she’ri haqida berilgan ma’lumotni aniqlang. A) She’rda ko‘lankaning o‘rik bilan u bodroq- bodroq gullagan paytda do‘st tutingani, biroq bulutli kunda yo‘qolib qolganligi ifoda etiladi. B) She’rda «o‘zbek otasi»ning bo‘rtma, nrrmmiy, hamma uchun tanish, yaxlit siymosi aks ettirilgan, otaning sog‘inchi ta’sirli ifoda etilgan. C) She’rda shuhratparastlikka intilib ibodatxonani yoqib yuborgan Gerostratning qilmishi tilga olinadi. D) She’rda millat dardiga najot sifatida xalqning og‘ir-vazmin, mulohazakor, biroq ko‘zlari yoniq farzandlari - yigitlar tilga olingan. 17 / 24 Qaysi javobdagi asarlar G‘afur G‘ulom qalamiga mansub? A) «Tirilgan murda», «Yodgor», «Netay» B) «Mahmud Tarobiy», «0‘tror», «Karvon yo‘llarida» C) «Juvonboz», «То‘у», «Baxtsiz kuyov» D) «Zar qadri», «Jar yoqasidagi chaqmoq», «Daryolar tutashgan joyda» 18 / 24 G‘afur G‘ulom o‘zining qaysi she’rida “o‘zbek otasi”ning bo‘rtma, umumiy, hamma uchun tanish, yaxlit siymosini aks ettirgan? A) “Sen yetim emassan” B) “Vaqt” C) “Sog‘inish” D) “Kuzatish” 19 / 24 G'afur G'ulomning qaysi she'rida ortiqcha nasihatbozlikdan, aql o'rgatishdan, yo'l ko'rsatishdan asar ham yo'q, aksincha, mehribon, jonkuyar otaning ezgu umidlari ko'ngilga xush yoquvchi ovozda farzandga izhor etiladi? A) «Bilib qo'yki, seni Vatan kutadi» she'rida B) «Vaqt» she'rida C) «Sog'inish» she'rida D) «Kuzatish» she'rida 20 / 24 G'afur G'ulomning qaysi she'rida «o'zbek otasi»ning bo'rtma, umumiy, hamma uchun tanish, yaxlit siymosi yaratilgan? A) «Sog'inish» B) «Sharqdan kelayotirman» C) «Sen yetim emassan» D) «Bizning ko'chada ham bayram bo'lajak» 21 / 24 G'afur G'ulom qaysi she'rida «hasharchi qo'shni qiz»ning sevgi iztiroblari haqida to'xtalib o'tadi? A) «Sog'inish» B) «Kuzatish» C) «Sen yetim emassan» D) «Vaqt» 22 / 24 G‘. G‘ulom urush yillaridayozilgan she’rlari jamlangan qaysi asari uchun 1946-yilda Davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan? A) “Bizning ko‘chamizda ham bayram bo’lajak’ B) “Men - yahudiy’ C) “Sharqdan kelayotirman” D) “Vaqt” 23 / 24 E, o`g`lim jonginang salomat bo`lsin, O`z bog`ing, o`z mevang danaging saqla Shu meros bog`ingni, o`z qo`lingga ol Menga topshirilgan merosiy haq-la Ushbu misralar G`.G`ulomning qaysi asaridan olingan? A) «Sog`inch» B) «Sen yetim emassan» C) «Vaqt» D) «Alisher» 24 / 24 Lev Tolstoy, Fyodor Mixaylovich Dostoyevskiy, Abdulla Qodiriy, Abdulla Qahhor deganimizda ko'z oldimizda epik (nasriy) janr ustalari namoyon bo'lsa, Sergey Yesenin, Abdulla To'qay, Usmon Nosir, Hamid Olimjon nomi tilga olinganda, beixtiyor, she'r musiqasi qulog'imizga chalinadi. G'. G'ulom qaysi janrlarda o'zidan nodir namunalar qoldirgan? A) she'riy janrlarda B) liro-epik janrlarda C) ham she'riy, ham nasriy janrlarda D) nasriy janrlarda 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz